Поиск

 

 

Holdor Vulqon


 


 

 


Mizxapparning maktublari

 


(Xajviy maktublar to‘plami)


 


 


Marhum qiziqchi Xojiboy Tojiboyevning porloq xotirasiga bag‘ishlanadi.

 

 

 


 

 

 

Mizxapparning birinchi maktubi

 

 

 


Ushbu yozyatgan xatim shomoldek shoshib, daryodek toshib tez kunlar ichida yetib malim bo‘lsinki, o‘shal bizga dushmon do‘latlarga qochib ketib ettan - bettan pirzdntmizga kesak, har - xil narsalardi otyatgan muxalipat vakillariga deb bilgayman. Assalomu aleykim, hurmatluk muxalipat vakillari. Yaxshi yuripsilarma? Dimag‘lar chog‘ma?Kecha donalardi donasi, przdntimizga tosh otyatkanilar to‘rasida telbazo‘rda aytishti. O‘z ko‘ziminan ko‘rishibti. Eshitib ancha xapa bo‘ldik. Shuytib tosh otasilarma? Przdntmizga tiyib ketsa nima bo‘ladi - a? Ko‘zi irg‘ib chig‘ib qosa, yo bosh - moshi yollisa munga kim juvopparadi?

Przdntimiz silardi chet do‘latlarga chig‘orib yuborganiga rahmatilarmi bu? Xo‘kmatimizga ming rahmat, osmonimiz misappo. Hoyatimiz poravan. Oylыxlardi voxtida olyappiz. Do‘latimiz g‘amxo‘rlыxlariga labbay deb juvopparib, tabiat injыxlыxlarini motanatminan mordanavar yengib yillыx pilonlardi ortig‘iminan bajaryappiz. Iye, vo‘zimdi tanishtirmappanu. Meni atim Mizapparjon. Metirkamda Muzg‘oppor. Pasportimda Mizhappar. Qishlag‘doshlar erkalatib Bilshappaljon deyishadi. Muna tanishivoldik. Aytkanday, nima deyatuvdim? Ha, Xo‘kmatka rahmat. Nondi orzon qildi. Odam osh, go‘sh yemasayam o‘lmaydi. Bizga to‘lьka non orzon bo‘sa bo‘g‘ani. Kiyim yirtilsa yamab - yasqab kiysa bo‘ladi. Lekin, qorindi yamab bo‘lama? Muna, yaqindayam qopti qo‘ltig‘lavop non istab yuruvdik. Xozir non xo‘kmatka raxmat, bor. O‘sha qop qo‘ltiqlab yurilgan paytlardagi bir voqiya xich esimdan chig‘meydi. O‘zi achinarlik voqiya ommo, esimga tushsa kulgim qistovradi. Tovba qildim, astaxprillo deb tindag‘imga qarasamam kulgim to‘xtamaydi. Qoreng, Lattaqishlag‘lik qandashimiz Qurumbo‘y ox yog‘ istab bozorga borsa, bir valadi baklashka, shisha bo‘nkalarda paxta yog‘ sotyatkanakan. Narxini so‘rasa yog‘purush orzon narxti aytibti. Qurumbo‘y “Orzonginaykan, ko‘prog‘ olo‘rey, ortib qosa picha ustama qo‘yib qo‘ni - qo‘shnilarga sotvoraman” deb uch letr opti. Kegin ox yog‘di uyiga opkesa onasi bechara ancha xursan bo‘p esi ketibti dagin, qozonga o‘shi ox yog‘dan olib quyibti. O‘choqqa o‘tinminan tezagdi qalab yaqip endi bir osh qileyk emasa deb mayda - chuydalarni to‘rg‘ashtirishga tushipti. Ommo ox yog‘ hadeganda dog‘ bo‘lo‘rmapti. Qurumbo‘y olovdi yanayam balatlatipti. Bir mahal ding, mundey qarashsa, qozondagi yog‘ qaynayatkanimish. Keyin bilishsa so‘vdo‘gar xaramidan bo‘g‘an Qurumbo‘ydi aldab, yog‘ o‘rniga uch letrlik shisha bo‘nkadagi sovuq choydi bervorganakan, svo‘luch. Qurumbo‘y bechara bir xapta yo‘l kira sarp qp bozorga qaxnadi. Lekin yog‘purush xaramidan bo‘g‘andi topomadi. Endi muna qimmat bo‘sayam yog‘lar bor. Hamma narsa yetarlik. To‘xliqqa sho‘xliq deb ba‘zi bir odamlar chirag‘ o‘chyatganidan shikoyat qiladi. Menga qosa, iliktir degan narsani, chirag‘di umuman o‘chirib tashlash kerak. Teskari aylantiraman deb icho‘chigdi kavlayatkanda nechta odamdi to‘k urib o‘ldirdi. Nechtasini tomidagi primichkasidan o‘t chig‘ib uyi yonib ketti. Bu iliktr degani kapori ziyonakan odamga. Chirag‘ o‘chsa yana qayta yaxshibasmi, bola - chaqalar ettaroq uxleydi. Qishlag‘imizda xar kuni ettadan kechgacha chirag‘ o‘chadi. Kecha kechki payt og‘ilxonada mollardi tagini tozalayatsam, ko‘chada odamlar “Urrrro‘o‘o‘o‘v !” deb baqirvoruvdi yuragim yomon bo‘p qolishiga jichcha qoldi. Revolyutsiya boshlanib mu xalipat kepti deb o‘ylappan.

Yug‘irib ko‘chaga chig‘ib “Ha, nimaga baqirishyapsan?” desam “Chirag‘ yonganiga baqiryappiz” diydi. Bu odamlarga xayronsan. Birovlari gaz yo‘q deya g‘udranib yuradi. E, menga qosache, gazdiyam umuman yo‘qotvorish kerak! Shu gazdi deb bultur uyimizga o‘t ketib qolay degan. Qaxraton qish. Eshak chilla. Sovuuuq. Gaz yo‘q. So‘vqatib gildirab o‘tiramiz eski - tuski, juldur japolarga o‘ranib. Xamsayamiz O‘rinbo‘y mato‘r o‘rnatib quvirdagi bor gazni tortivog‘an kunlar. Qishlag‘da hamma mato‘r qo‘yvog‘an. Menam o‘gey dadamminan o‘gey onamga oytip maslaxat qipturib “Temirchilik”dan mato‘r opkeldim. Kanserva bo‘nkasidan qilingan. Uyga kelib mato‘rdi uladim. Qorasam, gaz guvillab yonyapti. Hash - pash deguncha uyimiz isib xommom bo‘p napas obo‘mey ketti. O‘gey dadamminan mehribon o‘gey onam xursaaaant, becharalar. Men maykachan bo‘vog‘anman. Tellab kettik. Bir mahal ding, binasa “Chirrrr - chirrrr” qip turip mato‘r “Baaaaaang‘g‘g‘ !” etib portillab ketsa bo‘lama? Mehribon o‘gey onam bechara qo‘rqib ketib “Voy dod, yardam berinar !” deb baqirdi. Men neso‘pqog‘anman. Rangim axagdi singari oqarib ketgan. Qorasam pechkamiz oldidagi po‘stakminan to‘shak yonyapti. Yug‘iriib borib olovdi tepalay boshladim. Bir voqt shimimga o‘t ketib poychalari tizzamgacha yonib ketdi. Shimim bir sekuntti ichida sho‘rtik bo‘pqoldi. Yaxshiyam baxtimizga moto‘r o‘lib gaz O‘rinbo‘ylardikiga o‘tib ketdi. Olovdi bir narsa qilib o‘chirdik. O‘sha - o‘sha gazdan qo‘rqaman. Shu - shu qishda tezak yoqamiz. Endi aytovrsam gap ko‘p, ko‘mir oz. Hurmatlik muxalipat vakillari, silarga maslaxatim chet do‘latlarda indamey yuro‘rinar. Bizminan ishinar bo‘masin, xo‘ppi? Indaqa tosh otmenar, ayb bo‘ladi. Toshti bir - birinarga otib yuro‘rinar.

Hurmatminan Mizxappar.

 

 

 


21 inji yonvar, 2008 inji yil. Soxot 19 dan 15 milit o‘tti.

Chapayip kalxo‘zi.

 

 


 

 

 

Подробнее...

 


 

 

 

Xoldor  Vulqon






 

 

 

Kuz  ilhomlari

 

 



Voh,  kuzgi  daraxt  shaklida  hayronani  ko‘rdim,

Yolg‘iz  va  g‘arib,  bir  dili  vayronani  ko‘rdim.

 

Jim - jit  ko‘chada    o‘ynadi   raqqosa    shamollar,

Charx  urdi  hazon  girvati,  parvonani  ko‘rdim.

 

Darcham  yonidan  o‘tdi  uchib  yovvoyi  g‘ozlar,

Hijron  to‘la  dil   aksida    devonani  ko‘rdim.

 

Qushlar  uyasin   tutdi   daraxt   shoxida,  yo,  Rab,

Inlarga  boqib  g‘am  to‘la  paymonani  ko‘rdim.

 

Za‘far  kapalaklar  kabi   uchganda  xazonlar,

Barglarga  ko‘milgan  ko‘cha ,  ostonani   ko‘rdim.

 

Yo‘llarga  xazonlar  to‘shadi  kuzgi  Toronto,

Boqqancha  chinor  bargiga  Farg‘onani   ko‘rdim.

 

Qalbimda  Xudo,  Ka‘baga  o‘xshaydi  vujudim,

Sipqorgali  ishq  bodasi - mayxonani  ko‘rdim.

 

Do‘st  topmadi  Vulqon  bu  jahon  mulkida  izlab,

Har  yerda  g‘anim,  vaxshati  begonani  ko‘rdim.

 

 

 

26  oktyabrь,  2010  yil.

Tongi  soat  7  dan  35  minut  o‘tdi.

Toronto  shahri,  Kanada.

 

 

 

 

 

 

- Choyingnding rangi g'alatiya, quruq choy soluvdingma?

-Bu, haligi, anaqa... vo'zimizding aq sheydan...

-E, shundayma? Unda Abdulla akangdiyam shaqir...

 

 

 

 

Япон  шоирларининг  танкалари Холдор  Вулқон таржимасида.





SAYGYo ShYe’RIYaTIDAN

 


 


Ex ,agar bu dunyoda

Oy bulutga botmasa

Olcha gullari to‘kilmasa

Men yashayverardim

Dalalardan kelmay umrbod

 

 


” Yosino ” tog‘laridagi

Olcha butoqlarida

Muzlab yotar qor

Olchalar gullashga

Kechikmasaydi . . .

 

 


Duvillab to‘kildi

Uzun - uzun o‘t - o‘lanlardan .

Billur shudringlar .

Kuzgi shamol guvillar

” Myagino ” dalalarida

 

 


Nixoyat kuzgi osmonda

Qosh qoraygan on

Arang - arang yaltirab

Qo‘rindi uzoq kutdirgan ,

Sog‘intirgan oy

 

 


Endi qandoq qilaman men ,

Ko‘ylagimning namchil yengida ,

Yalt etdi shu’la

Botib ketdi bulut ortiga

Kuzgi mayus oy

 

 


Kuz oqshomi , oydinda

Yoprildi bulutlar

Oy yuzin to‘smoq uchun

Yo‘q , ko‘zlarimni aldabdi

G’ozlar galasining ko‘lankalari

 


Osmonda oy yo‘q .

Chiqarmikin u ?

Men ayvonda o‘ltirganimcha

Uzoq kutdim

Oy chiqishin tog‘li qishloqda

 

 

 

 

 

 

 

Подробнее...