Xoldor Vulqon

 

HALOL MULKKA HECH QACHON OFAT YETMAYDI

 


Men o‘zbek milliarderi Alisher Burxanovich Usmanovni faqat boyligi uchungina emas, u INSONning kamtarinligi, halolligi, to‘g‘riso‘zligi uchun qattiq hurmat qilaman.Men millatchi yo irqchi emasman.Ammo boshqa xalqlarni ham hurmat qilgan holda Alisher Burxanovichning o‘zbek ekanidan fahrlanaman.Alisher akaning jurnalistlar bilan o‘tkazgan suhbatlarini kuzatib, hulosalar chiqaraman.Jurnalistlar ba‘zan unga qaltis va nozik savollar bilan  murojaat qilib,"qarmoq" tashlab ham ko‘radilar.Misol uchun "Siz musulmonligingizdan kelib chiqib, zakot to‘laganmisiz?" deganday. Aslida savolni bu tarzda berilishining o‘zi kulgili.Axir o‘zingiz o‘ylang, musulmon odam zakotni to‘lab, men zakot to‘ladim deydimi?Unda zakoti riyo, amali xabada bo‘lmaydimi?Albatta bunday savolni Islom ahkomlaridan butunlay behabar odamlargina berishlari mumkin.Tevarakdagi molu dunyo ortdirgan va topgan tutgan molidan judo bo‘lib, oyog‘i osmondan bo‘lgan kimsalar taqdiriga nazar soling.Agar boylik egasi zakot to‘lamasa, dunyoviy qilib aytganimizda hayru exson qilmasa, yoki Xudo qaytargan gunox ishlar bilan shug‘illansa, albatta uning moliga ofat yetadi.Boyning moliga ofat yetmayotgan ekan, demak u zakot to‘lagan, hayru ehson qilgan bo‘ladi. Alisher Burxanovichning molu dunyosiga ofat yetmayotganini, aksincha u boyliklar Xudoning hikmati bilan ko‘payayotganini butun dunyo ko‘rib turibdi.Hatto Alisher akani siyosiy o‘yinlarga, fitnalar botqog‘iga sudrab, muxolifat deb aytiladigan allaqanday guruxlarni qo‘llamasligidan noliydiganlar ham bor.Go‘yo Alisher aka endigina biznesini rivojlantirayotgan paytlar unga bir so‘m berib qo‘yganday undan hafa bo‘ladilar.Nima, Alisher aka, muxolifat deb atalguvchi bir birlarining ko‘zlarini o‘yishga tayyor, siyosat, siyosiy madaniyat nimaligini bilmaydigan savodsiz, qandaydir parokanda guruxlarning so‘qir to‘dasini qo‘llab, urushlarga yo‘l ochib, begunox vatandoshlarimizning qirilib ketishi, bolalarning qonlari to‘kilishi, ota -buvalarimiz barpo etib ketgan muazzam shaharlarimizning vayron bo‘lishi uchun investitsiya yotqizsinmi?Meni eng hayron qoldirgan yana bir narsa, Alisher Usmanovning o‘z intervьyusida: -Bilmadim, balki o‘z vaqtida xalqqa, elga halol xizmat qilgan, ammo xizmatlari qadrlanmagan ajdodlarimga berilishi kerak bo‘lgan bu boyliklarni Xudoi Taolo menga bergan bo‘lsa kerak deya olg‘a surgan taxmini bo‘ldi.Men Alisher Burxanovichning mana shu taxminiga qoyil qoldim.Ha, buyuk odamlarning fikri ham buyuk bo‘ladi.Alisher akaning yuqorida aytgan gaplari Qur‘on hikmatlariga hamohang.

Eslang, o‘tgan ramazon oyida biz hurmat qilgan Amerika Qo‘shma Shtatlarining prezidenti janob Barak Obama o‘zi xristian bo‘lishiga qaramay, Oq Uyda musulmonlar uchun iftorlik berarkan, og‘iz ochilishi oldidan qisqa, ammo hikmatli nutq so‘zladi.Janob Barak Obama Qur‘oni Karimdan "Zarrotun hoyran yaro va zarratun sharron yaro" oyatini keltirib, Xudoi Taolo zarracha qilingan yaxshilikni ham abatta munosib taqdirlaydi.Ya‘ni yaxshilikning katta kichigi bo‘lmaydi.Biz esa garchand dinimiz boshqa bo‘lsada, hammamiz Xudoning bandalarimiz.Bir birlarimizga yaxshilikni ravo ko‘raylik.Barcha musulmonlarni ramozon ro‘zasi bilan muborakbod etaman.Ro‘zadorlar ertalabdan beri tuz totmaganlar.Qorinlar ancha ochib qolgan.Shuni xisobga olgan holda, sizlarni toliqtirib qo‘ymaslik uchun so‘zimni yakunlayman -dedi u o‘zining mashhur tabassumi bilan jilmayib.Ya‘ni uning so‘zlari ham janob Alisher Usmanovning aytgan gaplariga mazmunan yaqin yangradi.Ha, Xudo har bir zarra yaxshiligimizni mukofotsiz qoldirmagani kabi, har bir zarra yomonligimiz uchun ham muayyan va muqarrar jazolarni belgilab qo‘yganki, u narsalar sizga yetmasa, sizning kelajak avlodlaringizga albatta yetadi.

Xulosa shu. Birovni g‘iybat qilmay, nohaq taxqirlamay, yomon so‘zlar bilan diliga jarohatlar yetkazmay, zulm qilmay  yashashga harakat qilishimiz kerak ekan.

Bu borada Xudo baraka bergan Alisher Burxanovichning tutgan pozitsiyalari hammamiz uchun buyuk ibratdir.

Chunki Alisher Burxanovich o‘zining bitmas tuganmas boyliklariga mag‘rur emaslar.

Aksincha, oddiy, TOZA, HALOL ODAM  bo‘la olish har qanday boylikdan yuqori ekanligini chuqur anglab yetgan, donishmand va kamtarin insondirlar.

U INSON ALIShER NAVOIYning: "Ey, Navoiy, hech kishi davlatga mag‘rur o‘lmasun" degan misralarini o‘qiganlar va shunga qat‘iy amal qiladilar.

Alisher aka, yaqinlaringiz va biz kabi do‘stlaringiz baxtiga doimo sog‘ va omon bo‘ling! Hurmat bilan, Xoldor Vulqon.

 

 

 

 

17 noyabr, 2013 yil.

Kunduz soat 11 dan 6 daqiqa o‘tdi.

Kanada.



 

Обновлено (17.11.2013 22:58)