Поиск

Lotin imlosida

Xoldor Vulqon

Badiiy adabiyot bo‘yicha xalqaro "Naslediye" mukofotining nomzodi

 

 

Yapon  she‘riyatidan

Япон  шеъриятидан

Taneda Santoka xaykulari


(1882 - 1940)

 

 

Хайкуларни  рус  тилидан  ўзбекчага  Холдор  Вулқон  таржима  қилган.

Xaykularni  rus  tilidan  o‘zbekchaga  Xoldor  Vulqon  tarjima  qilgan

 

 

 

 

 

 

 

 

Yaxshilab chaynash kerak,

Hafsala bilan.

Guruch bu guruchda…

 

-----------------------

 


Sake ichib

Chirildoqlar bilan

Uxlab qolibman.

 

------------------------


Ayozli qish kechasi.

Sovuq izg‘irin.

Men qaerda tunayman endi?..

 

------------------------------------


Qayoqqadir shoshar

Sovuq bulutlar

Cheksiz osmonda…

 

--------------------------------


Dalada izg‘irin.

Toshlarni teraman

Kuzgi shamolda…

 

------------------------------


Qanday ivib ketdima!

Boyagina huv anavi,

Bulutlardan yoqqan yomg‘irda!..

 

---------------------------------------


Uzuliksiz kovshanaman.

Mening ovqatim -

Guruch kepagi.

 

-----------------------------


Hoy ,noinsof chigirtka!

Xaltadagi guruch o‘zi oz!

Ertagacha yetsin…

 

----------------------------

Yolg‘iz kapalak pildirab

Uchib aylanyapti.

Hamma yoqda tosh.

 

--------------------------------------


Oqshomda uyga qaytayapman

Qor ustini qoplab borar qor.

Taraladi sukunat xidi.

 

--------------------------------------


May oqshomi.

Baqalar qurillashi aro

Poezd shovqini.

 

-----------------------------------


Ayvonda o‘ltirib

Tongi shabbodada

Uembosi qiyomin yeyman . . .

 

------------------------------


Yolg‘iz va sokin

Jim - jit o‘ngirlarning

Shaffof tonglari . . .

----------------------------

Iyul jalasi

Toshib ketdimi deymanda ,

Samo to‘g‘oni . . .

 

----------------------------------


Xotiralar uchib kelar

Qaydandir birdan

Oppoq yuvosh kapalak bilan . . .

 

---------------------------------------


Atrof tog‘ o‘rmoni ,

Boshim ostida tosh .

Va bulutlar kuzgi osmonda . . .

 

--------------------------------------

Yo‘lda kasal bo‘lib qoldim ,

Mana endi tungi zulmatda ,

Tinglayapman sel shovqinini . . .

 

-------------------------------------


Qorong‘i tushdi

Endi oydin tog‘lardan

Axtaraman tunamoqqa joy

 

--------------------------------------


Naxot shu kul qolgan bo‘lsa

Yoqib yuborilgan kundaligimdan ?. . .

 

-------------------------------------------


Tong pallasi yirik tomchilar

Nog‘ora qilib chalar

Kulbaning tomin .

 

-------------------------------------


Burga chaqib uxlatmayapti . . .

Yulduz to‘la bepoyon osmon . . .

 

---------------------------------------


Dengizlarga tikilganimcha

Soxildagi o‘tloqda

Bo‘shanaman , xojat qilaman

 

------------------------------------


Bolakaylar o‘ynab yuribdi

Qabrlar aro . . .

Oqshom qo‘ng‘irog‘i jaranglar . . .

 

-----------------------------------------


Oyoqlarim yurmay qo‘ydi . . .

Kuzgi shamollarda

Ot sug‘oraman . . .

 

-----------------------------------


Cho‘chqa menga tikildi ,

Qiziqishdan ochilgan og‘ziga

Kirmoqda kuzgi shamol .

 

----------------------------------------


Kun bo‘yi yomg‘ir yog‘di .

Men o‘yladim xasratga cho‘mib ,

Olislarda qolgan Vatanimni .

 

----------------------------------

Buncha ham mazali

Bo‘lmasa guruch .

Kavshanaman bir o‘zim o‘ychan .

 

--------------------------------------


Oftob qizdirmoqda

Ustarada qirilgan

Taqir boshimni

 

 

------------------------------------

 

 

 

 

 

 

Обновлено (20.02.2015 01:38)

 
Image result for мурод муҳаммад дўст

 

Murod Muhammad Do'st

(1948 yilda tug‘ilgan)

 


M. M. Do‘st 1948 yilda Samarqandning Jom qishlog‘ida tug‘ilgan. U ToshDU ni tugatgach, Moskvada Adabiyot institutida tahsil oladi. So‘ngra «O’zbekfilm» kinostudiyasida, «Sharq yulduzi» oynomasida faoliyat ko‘rsatadi. Uning ijodi 70-yillarda hikoyalar yozishdan boshlangan.

Asarlari: «Qaydasan, quvonch sadosi» (1976, ilk hikoyalar to‘plami), «Mustafo», «Iste’fo», «Dashtu dalalarda», «Galatepa qissalari», «Chollardan biri», «Bir toychoqning kuni», «Galatepaga qaytish» (1983), «Lolazor» (1988) va boshq.

 

 

Dashtu dalalarda

Hikoya

 

 

Xadicha ketdiyu ko‘nglidan halovat ham ketdi. Uy bamisoli o‘lik chiqqanday huvillaydi. Polvonning yuragi toriqdi — uyni tark etdi, boqqa olib tushadigan qiяlikdagi bobosidan qolgan yerto‘lani o‘ziga boshpana qildi. Odamlarning kulishini bilardi, ammo uydagi hamma narsa Xadichani esga soladi: ostonaga qadami tekkan, devorga yelkasi — chidab o‘tirishi qiyin bo‘ldi.

Yerto‘la eski bo‘lsa ham havosi quruq edi. Yeri naq metin — cho‘kich tegsa, chaqin chiqadi. Qoratoyni ham ichkari olib kirdi. Bechora it ochiqqa o‘rgangan edi, yerto‘laga ko‘nikolmadi, uch-to‘rt kecha uvlab chiqdi, lekin — yo‘q, keyin-keyin egasining holiga tushundi chog‘i, poygakka to‘shalgan poxol ustida indamay yotadigan bo‘ldi.

Yerto‘la avvaliga sal vahimali ko‘rindi. Shifti past, agar chiroq bo‘lmasa, naq lahadning o‘zginasi...

Asta-sekin yerto‘laning go‘rsimon ekaniga ham ko‘nikdi. Yomg‘irli bir tunda uyqusiz yotib, uzoq o‘yladi, o‘zining tirikligini o‘yladi, yonida iti Qoratoy borligini, Xadichaning ketganini... Bir o‘zi ketsa go‘rga edi, qizchani ham yetaklab ketdi. Shu tariqa, xayoli to‘rt яshar qizchasi Chamanga og‘di, qizim hozir Sho‘rquduqning ko‘chasida bemalol o‘ynab yurgandir, deb o‘yladi, hatto uning qo‘lchalarini tuproqqa belab qichqirayottanini eshitganday bo‘ldi. Yarim tun ekani, tashqarida yomg‘ir sharros quяyotgani — barisi bekor edi. Xo‘rligi keldi, o‘zidan xafa bo‘ldi, keyin poygakda xumday boshini yerga qo‘yib mudrayotgan itiga so‘zlandi: mening holim shu, Qoratoyjon, xotin ketdi, har kim o‘z yo‘liga ekan...

 

 

*

 

 

 

 

Обновлено (11.02.2017 14:20)

Подробнее...

 

Abduvali Qutbiddin.

 

Hayol  kechasi

 

Toshkent “Yozuvchi” nashriyoti 1994

* * *


Quyosh, yurting qayda, so‘ragan edim,
Tong-la nuringga dil o‘ragan edim,
Men ham sen bor yerga boraman dedim,
Ammo osmoningga ko‘ymading, quyosh,
Biror bor boshimga tekkizmading bosh.

Muyishib, mungrayib ishlagan edim,
Men ham ko‘p toshlarni tishlagan edim,
Qahring shomlarida qishlagan edim,
Hayron yoshligpmni ho‘ngratding, quyosh,
Biror bor boshimga tekkizmading bosh.

Urfu rusumingdan boshlagan edim,
Eski do‘koningni xushlagan edim,
Duru marjoningni ushlagan edim,
Oqibat manglayim mushtladim, quyosh,
Biror bor boshimga tekkizmading bosh.

Tilimni kundaga ko‘ygil, chop dedim,
Keyin dil uyiga borib yot dedim,
O‘g‘lim u, o‘zim u, asta yoq dedim,
Kulu to‘zonidan mahv bo‘lgin, quyosh,
Biror bor boshimga tekkizmading bosh.

Men odam edim-ku, men odam edim,
Loydan-da yo‘g‘rilgan matodan edim,
Iblisga aldangan atodan edim,
Ey quyosh, men seni sevaman, quyosh,
Biror bor boshimga tekkizmading bosh.

 

 

 

 

 

Обновлено (26.03.2015 15:26)

Подробнее...

 

 

 

Abulqosim   Muhammadrasulov


“POLITBYuROGA MAKTUB”

 

 

 

Yoki  Muhammad SOLIHga  ochiq xat

 



Adashmasam, 1985 yili O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasining navbatdagi s‘ezdi chaqirildi.Unga barcha uyushma a‘zolari taklif etildi. Shu jumladan men ham.

 

 

 

 

 

Обновлено (01.05.2012 18:25)

Подробнее...

 

Xoldor Vulqon

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a'zosi

G'ozlar galasining bom -bo'sh chelagi



Yog‘ar kuz yomg‘iri maydalab, ezib,
Yomg‘irda yuvilgan oynaday tuyg‘u.
Soyabon ostida yurarman kezib,
Ko‘lmaklar ko‘zida ismsiz qayg‘u.


Suv yuzida g‘amgin kumush xalqalar,
Shivirlar qamishli sohillar labi.
Bir yupun majnuntol yolg‘iz chayqalar,
Unsiz yig‘layotgan parizod kabi.


Nahot tamom bo‘ldi yomg‘ir ko‘z yoshi?
Tabiat yig‘idan to‘xtadi, tindi.
Yer qadar egildi maysalar boshi,
Borliqqa musaffo halovat indi.


Tortinchoq yalong‘och bog‘lar bir yonda,
Oynadek yaltirar bog‘lar yo‘lagi.
G‘iyt - g‘iyt etar kuzgi g‘amgin osmonda,
G‘ozlar galasining bo‘m - bo‘sh chelagi.




9 iyulь, 2011 yil.

Tungi soat 2 dan 36 daqiqa o‘tdi.

Toronto shahri, Kanada.

 

Обновлено (23.05.2016 15:18)

 
Еще статьи...