Xoldor Vulqon


Xudoning Kitoblariga oddiy kitoblarga qaraganday qarash gunox emasmi?

(Muhammad Solix va Jamol Kamollarning ijodiy faoliyatlariga ayrim chizgilar)

 

 

Ko‘plar dunyo hoyu havaslariga, toju taxtga, mulku molga mehr qo‘yadilar.Donishmand odamlar esa mal‘un, ya‘ni la‘natlangan boylikni, dunyo vasvasasini tark etib, najot qo‘rg‘oniga intiladilar, shoshiladilar.Hazrati Amiri Alisher Navoiy ham muvaqqat dunyoga etak siltab, arba‘inlar yozib, tariqat, so‘fiylik yo‘lini tutib, Xudoi Taologa munojat va tavallolar qilgani tarixdan ma‘lum.Hazrati Navoiyning ijodiy umrboqiyligiga sabab ham aslida Xudoning kitobini o‘qib ulg‘aygani, yozgan asarlari o‘sha ilohiy kitob matlabi - oliy odob, husni xulq normalariga hamohang ekanidadir balkim.

XX asrning ikkinchi yarmida o‘zbek she‘riyatini toza havolardan nafaslantirib,yanada jonlantirgan, yoshartirgan iste‘dodli shoir Muhammad Solix (Salay Muhammadaminov) avvaliga Xudoning to‘rt kitobi qatoriga kirmagan otashparast Zardushtning "Avesto" hikmatlar to‘plamiga mehr ko‘rguzgan esada, keyinchalik bu yo‘ldan qaytib, Dini Islom yo‘lini tanladi.Yillar o‘tib, baayni Bobur, Mashrab, Nasimiy, Hamza, Cho‘lpon singari shoirlar boshiga yog‘ilgani kabi o‘z  boshiga va yaqinlari ustiga yog‘ilayotgan kulfatlar sababini shoirlikdan deb bildimi, xullas, Muhammad Solix(Salay Muhammadaminov) qo‘lidagi Xudo tutqazgan o‘tkir qalamini sindirib otdi, she‘r yozishni to‘xtatdi.Ammo yaqinda Muhammad Solix (Salay Muhammadaminov) she‘riyatni  shariatga mengzadi, shunday qaltis gapni aytishga  jur‘at etdi.Mening nazarimda esa shariat hech qachon she‘riyat, she‘riyat esa, aslo shariat bo‘la olmaydiganday.She‘riyatni diniy ahkomlar majmu‘i sifatida tasavvur qilishning o‘zi nojiddiylik bo‘lardi. Hatto  diniy ahkomlarga esh Faridaddin Ibrohim Attor, Mavlono Jaloliddin Balhiy, Yassaviy, Mashrab, So‘fi Olloyorlarning she‘riyati bo‘lgan taqdirda ham.She‘riyatni shariatga mengzash xuddiki  imomlar she‘r  ohangida nazmiy ma‘ruza qilishlariga yo‘l ochishday, fatvo berishday, bir buyuk fitnani boshlashday, sodir etishday yangramoqda.Qolaversa, she‘riyatni ham sekin asta  qopga, qolipga solishga initilish kabi taasurot uyg‘otadi u so‘zlar.To‘g‘ri ustoz shoir Muhammad Solix (Salay Muhammadaminov) u so‘zlari bilan "she‘rlari shariat axkomlari talabiga javob beradigan bo‘ldi" deya quvonmoqdalar.Ammo "she‘riyati shariat bo‘ldi" degan so‘z ortidan yuqorida biz aytgan fitnalar qoyim bo‘lmasligiga ham hech kim kafolat berolmaydi.Inchunun, shariat masalasi g‘oyat nozik masaladirkim, unga juda extiyotlik bilan yondoshmoq kerak.Men bir hadis o‘qigandim.Unda payg‘ambarimiz alayxi saloti vasallam shunday deydilar: Kimki bir yaxshi ishni boshlab qo‘yib olamdan o‘tsa, o‘sha ishdan hosil bo‘ladigan savoblar to ro‘zi qiyomat o‘sha bandaga borib turaveradi.Kimki biror fitnani boshlab qo‘yib olamdan o‘tib ketsa, o‘sha fitnadan hosil bo‘lgan gunoxlar to ro‘zi qiyomat o‘sha bandaga to‘xtovsiz borib turadi -deydilar janobi payg‘ambarimiz.Balki Muhammad Solix mening bu yozgan so‘zlarimni g‘azablanib o‘qiyotgandir.U inson o‘zi musulmon bo‘laturib, birov yozgan narsalarni o‘qib ham "Nima? Qayerda? Men endi sizdan eshitayapman.Men unday narsani o‘qimadim" deya yolg‘on gapirmaydilar, o‘zlarini katta olib,kibrga berilmaydilar. Qaytaga yana bir daxshatli xatodan ogoxlantirganimiz uchun (Garchand tashakkurga yarasha ish qilmagan bo‘lsakda) bizga g‘oyibona TAShAKKUR deya, yaratgan Parvardigori Olamga istig‘for aytadilar.Yaqinda najot qo‘rg‘onining nurli devori ostida haybatlanib turgan yana bir shoirimizni ko‘rib qoldim.U aruz vaznida Erkin Vohidov, O‘lmas Jamollarning yozganlaridan ustun bo‘lsa ustunki, sira qolishmaydigan  o‘tli g‘azallar va boshqa ko‘plab go‘zal asarlar insho etgan taniqli ijodkor O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol edi.Jamol aka yaxshi niyyat bilan Qur‘on suralarini, oyat ba oyat she‘rga solib, asar yozmoqchi ekanlar.Mening diniy ilmim yetarli emas.Ammo bir shogird, havaskor ijodkor sifatida ulug‘ shoirimiz Jamol Kamol boshlagan shu ish to‘g‘rimikin deya o‘ylanib qoldim.Ya‘ni deylik, shoirlar yozyaptiyu, nega bizga mumkin emas degan nuqtai nazarda ertami kech, bironta hofizning kallasiga Qur‘on suralarini kuyga solish, qo‘shiq qilib  kuylash fikri kelib qolmasmikin?O‘sha qo‘shiqlari bilan avval televideniya orqali, so‘ng to‘ylarda, mast -alast davralarda qistir -qistir uchun doirani tezlamasiga chalib, sho‘xidan aytib,  jiddiy narsalarni mazammatga aylantirib yubormasmikanlar?Musiqachilardan keyin rassosmlar ham sura va oyatlarni mato va moybo‘yoqda aks etdirsakchi? -deya o‘ylanib qolsalar nima bo‘ladi?Keyin, "Jamol aka aytdilar, suralarda qofiyalar bor ekan.Qur‘on ham she‘riy usulda yozilgan ekan.She‘riy majmuani esa biz adabiyotshunoslar bir qator ko‘zdan kechirib qo‘yishimiz kerak" deydigan "o‘yinchilar" chiqib, din dushmanlarining buyurtmasini bajarib bermaydi deya kim ayta oladi?Keyin haykaltaroshlar...Eng xavflisi, ularning so‘zlari mo‘‘tadil islom tarafdorlari va radikal qarashdagi dindorlar orasida nafratni kuchaytirib, to‘xtatib bo‘lmas urushlarga sabab bo‘lishini, mamlakatimiz milliy havfsizligiga taxdid soladigan navbatdagi bosh og‘riq bo‘lishini  ham o‘ylab qo‘ysak yomon bo‘lmaydi. Eng daxshatlisi, bu kabi fitnalar qoyim bo‘ladigan bo‘lsa, gunoxi Jamol akaning gardaniga yozilib qolmasmikin?degan muloxazalarga duch keldim.Yaxshilab e‘tibor bering.Navoiydek Qur‘oni Karimni yod bilgan, "Hamsa" yozgan ShOIR she‘riyatni shariat demadilar va Qur‘onni she‘riy usulda yozishga azimat qilmadilar.Xudoning so‘zlari nazmiy ohanglarda bandalar qalbiga tezroq yetib boradi deya oddiy she‘riyatni shariatga, Xudoning kitobini she‘riy kitobga mengzamadilar.Sharq she‘riyatining sultoni, amiri Alisher Navoiy hazratlari Xudoi Taolo o‘z muqaddas kitoblaridagi so‘zlarni Qolu Boloda, Alminsohda, Lavhul Maxfuzdayoq bandalar qalbiga tez yetadigan, ohangdor qilib qo‘yganini, hikmatlarni Xudodanda o‘tkizib aytish yoki yozish bandasining qo‘lidan kelmasligini anglab, hayo qilganlar, bu borada qaltis gaplarni aytish yo yozishdan tiyilganlar. Muhammad Solix (Salay Muhammadaminov) va Jamol Kamollar Xudoning Kitoblari haqida bir narsa yozishdan avval  Navoiy bobomiz kabi jiddiyroq, teranroq  o‘ylasalar bo‘larmidi deymanda.Xususan, mening bu ikki ijodkorga, Muhammad Solixga ham Jamol Kamolga ham  xasad yo xusumatim yo‘q.Faqat ular qo‘l urayotgan ishlarning g‘oyat qaltisligi haqida bir uka, bir do‘st sifatida ikki dunyolik xatardan ogoxlantirib qo‘ygim keldi halos.So‘zlarim og‘ir botgan bo‘lsa, avvaldan uzr so‘rayman.Hurmat bilan, Xoldor Vulqon.

 

11 noyabr, 2013 yil.

Kunduz soat 11 dan 26 daqiqa o‘tdi.Kanada.