Holdor Vulqon


 


 

 


Mizxapparning maktublari

 


(Xajviy maktublar to‘plami)


 


 


Marhum qiziqchi Xojiboy Tojiboyevning porloq xotirasiga bag‘ishlanadi.

 

 

 


 

 

 

Mizxapparning birinchi maktubi

 

 

 


Ushbu yozyatgan xatim shomoldek shoshib, daryodek toshib tez kunlar ichida yetib malim bo‘lsinki, o‘shal bizga dushmon do‘latlarga qochib ketib ettan - bettan pirzdntmizga kesak, har - xil narsalardi otyatgan muxalipat vakillariga deb bilgayman. Assalomu aleykim, hurmatluk muxalipat vakillari. Yaxshi yuripsilarma? Dimag‘lar chog‘ma?Kecha donalardi donasi, przdntimizga tosh otyatkanilar to‘rasida telbazo‘rda aytishti. O‘z ko‘ziminan ko‘rishibti. Eshitib ancha xapa bo‘ldik. Shuytib tosh otasilarma? Przdntmizga tiyib ketsa nima bo‘ladi - a? Ko‘zi irg‘ib chig‘ib qosa, yo bosh - moshi yollisa munga kim juvopparadi?

Przdntimiz silardi chet do‘latlarga chig‘orib yuborganiga rahmatilarmi bu? Xo‘kmatimizga ming rahmat, osmonimiz misappo. Hoyatimiz poravan. Oylыxlardi voxtida olyappiz. Do‘latimiz g‘amxo‘rlыxlariga labbay deb juvopparib, tabiat injыxlыxlarini motanatminan mordanavar yengib yillыx pilonlardi ortig‘iminan bajaryappiz. Iye, vo‘zimdi tanishtirmappanu. Meni atim Mizapparjon. Metirkamda Muzg‘oppor. Pasportimda Mizhappar. Qishlag‘doshlar erkalatib Bilshappaljon deyishadi. Muna tanishivoldik. Aytkanday, nima deyatuvdim? Ha, Xo‘kmatka rahmat. Nondi orzon qildi. Odam osh, go‘sh yemasayam o‘lmaydi. Bizga to‘lьka non orzon bo‘sa bo‘g‘ani. Kiyim yirtilsa yamab - yasqab kiysa bo‘ladi. Lekin, qorindi yamab bo‘lama? Muna, yaqindayam qopti qo‘ltig‘lavop non istab yuruvdik. Xozir non xo‘kmatka raxmat, bor. O‘sha qop qo‘ltiqlab yurilgan paytlardagi bir voqiya xich esimdan chig‘meydi. O‘zi achinarlik voqiya ommo, esimga tushsa kulgim qistovradi. Tovba qildim, astaxprillo deb tindag‘imga qarasamam kulgim to‘xtamaydi. Qoreng, Lattaqishlag‘lik qandashimiz Qurumbo‘y ox yog‘ istab bozorga borsa, bir valadi baklashka, shisha bo‘nkalarda paxta yog‘ sotyatkanakan. Narxini so‘rasa yog‘purush orzon narxti aytibti. Qurumbo‘y “Orzonginaykan, ko‘prog‘ olo‘rey, ortib qosa picha ustama qo‘yib qo‘ni - qo‘shnilarga sotvoraman” deb uch letr opti. Kegin ox yog‘di uyiga opkesa onasi bechara ancha xursan bo‘p esi ketibti dagin, qozonga o‘shi ox yog‘dan olib quyibti. O‘choqqa o‘tinminan tezagdi qalab yaqip endi bir osh qileyk emasa deb mayda - chuydalarni to‘rg‘ashtirishga tushipti. Ommo ox yog‘ hadeganda dog‘ bo‘lo‘rmapti. Qurumbo‘y olovdi yanayam balatlatipti. Bir mahal ding, mundey qarashsa, qozondagi yog‘ qaynayatkanimish. Keyin bilishsa so‘vdo‘gar xaramidan bo‘g‘an Qurumbo‘ydi aldab, yog‘ o‘rniga uch letrlik shisha bo‘nkadagi sovuq choydi bervorganakan, svo‘luch. Qurumbo‘y bechara bir xapta yo‘l kira sarp qp bozorga qaxnadi. Lekin yog‘purush xaramidan bo‘g‘andi topomadi. Endi muna qimmat bo‘sayam yog‘lar bor. Hamma narsa yetarlik. To‘xliqqa sho‘xliq deb ba‘zi bir odamlar chirag‘ o‘chyatganidan shikoyat qiladi. Menga qosa, iliktir degan narsani, chirag‘di umuman o‘chirib tashlash kerak. Teskari aylantiraman deb icho‘chigdi kavlayatkanda nechta odamdi to‘k urib o‘ldirdi. Nechtasini tomidagi primichkasidan o‘t chig‘ib uyi yonib ketti. Bu iliktr degani kapori ziyonakan odamga. Chirag‘ o‘chsa yana qayta yaxshibasmi, bola - chaqalar ettaroq uxleydi. Qishlag‘imizda xar kuni ettadan kechgacha chirag‘ o‘chadi. Kecha kechki payt og‘ilxonada mollardi tagini tozalayatsam, ko‘chada odamlar “Urrrro‘o‘o‘o‘v !” deb baqirvoruvdi yuragim yomon bo‘p qolishiga jichcha qoldi. Revolyutsiya boshlanib mu xalipat kepti deb o‘ylappan.

Yug‘irib ko‘chaga chig‘ib “Ha, nimaga baqirishyapsan?” desam “Chirag‘ yonganiga baqiryappiz” diydi. Bu odamlarga xayronsan. Birovlari gaz yo‘q deya g‘udranib yuradi. E, menga qosache, gazdiyam umuman yo‘qotvorish kerak! Shu gazdi deb bultur uyimizga o‘t ketib qolay degan. Qaxraton qish. Eshak chilla. Sovuuuq. Gaz yo‘q. So‘vqatib gildirab o‘tiramiz eski - tuski, juldur japolarga o‘ranib. Xamsayamiz O‘rinbo‘y mato‘r o‘rnatib quvirdagi bor gazni tortivog‘an kunlar. Qishlag‘da hamma mato‘r qo‘yvog‘an. Menam o‘gey dadamminan o‘gey onamga oytip maslaxat qipturib “Temirchilik”dan mato‘r opkeldim. Kanserva bo‘nkasidan qilingan. Uyga kelib mato‘rdi uladim. Qorasam, gaz guvillab yonyapti. Hash - pash deguncha uyimiz isib xommom bo‘p napas obo‘mey ketti. O‘gey dadamminan mehribon o‘gey onam xursaaaant, becharalar. Men maykachan bo‘vog‘anman. Tellab kettik. Bir mahal ding, binasa “Chirrrr - chirrrr” qip turip mato‘r “Baaaaaang‘g‘g‘ !” etib portillab ketsa bo‘lama? Mehribon o‘gey onam bechara qo‘rqib ketib “Voy dod, yardam berinar !” deb baqirdi. Men neso‘pqog‘anman. Rangim axagdi singari oqarib ketgan. Qorasam pechkamiz oldidagi po‘stakminan to‘shak yonyapti. Yug‘iriib borib olovdi tepalay boshladim. Bir voqt shimimga o‘t ketib poychalari tizzamgacha yonib ketdi. Shimim bir sekuntti ichida sho‘rtik bo‘pqoldi. Yaxshiyam baxtimizga moto‘r o‘lib gaz O‘rinbo‘ylardikiga o‘tib ketdi. Olovdi bir narsa qilib o‘chirdik. O‘sha - o‘sha gazdan qo‘rqaman. Shu - shu qishda tezak yoqamiz. Endi aytovrsam gap ko‘p, ko‘mir oz. Hurmatlik muxalipat vakillari, silarga maslaxatim chet do‘latlarda indamey yuro‘rinar. Bizminan ishinar bo‘masin, xo‘ppi? Indaqa tosh otmenar, ayb bo‘ladi. Toshti bir - birinarga otib yuro‘rinar.

Hurmatminan Mizxappar.

 

 

 


21 inji yonvar, 2008 inji yil. Soxot 19 dan 15 milit o‘tti.

Chapayip kalxo‘zi.

 

 


 

 

 

 

 

 

Mizxapparning ikkinchi maktubi

 

 

 


 


Ushbu yozyatkan maktupim ham To‘pondi singari o‘kirib, Dovuldey bo‘kirib tez kunlar ichida yetib oy kabi ravshan bo‘lsinki, o‘shal chet do‘latlardi misappo havosidan napas op o‘z mo‘xo‘rkasini chekib yurgan hurmatlik Saytmirat akamga deb bilgayman. Assalomu aleykim, Saytmirat aka. Mendan so‘rasez, menam yurippan chorig‘imdi sudraaaab. Gapti cho‘zmay yangilixlardan boshlo‘reymi? Xo‘p bo‘ladi, aka. Birinji yangilik, Lataqishlag‘lik qandashimiz Qurumbo‘y qamalib ketti. Ayp o‘zida. U guzarda menga uchrashib “Mizxappar, zo‘r yangilix bor. Bitta qo‘y so‘yib ziyofat qisang aytaman” dedi. Men o‘ylanib qoldim. Kegin: - Mayli, hoyatimiz parovon, hamma yo‘q yetarlik. Indaqa bo‘sa, ettaga kechki payt soxot o‘n ikkilarda Tulkimozordagi samo‘vo‘rga to‘planinar, bitta qo‘y mendan - dedim. Qurumbo‘y ishanmadi. Ha mayli, ishanmasang ishib ket dedim dagin, ettasiga so‘zimdi ustidan chig‘ib somovordi orqasida o‘z qo‘limminan qo‘ydi so‘ydim. Karislardi qo‘yini.

Karislardi qo‘yi ko‘kyo‘talga doriykan. Pajennik kamandada ishleydog‘on pochcham aytti. Xullas o‘vqat piship dimlamani suzip opkesak Qurumbo‘y xazar qp men itti go‘shini yemiman dedi. Yo‘ldashvo‘y ayttiki, menga arag‘ o‘sa bo‘ldi, eshakdi go‘shi bo‘sayam yo‘raman dedi. Men bo‘pti indaqa bo‘sa - deb tijorattan qarzga bitta arag‘ apkeldim. Araq teppeykan. To‘y to‘ydek o‘sin, pichag‘vozlig o‘masin deb kiygiz kitopka yozdirib yana bitta arag‘ apkeldim. U araxtiyam oq urdik. Kegin yana apkelindi. Shuytib deng, kayptan ko‘zimizi jiliti chig‘ib go‘layip qoldik. Men aqldi borida bilivolish uchun Qurumbo‘yga: - Endi yangilikti ayt - dedim. Qurumbo‘y chinchalag‘iminan chishini buytib kavlab: - Muxalipatka yozgan maktupingdi sayt elon qipti - dedi kekirib. Qoreng, beadapligini, sizi ismizi toq aytib Sayt dedi. Men: - E, Qurumbo‘y, sen indaqa o‘zingdan kattani senlashti urganma - desam, u injayib meni Qishlaqi , tuppppppoy, valinka dedi. Menam sarig‘manda, achchig‘im tez. Achchig‘im chig‘sa birovdi o‘ltirmaslikka kapolat beromiman. Shartta o‘nnimdan turip qiyomlardi tepalab, dastaxondi ustidan yurib borib Qurumbo‘yga: - Nima deding? Qulag‘im sal og‘irroq, yana bir qaytarvor - dedim Yusup Yalangto‘shka o‘xshap. Men ancha - mincha qorateminan shug‘illanganmanta. Mindey qorasam, dastaxonda dastasiga izalenta o‘ralgan pichaq yotipti. Pichaxti shappida olib endi Qurumbo‘ydi so‘yyatsam melisa kep qoldi. U melisani ati Nishon. - Ha, nimaga mushlashishyapsan ikoving? - dedi Nishon. Men bor gapti ayttim.Nishon melisa daptarga binasalardi yozib Qurumbo‘ydi axtarip so‘kti: - Ey - dedi, sen iplos - dedi - Saytmirat Sattaruvichti kimligini bilasami o‘zi? Yigirma yildan beri shunday katta qomaqxonani boshqarib kelyatkan byuk, tarixiy sarkardani senlaysanmi -a, e, xaramidan bo‘g‘an ko‘rnamak?! - dedi. Qurumbo‘y indamey turo‘rmastan: - Men Mixalipatdagi saytti aytyappan deb o‘tiriptita, qoreng. Bu gapti eshitib Nishondi ko‘zi kasasidan chig‘di. Kegin yarmini o‘rischalab yarmini o‘zbekchalap: - Nu suqaaaa! Sen hali Saytmirat Sattaruvichga to‘xmatam qilasami?! Vsyo, kayuk tebe, kazyol! Men senga muxalipatti ko‘rsataman! Ya tya poqaju gde raki zimuyut!- deb baqirdi dagin, Qurumbo‘ydi teviiib - tevib uchastkaga apketti. Yaqinda so‘t xo‘km chiqarib Qurumbo‘ydi “Men Xizbittaxlildi a‘zosibasman” diyishigayam qoramey majbuur to‘qqiz yilga kesvorishti. Beadaplik yomonakanta, Saytmirat aka. Mana Qurumbo‘y beadapligi tupaylik qomalip ketti. Otam raxmanlik mashoyixlardan matal aytaritti:

 

 


Aningdek bulbuli shirin napastir,

Tilidin ul giriptori qapastir.

 

 


Kecha deng, Qurumbo‘y bitta melisaga picha pora berip qomaqxonadan menga xat chig‘oripti. Men melisadan xatti oldimu o‘qigani, to‘g‘risi yuragim betlamadi. Rasaaaa aynip - achip, changitip so‘kkan bo‘lsa kerak dedim dagin baribir qizig‘ip xatti ochtim. O‘qisam, Qurumbo‘y: - Rahmat senga, Mizxappar. Bu yaxshiligingdi u dunyoyu bu dunyo unutmiyman. Muna, sen tupaylik shundey baxtka misharrap bo‘p to‘qqiz yilga qomalivoldim. Sendan intimos, bizi uydegilarga aytip qo‘y, ularam tezda bita - yampa jinoyat sodir qip xich yo‘q besh - o‘n yilga kesilishvosin. Chunki, qomaqxonadegi hoyat tashqaridagi hoyattan yaxshiykan. Bu yerda nonminan o‘vqat, kiyim - bosh berisharakan - dep yozipti. Xoyran bo‘ldim. Becharani bosh - moshiga melisalar buytip temir - pemirminan urgan bo‘sa tom - pomi ketip qopti o‘xsheydi deb o‘yladim. Kegin: - E, baladan xazar, o‘zidan kelip o‘zidan ketsin dedim dagin, ko‘lmak suvda qo‘limdi yuvip qo‘ltig‘imga arttib endi uyga kirip ketyatsam janazaga chaqirip qolishti. Surishtirsam, Qurumbo‘ydi qomatvorgan Nishondi boshlig‘i, byuk sarkarda, sizi odashiz Saytmirat Sattaruvich vopot etipti. Men ishanmadim. Chunki Saytmirat Sattaruvich juda yosh, hali saksongayam kirmovdilarta, bechara. Men avvallari rahbarlar ya‘ni bo‘shliqlar o‘lmasa kerak dep o‘ylarittim. Ularam o‘larakan. Obbo dep to‘ppini kiydim dagin, turpaqqa tayammum qip janazaga jo‘nadim. So‘viiq, qor uchqunlap turipti. Paytovani qalin o‘rap kazo‘n o‘tigimdi kiyvog‘anman. Pochcham bergan o‘tikdi. Sattaruvichti uyiga borsam odamlar uyasiga cho‘p tiqilgan eshak arini singari to‘zib yotibti. Kunda gay - guy qip, arag‘ ichip, turlik - tuman voz - vozlarminan shug‘illanuvchi tomomi katta bo‘shliqlar qo‘l qovushtirip, mulla mushuk bo‘b qotorlaship turishipti xar zamonda ko‘cha chetiga yoqip qo‘yilgan to‘ngak olovida isinib. Ichkarida madikar bozoridan pulga yollab opkelingan yig‘ichi

ayollar ox chekib o‘zini - o‘zi urip “Mehribonim akammoooo, akammooo!”, “Nomozxonim otammoooo, otammoo, otammo!” dep yig‘layapti. Bir mahal eyniga kastim - shim, ayag‘iga kavush, boshiga qora do‘ppi kiygan, soqolini yaxshilap qirtishlagan domla kep: - “Qaniy emasa, mo‘htaram o‘rtag‘lar, saplaninar, janaza o‘qiymiz” dedi. Sap tortip janaza o‘qishti boshladik. Domla Xo‘kmatti shunaqa uzaq duvo qildiki, chachti qayzg‘ag‘iga o‘xshap yag‘yatkan qorga qorap turip so‘vqatip, zerikip kettim. Muni ustiga domlani ikkita kurak chishi og‘zini yumsayam yopilmasakan. Domlaga qoraaaap turip birdan deng kulgim qistap ketti. “Bratets krolik” degan pikr miyyamga kemaganidayam kulgidan portlagudek bo‘p buytip lunjim shishmagan bo‘laritti. Kulgimi zo‘rg‘a tiyip turippan. Zo‘riqip bo‘ynimgacha qiyyyyp qizarip ketganman. Shayton yomon bo‘larakan. Ayniqsa oldimda turgan odam menga qayrilib qoraganda bettar bo‘ldi. U odam chachini taqirbosh pashistlarga o‘xshap oldirip do‘ppisini salapanga o‘rap kiyvog‘anakan. Chidabo‘madi. Qo‘l qovushtirganimcha yerga qoravolip yelkalarimdi silkitip ovozsiz kulo‘vrdim. Kulyappan, kulyappan qani endi kulgim to‘xtasa. Shunda “Siniqdan boshqasi yuqadi” degan maqoldi to‘g‘riligiga qoyil qoldim. Kulgiyam epidemiyani singari bir zumda boshqalarga yuqarakan. Qorasam yanimda turgan sapdoshlarimdan bittasi (Nazarimda uniyam shaytoni tezrag‘akami) menga o‘xshap yerga qoravolip astoydil kulyapti. Kegin deng ikalamiz bir - birimizga teng qoravorippiz. Ikalamiz bir - birimizga qorap nasha chekvog‘an

bangilardi singari kulo‘rip qatip qoldik. Bir pas bizga qorap turip boshqalaram kulishga tushti. Kulgi ommaviy tus oldi. Bizga domlayam qo‘shildi. Bir mahal mundey qorasak, o‘likdi egalariyam kulyapti. Kulo‘rip ko‘zlarimizdan yash chig‘ib Xudoyo tovba qildim, Janaza buzalaq bo‘ldi.Xullas, Saytmirat Sattaruvichti vopoti kulgiga, xursanchilikka, aylanip ketti. Shunaqa gaplar. Mayli emasa, Saytmirat aka. Vaqt sal ziqrog‘iydi. Men talaga borishim kerak. Chapayip kalxo‘zida shudgarga yaxob beryappiz. So‘raganlarga salom deng.

 

 

 


Barchaga hurmatminan Mizxappar.

2 inji pebrol, 2008 inji yil. Kunduz soxot 13 dan 22 milit o‘tdi.

Chapayip kalxo‘zi.

 

 

 


 

 

 

 

 

Mizxapparning uchinchi maktubi

 

 


 


Ushbu maktupim shomoldi singari tezlikminan yetip mag‘lim bo‘lsinki, o‘shal bizdi poravan hoyatimizdi ko‘romedaqan chet do‘latlardi misappo xovosidan napas op, o‘z vodkasini ichib yurgan Saytmirat akamga deb bilodurman. Assalomu aleykum, hurmatlik Saytmirat aka. Qalay, qozonday qorayip, somonday sarg‘ayip, “Adashkan it kabi Purqat qoyan borg‘im bilolmasman” dep ashillalardi aytip, balalaykalardi cholip yuripsizma shuytip? Dimag‘lar chog‘ma? Bir mashoyix aytkanakan:

 

 


Vatandin ayri ko‘ngildi bilingki yayratip bo‘lmas,

Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratip bo‘lmas.

 

 


Endi mendan so‘rasez, menam yurippan aka, Chapayip kalxo‘zida ishlap, shudgarlarga yaxob berip. Talalar oppoq qorminan qoplangan. Qoraaaap turip g‘azal yozgiz kepketadi. Romontikaga berilip ketmey - a, aka? Xo‘p bo‘ladi. Yaqinda Qurumbo‘ydi ko‘rgani Qomaqxonaga borip keldim. Yaxshimi, yomonmi, Qurumbo‘y qandashimiz. Sulton suyagidan tonmapti deyishkan eskilar, ke, shu g‘aripti yo‘xlap sovop ish qiley dedim dagin, bir yumalaq pamil choyminan to‘rtta lo‘li kovopti ikkita nondi orasiga op qomaqxonaga bordim. Borsam Qurumbo‘y qomaqxona tashqarisida melisalarminan yaqalaship yurganakan. Melisalar uni xaydap: - E, qanaqa odamsan?! Xit qivordinu! Mana, qo‘lingda so‘tti qorori! Senga amnisiya tegdi, endi ozodsan! Bor, uyinga jo‘na! - desa Qurumbo‘y: - Nimaga endi menga amnisiya tegarakan?! Meni ozod qilishka haqqinar yo‘q! Men oliy so‘tka appilasiya, kassasiya shikoyati yozaman! Nega meni qamalish xuquqidan maxrum qilyapsilar?! Bu masalani oliy so‘t chechmasa men Xuman Rayis O‘ch tashkilotiga arz qilaman! - deb baqirdi. Melisalar binasa qp qochip turmani dorvozasini yopvolishti. Qurumbo‘y turmani dorvozasini mushlap: - dorvozani och, iploslar! Och diyappan! - dep bag‘irdi. Temir dorvozani dang‘illatip tepti dagin - Och dorvozani! Kamerada qo‘njilik patinkam qopketipti, xich yo‘q o‘shani ovoley! - dedi. Melisalar ichkaridan: - Pashyo‘l ti na uy! Seni o‘zi zo‘rg‘a chiqardik! Ichkariga kirvoseng seni yana sudra - sudra qilib yurishga toqatimiz yo‘q! Patinkeyni xozir o‘zimiz opchig‘ipparamiz! - deyishti. Bir pastan kegin tikanli sim tortilgan duvoldan Qurumbo‘ydi qo‘njilik patinkasi uchip o‘tip “Top!” “Tup!” aytip chushti. Men borib Qurumbo‘yminan salomlashtim. - Ha, keldingmi, Mizxappar - dedi u men bilan sovuqqina ko‘rishib. Shu payt ichkaridan bitta melisa bag‘irdi: - E, bratan, sizdan intimos, shu qandashizi aldap - suldap biyyettan apketing! Jonimizdan to‘ydirvordiyu bu muttaxam! Qamoqxona tarixinda bunday chiqin maxbusti endi ko‘rip turippiz! Men Qurumbo‘ydi insopka chaqirip: - Qurumbek, esingdi yig‘, o‘shna. Yur, tezraq biyyettan keteyk - dedim. Qurumbo‘y yerda yotkan mushttan kattaraq toshti opturip soqchilar minorasiga qoratip otti. Yaxshi saldat bola chap berip qoldi. Bo‘masa peshanasidan darcha ochilip qolaritti. Qurumbo‘y o‘zicha: - Ha, senlar shashmey tur, kampramat yig‘ip qo‘yippan. Yaqinda hammeni yaseyman - dep g‘udranip qo‘ydi. Men Qurumbo‘ydi tinchlantirib aptabo‘z bekatka qorap sudradim: - Do‘sim, indaqa, tosh otma. Indan ko‘ra ozod bo‘g‘aninga suyunsangchi. Boshinga qo‘nmoqchi bo‘g‘an baxt qushini shuytib kaltak op "Kish - kish!" dep quvasanma? - dedim. Qurumbo‘y: - Men baribir qomalmey qo‘ymayman, vek volya ne vidatь! - deb baqirgancha oldimga tushib keta boshladi. Yo‘l yo‘lakay men qizig‘ib: - Qurum, hali Kampirovot yig‘dim dedingmi? Nima u? deb savolga tutdim. Qurumbo‘y chuchuntirdi : - Mujik, senda ponyatka boma o‘zi? Kampramat bu dubaklardi grexlariyu! Qobil dubakka kompramat bor. Qara, o‘zim kambaxolman. Shkonkada o‘tirib “svetoy”imga chefirdan quyib icheyeeb ota kayp qilib o‘tirsam. Qobil kirib semeykalargacha ashmonatь qildi. Men, Qobil bu ishing za padlo desam. U menga qorab turib: - Senga Qobil nukopoti berish keragakan - dedi. Qanaqa u Qobil nukopoti? - dedim men xayron bo‘lib. Mana, manavinaqa nukopot! - depturib Qobil qo‘lidagi to‘qmaqminan bo‘ynimga qo‘yvoruvdi mandalaj o‘pqoldim. Xamma tomirlarim bitta bo‘p, qo‘llarim akashak o‘pqoldi - db qomag‘da ko‘rganlarini izaq voqt gapirdi Qurumbo‘y. Men Qurumbo‘yga: - Qo‘y, buytib melisalarminan olishma o‘shna, indaqa Qobillardan ixtiyat bo‘g‘in. Eski kitoplardayam keladiki, Qobil degan bola Xobil degan ukasinimi, yo Xobil Qobildimi toshminan urib o‘ltirganakanta xullas - dep unga nasaxat qildim. Qurumbo‘y bo‘sa: - Voy iplooos, u hali Xobil degan o‘z ukasiniyam toshminan urib o‘ltirganakami? Yaxshi aytting. Uniyam kampramatga qo‘ship qo‘yaman. - dedi Qurumbo‘y. Biz aptobo‘z astano‘pkasigacha jim bordik. Astano‘pkada odamlar to‘planib turgan jeytta Qurumbo‘y yana gapirishga boshlandi: - Mizxappar, sen “Chigirtka o‘yindi” bilasanmi? dedi. Men yo‘x - dedim. U Chuchuntirishka chushti: - Zonada kamboxollar to‘planamiz dagin, ikkita gugutti ob shiqqillatib, chertib buytip cholib zonovskiy qo‘shig‘lardan xirgoyi qilamiz, Vek volya ne vidatь - Qurumbo‘y shundey deb turib cho‘ntagidan ikkita gugut oldi dagin, shiqqillatib, chertib cholib ashilla aytdi.

 

 


Turma meni makonim,

Aara vay,

Odinochkasi do‘konim

Aara vay.

Ara vaaay vay,

vay vay vay vay

 


Bu qanaqa “Eralash” bo‘ldiykin dep astano‘pkadegi odamlar xoyran. Ular xoyran bo‘g‘an sari Qurumbo‘y avjiga chig‘adi.

 

 


Vladimirskiy tsentral

Veter severniy

Povesilsya tam prokuror…

Izvozchik, otvezi menya rodno‘y,

Ya kak veterok segodnya volьniy.

 

 


Qorasam, bir-ikkitasi jinnixonaga tilpon qilib psixbrugadani chaqirish uchun maslaxatga massi kiydirishyapti. Men shartta taksi ushab Qurumbo‘ydi moshinaga tig‘dim dagin, uni binasa qilib aldab - suldab uyiga tashab keldim. E, xayriyat, qutuldim - deb yursam Yaqinda u uyga taklifnoma teylab ketibdi. o‘qisam, Qurumbo‘y meni to‘yga taklip qipti. uylanyaptikan. Qoryaxon degan qizga. Obbo, yana chiqimakanda, to‘yga nima to‘yana qisamikin deb o‘ylanib turdim dagin, miyamga kegan pilaso‘pik pikrdan xursant o‘lib “Evrikaaa!” deb baqirvoruvdim mexmonga kegan pajennik kamandada ishleydog‘on pochchamdi yuragi yomon bo‘pqolay dedi. Uyda itti terisidan tikilgan telpax boriydi. Ashi telpaxti gazitaga o‘rab pochcham bergan kirza o‘tigimdi kiyip to‘yga jo‘nadim. To‘yanani ko‘rib Qurumbo‘y xursanto‘pketti. U karisti qo‘yini terisidan tikilgan admanka telpaxti kiyvoldi. Qurumbo‘y Qizil to‘y qig‘anakan. Kelinam o‘tiribti to‘ridagi istolda har zamonda cho‘ynakka quyilgan araxtan qittak - qittak urip. Mexmonlarga barmatuxa tortishkanakan. Hammasi mos, bunni qizarib ko‘zlari g‘ilay o‘pqog‘an. Otarchi “Lazgi”ni aytyapti. Mamadiyorminan uch - to‘rttasi o‘rtani changitib, oyoqlarini shiqillatib, yelkalarini uchirib muqom qp o‘yinga tushyapti. Bitta mos bo‘ynini tomirini o‘qlovday qilib “Voy do‘o‘o‘o‘o‘o‘o‘o‘o‘o‘st! Jup bo‘siiin!” deb baqiryapti. Men Qurumbo‘ydi yanida o‘tiruvdim. U menga bitta mallatop odamdi tanishtirdi. - Miymandi ati Benjamen, pamilasi Makinto‘sh. Amirkadan kegan pravazashitnik. Xayvonlardi xuquqlarini ximoya qiladi. Misol uchun sen ittimi, eshakdimi, pashshanimi urip ozor bersang seni so‘tka berib qomatadi. Gaplashkina, Samovorda it so‘yganingdi bilsa besh - o‘n yilga ulgirji qomalvolasan - dedi. Kegin meni mister Makinto‘shga : - Seer, xis nems mister Mizxappar . Veyeray nays pipl - db tanishtirdi. Mister Makinto‘sh: “Nays tu mit yuv” mi binasalar dediyu yana o‘rtadog‘i o‘yinga tushyatkanlardi tomosha qilishta dovom etti. Men ichimda: itti so‘yib etini dimlama qip, terisidan telpak qiganimdi bilib qolsa bu svo‘lich meni qomatvorarakanda. Yaxshiyam Qurumbo‘ydi boshidagi telpakka ixtibor bermadi - deb suyundim. Mister o‘ynayatganlarga do‘ller qistiruvdi otarchini ko‘zi olaydi dog‘in, daromat ko‘pturib “Tuylaaaar mubooorak!”deb ashilla ayta boshladi. Bir - ikkitasi misterdi o‘yinga tortishdi. Mister endi o‘yinga tushyatuvdi Kanneychilar to‘yxonaga uzun - uzun yog‘och ayag‘lardi kiyvolib qayraqlarini shiqqirlatib o‘yinga tushayotgan bolaminan kirip kep qolishdi. Nog‘orolar zarbidan to‘yxona zirillab kanneydi g‘at - g‘uti otarchini ashillasini eshittirmey qo‘ydi. Nag‘orachi “Gamba gambl, gamlba gambl” deb cholsa, kanneychi kannaydi osmonga to‘g‘rilab, qorni ochilip, g‘at - g‘ut qp odamlardi o‘yinga chorleydi. Mister bunaqa cholg‘i asboblardi birinchi ko‘rib turishikanta. Qizig‘ib xayron bo‘p tushimmi yo o‘ngimmi, yo ko‘zimga ko‘rinyaptimikin? Men kasal o‘pqoppan shkilik. Tezda duxtirga uchramasam bo‘meydi degandey o‘ylanib turuvdi kimdir Misterdi qo‘lidan xuddi tartibbuzardi tutvog‘an drujinnikti singari sudrap o‘rtaga tortti dog‘in, “Ajnabiy kanneyga o‘ynaydi” dedi. Yana bitasi uni ikkinchi qo‘lidan ushlab tortib “Yo‘q, Mister “Qarg‘alar”ga o‘ynaydilar” deb boshqa tomonga tortti. Yaxshiyam deng Misterdi baxtiga besh o‘nta yigit dupur - dupur qilib “poyondoz” talashib qoldi. Bo‘masa kanneychilarminan otarchilar Misterdi teng ikkiga bo‘lvoraritti. Bu orada poyondoz talashkanlar soni yana ko‘payib ular bir - birini tortib dupir - dupirrrr qilib iyaqqa, dupir - dupirrrr qilib biyaqqa suriladi, gox duvolga borib urilsa, gox xandakka ag‘anab ketishadi. Bir maxal ding, ular o‘ljani tolashyatkan bo‘rilardi singari ixrab, xirillab uzumdi so‘kichagini ustuniga borib uriluvdi, tolxodadan qilingan ustun chirip qog‘anakan, sinib “qars!” aytti dog‘in, so‘kichak qiyshayib ag‘anab ketti. To‘yxona chirag‘larini simi so‘kichakka baylanganakanta, simdan o‘t chig‘ib “porr! - porrr!” deb suvorka bo‘p taaars! aytib portillap ketdi. Xotin - xalaj qiychuv qildi. G‘ovur g‘uvir to‘palan to‘s! Terrorchilik amalyoti sodir bo‘ldi shikilik deb o‘ylagan Mister qo‘rqip ketib: - O, mayn Got! Mamma miyya! - db bag‘irdi. So‘g‘in, chirag‘ o‘chti. - E, Ro‘zimat! Omborxonada sheytanchirag‘ bor. Apchiqib yaqinar! - dedi Qurumbo‘y. Ro‘zimat sheytanchiraxti yaqib: - Tomom, endi ilixtraseptagi transparmatur otvordi. Endi bir ikki oy Lataqishlaxta suvit yonmeydi! dedi. Luppilla Xoji aka: - Qaniy, indaqa bo‘sa tmasam, to‘y tomom! Xamma uy - uyiga, kapa to‘yiga! dedi. Odamlar xapo‘lib tarqap ketishti, Men Qurumbo‘y minan xayrlashib: - Bo‘pti emasa, Qurum. Baxtli bo‘linar. Mana uylanvog‘aning yaxsho‘ldi, oshna, mo‘vi so‘vug‘di kunida. Do‘sim, endi indaqa qamalishti o‘ylamag‘in - dedim. Qurumbo‘y o‘sa: - E, yuzoshti o‘tvosin. Xotinimminan oylaviy qomalvolamiz dedi. Men diydi, ulardi tinch qo‘yip qo‘ymiman. Tuxmat qilaman. Uyimga ato‘m bo‘mpa tashashmoqchi diyman. Sen muxalipatminan qalinsan. Mixalipatka maktup yozseng, ular qomalishimga yardam bervorishadi - dedi.

Mashnaqa gaplar, Saytmirat aka. Mayli emasa, men shashilyatuvdim. Dorilangan chigitti chigito‘raga tashishim kerak. Bohorda u chigitlardi kilyankani tagiga ekamiz. Aytkandey, qochan kelasilar? Tezraq kelip diktaturdi ketiga tevip - tevip taxtasidan chushirinar endi. O‘zbek Xalqi qiylanip kettiyu. Yetar endi Vatangadeyo‘lip yurganinar. Qaytip kelinar.Omalekigin urush qimenar. Urushtan poyda chug‘meydi.

 


Xurmatminan Mizxappar.

 


Chapayip kalxo‘zi.