Поиск

Xoldor Vulqon

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a'zosi

Milliy qahramon kim?



Men jurnalistlikka da’vo qilmaydigan oddiy bir ijodkor yozuvchiman.
Lekin boshqalar kabi men ham jurnalistlarimiz jurnalistika tamoillariga to‘liq rioya qilib, voqealarni bir yoqlama emas, ob’ektiv yoritishlarini, adolatli bo‘lishlarini istayman.


Afsuski bunday jurnalistlar bizda barmoq bilan sanarli.


Lekin ular ham kimgadir vayo qaysidir guruxga yon bosib, go‘yoki ularga xizmat qilayotganday ish yuritadilar.


Yaqinda o‘zini umummuxolifat lideri xisoblab yurguvchi (shoir Muhammad Solix emas) Salay Muhammadaminov Usmon Haqnazarov anonimi ostida biryoqlama maqolalar yozgan, hozirda MXX xibsxonasida o‘tirgan Bobomurod Abdullayev degan yigitni milliy qahramon darajasiga ko‘taribdi.

Bu nafaqat noto‘g‘ri, balki absurd.

O‘z aqli, tafakkuri bilan buyuk isloxatlarga qo‘l urib, qashshoqlashib ketgan o‘z mamlakati iqtisodiyotini yuksaltirib, Xitoyni dunyoning eng rivojlangan, qudratli davlatlari darajasiga olib chiqqan Den Siyaopin kabi reformatorlarni milliy qahramon desa bo‘ladi.

Yoki qardosh Ozarbayjon, Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlari bilan hamkorlikda va boshqa rivojlangan davlatlar yordamiga tayanib, Kaspiy dengizidan kanal orqali Orol dengiziga suv olib kelsa, Panama kanaliga o‘xshagan u kanalda savdo kemalari qatnovini yo‘lga qo‘yib, O‘zbekistonning eksport maxsulotlarini arzon va qulay suzuvchi transportlar yordamida Yevropa bozoriga olib chiqsa, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirib, xalqimizni to‘liq ish bilan ta’minlab, mintaqada ekologik muxitni yaxshilasa, elimizni qishin yozin uzuliksiz elektroenergiya va gaz bilan to‘liq ta’minlasa, ana o‘shanday insonni milliy qahramon desak arziydi.


Biz o‘zbekistonliklar, oddiy fuqarolardan tortib yuqori martabali rahbarlarimizgacha mana shunday ulug‘vor niyyatlar yo‘lida Mustaqillik deb atalgan yagona muqaddas g‘oya atrofida birlashmog‘imiz kerak.
Butun dunyo xalqlariga tamosha bo‘lib, bir birimizning poyimizga bolta urmasligimiz, o‘zaro janjallashmasligimiz, murosa bilan ish yuritmog‘imiz kerak.


Ko‘pmillatli xalqimiz manfaatlariga mos, barchamizga birday maqbul bo‘ladigan adolatli siyosat yurgizishga intilayotgan, xalqimiz saylagan amaldagi Prezidentimiz atrofida birlashishimiz, O‘zbekistonning gullab yashnashi yo‘lida har birimiz, millatimiz, dinimiz va irqimizdan qat’iy nazar, qo‘limizdan kelganicha uni qo‘llab quvvatlashimiz, unga o‘z qimmatli taklif va mulohazalarimiz bilan ko‘maklashmog‘imiz kerak.
Buni kollektiv aql va tafakkur deydilar.

Yana shuniyam laganbardorlikka yo‘yib yurmalaring, ey makkor va razil, o‘z manfaati yo‘lida har qanday pastkashlikdan qaytmaydigan baxil va xasadgo‘y pismiq megalaganbardorlar to‘dasi.


Mening yuqorida yozgan takliflarim laganbardorlik yo balandparvoz gaplar emas.


Shunday qilishimiz kerak va hatto shart.


Qandaydir Usmon Haqnazarov degan yashirin nom ostida shaxsi noma’lum, imzosiz muallif sifatida faoliyat yuritgani ham ozday, salaychilarning O‘XH deya nomlangan, hozirda tarqab bitgan guruxi manfaatlarinigina muhofaza qilib, biryoqlama maqolalar yozgan sayyor jurnalist Bobomurod Abdullayev esa hech qachon milliy qahramon bo‘lolmaydi, hatto shunday unvonni unga taqdim etganlarida ham.


Uning maqolalarini o‘qib ko‘ring.Agar u maqolalar jurnalistikaning holislik va adolat me’zonlariga amal qilib yozilgan bo‘lsa, nega u maqolalarda yaxshimi yomonmi, Abdurahim Po‘latov, Jahongir Mamatovlarga o‘xshaganlar haqida lo mim deyilmagan?Qaytaga u shaxslarga loy chaplab, faqat Salay Muhammadaminovni targ‘ib qilinadi u "maqolalar"da.

Shumi holislik?Shumi analitika? Shumi jurnalistika?

Men bir maqolamda o‘zini siyosatchi xisoblab yurguvchi Salay Muhammadaminovni emas, bir paytlar talaygina yaxshi she’rlar yozgan shoir Muhammad Solixni reabilitatsiya qilib, Vatanga qaytarilsa yaxshi bo‘lardi mazmunida taklif kiritgan edim.

Bir kun qarasam, birovlarni manfaatparast deya kamsitishni yaxshi ko‘radigan oqsoqol shoir tushmagur bir videosida: -"Vatanga qaytaman.Lekin eski siyosatimni kelgan joyidan boshlab, kvartiralarimni qaytarib olaman" qabilida gaplarni aytibdi.

U ham mayli, yaqinda bir maqolasida u: "Men Vatanga qaytib borsam, qamalib ketishlaridan qo‘rqqan karimovchilar mening vatanga qaytishimga to‘siq qo‘yishdi" deya iddao qilibdi.

Endi o‘zingiz holis o‘ylab, xulosa chiqaring.

"Endi yosh ham bir joyga borib qoldi.Siyosat bilan yoshlar shug‘illansin.Bizni reabilitatsiya qilib, bizga qo‘yilgan ayblovlar olib tashlansa, vatanda ijod qilib, nevara chevaralar bag‘rida keksalik gashtini sursak, qolgan umrimizni yurtimizda o‘tkazsagu, qazoi qadar yetsa, ona tuproqqa qorishsak" deyish o‘rniga kvartiralarimni qaytarib olaman degani ham yetmay, o‘ltirodirman yittirodirman ohangidagi gaplarni aytgan odamning Vatanga qaytish yo‘lini o‘zidan boshqa yana kim to‘sishi mumkin?

U o‘z yo‘lini o‘zi to‘smadimi?

Doimo hurfikrlilik uchun kurashganmiz, O‘zbekistonda so‘z erkinligi yo‘q deya iddao qiladigan, Salay Muhammadaminov tanqidga toqati yo‘q, sirkasi suv ko‘tarmaydigan odam emaski, mening yuqoridagi tanqidiy fikrlarimdan ranjisa.

Hozircha shu.

Ilohim, doimo yurtimiz tinch, xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!



08/10/2017.

Kunduz soat 10:51.

Kanada, Onterio.