Поиск

Xoldor Vulqon

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a'zosi

image (410x411, 24Kb)

Sportchimiz Murod Xonto'raev haqida



Ochig‘ini aytay, men bu maqolamda ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan, ammo yuragimizda hamisha faxru iftixor tuyg‘ularini uyg‘otguvchi milliy nasab to‘g‘risidagi qaytariqlarga to‘xtalaman.

Lekin bu narsa siz aziz o‘quvchini zeriktirib qo‘ymasin.
Maqolani oxrigacha o‘qing.Shunda mening nima demoqchi ekanligimni anglaysiz.

O‘zbekni ilk bor dunyoga tanitgan shonli bobomiz imperator Amir Temur hazratlari edi.

Amir Temurning chevarasi Zahiriddin Bobur ham o‘z bobosining jasorat va shijoatini insoniyat ko‘zi o‘ngida yana bir bor takrorladi.

Ilmu fanda esa hazrati Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug‘bekning koinotdagi yulduzlar sistemasini tuzib, xarita yaratganlari, ilk bor kosmosga yo‘l ochganlari barchaga ma’lum va mashhur.

Dunyo astronomlari Mirzo Ulug‘bek hurmati va hotirasi uchun Oydagi bitta kraterni, ya’ni vulqon o‘chog‘ini uning nomi bilan nomladilar.

Bobomiz Al Beruniy bo‘lsa, qushlarning egma parvoziga qarab turib, demak Yer yumaloq ekan degan qarorga keldi va Yer sharining birinchi maketi - GLOBUSni yasab, uni tuyaga ortib, shahru qishloqlarda elga namoish qildi, o‘z gipotezasini odamlarga tushuntirdi.

Ayrim g‘ayur to‘dalarning "Chig‘atoy tilida, ya’ni o‘zbek tilida nafaqat besh kitobdan iborat "Hamsa", balki oddiy g‘azal ham yozib bo‘lmaydi" deya Ona tilimizni taxqirlab, kamsitganlarida hazrati Amir Alisher Navoiy ona tilimizda lirik g‘azallar jamlangan "Hazoin ul maoniy"ni, va besh kitobdan iborat "Hamsa"ni boshqa xalqlarning shoirlaridan o‘tkazibroq yozdi, tilimiz qashshoq emasligini, aksincha, uning imkoniyatlari boshqa tillardan ortiqroq ekanini, o‘zbek shoirlarining iqtidori va qudratini dunyoga namoish qildi.

Bugun xalqimizni sportchilarimiz dunyoga tanitmoqda.
Jahon chempioni unvonini olgan qahramon sportchilarimiz shu qadar ko‘pki ularning ro‘yxati bu sahifaga sig‘maydi.Shu sabab, bugun ulardan faqat bittasigagina to‘xtalaman.

U sportchining ismi sharifi Murod Xonto‘rayev.

MMA -mixed martial arts - Mikst marshal arts yakkakurashi bo‘yicha jahon chempioni hamyurtimiz Murod Xonto‘rayevning oktogondagi shiddatli janglarini dunyoning turli chekkalarida yashayotgan o‘zbeklar va o‘zbekistonliklar hayajon bilan kuzatadilar va uning g‘alabalaridan yuraklari faxru iftixorga to‘ladi.


Xudo ilhom bersa, dunyoni hayratda qo‘yayotgan o‘zbek va o‘zbekistonlik sportchilarga bag‘ishlab she’r yozish niyyatim ham yo‘q emas.Ayniqsa Murod Xonto‘rayevga atab.

Bir intervyusida Murodjon Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari ko‘zi o‘ngida o‘z raqibini qisqa vaqt ichida mag‘lub etganini aytgan jurnalistning: "shunda sizning dilingizdan nimalar kechdi?" degan savoliga, sportchining o‘kinch bilan: - o‘sha chempionat o‘tkazilayotgan saroyda mening Prezidentim ham ishtirok etganlarida edi -deya aytgan gaplarini eshitib, beixtiyor mening ko‘zlarimdan yosh chiqib ketdi.

Ha, O‘zbekistonimizning shunday vatanparvar paxlavon o‘g‘lonlari bor.Vatanimizda sport tobora gullab yashnayversin!

Negaki sport dunyo xalqlarini birlashtiradi, toza avlodni turli kasalliklardan aroqxo‘rlik, nashavandlik, zinokorlik, qo‘rqoqlik kabi illatlaridan saqlaydi, yoshlar hayotidagi bo‘shliqni to‘ldirib, be’mani ishlar bilan shug‘illanish uchun ularga vaqt qoldirmaydi.

Sog‘lom avlod sport bilan yuzaga keladi.Sport O‘zbekistonni dunyoga tanitadi.

Murod Xonto‘rayevga sport soxasidagi buyuk xizmatlari uchun "O‘zbekiston qahramoni" unvoni taqdim etilsa yaxshi bo‘lardi degan taklif bilan mazkur maqolaga nuqta qo‘yaman.



09/10/2017.

Kech soat 5:57.

Kanada, Onterio.

 

 

amir-temur-square-300x225 (300x225, 21Kb)