Эҳтиром

 

Chustiyning  buyukligi, kitobim  chiqsin  deya   xudosiz  zamona  korchalonlarining  qarshisida  tiz  cho‘kmaganidir. Bizga  o‘xshab din  kuchaysa  dinnning  arig‘ini  chopib, xudosizlik  kuchaysa  araq  ichib zamonasiga  yaltoqlanmagan.Chustiy  aruz  vaznida  o‘lmas  asarlar  yaratibgina  qolmay,  har qanday  sharoitda  ham  o‘z  e‘tiqodiga  sodiq  qolib, nafsini  tizginlay oldi. Vaholanki  o‘z  nafsini  yenga  olish har  kimning  ham  qo‘lidan  kelavermaydi. Chustiy  domlaning kitoblarini  nashr  qildirmay  uni  o‘gaylashtirgan  jamiyatda  tom - tom  kitob  chiqargan  shoxerlar nomi  va  "Asar"lari  unutilib ketdi. Ammo  Chustiy  domlaning  yozgan  g‘azallari, masnaviylari hamon tillardan  tushmaydi. Chustiy  domlani  dindor  deb  unga  kommunistik  jamiyat  o‘rden - medallar,  unvonlar  bermadi. O‘sha unvonlaru o'rden - medallar  olgan kimsalarning olgan  unvonlariyu  o‘rden  medallari qayda  hozir? Chustiy  o‘sha  qattol  zamonlarda bizga  o‘xshab  chet  elga  qochib, xavfsiz  joyga  berkinib  olib  emas, vatanda  turib o‘z  so‘zini  yashirmay baralla ayta  oldi. Bugun  Chustiy  yozgan ajoyib  g‘azallar va  masnaviylar xalqimiz yuragida sirtiga  oltin  suvi  yuritilgan medal  yo  o‘rdendek emas,  ikki  danyoda  qadrini  yo‘qotmaydigan  bebaho olmoslar  singari  porlayotir. Quyida  Chustiy  hazratlarining bitta  g‘azalini hukmingizga havola  qilamiz.

Xoldor Vulqon.

 

 

Chustiy



Durdonalardan  ham

 

 

 

Xaqiqiy oshino paydo bo‘lur begonalardan ham,
Biroq begona paydo bo‘lg‘usi hamxonalardan ham.



Aql konida bir so‘z bor, ki bozori haqiqatda,
Uning har jumlasi qimmat turar durdonalardan ham.



Dedi Laylo mening ishqimni hech kim ayb etolmaydur,
Chiqar oqil kishi Majnun kabi devonalardan ham.



Fido bo‘lg‘il dedi xalqim, dedim ming marta bo‘lsamchi.
Sadoi dora kallosin tikib mardonalardan ham...