Япон  шоирларининг  танкалари Холдор  Вулқон таржимасида.





SAYGYo ShYe’RIYaTIDAN

 


 


Ex ,agar bu dunyoda

Oy bulutga botmasa

Olcha gullari to‘kilmasa

Men yashayverardim

Dalalardan kelmay umrbod

 

 


” Yosino ” tog‘laridagi

Olcha butoqlarida

Muzlab yotar qor

Olchalar gullashga

Kechikmasaydi . . .

 

 


Duvillab to‘kildi

Uzun - uzun o‘t - o‘lanlardan .

Billur shudringlar .

Kuzgi shamol guvillar

” Myagino ” dalalarida

 

 


Nixoyat kuzgi osmonda

Qosh qoraygan on

Arang - arang yaltirab

Qo‘rindi uzoq kutdirgan ,

Sog‘intirgan oy

 

 


Endi qandoq qilaman men ,

Ko‘ylagimning namchil yengida ,

Yalt etdi shu’la

Botib ketdi bulut ortiga

Kuzgi mayus oy

 

 


Kuz oqshomi , oydinda

Yoprildi bulutlar

Oy yuzin to‘smoq uchun

Yo‘q , ko‘zlarimni aldabdi

G’ozlar galasining ko‘lankalari

 


Osmonda oy yo‘q .

Chiqarmikin u ?

Men ayvonda o‘ltirganimcha

Uzoq kutdim

Oy chiqishin tog‘li qishloqda

 

 

 

 

 

 

 

 


Kunduzgiday yop - yorug‘ kecha

Ko‘lankam ham ko‘rinmas .

Oy yaraqlab porlar

Borar manzilimni angladim

Qo‘ng‘iroqlar tovushidan

 


Shudringlarin to‘kmay

Uzib oldim men

Gullagan Xagi butog‘ini

Chigirtkalar qo‘shig‘in tinglab

Oy yorug‘ida

 


Qora siyox bilan yozilgan

Xatlarga o‘xshab

G’ozlar qanot qoqib

G’og‘olab uchar

Tungi osmonda

 

 


O’t - o‘lanlarni qayrib

Yurdim qayg‘uga botib

Shudringlardan og‘irlashdi

Ko‘ylagim yengi

Chigirtkalar menga qo‘shilib yig‘lar

 

 


Baxor tumanlari,

Qayoqqa , qaysi tarafga

Uchib ketdi ekan qirg‘ovullar ?

Ular tuxum qo‘ygan o‘tloqqa

Bolalar o‘t qo‘yibdi

 

 


Tuman qoplagan dala

O’raman o‘t - o‘lanni .

Tumanlar qayg‘uli

Bolaligim berkinib olgan

Xuv olisda , tumanlardan ham narida .

 


Tumanli tepaliklar tamonga

Berkingan qirg‘ovullar

Uzoq - uzoqlardan

Qanotlar sharpasi

Sezilar menga

 

 


Tinchim yo‘qolgan

Qaerda , qaysi o‘ngirda

Qaysi tog‘ yonbag‘irida

Qaysi olcha

Gullar ekan birinchi bo‘lib

 

 


VAKAYAMA BOKUSIY yozgan tankalar .

 


Vulqon poyida o‘sgan

Qarag‘ay o‘rmonida

Oy kumush shu’lalar taratgan kecha

Tun bo‘yi tinmay

Sayradi kakku

 

 


Eski kvartalda

Ufqdagi shom bulutlariga

Qarab to‘ymayman .

Kechki soat vaqtin xabarlab

Qo‘ng‘iroqlar jaranglar

 

 


Sajdagoxdan tushaman ,

Zinama - zina , oxista .

Va quyuqlashayotgan zulmatda

Butun vujudim bilan

Xis qilaman bu kuz , bu tunni . . .

 

 


Oqshom xasrati !

Qirmiz ko‘mirlarga sochgin

Ozgina SAKE

Xushbo‘y ko‘katlarning xidiga

To‘lib ketar o‘shanda xonang .

 

 


Mudroq tog‘lar

U yoqda tog‘lar poyida esa

Mudraydi dengiz

Qirg‘oq bo‘ylab sayr qilaman

Baxor quvonchiga to‘lib vujudim

 

 


Yarim kecha oydinda

Uyga qaytaman .

So‘ng zinapoyada to‘xtayman

Yengimdagi archa ignabarglarin

Qoqib tushirmoq uchun .

 

 


Bulutlar tarqadi

Men Asama cho‘qqisidagi

So‘qmoqlarda daydiyman

Vulqon mo‘risi ustida

Bulut parchasiga o‘xshagan tutun

 

 

 


Dengizga termuliman

Eshitaman qirg‘oq kuylashin .

To‘lqinlar gumbirlar

Gox ko‘kka sapchib , goxida pastlab

Yuragimni to‘ldirar g‘amga

 

 


Derazani ochaman

Yuzlarimni silar quyoshning

Muloyim nuri .

Uzoq kutgan edim , nixoyat

Keldingmi , oltin kuz !

 

 


Dud burqsigan o‘choq

Tutun xidi kelar

Kurujkadagi qaynoq suvdan

Tog‘dagi qishki kulbada sovir

G’aribgina kechki ovqatim

 

 

 


Daraxt shoxlari aro

Porlaydi qishki quyosh ,

Yuzlarimga tegar

Uning nurlari

Yoritadi , lekin isitmas !

 

 


Men uzoqqa ketdim .

Va dengiz soxilida

Tunamoqchi bo‘ldim

Endi yotgan edim yarim kechasi .

Quydi daxshatli jala.

 

 


Yosii Isamu .

 


Qumli qirg‘oq .

Baliqchi qayig‘iga o‘tirib olib

Seni olaman qo‘ynimdan -

Muxabbat xaqidagi qissa,

Sexrlanib qoldim sen bilan

 

 


To‘lqin yugirib

Sholoplab qaytdi

Qumdagi men yozgan xatni o‘chirib .

Kim o‘chira olar , ayting kim ,

Motamzada Xatni yurakdan ?

 

 


O , naqadar orziqar yurak !

Qumtepa kechasi tushar yodimga .

Dengiz g‘alayoni olisda

Chaykalarning g‘amgin shovqini .

Pichirlab aytilgan sevgi izxori . . .

 

 


Naxotki shunchalar mayda ,

Arzimas xavotirlarim mening

Xayajon , tashvishlar

Naxotki men unutsam ularni .

Bir ikki qadax vinodan keyin

 

 


Oyoqlayotir

Yoshlik yana muvaqqat ishrat .

Endi ular bu xayotda

Xech qachon takrorlanmas

Kuchaymoqda kuzgi shamollar…

 

 


Xushbo‘y tamaki xidi

Suzar xavoda

Daydiyman g‘amgin

Qing‘ir - qiyshiq jinko‘chalarda .

” Gion ” xavosidan simirib yolg‘iz . . .

 

 


Poytaxtda ayoz ,

Muzlab qolmadimikan Uchib ketayotib

Qo‘ng‘iroq jarangi

Asta valdirayman

Sovib qolgan soke ustida . . .

 

 


Bilganimda edi o‘shal derazadan

Tumanli zulmatlar aro porlagan

Fonarning xira yog‘dusi aro

Sukunatli tunda oynasini

Taqillatgan bo‘lardim albat .

 

 


Xech kim kelmas

So‘ppaygan yolg‘iz qabrimni

Ziyorat qilmoqqa ko‘zyoshi to‘kib .

O’lganingdan keyin unutilishingni

O’ylamoq qayg‘uli . . .

 

 


Eshitdim , Bokusiy tark etibdi

Bu telba dunyoni .

O , kuz bunchalar mayus,

Xattoki yurt ba yurt daydib yursamda ,

Xayto yeb - ichsamda , xuzurlansamda ! . .

 

 

 


Kamdan - kam odamga nasib qiladi

Totmoqlik namxush qayg‘uni -

Lablar bilan xis qilmoq

Tinimsiz ichilgan sake ta’mini

Xayot va mamotning chegarasida . . .

 

 


Fevral oyi ,

Eshitaman olis qaldiroqlarni

Baxorning birinchi aks - sadosin .

Qor yog‘ayapti . Men Krab chig‘anog‘ida

Sake qaynatyapman , yolg‘iz bir o‘zim

 

 


Qaerda , qanday va qachon ,

Tark etarkinman bu dunyoni men

Men xayotim xaqida o‘ylayman .

O’limim xaqida fikr qilaman

” Ino ” tekisligida , oydinda

 

 


Xasratli iztirob !

O’choqqa o‘t qalayman .

Va tun bo‘yi o‘ltirib

Xasratli o‘yga cho‘maman

Qizargan ko‘mirlarni kovlab , ag‘darib . . .

 

 


Sening fikringa qo‘shilmagan

Odamlarni savalash shartmi .

Yaxshisi xivich olib

O’z - o‘zingni savalab

Mamataloq qilgan yaxshiroq . . .

 

 


Xasratli qayg‘ular !

Bugun yana o‘choqdagi ko‘mir cho‘g‘ida

Sake isitaman -

Kundan kun tobora qishga

Singib borayotir ” Nirao ” darasi . . .

 

 


Ito Satio .

 


Men yomg‘irli tunda

” Pion ” gullarini sog‘inib ketdim .

Va fonarimni olib

Tashqariga chiqdim yomg‘irda daydib ,

” Pion ” larni ko‘rib kelmoqlik uchun .

 

 


Zulmat quyuqlashdi

Men derazani yopmay

Jinchiroq yoqdim .

Qarasam , chiroq yog‘dusida darcha ortida

Tovlanib turardi ” Pion ” gullari . . .

 

 


Ko‘rayapman - tosh ustin yopib ,

Va daraxtning poyini qoplab ,

Go‘yo birgalashib , yig‘ilib ,

Xamkorlikda chirpiramoqqa

Xozirlanar bargi xazonlar . . .

 

 


Yeru osmon

Tong otguncha uyquga ketar

Zulmat quyuqlashar

Va bepoyon dengiz ustidan

Ko‘tarilar qip - qizargan oy . . .

 

 


Simaki Akaxiko .

 


Gullayotgan o‘tloqlar aro

O’t - o‘lanli so‘qmoqdan yurib

Keldim olis bug‘doyzorga

Va dedim o‘zimga o‘zim ” Jim - jitlik ! ”

O’rdak g‘aqilladi menga javoban . . .

 

 

 


Yarim kecha

Quyuqlashgan tumanlar aro

Sizar yog‘dular -

Va sirg‘algan oy shu’lasida

G’ira - shira jilvalanar suv . . .

 

 


O’rmon sayxonligidagi

Sichqonli o‘tloqlarda

O’ltirdim uzoq

Tog‘li o‘lka bilan xayirlashyapman .

Qayg‘uli va og‘ir bu yurak uchun

 

 


Xira yorishmoqda tong ,

Iliq ko‘l suvlarin bug‘latib .

Va tumanlar navbat ba navbat

Suzib kelar

Ko‘l ustin qoplab . . .

 

 

 


Chiroq shu’lasiga talpinganicha

Tungi parvonalar aylanar uchib ,

Uyda , men bilan yonma - yon ,

Bolalarim uxlar

Eski - tuskilarga o‘ranib , qotib . . .

 

 


Yomg‘ir tindi .

Shundan bo‘lsa kerak ,

Xavo muzdek ,

Guruch qog‘ozining qirg‘oqlarida ,

Yonib tugayotir botish shu’lasi . . .

 

 


Tungi ko‘chalar ,

So‘ngan kullar qurumi bosgan

O’choq mo‘risining qirg‘oqlarini

Qirov bilan bezaydi

Izg‘irin ayoz . . .

 

 


Uzoqlardan ,

Tun qa’ridan eshitilar

To‘lqinlarning bo‘g‘iq shovqini .

Daraxtlar soyasi cho‘zilib yotgan

Oydinda raqs tushar dexqonlar

 

 

 


Yozayapman , yozayapman ,

Qorong‘i tushsada

Xatto chiroqni yoqish uchun ham

O’rnimdan turgim kelmas

Yolg‘iz qarshilayman oqshomni shunday . . .

 

 


Dalalarda erib ketdi qor,

Qo‘ng‘ir tuproq yalong‘ochlandi .

Va osilib turar yer uzra

Botayotgan quyosh lappagi

Ko‘rinishi kichik va sovuq . . .

 

 


Nagatsuka Takasi .

Dala ortidagi zovurda

Boshlarini chiqarib suvdan

Baqalar kuylaydi .

Siyrak o‘rmonda esa

Kalinalar gullabdi oppoq .

 

 


Uy oldidagi bog‘da

Salqin tumanlar

Tongi g‘ira - shirada

” Badyan ” shoxlaridan to‘kilgan

Xazonlarni supuraman jim .

 


Loviya palaklari

Yig‘ishtirib olingan.

Kuzgi daladagi

To‘rsaygan kulrang tikanlar aro

Chigirtkalar chirillar g‘amgin . . .

 

 


O ,Kameliya guli ,

Muzlab sovqotding ,

Sovuq shamolda

Senga xech kim achinib boqmas .

O’xshash bizning taqdirlarimiz . . .

 

 


Bugun tunda jarangdor

Ovoz bilan kuylar chirildoq .

Qaerdadir , shu yaqin atrofda -

Balki , misol uchun , oshxonada , yoki

Sabzovot solingan to‘rvada kuylar . . .

 

 


Koidzumi Tikasi

 

 


Botayotgan kunning shu’lasi

Qirmizi yong‘inday shomgi tog‘larda .

Bambuklarning qoraygan

Soyalari esa aks etar

Qog‘oz devorda . . .

 

 


Yomg‘ir tindi .

Botayotgan quyosh bo‘zarar

Bug‘ ko‘tarilib

Suza boshlar , xovuz ustida

Gullaydi noklar . . .

 

 


Qo‘shnilar meni

Bug‘li xammomida cho‘milishga

Taklif qilishdi .

Qaytayotib osmonga boqdim .

Uchqunladi qor . . .

 

 


Qadrdon do‘stimni

Ziyorat qilgani bordim

Romashka gullari

Juda erta ochilibdi

Chetan devorli , bog‘larda .

 

 


Fonarni o‘chirib

Boraman tong saxar chog‘i .

Va ko‘raman olisda

Oppoq tumanlar

Yumalanib suzar yer uzra . . .

 

 


Syaku Tyoku

 


Bo‘m - bo‘sh yo‘l .

Quyiladi atrofga jimlik

Qichishadi burun katagim

Yoqilgan gulxanning achchiq dudidan .

Choy qaynatyapman . . .

 

 


Qalbda xotirjamlik !

Baxor bo‘ronidan so‘ng

Xamma narsa tinchlandi, mana ,

Eshitila boshladi ko‘chada yana

Yog‘och kovushlarning to‘qillashlari . . .

 

 


Bulutlardan sizib o‘tayotgan

Oyning xira yog‘dusida

Toshayotgan daryo kechuvidagi

Sholipoyalar aro

Bo‘qoq tortgan sholilar xidi . . .

 

 


Tog‘dagi qishloq

Qor bosgan daraxtlar .

Jimlik , sokinlik .

Odam ham , it ham ko‘rinmas

Qarg‘alar yuribdi uylar oldida

 

 

 


Mana , yana qaytib keldim men ,

O’sha tog‘lardagi pastak kulbamga

Oshxonada yangrar

G’aroyib qo‘shiq .

Bu yangi hamxonam - qora chirildoq . . .

 

 


www.ziyouz.com