Xoldor Vulqon

Badiiy adabiyot bo‘yicha xalqaro "Naslediye" mukofotining nomzodi

Galileylarni   so‘kmaylik!

 

 

 

Yevropada  Xristianlik  fanatizmi  avj  olgan  jaholat  zamonlarida   dunyoviy  ilmga  intilganlarni,  ayniqsa  munajjim - astranom  olimlarni  omma  oldida  qatl  qilish  avjiga  chiqdi.Jordano  Brunoni  osiylikda  ayblab  "Er  yumaloq  va  u  aylanadi"  degan  qat‘iy  fikri  uchun  sharmsorlik  ustuniga  parchinladilarda,  tiriklay  yoqib  yubordilar.  Yoqib  yuborishlaridan  avval  unga  so‘ngi  so‘z  aytish  xuquqini  berib: Munajjim,  Jordano,  agar  sen  Yer  aylanmaydi   deya  o‘z  fikringdan  qaytsang seni  qatl  qilmaymiz - deyishgan.  Shunda  qaysar  Jordano  Bruno  o‘z  g‘oyasiga  sodiq  qolib: "Men  yer  aylanmaydi  deganim  bilan  Yer  aylanaveradida"  deya  javob  bergan. Bu  gapdan  g‘azablangan  juxalo  gulhanga  fonar  yog‘i  quyib,  o‘t  tortib  yuborgani  tarixlarga  yozib  qo‘yilgan.Yulduzlarga  termulib  to‘ymagan,  fazoviy  kengliklarni  sevgan  olimning  ozod  ruhi  koinotga  ravona  bo‘ladi. Cherkov  a‘yonlari  shodlanib  sevinadilar.  Vaholanki,  Yer  Jordano  Bruno  ta‘kidlaganiday  rostdan  ham  yumaloq  ekan  va  u  o‘z  o‘qi  atrofida  aylanarkan.Endilikda  bu    haqiqatni    aqli  salim  odam   inkor  etmaydi. Balki  "Injil" da  Yer  yassi,  lappak  deyilgandir. Agar  unday  deyilmagan  bo‘lsa,  hurmatli  Xristianlar  meni  ma‘zur  tutsinlar. Men  bir  dinni  ikkinchi  dindan  ustun  qo‘yib,  kamsitish  fikridan   yiroqman. Lekin  har  gal  ko‘zim  tushganda  "Qur‘oni  Karim"dagi  "Yosin"  surasining  39  oyatida  ming  yillar  avval  koinot,   sayyoralar  haqida  aytilgan   quyidagi  hikmat  hayratimni ortdiradi. Negaki,  u  paytlari  hali  Kopernik  ham,  Galiloye  Galiley  ham,  Jordano  Bruno  ham   dunyoga  kelmagan  edida.


Bismilloxu  rahmonu  rahim.


“Lashshamsu  yanbag‘ilaha an  tudrikal  Qomara  va lallaylu  sabiqun  nahari  va  kulli  fi  falaki  yasbaxuvn”


Men  mulla,  yoki  mufassir   emasman. Lekin  bu  insonni  hayratga  solguvchi  oyatni  o‘zimcha  tarjima  qildim  va  tarjimamda  xato  bo‘lsa,  Xudo  meni    kechirsin.


Na  quyosh  oyga  yeta  oladi,  na  oy  quyoshga. Ularning  barchasi  tunu  kun  falakda  suzib  yuradilar.


Qarang,  "Qur‘oni  Karim"  Quyosh  va  Oyni  falakda  suzib  yuradi  deb  ming  yillar  avval  insoniyatga  habar  bermoqda. "Va  kulli"  degan  so‘zga  diqqatingizni  qarating. Kulli ,  ya‘ni  ularning  hammasi  deya  falakda  suzib  yurguvchi  ko‘p  narsalarga  ishora  qilinmoqda. Bu  yerda  miqdor  yo‘q. Demak,  bu  ishora  son - sanoqsiz  sayyoralarga,  gallaktikaga,  kvazagallaktika  tumanliklariga  ishoradir.


Shundan  kelib  chiqiladigan  bo‘lsa,  bechora  Jordano  Bruno  ham  o‘zi  bilmagan  holda  "Qur‘oni  Karim"  oyatiga  hamohang  amalni  qilib,  zolim  fanatlarning  daxshatli  gulhanida  tiriklay  yonib  ketgan  ekan. Xudo  rahmat  qilsin  boyaqishni.

Endi  o‘sha  jaholat  zamonlarida  Jordano  Brunoning  qismati  boshiga  tushgan  yana  bir  yirik  olim   Galiloye  Galiley  haqida  to‘xtalsak. Galiley  ham  yerni   yumaloq,  va  u  aylanadi  degani  uchun   uni  qatl  qilishmoqchi  bo‘ladi  hamda  so‘ngi  so‘z  berib   fikridan  qaytishi  so‘raladi. Shunda  Galiley  o‘z  fikridan  qaytadi  va  omma  oldida   "Er  aylanmaydi"  deydi. U  ozod  qilinadi.  Lekin  qator  shogirdlari  Galileydan  yuz  o‘girib,  qo‘rqoqligi  uchun  uning  yuziga  tuflab  ketishadi. Galiley  rosa  yig‘laydi. Uning  bitta  Gans  degan  shogirdigina  tashlab  ketmaydi. Galiley  yashirin   bo‘lsada astranomik  tadqiqodlarini  yanada  jadalroq  davom  etdiradi.  U  ilmiy  tadqiqodlari,  yaratgan  formulalari  bitilgan varaqlarni  kattakon  globus  ichiga  otaveradi. Yillar  o‘tib  qartaygan  olim   ko‘r  bo‘lib  qoladi. Quvvatsizlanib  qolgan  ko‘r  olim  sadoqatli  shogirdi  Gansni  chaqirib,  qo‘li  bilan  uning  yuzlarini  paypaslab: - Gans,  rahmat  senga. Barcha  shogirdlarim  meni  tashlab  ketishdi.  Lekin  sen  ketmading. Nazarimda  mening  ham  qazom  yaqinday. Sen  Gans,  anavi  globusni  ag‘dar. Globus  ichida  mening  ilmiy  tadqiqodlarim   bor. Men  o‘lib  ketsam,  sen  qo‘lyozmalarni  saqlab,  kitobat  qil.  Kelajak  avlodlarga  asqotib  qolsa  ajab  emas - deydi. Gans  yig‘lab - yig‘lab  globusni  ag‘daradi  va  ustozining  qimmatli  qo‘lyozmalarini  tartib  bilan  dastalarkan: - Ustoz,  o‘shanda  siz  "Er  aylanadi"  deya  turib  olganingizda  sizni   qatl  etishardi  va  bu  qo‘lyozmalar  yozilmagan  bo‘lardi. Siz  to‘g‘ri  yo‘l  tutdingiz - deydi. Gans  ustozining  bu  taktikasi  haqida  boshqa  shogirdlarga  aytgach,  ular  ham  kelib,  Galileyning  qo‘llarini  o‘pib,     ko‘zlariga  surtib,  tiz  cho‘kib yig‘laydilar  va   kechirim  so‘raydilar. Galiley  ularni  kechiradi,  hamda   shogirdlari  davrasida  joni  uziladi.

Qissadan  xissa,  biz  ham  G‘afur  G‘ulom,  Hamid  Olimjon,  Uyg‘un, Turob  To‘la, Abdulla  Oripov,  Erkin  Vohidov, O‘tkir Hoshimov, Odil Yoqubov, Shukrillo, Xudoyberdi  To‘xtaboyev, Toxir  Malik, Anvar  Obidjon, Muhammad  Ali,To‘lan  Nizom, Murod  Muhammad  Do‘st, Hayriddin  Sultonov, Olim  Otaxonov, Xurshid  Do‘stmuhammad, Halima  Ahmedova,  Xalima  Xudoyberdiyeva, Usmon  Azim, [?,  Yahyo Tog‘a, Ikrom Otamurodov, Abduvali  Qutbiddin, Nazar Eshonqul, ///,Abdulkarim Bahriddin(Karim Bahriyev),Iqbol  Mirzo, G‘ulom  Mirzo, Shoim  Bo‘tayev, Eshqobil  Shukur, Abulqosim  Mamarasulov, ..., Shodiqul  Hamro,Rahimjon Rahmat,Isajon Sulton, Ulug‘bek Hamdam, Minhojiddin  Mirzo,  va  boshqa ko‘plab  taniqli  shoir  yozuvchilarimizni -  o‘zbek  Galileylarini  to‘g‘ri  tushinishimiz  kerakday  mening  nazarimda.

Axir  ular  Karimovga  qarata: - Sen  diktatorsan! - degani  bilan  Karimov  diktator  bo‘lmay  qolarmidi? Qaytaga  o‘sha, murakkab o‘tish  davrida  ularni  ham  turli  ayblovlar  bilan  qamab,  Xalq  dushmani  deya  vatandan badarg‘a  qilishi  mumkin edi.
Lekin Amerika -O‘zbekiston  aloqalari yaxshilana borayotgan  shu  kunlarda O‘zbekiston Prezidenti  Islom Karimov ham o‘z siyosatini sezilarli darajada  yumshatib, mamalakatimizda  jamiyatni  demokratlashtirayotgani  kuzatilmoqda.
Agar  ishlar  shu  yo‘sinda  olib  borilsa, O‘zbekiston tez  orada  ozod  demokratik  mamlakatga aylanishi  ham  mumkin.

 

Galileylarni  so‘kmaylik!

 

 

 

18/03/2010.

Toronto  shahri,  Kanada.