Aruz vaznida yozilgan she'r
Xoldor Vulqon
Kuz ilhomlari
Voh, kuzgi daraxt shaklida hayronani ko‘rdim,Yolg‘iz va g‘arib, bir dili vayronani ko‘rdim.
Jim - jit ko‘chada o‘ynadi raqqosa shamollar,Charx urdi hazon girvati, parvonani ko‘rdim.
Darcham yonidan o‘tdi uchib yovvoyi g‘ozlar,Hijron to‘la dil aksida devonani ko‘rdim.
Qushlar uyasin tutdi daraxt shoxida, yo, Rab,Inlarga boqib g‘am to‘la paymonani ko‘rdim.
Za‘far kapalaklar kabi uchganda xazonlar,Barglarga ko‘milgan ko‘cha , ostonani ko‘rdim.
Yo‘llarga xazonlar to‘shadi kuzgi Toronto,Boqqancha chinor bargiga Farg‘onani ko‘rdim.
Qalbimda Xudo, Ka‘baga o‘xshaydi vujudim,Sipqorgali ishq bodasi - mayxonani ko‘rdim.
Do‘st topmadi Vulqon bu jahon mulkida izlab,Har yerda g‘anim, vaxshati begonani ko‘rdim.
26 oktyabrь, 2010 yil.Tongi soat 7 dan 35 minut o‘tdi.Toronto shahri, Kanada.
- Choyingnding rangi g'alatiya, quruq choy soluvdingma?-Bu, haligi, anaqa... vo'zimizding aq sheydan...-E, shundayma? Unda Abdulla akangdiyam shaqir...
|