Поиск

Xoldor Vulqon

Badiiy adabiyot bo‘yicha xalqaro "Naslediye" mukofotining nomzodi

Samimiyat va jiddiyat haqida


Siz biror kimsaning adolat, haqiqat haqidagi og‘iz ko‘pirtirishlari samimiymi yo yo‘qligini bilmoqchi bo‘lsangiz, uning tafakkur darajasiga, fikrlash usuliga razm soling, vassalom.

Misol uchun birontasi: - men muxolifatchi emasman, men mustaqil jurnalistman - dedimi, tamom, uning qolgan gaplari barchasi qip -qizil yolg‘on va o‘ta kulgili.

Nega? -deya savol bersangiz agar, men gapimni fakt bilan quvvatlantiraman.

Chunki, odamni qo‘yaturing, bu olamda muxolif bo‘lmagan biron jonzodning o‘zi yo‘q.

Mana siz virusga qarshi raqobatdagi antivirus o‘rnatilgan kompьyuteringiz ekraniga qarab, maqolani o‘qib o‘tiribsiz.

Yoningizda devor.

O‘sha devorga boshingizni urib ko‘ring.Devordan dup! etgan ovoz chiqadida, manglayingiz og‘riydi.Ya‘ni devor sizga o‘z qarshiligini ko‘rsatadi, noroziligini bildiradi.

Devor - oppozitsioner.

Deraza shamolu yomg‘ir qor, sovuq yelvizaklarga qarshi turadi.U ham ashaddiy muxolif.

Daraxtlar esa shamolga oppozitsioner.Sinib ketsa ham g‘o‘ddayib turaveradi.To ildizlari bilan qo‘porilib ketmagunicha.Ular ham raqib.

Kuz yozga, bahor qishga, kunduz zulmatga, tirik baliqlar oqimga, suv olovga, o‘lim hayotga, hayot o‘limga qarshi raqobatda.

Yo sizning tomiringizdagi qizil qon tanachalari oq qon tanachalariga nisbatan doimiy raqobatda harakatlanmaydimi?

Hatto ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda mikroblar infuzoriyalar tufelьkalar ham nimagadir qarshi raqobatda, ixtilofatda, muxolifatda, oShpozitsiyada, oppozitsiyada.

Endi odamzod ko‘zini go‘laytirib turib, men muxolifatchi emasman, men faqat, anaqa, bor yo‘g‘i bir mo‘staqil jo‘rnalistman halos -desayu, yana kimlargadir qarshi gapirsa, muxoliflik pozitsiyasini namoish etsa, uning so‘zlari biroz kulgili tuyulmaydimi Sizga?

Bunday kimsalarning hatti harakati nojiddiy, nosamimiydir.

Karimovning mashhur  iborasi bilan murojaat etadigan bo‘lsak, hoy, baraka topkur, kimgadir, nimagadir qarshi gapiryapsanmi, demak sen mantiqan (po logike)muxolifsan, demak sen raqibsan, raqobatchisan, ya‘ni hoxlaysanmi, yo‘qmi, oppozitsionersan.

Shuni ham anglab yetolmagan, o‘zi qip -qizil muxolifatchi bo‘laturib, men oppozitsioner emasman degan kimsaning gaplari, xatti harakati jiddiy yoda samimiy bo‘la oladimi?

Bunday tafakkuri ayanchli darajada sayoz kimsalarni mamlakat boshqaruv apparatiga yaqinlashtirish u yoqda tursin, maktab zavxozligi tugul, hatto qorovullikka ham tayinlab bo‘lmaydi.Unaqa kimsalar kechasi xaridor topib, maktabning ko‘mirini sotib yuborishlari mumkin.

Harakatlari tabiiy bo‘lmagan, o‘xshatadigan, doimo kimnidir aldashga, laqillatishga tirishadigan, yo‘lini qilib, o‘z ishini imi - jimida bitqazish payidagi pixini yorgan firibgar, nosamimiy, buning ustiga savodi chala odamlarning qadami yetgan joy tikanzorga, xarobaga, vayronaga aylanadi, suvlar loyqalanadi.

O‘zbek jamiyati unday nosamimiy, kimsalardan g‘oyat extiyot bo‘lmoqligi joiz.

 

 

20/01/2015.

12:10 dnya.

g.Brempton, Kanada.



 

 

Xoldor Vulqon

Navoiyning Olam ahliga xitobi




Haqiqiy shoirlar ma‘lum bir ijtimoiy siyosiy qatlamlarning, har xil zararli IZMlarning (kapitalizm, sotsializm, slavyanizm, sionizm, natsizm, kommunizm,panturkizm va x.k.)manfaatlariga xizmat qilmaydilar.


Haqiqiy ma‘nodagi shoirlar millatchilik, irqchilik kabi mayda, zararli, jirkanch kaltafaxm g‘oyalardan yuqori turib, umuminsoniy qayg‘ular bilan ijod qiladilar.


Nima uchun sharq she‘riyatining Amiri hazrati Alisher Navoiy ijodi barcha zamonlarda birday qadrlandi, e‘zozlandi, taqiqlanmadi, taxqirlanmadi?


Chunki, Alisher  Navoiy ijodining badiiy adabiy geografiyasi tikonli simlar bilan chegirilmagan.


Navoiy olami koinot kabi bepoyon.


Bu bepoyonlikni anglash uchun esa, odam bolasida Navoiy yozgan g‘azallar ohangini, mazmun -mohiyatini, hikmatini anglashga qodir yuksak badiiy did, bilim, ilm, aql va nihoyat faxmu farosat kerak bo‘ladi.
Quyidagi baytga yaxshilab qarang.Hazrati Navoiy allaqanday mamlakatga yo qandaydir ijtimoiy qatlam vakillariga vayo qaysidir hukmdorga emas, butun OLAM ahliga qarata xitob qilmoqdalar.

 

Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,

Yor o‘lung bir-biringizg‘akim, erur yorlig‘ ish.



Navoiy hazratlari o‘zining yuqoridagi baytida butun insoniyatni dushmanlikdan tiyilib, bir -birlari bilan do‘st -qadrdon bo‘lib, ahil yashamoqqa chorlamoqdalar.Navoiy o‘gitlariga zid ish qilayotgan xalqlar boshiga qanday kulfatlar yog‘ilganini va yog‘ilayotganini ko‘rdik va ko‘rib turibmiz.
Yana bir so‘zga diqqat bilan e‘tibor bering.Navoiy hazratlari "Ish" degan so‘zni ishlatmoqdalar."Kor" demasdan haqiqiy chig‘atoy o‘zbek dialektida aytmoqdalar.


Chunki olamlarning mavjudligi "ISh" bilan bog‘liq.Olamlar sirli mexanik qonuniyatlarga bo‘ysungan xolda doimiy harakatda, ya‘ni IShlab turibdi.Biz ham har kuni ishga boramiz, ishdan qaytamiz.Ishonch qozonamiz, ishlaymiz, ishtirok etamiz.Aks holda ishsizlik degan girvatga, girdobga tortilib ketish hech gap emas.Vaholanki barcha yomonliklar, illatlar, aynan IShsizlikdan kelib chiqadi.Ishsiz odam yalqovlanadi, nima qilishini bilmay ichadi, ichadi, oxiri oshqozoni IShdan chiqadi.Ya‘ni IShkal bo‘ladi.Mayxo‘rning, shisha g‘aribining,  butilka qulining oshqozoni, bora bora boshqa muhim a‘zolari ham birin ketin  IShdan chiqsa, dori -darmon yo jarroxlik yo‘li bilan dardini biroz yengillatar.Ammo aqli IShlamasachi?Bu endi, katta tezlikda ketayotgan avtomobilning tormozi IShdan chiqishiday g‘oyat xatarli.Aqli IShdan chiqqan odam jamiyatga ham o‘z aqlsizligi bilan zarar yetkaza boshlaydi.


Unga: -Ey, xayvon, sen o‘z aqlsizliging, kaltafaxmliging bilan o‘zinga o‘xshagan nodon kimsalarni ajinaday oziqtirib, tubsiz jarlik tamon yetaklab ketyapsan! -desangiz, u sizga "IShing bo‘lmasin!" deb ikki oyog‘iga bitta etikni kiyganicha, jarlik tamon ketaveradi.


Chunki uning eng muhim a‘zosi -aqli o‘z manfaatlari yo‘lida har qanday yovuzliklan qaytmaydigan IShtaxasi karnay "IShbilarmonlar"  tamonidan IShdan chiqarilgan.


Aqli IShlamay qolgan u yanglig‘ kimsalarni  "IShbilarmonlar" IShlatib, IShlatib, pulini bermay xaydab yuborishadi.


Navoiy hazratlari yuqoridagi baytlarida dushmanlikdan foyda yo‘q, bir birlaringiz bilan yoru do‘st bo‘lib, ahil yashanglar demoqda va bu xitobni butun olam ahliga qarata aytmoqdalar.
Urushlardan har ikki tamon zarar ko‘radi.Hatto urush oloviga bir chetdan kerosin quyib,  ikki tamonni bir -biriga ustalik bilan qayrab,  gij gijlab, tinkasini quritib, ularning moliga, mulkiga ega chiqishni ko‘zlaganlar ham!


Shuning uchun nafaqat biz O‘zbekistonliklar, balki olam ahli, ya‘ni Yer yuzida yashayotgan barcha xalqlar millatimizdan, irqimizdan va dinimizdan qat‘iy nazar Hazrati Alisher Navoiy hikmatlariga amal qilib, qo‘shni va boshqa barcha mamlakatlar va xalqlar bilan bir oila farzandlariday ahil -inoq, tinch -totuv  yashamog‘imiz nafaqat kerak, balki zarur!


Chunki Yer sharida yashayotgan barcha insonlar Odam Atoning, Momo Havvoning farzandlaridir.Ya‘ni bir oilaning a‘zolaridir.


Demak, yer yuzida sodir bo‘layotgan qonli urushlar BIRODARKUShlikdan boshqa narsa emas!

 

Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,

Yor o‘lung bir-biringizg‘akim, erur yorlig‘ ish.

 

Pirimiz, ustozimiz Alisher Navoiy shunday ulug‘ shoir.

 

 

 

26/08/2014.

Kunduz soat 1 dan 5 daqiqa o‘tdi.

Kanada.

 

 

 

Xoldor Vulqon

Badiiy adabiyot bo‘yicha xalqaro "Naslediye" mukofotining nomzodi

ShIROQ so‘zining ma‘nosi nima?

 


Okeanlar ortida egniga yo‘lbars terisiday yo‘l -yo‘l chopon, boshiga Muqaddas Ka‘batulloni eslatguvchi do‘ppi kiyib yuradigan O‘zbek degan bir xalq bor.Men u xalqni jonimdan ham yaxshi ko‘raman va uni deb shu yoqlarga kelib qolganman.Meni bu xalqning oddiy kundalik iste‘moldagi so‘zlari hayratga soladi.Gaplarim isbotli bo‘lishi uchun misol: Qashqadaryoning olis qishloqlarida, deylik Chiroqchida vayoki Xorazm vohasi yo Toshkentda, Samarqand yo Namanganda, Buhoroning G‘ijduvonida yoki Farg‘ona vodiysidagi Oltinko‘lning Maslaxat qishlog‘ida odamlar birday "Qurbiyatim yetsa", "Qurbi yetmapti" degan so‘zlarni o‘zaro suhbatlarda deyarli har doim ishlatadi.Xo‘sh, "Qurb" degan so‘zning ma‘nosi nima?Qurb degani "yaqin" deganidir.Taqriban degan so‘zni eshitganmisiz?Xuddi shu kabi.Qarilik degani ham shu so‘zga aloqador.Yoshi bir joyga borib, Xudoning dargoxiga yaqinlashib qoldi degan ma‘noda.Qabr ham shu so‘zga shaklan va mazmunan o‘zakdosh, hamohang.Qurb kalimasiga o‘zakdosh Qubro so‘zining ma‘nosi ham Xudoga yaqin bo‘lmoq, zohiran va botinan, ya‘ni jisman va ruhan tozalanib, nafsini tiyib, gunoxu ma‘siyatlardan tiyilib, zikri sano, raqsi Samo‘ bilan tariqat zinalaridan yuksalmoq, hamda HAQqa, Xudoga yetishish, Arshi A‘loda nuri ilohiyga qorishib, singib ketmoqdir."Qo‘rquv" kalimasi ham "Qurb" dan olingan.Ya‘ni odam boymi gadoymi, qarib -qartaygan sari umri poyoniga yetayotganini sezib, Xudoning qahridan qo‘rqa boshlaydi.(Bosh chanog‘i to‘pon, arra qipig‘i bilan to‘lmagan bo‘lsa, aqli ishlasa, albatta)."Qur" so‘zi ham.Quruqlik, qurish orqali zavol topishga, halokatga yaqin kelishga ishora.Tengqur -bir birlariga yosh jixatidan yaqinlik.

Ko‘rayapsizmi, ba‘zilarning nazariga kirmaydigan kamtarin, ammo donishmand xalqimiz oddiy suhbatlarida qanday hikmatli so‘zlardan foydalanishini?

Yoshligimda Kuyganyordagi beton zavodida bezovchi rassom bo‘lib ishlardim.Ishdan tashqari paytlar buyurtmalar bo‘yicha odamlarning xususiy uylarida bo‘yoqchilik qilib yurib, besh -to‘rt so‘m pul topardim.U zamonlar haqida kitob yozsam borku, o‘qib, yo ho‘ng -ho‘ng yig‘larittingiz yo kulib qotarittingiz.

Hullas, bir kolxoz raisining uyida lesaga chiqvolib, shiftga moybo‘yoq bilan qandilosti(Podlyustra), islimi naqsh ishlayotgandim.Shunda raisning xotini harakatlarimni zavq bilan kuzatganicha men bilan suhbatlasharkan, suhbat orasida u ayol "Yuragimda naqshim bor, uka" dedi.Men bu gapga e‘tibor bermagan ekanman o‘shanda.Endi bilsam, raisning xotini qalbdagi Haqqa bo‘lgan IShQ naqshini aytgan ekan.Kim biladi, o‘shanda u ayol Hazrati Bahouddin Naqshbandning "Naqshibandiya" tariqatida bo‘lganu, xudosiz jamiyat zug‘umidan cho‘chib, bu haqda ochiq aytolmagandir.Shularni o‘ylab, hamon hayratlanaman.Ma‘lumki, hali O‘rta Osiyoga Islom dini kirib kelmagan chog‘lar xalqimiz og‘zaki ijodida "Shiroq" degan mashxur afsona paydo bo‘lgan.Shiroqning ma‘nosi nima desangiz, kap -katta odamlar ham uzoq o‘yga botadilar.Qisqasi, "Shiroq" degani qalb ko‘zi bilan ko‘ra olish deganidir.Navoiyni eslang.Hazrati Navoiy o‘zining mashxur bir g‘azalida:

 

Ashraqat min aksi shamsil ka‘si anvoril Xudo,

Yoor aksin mayda ko‘r deb, joomdin chiqdiy sado.

 


deydilar va "Ashraqat" -shiroq -qalb ko‘zi degan so‘zni ishlatadilar.

Ma‘nosi- Xudo jamolining nuri quyoshday aks etib, qalb ko‘zini qamashtiradi va "Yor aksi, ya‘ni Xudoning Jamoli HAQQA bo‘lgan IShQ sharobida, VAXDAT mayida jilva qilmoqda! -deya JOMdan -QALBdan, ishq bodasi to‘la VUJUDdan sado eshitilmoqda" deydilar.

Demak, "Shiroq" afsonasini yaratgan xalqimiz hikmatlari o‘sha zamonlarda ham Xudo bandalariga yuborgan to‘rt muqaddas kitobning, tasavvuf, tariqat, g‘ayb ilmining hikmatlariga hamohang bo‘lgan ekanda?Demak, Shiroqning ismi g‘ayb ilmi bilan, quds, sir bilan bog‘liq ekanda?Sir tasavvuf ilmida Xufya deb ataladi.Ya‘ni zikri sanoning ikki xil turi mavjud.Biri jaxriya -Xudoni ovoz chiqarib vasf etmoq, ikkinchisi esa, ovozsiz ichida zikr aytmoq.Modomiki, "Shiroq" so‘zida ilmi g‘ayb, ilmi iloh mazmuni yashirin ekan, demak "Sharq" va "Mashriq" kalimalarida ham buyuk hikmatlar bo‘lishi kerak.

Ey, mening egniga yo‘lbars terisiday yo‘l -yo‘l chopon, boshiga Ka‘batulloni eslatadigan do‘ppi kiyib yurguvchi kamtarin va donishmand xalqim! Menga bergan ta‘lim - tarbiya, non -tuzinga rozi bo‘l.Siyosatda ham, adabiyotda ham qo‘limdan kelganini qildim va qilmoqdaman, Xudo yashatsa yana qilaman.Xudoga shukr, o‘zga tillarda o‘zlaridan o‘zdiribroq asarlar yozdim, O‘zbekning qo‘lidan insoniyatni hayratga sola oladigan ishlar kelishini dunyo ko‘zi o‘ngida yana bir bor isbotladim.Issiq jon, mabodo o‘lganimni eshitsang, taxorat olib,choponingni va do‘ppingni kiyib, janozamga kel!Mening kiyib yuray desam, boshimga loyiq do‘ppim, yo‘lbars terisiday yo‘l -yo‘l choponim yo‘q.

Sening Ka‘batulloga o‘xshaydigan do‘pping Dini Islom kelmasdan ham avval borligi, xoki tuproqlarni kimyo qilgan, barakotidan bosgan qadamida bog‘u bo‘stonlar paydo bo‘lgan avliyolaring, Ismoil Buxoriylaring, adolatli, yengilmas Amir Temurlaring meni hayratlantiradi.

 

Xalqim, nima bo‘lganda ham do‘pping bilan choponingni hech qachon yechib, uloqtirma!

 

Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriylar kabi til va milliy madaniyatimizni omonatday avlodlardan avlodlarga yetkaz!

 

 

 

 

5 iyul, 2014 yil.

Kunduz soat 11 dan 54 daqiqa o‘tdi.

Kanada.

 

 

Xoldor Vulqon

Vatangadolar haqida

 


Xudoi Taolo  hazrati Odamni va Momo Havvoni yaratgach, xayvonotu nabototni va parrandayu darrandalarni, hasharotu qurt -qumursqani, baliqlarni va boshqa narsalarni ham barpo qildi.

Parvardigori Olam u narsalarni faqat Odam Ota va Momo Havvo zerikib, ulovsiz yo och qolmasligi uchungina yaratmadi.Balki ularni ibrat uchun ham yaratdi.Bizni qamrab olgan bu tabiat aslida ENG OLIY DORILFUNUN, BUYuK IShORA, IBRATGOHdir.

Ibratdan esa O‘RNAK olinadi. "O‘rnak" so‘zi O‘RGANISh ma‘nosini anglatadi.Xo‘sh, bu tabiatning nimasidan o‘rnak olamiz, nimani o‘rganamiz?

Bu BUYuK ALIFBONING  birinchi "A" harfi fasllar xisoblanadi.

Inson tug‘iladi va uning hayotida ko‘klam boshlanadi.Keyin bahor, ya‘ni yoshlik, o‘smirlik.So‘ng o‘spirinlik, navqironlik, mo‘ysafedlik, qarilik va nihoyat inson bolasi doim qochib berkinib, chap berib yuradigani, hatto Jannatga kirishni istasada, shoshilmaydigan bosqichi - O‘LIM qo‘lida chalg‘isi bilan uni quvib yetadi va oyog‘idan bug‘doyday o‘rib, yiqitadi.

Xuddi fasllar inson yo‘llariga avval bahoriy gullarni poyondoz qilgani, yoz oftobida toblagani, kuz chog‘i hosilga yetkizgani va oxiri qish kelib, uning yo‘llariga qordan oppoq kafan to‘shab, ogoxlantirgani va bu jarayonni, IBRATNI, har yili takrorlagani kabi.

Xuddi tong otib, kun yorishib, quyosh botib, borliq zulmatga cho‘mishiday.

Hatto Xudoi Taolo bizga tabiat imo ishorasi bilan Yer sayyorasining yumaloqligini ham IBTIDOIYYaTdayoq aytgan, ammo biz buni anglamaganmiz, tushunmaganmiz, ikkichi o‘quvchiday yaxshi o‘qimaganmiz.Xudo esa har yomg‘irdan keyin bizga yetti xil rangda kamalakni osmonlarga to‘ldirib ko‘rsatdi, aytdi, aytdiya, ammo biz uquvsiz o‘quvchilar shu oddiy darsni ham ko‘ngildagiday o‘zlashtirolmay, Yerni yumaloq degan olimlarni o‘ldiraverdik, vaxshiylarcha qatl qilaverdik.

Birontasi aytmadiki, ey odamlar, kamalak nega to‘g‘ri shaklda emas?! Ne uchun to‘rtburchak emas?!Nega u egri va yoysimon?! - demadi.

Keyin Yerning yumaloqligi kashfiyotga aylantirildi.Aslida dunyo fani bilgan narsalar kashfiyot emas, balki Xudo IBRAT uchun yaratib qo‘ygan xilqatlar halos, ya‘ni fan anglab yetgunga qadar ham u narsalar mavjud edi.

Endi shaloq kursilaringa o‘rnashibroq o‘tirib olinglar.Negaki, maqolaning kulьminatsion cho‘qqisiga chiqib ketyapmiz.Buyog‘iga endi vatangadolar haqida gap boradi.

Ma‘lumingizkim, kuz kelishi bilanoq qushlar gala -gala bo‘lib issiq o‘lkalarga otlanadilar.Nega?Shunday xatarli safarga chiqqandan ko‘ra, tomlarning bo‘g‘otida qishlaydigan chumchuq, misilchalar kabi bir joyda yashasalar bo‘miymakan?

Yo‘q, ular har yili bola chaqasini ortidan ergashtirib, gala -gala bo‘lib, osmonga ko‘tariladilar va okeanlar ustidan oylab, tinimsiz qanot qoqib uchib, bulutlarga yondosh parvoz qiladilar.

Nega?

Sababi, qushlar Xudoning buyrug‘ini bajarib, INSONIYaTGA jonli ibrat vazifasini o‘taydilar.Ular INSONning vatani tikonli simlar bilan o‘ralgan muayyan xudud emas, balki butun YeR shari INSONIYaTNING umumiy, yagona uyi, VATANI ekaniga jonli ishora qiladilar.

Qushlarni chegarachilar otib tushirolmaydilar.Aksincha, chegaradagi minorada turgan qurolli soldat ham janublarga uchib ketayotgan turnalar faryodiga quloq tutadi, bosh kiyimini havoda silkitib, ular bilan hayrlashadi.Janubga uchguvchi qushlarning pasporti yo‘q, ularga vizaning ham, chegaraning ham, bojxonaning ham ahamiyati yo‘q.Ular okeanlar ustidan oylab tinimsiz uchib, INSONIYaTNI chegarasiz, YaGONA YeR ShARIda urush, qon to‘kishlarni to‘xtatib,bir oila a‘zolaridan ahil -inoq, tinch -totuv hamda ozod  yashashga so‘zsiz, sadosiz chorlaydilar.

Buni faqat aqli sog‘lom odamlargina anglab yetadilar halos.Er shari odamning bu dunyodagi umumiy qo‘nalg‘asi ekanini, inson bolasi bu o‘tkinchi dunyo qo‘nalg‘asiga vaqtinchalik QO‘NOQ ekanini aqli zaif kimsalar, tabiiyki, anglolmay qiynaladilar.

Umr kuzi kelsa, Yer sharida istiqomat qilayotgan hamma insonlar, shomi gadomi, majbuuuur umr bo‘yi avaylab asragan sevimli jasadlarini xuddi eski kiyimday qabr otli garderobga yechib, U DUNYoga ravona bo‘ladilar.

Ammo ularni Yaratgan Parvardigori olam MAXShAR kuni yana jasad kiydirib, qilmishlariga qarab, O‘ZI BIRu qolgan narsalar IKKI bo‘lgani kabi odamlarni ikki toifaga ajratadi.Undan keyingi jarayonlar haqida o‘zlaringiz juda yaxshi bilasizlar.

Maqola so‘ngida men bir narsani aloxida ta‘kidlamoqchiman.

INSON, ya‘ni ODAM ATO va uning YeR sayyorasi ustida vaqtincha yashayotgan barcha avlodlari JANNAT deb atalgan o‘z VATANidan quvilgan MIGRANTlardir, Musofirlardir, Muhojirlardir.

Ya‘ni bu dunyoda Vatangado bo‘lmagan bironta INSONning o‘zi yo‘q.

Tilida XALQni laqillatib, Xudo deydigan, Xudoning buyruqlarini bajarish tugul, teskarisini qilib, xushini yo‘qotgunicha piyova, aroq ichadigan, ibodat vaqtida sasib uxlaydigan, ovqatni cho‘chqaday chapillatib yeb, ROZIQUL ARShIL AZIMga shukr aytmaydigan, yog‘li ko‘zlarini maishatning shilimshiq pardasi bosgan tiplar, Xudoning va u dunyoning borligiga qaro va lahatday qorong‘u, o‘lik qalblarining tub tubidan shubha bilan qaraydigan kaltafaxmlar, aroqni ichib -ichib, "Xudoyo, kechirgin" deya masjidning yo sinagoganing vayo cherkovning tomida uxlaydigan xodyachiy anekdotlar va skotinalargina bunday tushunchadan mosuvodirlar.

 

 

3 iyulь, 2014 yil.

Kunduz soat 11 dan 23 daqiqa o‘tdi.

Kanada.


 

 

Xoldor Vulqon

Badiiy adabiyot bo‘yicha xalqaro "Naslediye", "Pisatelь goda 2015" va "Poet goda 2015" mukofotlarining nomzodi

Mizxapparning navbatdagi yangi maktubi

 



Ushbu laycha itti terisiga mixminan putilgan maktup qit‘alar aro uchadigon atom qirg‘in quroli kabi tez minut va sekundlar ichida yetip ma‘lum bo‘lsinki, o‘shal Kanadaga yashayotgan Saytmirat akamga deb bilodurman.Assalomu alaykum, xurmatluk Saytmirat aka!Dmag‘lar chog‘ma?Xoyran bo‘meng, menam oxiri silarga o‘xshap vatandan quvildim, darbadar vatangado bo‘llim.Gap shundaki partyamizdi no‘batdan tashqari o‘tkazlyapkan karo‘lьto‘yiga halakat berish maxsatida mustabit xo‘kmat xarbiy qo‘shinlari muqaddas cho‘chqaxonani qamal qip o‘ravop partyamiz opisini minametlardan uch kechayu uch kunduz to‘xtovsiz o‘qqa tutishti.Cho‘chqaxonani tomi o‘pillip chuship xalq qoxramani daxo partvoshimiz Qurumbo‘y Qoramoygutalin Mo‘riqultezagdi bosip qolli.Bechora prapessr Ilyos Ipporuvuchminan Yo‘ldashvo‘y ikalasi paxsa duvolli tagida qopketishti.Mamadyordi apcharka itlar talayatuvdi.Men qorateminan shug‘illanganim uchun o‘q yomg‘irlari ostida motanatminan qamishzorga qorap qoshtim.Qamishzordi naryag‘idan chiqquncha apti voshim tilinib tanibo‘medog‘on darajaga kellim.Kiyimlarim varrak varrak bo‘p yirtilib titilip to‘zib astar paxtasi osilip qolli.Yaxshiyam qamishzorga  qorap yug‘rganim.Nmaga dsangiz, yo‘lga uchratkan melsalar meni tom tanmadi.Qorasam izaaag‘da muqaddas cho‘chqaxona shiypirlari portillap osmonga tars turs otillip, shonlik partyamizdi opisi muxtasham shtapkanselaryamiz qasra qusur yonyapti.Har zomonga xo‘kmat qo‘shinlari tomonidan otilgan qonaxlik qit‘alararo raketalar atom bompalar gumm gum portillab qorong‘i kechani kuduzdi singari yoritaritti. Men rubroyit qora qog‘oz parchasiga mixminan yozilgan soxta pasportminan chegaradan yashirincha Qozog‘istonga qochip o‘ttim dagin, O‘O‘Nga arza teyladim.Shuytip dsangiz, Amrkoni bo‘llim qollim. Vo bu amrikiyyadagi xoyat xoyatmas bir sexrlik ertak diysiz!Odalat va motanatti hammasi bizga o‘xshap qochip shuyega kevog‘anakan.Biyellarda chirag‘ degan umuman o‘chmeydikan.Fkluchatldi o‘chirsezam chirag‘ baxrayip yonip turo‘rarakan.Yo tovba diyman.Gazdi guvillap yonganini ko‘rsez qo‘qip ketarittingiz.Oshxanamizga o‘t ketip qopti shkilik dib, qo‘qip pajennik kamandani chaqirarittingiz.Yaqinda deng ming do‘llerga yangi moshina sotvollim.Biyellarda indaqa eskiraq moshina mnib yursez polisya moshnezi surishtirmey netmey prisminan bir urip yalpetip musrga teylovararakan.Bizda eeeeeeeeski moshinalardiyam yamab yasqap suvorkalap yarim yolchisi yo‘lda uzilib chuship qosayam xaydap yurisho‘radi.Magazimga borganimdi aytibersam oziz ochilip bunniz shanqayip qoladi.Xaygi, nma dsamakan, inglizchasiga Shoping kar dep qo‘yishadi buyetta. O‘zbekcha aytadaqan bo‘sak, do‘kanarava.Peshtaxtalarga maxsulot jonvor sig‘meydi.Bitta bitta op ashi do‘kanaravaga teylo‘ras.Menam shuytip so‘vda qilip magazimdi ichida do‘kanaravani bor kuchimminan ittarip rastama rasta "Xalachita palachita xalachita pala! Xeyeeyeeyeeyey makarena!" deb qo‘shig‘ aytip iyag‘dan biyaqqa jinnini singari yug‘rip yurudim.Birdan deng yo‘limdan semiiiz, keti kaaatta bir kampir chiqib qop ashi kampirdi guuupida urvorsam bo‘lama.Urganimam kamdey ustidan tevalap o‘tip kettippan. Do‘kanarava ag‘anap hamma nersalar har qayaqqa chachilip ketti.Kampir bechara O Jizes kroys! dep inqillap yotipti.Bir zumda polisyavozligo‘pketti.Qorasam meni kishanlap qomaqxonaga opketishmaxchi.E, meniya!Mangu partvoshimiz Qurumbo‘ydi shaxsiy telbaxraniteli qorateminan shug‘illangan Mizxappar Ibn Taxta Abu Abdulpaxta Przdentimizi Maxtaniya!E, dedim, sanla mani kim dib o‘ylavossan jallo‘?! Ma xravazashitnik mister Mizxappar Ibn Taxta Abu Abdelьpaxta Pirzentimizdi Maxta bo‘laman!Xozir paxtalig sho‘rtigimdi cho‘mchegidan yashil beretimdi ob kesak qiskan qovunga o‘xsheydigon boshima kiyvop, hammeni eneni uchqo‘rg‘onidan ko‘rsataman!Voy galьvarslare!Alь qashoshu minal Haq!Iiiiaxaxaxaxxxa!Meni qo‘limmas, Brusliy bovomdi qo‘li dep razminka qilyassam.Bitta o‘zbek o‘rtaga chuship bizdi ajratip qo‘ydi.E, dedim, qandaydir bir sovotsiz kampir yo‘l palakat qoydasini buzip yo‘lga chiqvorsa ayp mendami a, ayp mendami?!Xa odam degan chorraxalarga buytip svetapo‘r o‘nnatip qo‘ymima?Palasalaram peshexo‘dlar o‘tadigon chizig‘laram yo‘q.Shuyam do‘kan bo‘lliyu.Davay, meni kishanlap qomoqxonenga obor.Kegin nima bo‘lishini ko‘rasan.Men so‘tta adlakat yollap yetkazilgan ma‘naviy ma‘ripiy va madaniy zaral uchun kampirdan naq bir milyo‘n do‘ller undiraman! -dep mutaxamchilik qip magazimdi boshima ko‘tarip baqiro‘rdim baqiro‘rdim.Oxiri haligi o‘zbek sal pal inglizchani bilarakan, so‘zlarimdi tarjima qiluvdi kampirsho qo‘qip ketip: - Aym apalajays, ser, did yu porgip mi? dedi. Shundan kegin polisyachilaram mendan kechirim so‘rap qaytip ketishti.Bular bizdi adatlarimizdi bilishmedita.Axir biz qanaqa mexmondo‘s odamlarmiz.Yaqinda Shayipjanpanat degan qo‘shnimizi mexmonga chaqirdim.-Kamin, kamin, velkom tmay xauz -dep ulardi ichkariga taklip qillim.Emag‘ ichmag‘di ko‘pligidan xaladennigdi eshigi yopilmedi vey.Istol sinip ketaman diydi.Qani, emasa, qo‘shnilar olinar munovi cho‘klet kukilardan, brokoli salatlardan, churay, churay et, its verey delishios -dedim men mulozamat qib.Kegin xaladennigda sovutilgan kubinskiy arag‘dan qittak qittak urip sho‘rva ishtik.Sho‘rvani qo‘shnilarim rasa maxtadi.Xoyatimda bunaqa mazalik sho‘rva ichmaganman dedi qo‘shnimdi xotini Chulьchitay.- Ichsenar yana qozonga bor.Nmo‘sa tortimmenar, yana yam kasadan quyip keley dedim men.Tankyu, ser, vi ar fol -dedi porrr por kekirip Shayipjanpanat.Ovqattan kegin qo‘shnimdi xotini Chulьchitay oshxonaga kirib deng kutilmaganda oy dogi!may dogi! deb baqra boyladi.Tnыshlыxmi dep yug‘rip oshxonaga kirsam u oyal laycha itini kesilgan panjalaridan kallasi hamda terisidan tanip qop ayyuxannos sob o‘zini o‘zi shappatilab yig‘layapkanakan.Bu amirkaliklar itkayam pitkayam raxmi kep yig‘lo‘rarakan.Heyeeye, palak!Xozircha shunaqa gaplar, Saytmirat aka.Mayli emasa, yana yangi maktuplarda uchrashkuncha xayr.

Xurmatminan, istepodagi qizilaskar Mizxappar Ibn Taxta Abu Abdulьpaxta Mo‘xtaram Przintimizi Maxta.

 

06/11/2015.

7:22.Oqshom.

Amrika Qo‘shma Shtatlari.

 

 

 
Еще статьи...