Поиск

 

Холдор Вулкан номинирован на национальную литературную премию "Поэт года -2016"


Здравствуйте, Холдор Усманович!

Сообщаем Вам, что редакционная комиссия рассмотрела произведения, размещенные на Вашей авторской странице на портале Стихи.ру, и приняла решение номинировать Вас на национальную литературную премию «Поэт года» за 2016 год.

Вы получаете статус номинанта премии «Поэт года» и право издания произведений в альманахе для Большого жюри.

Процедура проведения конкурса премии состоит из двух этапов. На первом этапе из числа пользователей портала Стихи.ру выбираются наиболее достойные авторы, которые становятся номинантами премии. Их произведения издаются в специальных конкурсных альманахах, которые представляются членам Большого жюри. Решение, какие именно произведения публиковать, принимаете Вы лично. Вы можете разместить в альманахе любое количество своих произведений.

На втором этапе члены Большого жюри путем голосования на основании текстов, опубликованных в конкурсных альманахах, определяют трех лауреатов премии. Церемония награждения победителей премии приурочена к праздничным мероприятиям, посвященным Всемирному дню поэзии, и традиционно проводится 21 марта в Москве под эгидой ЮНЕСКО и Федерального агентства по печати и массовым коммуникациям РФ. Вручение премий за 2016 год состоится 21 марта 2017 года в Большом конференц-зале Правительства Москвы. На торжественную церемонию приглашаются все номинанты, опубликовавшие свои произведения в альманахах премии.

Конкурс на соискание премии «Поэт года» проводится в основной номинации «Поэт года», а также дополнительных номинациях «Дебют», «Лирика», «Детская литература», «Юмор». Вы можете представить свои произведения на конкурс в одной или нескольких номинациях одновременно. В каждой из них будет выбрано по три лауреата. Премии во всех номинациях представляют собой статуэтку в форме пера на постаменте и возможность издания собственной книги за счет Оргкомитета.

Более подробную информацию о премии Вы сможете узнать:

на сайте национальной литературной премии «Поэт года»
по бесплатной горячей линии: 8-800-555-11-25
по московскому номеру: +7 (495) 215-11-25
через экспертную систему

Для того, чтобы разместить свои произведения в альманахах для Большого жюри, выберите номинацию →

--
С уважением,
Ирина Волкова,
Эксперт редакционной комиссии премии «Поэт года»

 

 

 

 

 

 

Xoldor Vulqon

Oy bilan suhbat

 

 

 

Hadeb derazamdan qarayverma oy.

Qolmadimi odob, hayo va sharming?

Sendan berkingali topolmayman joy,

Kim seni kemtidi, nega yo‘q yarming?

 

 

Boshqa derazalar ketganmi  qurib,

Boqsangchi qoraygan qo‘shni darchaga?

Ko‘rpaga o‘ranib, uyquni urib,

El xurrak otmoqda, qattiq charchagan.

 

 

Soching ham to‘kilib ketibdi butkul,

Archilgan tuxumday yaltirar boshing.

Tonglarni sog‘insang quyoshni kutgil,

Miltillatma  yulduz - achchiq ko‘z yoshing.

 

 

Yo‘q-yo‘q ko‘z yosh emas, yonarqurt alar,

Balki  xasharotdir, qo‘ng‘iz yo so‘na.

Ular nigogihimni chivinday talar,

Jig‘imga tegma oy, bu yerdan jo‘na!..

 

 

Oy qo‘rqib ketdimi, bilmam, harqalay,

Chekindi aylanib yarim yortiga.

So‘ng asta berkindi misoli g‘ilay,

Kuygan bulutlarning ortiga.

 

 

 

 

13 mart, 2014 yil.

Kech soat 7 dan 35 daqiqa o‘tdi.

Kanada.



 

 

Xoldor Vulqon

Xovuz

 

 


Oydin  osmon seyfi lang ochiq,

Yulduzlar - hazina, oy -sariq chaqa.

Xovuzda ko‘zagul g‘unchasi yopiq,

O‘ltirar zangori yaproqda baqa.

 


Yulduzlar baqadan qo‘rqadi yomon,

Olov sovuq suvdan  qo‘rqqanday xuddi.

Tilini uzatib osmonlar tamon,

Baqa bir yulduzni yamlamay yutdi.

 


So‘ng yana birini, keyin boshqasin,

Yutaverdi olmos chivinday tutib.

Oy g‘arbga berkindi chiqarmay sasin,

Baqaning xovuzga sho‘ng‘ishin kutib.

 


Hayratdan ko‘zagul g‘unchasin ochdi,

Osmonda bitta ham qolmadi yulduz.

Zulmat daraxtzorlar ortiga qochdi,

Uyg‘onib kerishdi uyquchi kunduz.

 

 

 

 

12 mart, 2014 yil.

Kunduz soat 2 dan 25 daqiqa o‘tdi.

Kanada.





 

 

Xoldor Vulqon


Sozanda



Sartaroshmi aqldan ozib,

Ustarada qorlar kuragan?

Qitirlatib she‘r yozar yomg‘ir,

Devor bo‘lka nonmi nuragan?

 


Shoirman der anavi kimsa,

Bo‘lmasa ham bironta she‘ri.

Sirg‘aladi tumanda ulkan,

Doiraga tortilgan teri.

 


Tarvaqaylab borar shoxlari,

Daraxt bug‘u ekanku, qarang.

Shitirlagan, sirli tumanda,

Yomg‘irli bog‘ ko‘rinar arang.

 


Shishaverar shamol yelkani,

Hayot go‘zal, chor atrof chaman.

To‘lin oyni shodlanib chalar,

Xoldor Vulqon degan bir shaman.

 


Dandala didan -dindala didan!

Dandala didan -dindala didan!

 

 

 

 

10 mart, 2014 yil.

Sahar soat 6 dan 18 daqiqa o‘tdi.

Kanada.

 

 

 

 

Tabg‘iknoma

 


Zdg‘avstvuyte, qadg‘li g‘edaksya!


Pug‘sattan poydlanp mo‘g‘cha miyonim qoshi kamonim pag‘i paykag‘im tug‘mish o‘g‘tag‘im g‘afiqam Mubog‘ekxondi hamda sevikli qaynonam Dubog‘ekxondi bugungi xalqag‘o xotin -qizlag‘ bayg‘ami bilan chin yug‘ekdan tabg‘iklab, mubog‘ekbod etishga g‘uxsat beg‘gaysizlag‘!


Sevgilim, Mubog‘ekxon, bilaman, siz Xadg‘adagi integ‘net kapega kig‘ib, bu mubog‘ek tabg‘ikni xumog‘ ko‘zlag‘ingiz to‘la ko‘z yosh bilan o‘qib, xo‘ngg‘ak otib yig‘layapsiz.


Mendan sig‘a xovotig‘ olmeng, pag‘izodim!


Men G‘assiyaning Suzdalь tag‘aplag‘idagi Siktivkag‘ degan shaxag‘da savdo ishlab chiqag‘ish fig‘masida dvog‘nik cho‘chqabaqag‘ bo‘lib ishlayappan.


Yaqinda Sizga va pag‘zandi ag‘jumandlag‘imga Vestg‘en yunyo‘n og‘qalik yuz do‘lleg‘ pul yubog‘ganidim, yetib bog‘dimi?Iye, omadizmi? Unda men sizga jo‘natma g‘aqamlag‘ini yubog‘mappanda bundan chig‘di.Ha, kallavag‘am!


Xo‘p, mayli unda uyimizdi eshiklag‘ini makkam yopib, extyato‘lip o‘tig‘inag‘.Sutxo‘g‘lag‘ men yo‘lkig‘aga ogan pullag‘di pg‘atsenti bilan undg‘ish uchun qag‘zimdi qistap kelib, yag‘im kechasi temig‘ dog‘vozamizi tepib dag‘anglatsayam ochmelag‘.


-Mubog‘ek!Och dog‘vozani, eg‘ing gastag‘bayteg‘ Mashg‘abjondi chaqig‘ biyaqqa!Emasa uyga o‘t qo‘yamiz desayam zinxog‘ bazinxog‘ temig‘ dog‘vozamizdi ocha ko‘g‘malag‘ing.


Sizdi va Siz ag‘qalik hug‘matli qaynonam Dubog‘ekxondi yana big‘ bog‘ sakkizinchi mag‘t xalqag‘o xotin -qizlag‘ bayg‘ami bilan mubog‘ekbod etib, olis G‘assiyada cho‘chqabaqag‘ bo‘lib ishlayatkan umg‘ yo‘ldoshingiz, pg‘apessg‘ Mashg‘abjon.

 


 

 
Еще статьи...