
Abduvali Qutbiddin.

Hayol kechasi
Toshkent “Yozuvchi” nashriyoti 1994

* * *
Quyosh, yurting qayda, so‘ragan edim, Tong-la nuringga dil o‘ragan edim, Men ham sen bor yerga boraman dedim, Ammo osmoningga ko‘ymading, quyosh, Biror bor boshimga tekkizmading bosh.
Muyishib, mungrayib ishlagan edim, Men ham ko‘p toshlarni tishlagan edim, Qahring shomlarida qishlagan edim, Hayron yoshligpmni ho‘ngratding, quyosh, Biror bor boshimga tekkizmading bosh.
Urfu rusumingdan boshlagan edim, Eski do‘koningni xushlagan edim, Duru marjoningni ushlagan edim, Oqibat manglayim mushtladim, quyosh, Biror bor boshimga tekkizmading bosh.
Tilimni kundaga ko‘ygil, chop dedim, Keyin dil uyiga borib yot dedim, O‘g‘lim u, o‘zim u, asta yoq dedim, Kulu to‘zonidan mahv bo‘lgin, quyosh, Biror bor boshimga tekkizmading bosh.
Men odam edim-ku, men odam edim, Loydan-da yo‘g‘rilgan matodan edim, Iblisga aldangan atodan edim, Ey quyosh, men seni sevaman, quyosh, Biror bor boshimga tekkizmading bosh.

Подробнее...

Xoldor Vulqon
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a'zosi

G'ozlar galasining bom -bo'sh chelagi
Yog‘ar kuz yomg‘iri maydalab, ezib, Yomg‘irda yuvilgan oynaday tuyg‘u. Soyabon ostida yurarman kezib, Ko‘lmaklar ko‘zida ismsiz qayg‘u.
Suv yuzida g‘amgin kumush xalqalar, Shivirlar qamishli sohillar labi. Bir yupun majnuntol yolg‘iz chayqalar, Unsiz yig‘layotgan parizod kabi.
Nahot tamom bo‘ldi yomg‘ir ko‘z yoshi? Tabiat yig‘idan to‘xtadi, tindi. Yer qadar egildi maysalar boshi, Borliqqa musaffo halovat indi.
Tortinchoq yalong‘och bog‘lar bir yonda, Oynadek yaltirar bog‘lar yo‘lagi. G‘iyt - g‘iyt etar kuzgi g‘amgin osmonda, G‘ozlar galasining bo‘m - bo‘sh chelagi.
9 iyulь, 2011 yil.
Tungi soat 2 dan 36 daqiqa o‘tdi.
Toronto shahri, Kanada.


Эҳтиром
Chustiyning buyukligi, kitobim chiqsin deya xudosiz zamona korchalonlarining qarshisida tiz cho‘kmaganidir. Bizga o‘xshab din kuchaysa dinnning arig‘ini chopib, xudosizlik kuchaysa araq ichib zamonasiga yaltoqlanmagan.Chustiy aruz vaznida o‘lmas asarlar yaratibgina qolmay, har qanday sharoitda ham o‘z e‘tiqodiga sodiq qolib, nafsini tizginlay oldi. Vaholanki o‘z nafsini yenga olish har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Chustiy domlaning kitoblarini nashr qildirmay uni o‘gaylashtirgan jamiyatda tom - tom kitob chiqargan shoxerlar nomi va "Asar"lari unutilib ketdi. Ammo Chustiy domlaning yozgan g‘azallari, masnaviylari hamon tillardan tushmaydi. Chustiy domlani dindor deb unga kommunistik jamiyat o‘rden - medallar, unvonlar bermadi. O‘sha unvonlaru o'rden - medallar olgan kimsalarning olgan unvonlariyu o‘rden medallari qayda hozir? Chustiy o‘sha qattol zamonlarda bizga o‘xshab chet elga qochib, xavfsiz joyga berkinib olib emas, vatanda turib o‘z so‘zini yashirmay baralla ayta oldi. Bugun Chustiy yozgan ajoyib g‘azallar va masnaviylar xalqimiz yuragida sirtiga oltin suvi yuritilgan medal yo o‘rdendek emas, ikki danyoda qadrini yo‘qotmaydigan bebaho olmoslar singari porlayotir. Quyida Chustiy hazratlarining bitta g‘azalini hukmingizga havola qilamiz.
Xoldor Vulqon.
Chustiy

Durdonalardan ham
Xaqiqiy oshino paydo bo‘lur begonalardan ham, Biroq begona paydo bo‘lg‘usi hamxonalardan ham.
Aql konida bir so‘z bor, ki bozori haqiqatda, Uning har jumlasi qimmat turar durdonalardan ham.
Dedi Laylo mening ishqimni hech kim ayb etolmaydur, Chiqar oqil kishi Majnun kabi devonalardan ham.
Fido bo‘lg‘il dedi xalqim, dedim ming marta bo‘lsamchi. Sadoi dora kallosin tikib mardonalardan ham...


Holdor Vulqon

Mizxapparning maktublari
(Xajviy maktublar to‘plami)

Marhum qiziqchi Xojiboy Tojiboyevning porloq xotirasiga bag‘ishlanadi.

Mizxapparning birinchi maktubi
Ushbu yozyatgan xatim shomoldek shoshib, daryodek toshib tez kunlar ichida yetib malim bo‘lsinki, o‘shal bizga dushmon do‘latlarga qochib ketib ettan - bettan pirzdntmizga kesak, har - xil narsalardi otyatgan muxalipat vakillariga deb bilgayman. Assalomu aleykim, hurmatluk muxalipat vakillari. Yaxshi yuripsilarma? Dimag‘lar chog‘ma?Kecha donalardi donasi, przdntimizga tosh otyatkanilar to‘rasida telbazo‘rda aytishti. O‘z ko‘ziminan ko‘rishibti. Eshitib ancha xapa bo‘ldik. Shuytib tosh otasilarma? Przdntmizga tiyib ketsa nima bo‘ladi - a? Ko‘zi irg‘ib chig‘ib qosa, yo bosh - moshi yollisa munga kim juvopparadi?
Przdntimiz silardi chet do‘latlarga chig‘orib yuborganiga rahmatilarmi bu? Xo‘kmatimizga ming rahmat, osmonimiz misappo. Hoyatimiz poravan. Oylыxlardi voxtida olyappiz. Do‘latimiz g‘amxo‘rlыxlariga labbay deb juvopparib, tabiat injыxlыxlarini motanatminan mordanavar yengib yillыx pilonlardi ortig‘iminan bajaryappiz. Iye, vo‘zimdi tanishtirmappanu. Meni atim Mizapparjon. Metirkamda Muzg‘oppor. Pasportimda Mizhappar. Qishlag‘doshlar erkalatib Bilshappaljon deyishadi. Muna tanishivoldik. Aytkanday, nima deyatuvdim? Ha, Xo‘kmatka rahmat. Nondi orzon qildi. Odam osh, go‘sh yemasayam o‘lmaydi. Bizga to‘lьka non orzon bo‘sa bo‘g‘ani. Kiyim yirtilsa yamab - yasqab kiysa bo‘ladi. Lekin, qorindi yamab bo‘lama? Muna, yaqindayam qopti qo‘ltig‘lavop non istab yuruvdik. Xozir non xo‘kmatka raxmat, bor. O‘sha qop qo‘ltiqlab yurilgan paytlardagi bir voqiya xich esimdan chig‘meydi. O‘zi achinarlik voqiya ommo, esimga tushsa kulgim qistovradi. Tovba qildim, astaxprillo deb tindag‘imga qarasamam kulgim to‘xtamaydi. Qoreng, Lattaqishlag‘lik qandashimiz Qurumbo‘y ox yog‘ istab bozorga borsa, bir valadi baklashka, shisha bo‘nkalarda paxta yog‘ sotyatkanakan. Narxini so‘rasa yog‘purush orzon narxti aytibti. Qurumbo‘y “Orzonginaykan, ko‘prog‘ olo‘rey, ortib qosa picha ustama qo‘yib qo‘ni - qo‘shnilarga sotvoraman” deb uch letr opti. Kegin ox yog‘di uyiga opkesa onasi bechara ancha xursan bo‘p esi ketibti dagin, qozonga o‘shi ox yog‘dan olib quyibti. O‘choqqa o‘tinminan tezagdi qalab yaqip endi bir osh qileyk emasa deb mayda - chuydalarni to‘rg‘ashtirishga tushipti. Ommo ox yog‘ hadeganda dog‘ bo‘lo‘rmapti. Qurumbo‘y olovdi yanayam balatlatipti. Bir mahal ding, mundey qarashsa, qozondagi yog‘ qaynayatkanimish. Keyin bilishsa so‘vdo‘gar xaramidan bo‘g‘an Qurumbo‘ydi aldab, yog‘ o‘rniga uch letrlik shisha bo‘nkadagi sovuq choydi bervorganakan, svo‘luch. Qurumbo‘y bechara bir xapta yo‘l kira sarp qp bozorga qaxnadi. Lekin yog‘purush xaramidan bo‘g‘andi topomadi. Endi muna qimmat bo‘sayam yog‘lar bor. Hamma narsa yetarlik. To‘xliqqa sho‘xliq deb ba‘zi bir odamlar chirag‘ o‘chyatganidan shikoyat qiladi. Menga qosa, iliktir degan narsani, chirag‘di umuman o‘chirib tashlash kerak. Teskari aylantiraman deb icho‘chigdi kavlayatkanda nechta odamdi to‘k urib o‘ldirdi. Nechtasini tomidagi primichkasidan o‘t chig‘ib uyi yonib ketti. Bu iliktr degani kapori ziyonakan odamga. Chirag‘ o‘chsa yana qayta yaxshibasmi, bola - chaqalar ettaroq uxleydi. Qishlag‘imizda xar kuni ettadan kechgacha chirag‘ o‘chadi. Kecha kechki payt og‘ilxonada mollardi tagini tozalayatsam, ko‘chada odamlar “Urrrro‘o‘o‘o‘v !” deb baqirvoruvdi yuragim yomon bo‘p qolishiga jichcha qoldi. Revolyutsiya boshlanib mu xalipat kepti deb o‘ylappan.
Yug‘irib ko‘chaga chig‘ib “Ha, nimaga baqirishyapsan?” desam “Chirag‘ yonganiga baqiryappiz” diydi. Bu odamlarga xayronsan. Birovlari gaz yo‘q deya g‘udranib yuradi. E, menga qosache, gazdiyam umuman yo‘qotvorish kerak! Shu gazdi deb bultur uyimizga o‘t ketib qolay degan. Qaxraton qish. Eshak chilla. Sovuuuq. Gaz yo‘q. So‘vqatib gildirab o‘tiramiz eski - tuski, juldur japolarga o‘ranib. Xamsayamiz O‘rinbo‘y mato‘r o‘rnatib quvirdagi bor gazni tortivog‘an kunlar. Qishlag‘da hamma mato‘r qo‘yvog‘an. Menam o‘gey dadamminan o‘gey onamga oytip maslaxat qipturib “Temirchilik”dan mato‘r opkeldim. Kanserva bo‘nkasidan qilingan. Uyga kelib mato‘rdi uladim. Qorasam, gaz guvillab yonyapti. Hash - pash deguncha uyimiz isib xommom bo‘p napas obo‘mey ketti. O‘gey dadamminan mehribon o‘gey onam xursaaaant, becharalar. Men maykachan bo‘vog‘anman. Tellab kettik. Bir mahal ding, binasa “Chirrrr - chirrrr” qip turip mato‘r “Baaaaaang‘g‘g‘ !” etib portillab ketsa bo‘lama? Mehribon o‘gey onam bechara qo‘rqib ketib “Voy dod, yardam berinar !” deb baqirdi. Men neso‘pqog‘anman. Rangim axagdi singari oqarib ketgan. Qorasam pechkamiz oldidagi po‘stakminan to‘shak yonyapti. Yug‘iriib borib olovdi tepalay boshladim. Bir voqt shimimga o‘t ketib poychalari tizzamgacha yonib ketdi. Shimim bir sekuntti ichida sho‘rtik bo‘pqoldi. Yaxshiyam baxtimizga moto‘r o‘lib gaz O‘rinbo‘ylardikiga o‘tib ketdi. Olovdi bir narsa qilib o‘chirdik. O‘sha - o‘sha gazdan qo‘rqaman. Shu - shu qishda tezak yoqamiz. Endi aytovrsam gap ko‘p, ko‘mir oz. Hurmatlik muxalipat vakillari, silarga maslaxatim chet do‘latlarda indamey yuro‘rinar. Bizminan ishinar bo‘masin, xo‘ppi? Indaqa tosh otmenar, ayb bo‘ladi. Toshti bir - birinarga otib yuro‘rinar.
Hurmatminan Mizxappar.
21 inji yonvar, 2008 inji yil. Soxot 19 dan 15 milit o‘tti.
Chapayip kalxo‘zi.

Подробнее...
|
|