Isteʼdodli yozuvchi Mirodil Joʻraevning «Osmonning aksi» hikoyasini oʻqib
Mirodil Joʻraev «Osmonning aksi» hikoyasida asrlar osha faylasuf olimlar ham javob topa olmagan va hech qachon topa olmaydigan «Tuxum yo tovuq» falsafasiga gipotetik nigox tashlab, olam yaralishi bilan bogʻliq mangu jumboqqa javob izlaydi.
Hikoyadagi «Cheksiz olamlar haqida bosh qotirishdan koʻra, oyoq ostingdagi erga qarashning oʻzi kifoya» degan donishmand mutloqo haq.
Biz baʼzan, koinotga parvoz qilayotgan kosmik kemalardan hayratlanamizu, bundan bir mangulik avval yaratib qoʻyilgan, sharsimon, ostki qismida yashayotgan odamlar toʻkilib ketmaydigan muallaq Er sayyorasi kabi moʻjizadan hayratga tushmaymiz.
Hikoyadagi falsafiy mushoxadalardan koʻra, muallifning yuksak badiiy didi, pishiq, puxta, chiyratma yozish uslubi koʻproq diqqatimni tortdi. Mirodil shu yoʻnalishda tinimsiz ishlayversa, hademay, yaqin yillarda Frants Kafka, Kobo Abe, Xorxe Luis Borxes, Xulio Kortasarlar yuksakligidagi yozuvchiga aylanishi aniq.
Xoldor Vulqon
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
19/01/2023.
Kunduz soat 1:03.
Kanada, Onterio.
Миродил Жўраев ҳикоялари
Жўраев Миродилнинг ҳикояларидан қаршингизга ҳиссиётчан ва ўта қўнимсиз навқирон бир сиймо рақсга тушиб, англаб бўлмас ҳаракатлар қилиб чиқиб келади. Квазарми бу дейсиз бутун бир галактиканинг қувватини ўзида жамлаган? Ё ёруғлиги кўзни қамаштирадиган учар юлдуз – болидми?
У ўзининг дунёга нима учун келиб қолганлигини англамоқчи бўлади: тинмасдан уринади. Бу уринишлардан унинг шундоқ ҳиссиётчанлиги янада ортади. У ўз ҳаётбахш мусиқасини қидиради. Ва бирдек Бетховен оҳанглари ростакам гулдураб қолади қўнимсиз шакл-шамойили турфа ҳикояларида. Мусиқа билан бирга у ҳаётбахш сеҳрсоз қизни қидиради. Юнон музалари – париларига ўхшайди бу қиз. Унинг хаёлида. Излай-излай уни ё рўёлар, ё реал жонли борлиқда топганда, сал ўтмай ундан зерикиб қолишидан жуда қўрқади. Аммо зерикиш уни тўхтамай тақаб этади. Зерикиш унга Шайтон нуқсида кўринади. Шайтон измига тушиб қолмаслик учун барча ақлий, руҳоний кучларини ишга солади. Миродил ҳикояларини эътибор билан қизиқиб ўқидим.
Мен унинг ҳикояларидан ижод майдонига адабиётни яхши тушунадиган, ҳаёт ва одамларга теран боқадиган, излаш ва ижод дунёсига янги қарашлар олиб киришни мақсад қилиб қўйган жиддий ижодкор кириб келаётганини уқдим ва унинг ижодга теран қарашларидан хурсанд бўлдим. Қадамларингиз шахдам, изланишларингиз бардавом ва самарали бўлсин.
Иброҳим Ғафуров,
Ўзбекистон Қаҳрамони.
Тошкент ш.
31.08.22 й.
Mirodil Jo‘rayev 1993-yil 8-iyunda Andijon viloyati Shahrixon tumani Segaza qum Qishlog‘ida tug‘ilgan. 2012-yilda Shahrixon yengil sanoat kasb-hunar kollejini tamomlagan.
2022-yil Zomin seminari ishtirokchisi.
Mirodil Jo’raev
YETTINCHI O`LCHAM
Bu xatni yozib to’g’ri qilyapmanmi, yo’qmi, bilmayman. Kimdir ko’nglidagi gapni gapirib huzur topgan bo’lsa, men ko’proq pushaymon yeganman. Bu dunyoda o’zi hamma narsa nisbiy: Kimgadir bo’lgan nafratni yashirishdan ko’ra sevgini yashirish qiyin. Sevgining oldida g’urur-bachkana. Odam kimnidir sevib o’zini topadimi, yoki yo’qotadimi? Bu sevganingni kimligiga bog’liq bo’lsa kerak. Suymaganga suykalish bu, go‘yo yovvoyi O‘rdakni quvishday gap. Sevgining ko’zi ko’r deyishadi, to’g’ri aytishadi, U mayda narsalarni ko’rmaydi, baland-baland cho’qqilarni ko`radi, baland-baland tuyg’ular bilan yashaydi. U sen yetmagan yo’lda.Sevib qolgan odam uch o’lchamli dunyodan yetti o’lchamli ruhlar olamiga tushib qoladi. Sevgining oldida o’lchamlar o’lchamini yo’qotadi. Nisbiylik nazariyasi o’ziga qarshi chiqadi.
Sevgi, tilimdan tushmay qoldi bu so’z. Albert Enshteyn, kimnidir majnun bo’lib sevganmisiz?
Bir paytlari ko’nglim yorug’, ko’zimdan o’t chaqnar, yerga ursa ko’kka sapchiydigan, xayoliy va samoviy olamlarda bu g’alati zamonadan tashqarida yashab yurgan bola edim. Faqat goh-gohida yuragim qattiq siqilardi, ichim huvillardi, dunyodan otilib chiqib, uzoq uzoqlarga ketsam. Nega bunday, bo’lyapti sababini topolmasdim. Balki koinotning narigi tarafida menga aloqador biror noxush voqea sodir bo’ldimi?
Tushimga bir qiz kiradi, bir nimalar deb tinmay yig’laydi, men uni yupata olmay yig’layman. Anchadan keyin yana bir qizil ko’ylakli qiz tushimga kiradi. Kaftimga qarab baxtimdan fol ochadi.
–» Eh-e, sizga sevgini yo’li berk», deb kulib yuboradi. «Hazillashdim», deydi. Beixtiyor uyg’onib ketdim: chiroyli qiz edi, telefon raqamini olib qolmaganimga rosa afsuslandim.
***
24-fevral, soat 12:00 onam shaharga uchrashuvga olib chiqadi. Va sen dugonalaring bilan kelasan.
– Salom, yaxshimisiz?
– Assalomu alaykum.
– Kafega kiramizmi?
– Bilmadim.
– Yuring, deyman. Ismingiz nima edi?
– Nozima.
Kafe to’la sevishganlar. Bizga ostonadan joy tegdi, chiqib ketishgayam oson. Siyqasi chiqqan savollar beraman: Qayerda o’qigansiz? Nimalarga qiziqasiz?
U savolni bermadim. Sevishib turmush qurgan yaxshimi? yoki kelishib?
– Kitob o’qib turasizmi?
–» Yo’q», deysan bosh tebratib va jilmayib.
Hayron qolmadim, seni ko’zlaringni o’zi eng yorug’, eng sehrli kitob ekan-ku. Faqat men u kitobni o’qishga qo’rqaman Ko’zlaringga qarolmayman. Atrofga alanglayman.
Sen jilmayasan.
– Hech bo’lmasa kofeni iching.
Sen ichmay chiqib ketasan. Sevgi bu ichilmagan kofe…
Qo’qqanim sodir bo’ldi, sevib qoldim.Uyga kelaman, ko’zlaringni o’ylayman.Ichingda kimdir yig’layotganga o’xshaydi, o’sha kimdir meni ham ichimda tuni bilan yig’lab chiqadi.
***
Bugun 1-iyun bolalar kuni.
Balki esingda yo’qdir, o’sha kuni uchrashuvimizda «Bolalarni yaxshi ko’raman ular soxtalikni bilmaydi», degandim. Bolalarni yuragining mitti hayrati katta bo’ladi.Bolalar kattalar ko’ra olmaydigan mo’jizalar mohiyatini anglay oladi.
Odamlar katta bo’lgach, hayratlanarli darajada tabiatga hamma narsaga beparvo bo’lib qoladi: yuzsiz va yuzaki.
Bolaligimda qayga borsam quyosh ortimdan kuzatib yurganga o’xshardi.Quyosh faqat men bilan yuradi deb o’ylardim. Katta bo’lib bilsam, quyosh hamma bilan yurarkan. Bevafo qizlar singgari.Bugun men ham o’zim bilan o’zim sayirga chiqdim.Bog’ to’la bolalar.O’ylanib o’tirsam,
bir yoshli bir bola menga qarab jilmayaverdi, men unga, u menga talpindi. Yoniga borib, uni qo’limga oldim. Bolani onasi o’g’ilbolani yaxshi ko’radi, dedi.
–» Salom bolakay, men bilan o’ynaysanmi? Nega shuncha odam turib menga talpinding.Shoirligimni qaydan bilding? Bolalarga yoqish uchun odamni ko’ngli bola bo’lishi kerak.
Odamni umri ham qanchadir vaqtga berilgan megabaytlar singgari.Uni qanday sariflash har kimni vijdoniga havola. Balki nasliy ildiziga bog’liqdir.
«Telegram»ga kiraman bu yerda masofani ahamiyati yo’q.Odamlar bir-biri bilan nur tezligida muloqot qilishadi. Nur tezligida – muhabbat, nur tezligida – nafrat, haqoratlar yog`iladi. Sen joylagan suratlar, yozilgan so‘zlar –Ichki dunyoying aksi.Bildim, hayotingda kimdir bo’lgan, hozir ham nimalardir bo’lyapti.Sen yozgan bir so’z e’tiborimni tortdi.»Shunday romantik insonlar borki, ular turmush qurish uchun hamma narsaga tayyor bo’ladilar».
Hayron qoldim. Ayol kishi choyga o’xshaydi: u qarovsiz qoldimi, soviydi. Ko’p choy damlagani uchun choyga o’xshatish shartmi ayollarni?
Yigitlarni ko’pi choyini tez-tez yanggilab turishini bilasanmi?Qizbola choyga o’xshaydi, tezroq ichib qo’ymasang sovib qoladi.
Odamni dardini tushunish bilan anglashni o’rtasida katta farq bor. Ustingdan kulgan bo’lsam uzr.
Ko’changga boraman, eshigingdan 6-sinf singling chiqadi ukangni ko’tarib, ortidan ukangni bir poy poyabzalini tishlagancha kuchuging chiqdi: kuchuging mendan baxtliroq bo’lsa kerak.U seni deyarli har kuni ko’radi. Singlingdan xat berib yuboraman. Yonib yozgan she’rlarimni o’chog’ingda yondirasan. Men bo’lsam, o’ylarimga asirman, bu necha asr davom etadi, bilmayman. Ko’changga necha martta keldim, lekin biror martta seni uchratmadim. Balki erga tegib ketgandirsan. Munajjimlar bashoratida Sumbula burjidagilar yozda oylarida turmush quradi, deb o’qigandim. Yulduzlarga ishonasanmi? Bu dunyo matematik raqamlar, geometrik chiziqlar, ko’rinmas ruhlar olami, o’zgartirib bo’lmas taqdirlar,yo’nalishi yo’q, ataylab buzilgan qonunlar, aniqlik va noaniqlik o’rtasida tasavvurga sig’mas. ilohiy kuch bilan harakatlanyotgandek.Bularning hammasi meni yuragimda ro’y berayotgandek. O‘n sakkiz ming olamni, butun borliqni his qilib yashash qanday totli. O’zingni dardingni gapirishdan ham ko’ra ortiqroq ojizlik bo’lmasa kerak.O’zing haqingda yozilgan so’z, aytilgan gap o’zingdan boshqa hech kimga kerakmas.Nima bu dunyoda faqat senga qiynmi? Dunyoga nima uchun kelganini bilmay ham yashab yurganlar bor-ku?!Choyxonalarda aroq ichib ruhini tanasidan ayrilayotgan, og’ziga sigaret qistirib umrini mayadalab chekayotgan, o’zining dardini his qilmagan bechora do’stlarim… Hammangizni ko’zingiz ochilmaguncha do’poslagim keladi.O`ylayman, o’lgan odamni urushdan foyda bormi? Sizlarni jinlar bazmi ko’pgan davrangizdan yuragim siqiladi, yig’lagim keladi, tezroq bu yerdan chiqib ketsam deyman.Uyimga kelib tush ko’raman. O’q otar tanklar, bomba yog’diruvchi uchoqlar, ufqqa qizarib botayotgan quyosh, qizg’ish chang to’zon ko’pgan, yer-u ko‘k qonga belangan jang maydonidaman. Qo’limda qurol: kimlargadir o’q uzaman, yashrinaman, yuguraman, har tarafimdan o’qlar yog’iladi. Tirik qolishim dargumon. Kimdir dodlaydi, shovqin suron qulog’im shang’illaydi, karaxtman, o‘ylayman. Nahotki seni qayta ko’rolmasam bu o’y yuragimga zaharli o’qlardan ham og’ir botadi. O’zimni suvga tashlayman, cho’kib ketaman, nafasim qaytib uxlab qolaman. Ko’zimni ochsam, dengizni o’rtasida chayqalib borayotgan qayiqda yotibman: Tepamda osmon to’la yulduzlar. Betxovenning sehrli kuyini tinglayman: yulduzlar musiqaga hamohang aylanadi. Ruhim yengil tortadi.
Hayotimni yarmi tushlar, yarmi jonli voqealiklardan iborat: ikkisidan ham faqat ayrim lavhalar yodimda qolgan. Hayot xayolning mahsuli. Bog’ishamol 5-iyun. Bu yerda bahor, yoz oylarida jo’shqinlik hukm suradi. Har yoqdan kelgan sinfdoshlar, kursdoshlar, yigit qizlar, sevishganlar, jo’shqin nigohlar, bir lahzalik esdalik uchun suratlar… Shuncha chiroyli minglab qizlarni ichidan seni axtarish somon ichidan igna qidirishday…
Seni izlayman-u uchratib qolishni xohlamayman, uchrasang, ko’nglimga ignadek sanchilasan. Bir she’r esimga tushib ketdi.
Baxtsiz bo’lishingni istamam, ammo.
Baxtliliging ko`rsam so’kkim keladi.
Bir sakrab ibtido va intiho orasida to‘xtovsiz borib kelish uchun tog‘larga mahkamlangan «kanat» paqirchsiga chiqib olaman. Taqdirni ham o’zgartirish shunday oson bo’lganda edi. Taqdirni o’zgartirish uchun insonni o’zi o’zgarish kerak. Dunyoni chuqur anglashi kerak. Ishlamayotgan paqirchaga chiqib olishdan esa foyda yo’q. O’ylanib ketayotganimni ko’rib, yonimdan paqirchada o’tib ketayotgan ikki qizdan biri gap otadi:
– Hoy,yigit,yolg’izqopsiz-u.Yonizgao’taylikmi?
– Mayli, faqat bir umrga.
Miyg’ida kulib, o’tib ketishadi.Dugonasi,»ajoyib bola ekanmi»? deydi.Bu so’z menga ajoyib ta’sir qildi.
Tabiatning go’zalligini. Hamma yoq ko’m-ko’k. Adirlar bag’irlab osmonga tutashib ketgan daraxtlar, jonli portretga o’xshaydi. Qo’ling uzatsang yetgudek. Daraxtlar quyoshni ro’parasida rasmga tushishyapti. Bu yerlar azaldan chiroylimi, yo menga shunday ko’rinyaptimi? Xudo nazar solgandan beri shunday.Faqat fasllar, yillar, paqirchadagi sevishganlar almashadi.Har makon har zamonning o`z Layli va Majnunlari bor. Bu hayot sen bilan mendan keyin ham pinagini buzmay davom etaveradi.
Tong otadi,yana jo’shqin hayot boshlanib ketadi. Chumolilar bug’doy tashiydi, bolarilar asal yig’adi. O’rgimchak to’r to’qiydi. Qushlar uy quradi: hammasining muhim ishi bor. Kapalaklar esa guldan gulga qo’nadi. Bir kapalakka bitta gul yetmaydimi? Har kapalakni bir guli bo’lishi kerak. Har shoirning bir xotini.Mana bu gullarni quchoqlasam maylimi?
– Hoy, kapalak, men bilan o’yna.
– Nega sen bilan o’ynarkanman, o’zi bir kun yashasam, men odamlar bilan o’ynamayman.
– Shoirlar bilan-chi?
– Nima shoirlar odammasmi?
– Ular ham odam faqat ular beozor, boshqacha bo’lishadi.
– Nimasi boshqacha: Yelkasida qanoti bormi?
– Hozircha yo’q, lekin bir kun kelib qanoti bo’lishiga ishonaman.
– Hm, xom xayol, she’r bilan qorin to’yarmidi?
U uchib ketdi.Savolim javobsiz qoldi: kapalaklar ham non yeydimi?
– Hoy, quyosh, men bilan o’yna!
– Yo’q!
– Nima uchun?
– Vaqtim yo’q.
– Avvallari o’ynarding-ku, sen bulutlar ortiga berkinarding, men daraxtlar tagiga.
– O’ynagan bo’lsam o’ynagandirman, hozir vaqtim yo’q.
– Seni quchoqlasam maylimi?
– Kuyib qolasan.
– Kuymayman huv, anavi uyni ko’ryapsanmi? Ha, ko’rdim. O’sha uyda bir qiz bor, bu dunyoda meni faqat o’sha qiz kuydira oladi.
– Unda nega turibsan.Bor,o’sha qizni quchoqla!
– Qo’rqaman-da.
– Qo’rqsang nega sevding?Odamlar qo’rqqan odamini yo qo’rqqanidan sevadimi?
– Bilmadim, men unga yaqin borsam ham, uzoq ketsam ham kuydiradi.Bu yaxshimi, yomonmi?
–Quyosh bilmadim, dedi-yu ufqqa qarab qizarib botib ketdi. Savolim javobsiz qoldi: «Yerning atrofida yana qancha aylanasan»? Deb so‘ramoqchiydim.
– Ona, siz rostdan ham meni onammisiz?
– Onangmanda, bolam,onang bo’lmasam boqarmidim seni?
– Onam bo’lmaganizda boqmasmidingiz?
– Qayerdan topasan shunaqa gaplarni?
– Ona yashash osonmi, qiyinmi?
– Qanday yashashga bog’liq.Yomonlarga – oson, yaxshilarga – qiyin.
– Shoirlargachi?
– Ularga hammasidan qiyin.
– Iya, nimaga shoirlarning yuragi o’zi bilan yurgani uchunmi?
– Shunaqa bo’lsa kerak, bolam.
– Shoirlar qachongacha qiylanib yashashadi?Savolim javobsiz qoldi.Onam shirin uyquga ketgandi.
Payg’ambarlar ja’nnatning oldi eshigidan kirishadi. Shoirlar orqa eshigidan kirishadi.Ko’chada sandiroqlab kelib onasidan kaltak yeyishdan qo’rqqan bolakay singari. Payg’ambarlar Xudoning o’ziga oshiq, shoirlar Xudo yaratgan mo’jizalar mohiyatiga oshiq bo’lishadi.
Balki senga bu gaplarni qizig’i yo’qdir. Bilmadim, ko’nglimdagi hamma gapni faqat senga aytgim keladi. Meni faqat sen tushunadigandek. Gohida shunday tuyiladi. Yonimdasan-u olisdeksan. Sen boshqa sayyoradan, men boshqa sayyoradan. Avtobus derazasidan yalang’och daraxtlarni kuzatib horg’in uyimga qaytaman. Har nafasingni sezib yotaman. Bilasanmi? Dunyoni nima uchun yaxshi ko’raman. Unda sen borliging uchun yaxshi ko’raman. Ikkimizni bog’lab turgan dunyoni yaxshi ko’raman. Bilaman, dunyo men bilan har qanday o’yinni o’ynashga tayyor. Ertami-kechmi? u meni bari bir yengib chiqadi. U faqat majnunligimdan qo’rqadi.
Bu dunyoda meni do’zaxdan faqat sen qutqarib qoladigandek.Turib-turib isyonlarim keladi. O’nsakkizming olam ichra meni do’zaxdan faqat sen qutqarib qolish qo’lingdan kelgan taqdirda ham seni yoningga bormayman. Men do’zaxga o’rganib bo’ldim. Seni menga beparvoligingni o’zi – do’zax. Burgut bo’lib, tog’lar bag’irlab uchsam. Ot bo’lib dalalarda yig’lab chopsam, tuproqlarga ag’anab yotsam. Yoshi noma’lum tuproqlarda. Ey, g’o’za chopayotgan qiz! qo’llaringni yig’lab, o’pgim keladi. Zerikmadingmi bu yerlardan? bilmaysanda dunyoni naqadar kengligini.Balki meni savdoyi deb o’ylarsan.Dardni sog’lom fikr bilan yozish kerak. Dardniyam sog’lomi bo’ladimi? Ayyorlik ishlatmaslik eng buyuk ayyorlikka o’xshab.
***
26-may soat 15:15 uchrashuvga chiqaman.Yana xuddi o’sha kafe.
– Nilufar ismizni ma’nosi nima?
– Nilufar guli,– tayinli javob aytolmagach, – bilmadim.O’ziznikichi?
Men ham bilmadim.O’z ismining ma’nosini bilmaslik unchalik yomonmasdir, ehtimol eng yomoni odam o’zingni qanday buyuk ishlarga qodirligini bilmaslik.Menga razm solib qaraydi. Men o’ylayman: g’amginroqmi?
– Hayotdan tez-tez nolib turasizmi?
– Ha, ko’p bo’ladi. Yalangoyoq odam oyog’i yo’q odamni ko’rib shukur qilgan ekan.Siz uchun dahshatli tuyilgan fojealarning, ichida yashab yurgan odamlar ham bor. Ular uchun oddiy holga aylangan.Biror narsani orzu qiling, masalan, uzoqdagi chiroyli adirga chiqishni.Kun kelib o’sha adirga chiqasiz, shu kungacha siz uchun chiroyli, sehrli tuyilgan adir shu kundan boshlab o`z chiroyini yo’qotadi.Dahshatli fojealar uzoqdan dahshatli.Chiroyli orzular uzoqdan chiroyli. Siz uchun bahor qanaqa keladi?Oddiy tez o’tib ketadi.Men uchun ba’zida boshqacha keladi.Bahorda qo’lim ishga bormaydi.
Yomg’irli kunlarda ayvon ustuniga suyanib, shamolda tebranayotgan, yomg’irda cho’milayotgan shalabbo teraklarga qarab nimalarnidir o’ylab uzoq-uzoq turib qolaman.Bahor quchog’imdan sirpanib chiqib ketayotgandek birinchi va so’nggi bahorimdek tuyuladi. Quyoshli kunlarda daryoni kesib o’tgan, yog’och ko’prikda o’tirib, uzoq-uzoqdagi yelkasini qor bosgan tog’larga qarab xayolim ketadi.Bir burda noning bo’lsa yalangoyoq ketsang. Uy qurish, mashina olish, boy yashash bular juda mayda orzular. Biroq bu tezkor zamonda dunyoni yalangoyoq zabt etib bo’larmidi? Ko’p gapirib yubormadimmi?
– Gapiravering, yaxshi gapiryapsiz.
– Qaysi oyda tug’ilgansiz?
– Iyul.
– Hayriyat sumbulla burjida tug’ulmagan ekansiz.
– Nimaga unday deyapiz?
– Sumbulla burjida tug’ilganlar bevafo bo’ladi.
– Qaydan bildiz?
– Kuzatdim-da.
– Ajoyib ekansiz.
– Endi siz gapiring.
– Menmi… Men bugun uchrashuga chiqishni xohlamagandim hammasi tez bo’lib ketdi.
– Nimaga yaxshi ko’rgan yigitiz bormi?
– Yo’q, turmushga chiqishni xohlamasdim.Sizni boshqacha tasavvur qilgandim.Siz umuman boshqacha ekansiz.
– Siz ham boshqachasiz. Faqat ichizga berkinib olgansiz. Nimadan qo’rqasiz? Odamni yuragida olov bo’lishi kerak, orzulari tasavvurlari koinotdek cheksiz bo’lishi kerak. O’lim dahshatli emas, shunchaki, yashab o’tish dahshatli. Shunaqa xayolparastman, ba’zida ko’p gapirib yuboraman turmushga chiqishdan oldin yaxshilab o’ylab ko’rarsiz, balki. Kuzatib qo’yaman men bilan kulib xayrlashadi. Xayolim u bilan ketadi.Buncha tushkun bu qiz? unga qarab yuragim og’rib ketdi. Ertasiga javob keladi: Qizga yoqibsan, deydi onam.Bilaman, yoqqanimni men u qizni baxtli qila olaman. Menikim baxtli qiladi? Sevgi odamni o’limga tayyorlaydimi, yoki yashashga? Yoki qanday yashab, qanday o’lishni o’rgatadimi? Nega hayotni sevgan, hamma narsadan g’o’zallik axtargan, ko’nglida yorug’lik to’lib toshgan odamlar hayotdan erta kunda ketishadi? Hayotni sevganing sari u sendan yuz o’giradi. Sen sevganing seni sevmaydi.
***
8-iyun. Bugun meni tug’ilgan kunim.Yigirma oltigaga to’ldim.Tongda ko’zimni ochsam, tepamda qaldirg’och menga erini so’kayotgan xotindek, bir nimalar deb chug’urlayapti.Qarasam, eshik yopiq: tashqariga chiqolmay, nafasi qaytib turgan ekan. Yer yuzida hech qaysi jonzod tutqunlikni yoqtirmaydi. Ana uzoqda samoliyot osmonga oppoq chiziq tortyabdi. Odamlar jannatmakon yerni tashlab, koinotga uchib ketyapti.
Sevgi odamni parvoz qilishga o’rgatadi.
Eshikni ochishim bilan qaldirg’och tashqariga o’qday uchib chiqib ketdi. Tug’ilgan kunim bilan tabriklamadiham… Bu o’nsakkiz ming olamda. Eng buyuk mo’jizalardan tortib, mayda zarralargacha Xudodan ayro tushib ketolmaydi.Xudoyim bugun yo ertaga jonimni olsa ham mayli, roziman. Huv olis-olis ufqlardagi oppoq-oppoq bulutlarni ko’rdim.Tongning otishi, kunning botishi ruhimga takrorlanmas suratlarni soldi.Kechalari milliyonlab mo’ltirab yonib turgan son-sanoqsiz yulduzlarni ko’rdim. Bu dunyoda borligingni bildim-ku, axir. Sen bilan bitta sayyorada yashayotganimdan baxtiyorman.
ANGLASH
Bu Bog’da birinchi bo’lib bolalarni qiyqirig’i, qulog’ingga uriladi.
Jo’shqin, qo’shiq qo’yib yuboradi kimdir.
Ulkan chinorning shovullashi, shamollar bilan suhbati.
Tеpalikdan yugurib tushayotgan irmoqning qiqirlashi.
Olma, tishlayotgan qiz.
Ulkan harakatlardan tortib mayda harakatlar yo’nalishini favvqulodda yorug’lik tеzligida ilg’ayman.
Bu tovushlar bir varqtni o’zida bir birini inkor qilib bir birini to’ldirib katta arkestir singari navbatma navbat kеlishib olganday bir kuyni kuyalayotganday.
Voqеlik ruhimga, ruhim voqеlikka singgib borayotganday.
Borliq hali hеch kimga aytmagan sirlarini shoshilib qulog’imga shivirlab aytib bеrayotganday.
Erta tonggi gul, yaprig’idagi bir tomchi shabnam, Yеrga qulab kichik borliqqa mayda zarralarini sochib ulgurmasidan Moddiy dunyodan uzilib qolgan Dеvona oshiq singari Koinotni narigi tarafidagi olamlarni, oniy lahzalarda kеzib chiqqanday karaxt, yoxud alahsirayotgandayman.
Hеch narsa tiriklik nеmati oniy visol, lahzalarchalik tabiat bilan inson, ruhi, o’rtasidagi muloqotda yaxlitlik kasp etolmaydi. Mohiyatni anglash, Xudoni anglashga qo’yilgan birinchi qadam.
Xudo, esa ilohiy, voqеlikning o’zidir.
ShOIR
“Chеkish odamni o’ldiradi” dеb yozilgan qutidan oxirgi sigarеtni oldi-da, labiga qistirib qutini uloqtirib yubordi.
Chеkish odamni o’ldiradi, shoirni emas.
Dеmak, shoirlar odam emas.
O’lim haqida shoirchalik ko’p o’ylaydigan odam kam bo’lsa kеrak.
Shoirlar shunaqa mavhum, sirli, ta’qiqlangan narsalarga o’ch bo’ladi.
Ular odamlar yurgan yo’ldan yurishni, odamlardеk umr kеchirishni xohlamaydi. Shuning uchun ham ular odam emas — shoir! Bir qarasang, dini, dunyosi boshqa.
Ulamolar: “Kim boshqacha odamlardan ajralib turadigan ilm istasa, Xudoning qahriga uchraydi” dеyishadi.
Axir, iblis ham odamdan yuz o’girgan-ku, unga sajda qilishni xohlamagan.
Nеga shoirlar iblisga aylanib qolmaydi? Farq shundaki, iblisda ta’ma bor, ishq yo’q. Shoirda ishq bor, ta’madan esa asar ham yo’q. Shoirlar aynan shunday, shu yo’sin ilm izlashadi.
Xudoning qahriga uchradi, dеgani uning nazariga tushdi, dеganimi ekan? Kamondan o’q uzayotgan sayyod o’ljani nazardan qochirmay kuzatib turishi kеrak-ku axir.
Marhum bilan tirik odamning nima farqi bor? (“Marhum” so’zi “mavhum”ga o’xshar ekan.) U dunyo bilan bu dunyoni qanday parda ajratib turadi? Agar shu parda ko’tarilsa, falokat sodir bo’ladimi? Pardalangan olamga ochilgan yagona darichaga o’xshaydi o’lim.
Mеn tushimda, eh-hе, kimlarni ko’rmayman va nеga aynan bir xil ko’chalarda sarosar kеzaman, kеzayvеraman? Mеni nima bog’lab turadi bu yerlarga? Bu olam mеndan ko’p narsalarni, adoqsiz siru sinoatlarini yashiryotgani aniq.
Ayvonimdagi qaldirg’ochlar nеga aynan bizning uyga in qurdi, ularni bu yеrga nima va yo kim, qaysi qonuniyatu qay bir ilinj yеtaklab kеldi? Buddoviylikda banda uzra qazo choyshabi yoyilgach, fе’l-atvoriga qarab biror jonivor ko’rinishida yana bu olamga qaytariladi dеya ishoniladi. Bu qaldirg’ochlar ham bir zamonlar shu atroflarda umrguzaronlik qilib o’tgan kimdir birovlar emasmi?
Bu sinoatning tagiga еtishni qanchalar istayman, ammo qushlar tilini bilmayman.
Shoirlarning kafani qog’oz. Yozganlari o’lim bilan olishuv, xolos.
Shoirga hatto xotini-da xalaqit bеradi.
Odam Ato ham jufti haloli Momo Havo tufayli jannatdan quvilmabmidi?..
Yuzaki qaraganda, yolg’onni erta anglash dеvonalikning dеbochasidir.
Qiyomatda quyosh so’l qolib, o’ng tarafdan chiqadi.
O’ng taraf Rahmon, so’l taraf esa shayton dеyishadi. Dеmak, dunyo, shayton odamzodni ermak qilish uchun yaralganmi?
Olamning adog’i — qiyomat.
Insonning tugashi o’lim – kichik qiyomat, ya’ni yolg’ondan ajralish.
Odamzod yolg’ondan yuz o’girgan kunidan boshlab uning uchun qiyomat boshlanadi.
Nima uchun asl shoirlarning har kuni qiyomat ekanligini endi tushungandayman.
UCHRASHUV
U ko’kdan tushgan farishtaday, birdan yonimda paydo bo’ldi.
Oq libosdagi oqlik yonoqlariga tutashib kеtganday ko’rindi ko’zimga.
Bunday farishta monand qizlar Motsartning sеhrli kuylarini kun-u tun tinglab yurgan kеzlarim tushlarimda tеz-tеz namoyon bo’lardi. Nima uchun musiqachi qizlar buncha chiroyli bo‘ladi bilmadim.
O’zaro suhbatimiz o’z-o’zidan boshlanib kеtdi, u shu qadar samimiy, shu qadar muloyim ediki har qanday qahri qattiq va toshbag’ir insonlar bilan ham osongina chiqishib kеta olardi go’yo.
Kеyinchalik, qay bir uchrashuvlarimizning birida:
— Bilasizmi, — dеgandi, — biz insonlarni yaxshi va yomon, oq va qoraga ajratishga o’rganib qolganmiz, qolavеrsa, hеch kim hammaga birdеk yoqishga majbur emas, ular Yaratgan bilan munosabatini yaxshi qilsa, qolgani o’z-o’zidan iziga tushib kеtadi.
Kеyin mеn suhbatni butunlay boshqa o’zanga burib yubordim.
Balki, sizga ham shunday tuyulgandir, — dеdim o’shanda, — ko’chadami va yo bog’da, o’qishmi yoki siz bilan mеn singari kutubxonadami, biror istarasi issiq inson bilan tanishsangiz, uni qaеrdadir ko’rgandеk, juda yaqin bo’lmasa ham avvaldan tanishdеk tuyulavеradi. Ha, albatta, bir tuproqdan yaratilgan odam bolasi, bir-biriga o’xshaydi-da, dеrsiz balki.Ibtidoga nazar solsak, koinot ham dastavval bir butunlikda edi, ulkan portlashdan kеyin esa sayyora va galaktikalar paydo bo’lmadimi?
Hozirda bir-biriga qiron kеltirib, biri boshqasining kulfatlariga kulfat qo’shayotganlar shu ikki zotdan — Odam Ato va Momo Havodan tarqalmabmi edilar? Borliq va Koinot avval boshida bir butun yaxlitlikda bo’lganidеk, bir ota-yu onadan to’ragan insonlar ham bir-biriga nеchun tanish tuyulmasin?
U shu gaplarimdan kеyin hozirda diniy kitoblarni ko’p o’qiyotganini, bir kitobga qattiq bеrilib kеtganidan tushida Sahobiy bir Ayolni ko’rganini so’zlab bеrdi.
Sahobaning daragini eshitib, kulbalarini tark etib ko’chaga otlangan odamlarga ergashib chiqqanida ko’ribdiki, butun bo’y-bastidan nur yog’ilib turgan uzun oq libosli siymo go’yo qayiqda borayotgan kabi unga mushtoq odamlar oldidan yеngil suzib kеtibdi.
Balki, voqеa boshqacharoq bo’lgandir, har qalay mеn shunday tushundim!
Shu tushidan so’ng qalbi anchaga dovur yoqimli bir haroratni tuyub halovat topgani va dunyoni butunlay boshqa tarafdan anglay boshlaganini qo’shimcha qildi.
Lеkin har qancha urinmasin, u Sahobaning yuzini aniq eslay olmabdi.
Bu kabi holatlar kundalik hayotimizda biz duch kеlgan odamlar bilan ham ro’y bеrishi mumkin, dеdim.
Masalan, mеn biror istarasi issiq qiz bilan tanishganimda, u qiz haqida ko’p o’ylayvеrganimdan, butunlay yuzini unutib qo’yardim, borib-borib u bilan hayotimda aslida ham ko’rishib suhbatlashganmanmi yoki yo’q, dеb o’zimdan shubhalanib qolardim.
Bir qiz haqida qayta-qayta o’ylayvеrsang, dunyodagi barcha qizlarning yuz ifodasi o’sha bir qizning o’zida ortig’i bilan aks etishini tushunasan.
Mеnga bir ilmli odam: Yigit kishining tasavvuridagi qiz faqat jannatda bo’ladi, dеgandi. Bu, balki, o’zgartirib bo’lmas qonuniyatdir.
Bu qonuniyat milliondan bir yigitda buzilib turishi mumkin emasmi?
Nеga tasavvurdagi qizni hayotda uchratib bo’lmaydi.
Agar samoviy tuyg’ularga chulg’anib yurgan bir pokiza yigit tasavvuridagi jannatiy hurni uchratib qolsa, odamlar nazdida fojеa yuz bеrsa kеrak! (nеgaki ular dеvona bo’lib, odamlarga kulgi bo’lishdan o’lguday qo’rqishadi.)
Ehtimollar nazariyasiga ko’ra, ro’y bеrish ehtimoli mingtadan bittadir yoinki esa umuman sodiri ham ro’yobga chiqmas.
Yaratganning o’zi bu qonuniyatni buzib tursa, kim ham nima qila olardi.
Siz bilan shunday katta Shaharda, aynan shu joyda xuddi shu mavzuda suhbatlashib o’tirishimiz bir nеchta ehtimol va sababiyat qonuniyatiga borib taqaladi.
Kimnidir dahshatli darajada sеvib qolish bu ruhning qulashidir! Oshiqning ko’z o’ngida atrofdagi jamiki voqеa-hodisalar tеzlashib kеtadi, mohiyatning qarama-qarshi shiddatli to’lqini, yuzaki qaraganda, uni izdan chiqarib tashlaydi.
Aslida, borliq, yer va osmon Yaratganga o’z tilida sеvgi izhor qilayotganini his qilmay o’tib kеtamiz.
Majnunga kеlsak, u endi oddiy odamlar singari tirikchilik qilish, boylik orttirish singari mayda orzular uchun yaroqsiz banda.
Mеning kabi hardamxayol xayolparastlar esa tasavvuridagi hurning siymosini o’z hayotida uchratgan qizlar unsurlarida izlab yuradi, toki mukammal shaklga kеlmaguncha qayta-qayta xayolida chizavеradi.
Bu yеrda g’alati sir bor: ruhning olamga allanеchuk tashnaligi, mеn esam bu tashnalikka hamon nom topolmayman.
Dunyoda shuncha qiz turganda aynan bir qizga ko’ngil qo’yishning sababi tasavvuridagi go’zallikni ortig’i bilan o’sha qizda ilg’ab qolishidir.
Bu huru g’ilmonning o’zidan tashqari o’n karra fusunkor olamning g’aroyib tug’ularini o’z ichidan topib olishdir.
Ilohiy siymo adashib birovning tushiga kirib qolsa, baribir, u inson go’zallikni to’laqonli anglay olmaydi, zеro, bu tush ham o’z-o’zidan ko’rilmaydi — buning uchun tayyorgarlik kеrak.
— Siz hamma narsani bir paytda, paydarpay tushuntirishga urinasiz, shu sabab so’zlayotganda o’zingiz ham chalkashib kеtasiz, — dеdi u kulib.Mеn fikrlarimning eng qiziq nuqtasiga kеlganim uchun, uning gaplariga e’tibor bеrmay, gapimda davom etavеrdim.
Go’zallik haqida gap kеtganida, uning dahshatini go’zallikni anglay olgan insongina his qiladi.
Chinakam go’zallikni ko’rganda Shaytoni lain chinqirib yuboradi, ilk bor bu hol Tangri Odamni o’z qo’llari bilan yaratib, maloikalariga ko’rsatgan paytda ro’y bеrgandir.
Dostoеvskiyning yozishicha, go’zallikda Shayton va Rahmonning so’ngsiz olishuvi bardavomdir.
Go’zallikning mohiyatida borliq va yo’qlik, kеchmish va kеlajak shiddat bilan harakatlanadi, yaqinroqdan qarasang, butun koinot pishqirib yotganini ko’rasan.
Fibonachining borliqning paydo bo’lishiga doir oltin kеsim tenglamalar giometryasi olamdagi jamiyki mavjudlikning ibtidosi Yaratganga qarab ildiz otib kеtgan manzilni aniq ko’rsatib bеradi.
Bu oltin kеsim tеnglamasini zamonlarga nisbatan qo’llansa, oltin o’rtaliq har narsaning o‘rtasini qonun qilib olgan Muhammad payg’ambar yashab o’tgan zamonga to’g’ri kеlar, balki shunda Qiyomat qay zamonga yaqin davrda ro’y bеrishini ham taxmin qilish mumkindir.
Matеmatika ham yеchib bеra olmaydigan masalalar ko’p, masalan, nol soni mavjud yoki mavjud emasligini hеch kim aniq aytib bеra olmaydi — bu son xuddi insonlar singari arosatdir.
Bu arosat Odam Ato va Momo Havo taqiqlangan mеvadan tatib ko’rgan o’sha paytda paydo bo’ldi.
Odam va u yashab turgan makon Tangri va Shayton o’rtasida arosatda qoldi.
Yer yuzida jannat va do’zax uyg’unlashib, borliq yo’qlikka, yo’qlik esa borliqqa tomon harakatlanadi — bu hol har kun, har soniya va lahzalarda ro’y bеrib kеlayotir.
Fikrlarimdan adashib o’tlab kеtsam, aybga buyurmaysiz, boqiylik nuqtai nazaridan olib qaraganda, rеal narsaning o’zi yo’q bu olamda: fikrlar ham arosatda yuradi, barqaror xaqiqat yo’q, shuning uchun ham u Yaratganga muhtojdir.
Bir qissani eshitganmisiz, bir Sahoba ayolning oldida o’spirinni qoldirib kеtishayotganida bu yigitchani olib chiqib kеtishlarini aytgan. Odamlar buning sababini so’rashganida Sahobiy ayol o’spirinning atrofida bir emas, o’ndan ziyod shaytonni ko’rdim. Biz kattalarda bir shayton bo’lsa, o’spirinlar tеgrasida o’ntasi izg’ib yuradi, dеgan.
Mana, nima uchun dunyodagi go’zallikka dosh bеrib bo’lmaydi!
Iblisni еnga olgan go’zallikning darajasi chеksiz olamdagi butun-jami farishtalardan ham yuqorida turadi.
Xudoning shu’lasi aks etgan go’zallikni ko’rganida odam qonida aylanib yuruvchi har bir shayton o’z egasiga tinchlik bеrmaydi, hayotga nisbatan isyon uyg’otadi.
Zamon va makonga oid qarashlarim sizga g’alati bo’lib tuyular balki.
Ibtidodan intihogacha bo’lgan vaqt oralig’ida zamonlar yеr yuzining turli nuqtalarida turli shakllarda ro’y bеrayotganday bilinadi.
Tosh davridan to qiyomatgacha bo’lgan tadriji takomil, taraqqiyot o’tmish va kеlajak yеr yuzining turli nuqtalarida ro’y bеrayotgan bo’lsa, Qiyomatgacha bir nuqtaga jamlanadi, hayot qay tariqa boshlangan bo’lsa, shunday yakun topadi.
Qiyomat haqida hali ham bir qarorga kеlolganim yo’q, mеnimcha, bu hodisa bu dunyo bilan u dunyo o’rtasidagi ulkan ko’prikda ro’y bеrsa kеrak, nеgaki, kim nima ish ustida o’lim topsa, shu ish ustida tiriladi, dеgan rivoyatlar bor. Hamma turli zamonlarda yashab o’tganini hisobga olsak, qiyomat kuni odamlar bilan birga zamon va makonlar ham tirilib bir joyga jamlanadi, koinotdagi sayyora va galaktikalar qora tuynukka tushgach, zamon va makonlarning aksi bo’lgan olamga ko’chadi.
Inson dunyoni bor bo’y-basti undagi ajabtovur jarayon va taloto’pu dahshatli urushlardan bеxabar qolgan taqdirda ham, shu bugungi qirg’inbarotlar aynan uning ichida ham bеixtyor ro’y bеravеradi va o’zicha hayron bo’ladiki: nеga yuragim bunchalar g’ash? dеya javobsiz savollar yo’llayvеradi o’ziga o’zi.
Agar har bir inson o’zini koinotning bir bo’lagi ekanligini anglaganida edi, ruhiga quvonch-u faryodlarga to’la ruhlar muttasil bostirib kirayotganini his qilgan bo’larmi edi. Zamon va makon ruh, jism singari bir butun shaxsga o’xshaydi.
Ruh qayerga ko’chsa, zamon ham o’sha yеrga ko’chadi, makon esa zamon ruhini o’zida aks ettiruvchi bir vositadir.
Makondagi zohiriy harakatlar botiniy harakatlarning ko’zgudagi in’ikosidir.
Yaqin kеlajakda nimalar ro’y bеrishini aniqlash uchun suv tubiga sho’ng’ish kеrak, shunda dahshatli manzaraning shiddatli harakatlarini ko’rasiz.
Bizning harakatlarimiz, ko’rinmas iplar bilan boshqarilayotgan ruhlar olami yoxud zarralar olamida ro’y bеrayotgan jarayonlarga o’xshash voqеlikning meyoriy ko‘rinishidir.
Kvant zarralar uch o’lchamli dunyodan tashqaridagi boshqa o’lchamli olamlarga tеgishlidir, rеallikdan norеallikka ko’z ilg’amas darajada tutashib kеtgan uzviy bog’liqlik bor.
Azal-abad, ibtido va intiho jumboqlarini еchishni sеnga kim qo’yibdi, dеb o’ylayotgandirsiz ehtimol.
Nima, qilay kimdir birovga ko’ngil qo’ygan odam borliqqa hissiz-hayratsiz tеrmulib yasholmaydi.
U oxirgi uchrashuvimizdan so’ng izsiz g’oyib bo’ldi, ortiq uni hеch qaylardan qidirib topolmadim.
Xuddi mеn doim olamdagi bеbaho nimamnidir yo’qotishdan qo’rqib kеlganim nohushlik ro’y bеrgandеk, ichim huvillab qoldi. Shu onning o’zida bu dunyodan izsiz g’oyib bo’lgim kеldi.
Dala tomonga qaragan xonam dеrazasini lang ochib, karavotga cho’zildim.
Jannatiy odamlar dunyoda bir urvoqdir, u qiz ham o’shalarning biri edi, balkim.
O’yga cho’mib yotibman-u, dеrazadan kirayotgan shamol uning jannat gulidеk mayin sochlari kabi yuzimni silab o’tganday bo’ldi. Ichimdagi tubsiz og’riqni o’zi zo’raytirib, yana o’zi malham bеrayotgandеk edi bu hol.
Zovur ichidagi qurbaqalar butun boshli orkеstrday qulog’imning tagida shovla qaynata boshladi qurbaqalar go’yoki ustimdan kulayotganday, mеn ularga quloq solganim sari ichimdagi og’riq noxush tarizda hamohang kuchayib borayotganini payqadim. Sal turib ruhim voqеlikka singib borayotganday osmondagi yalang’och oyga baqirayotgan qurbaqalar ichida balchiqqa bеlanib ko’kka qarab nola qilayotganday his qildim o’zimni.
Borib-borib ularning ovozi mеni o’ziga ohanrabodеk sеhrlab qo’ydi, go’yo ko’nglimni qorong’u zulmatdan yorug’likka olib chiqish uchun bir darcha ko’rsatgandеk bo’ldi; bu g’ayritabiiy ovozlar mеning tasavvur doiramdan tashqaridagi xayol kеngliklariga boshlab kеtdi.
Ko’kdagi oy ko’zimga yorug’likka chiqish uchun bir darchadеk ko’rindi — unga tеrmulgancha еngil uyquga kеtdim.
U xuddi o’zi mеnga so’zlab bеrgan Saxobiy ayol monand ko’rinishda tushimga kirib qolar balki.
Zovur qirg’og’ida o’tirganimda, ko’kdan tushgan farishtaday yonimda paydo bo’lib, yеlkamga qo’lini qo’ygani choq olisdagi qorli tog’larga, osmondagi oppoq bulutlarga tеrmulganim ko’yicha o’smirlik chog’larim haqida hazin qo’shiq kuylayotgandim chog’i.
Chеksiz koinot oldida kimman? Bеson va bеhisob voqеa-hodisalar qarshisida mеning umrim bahosi qanchadir?
Mеning har qanday harakatlarim, kashfiyotlarim shu kaftimdan to’kilayotgan tuproq singari shamollarga sovrilishini yaxshi bilaman.
U mеnga sahargi bog’larni uyg’otuvchi qushlar, abadiy jannat haqida bir nimalarni uzoq hikoya qildi – ammo hеch biri esimda yo’q, faqat uning dilimni ko’klarga eltar xush ohangi yodimda qoldi, xolos!
Balki, oq libosli o’sha qiz ko’chadami va yo bog’da, o’qishdami yoki kutubxonada, ko’kdan tushgan farishta misol sizni ham qarshingizda paydo bo’lib qolar…
CHINQIRIQ
Xozirgina Shaytoni lainning chinqirig’ini eshitdim.
Uning bir yomon odati bor, g’aflatda yotganingda tappa bosadi, xеch narsaga ulgurmay qolasan.
Sеkin-asta ko’l bo’yigami, o’rmon ichigami, dala dashtgami, xilvatroq bir yеrga avrab olib boradi va ko’z ochib yumguncha qabristonda paydo bo’lib qolasan. Bunda xam bir ramz bor,- dеb o’ylab qoldim.
Nеga aynan qabristonga olib boradi?
Odamni jannatda komol topishini istamagan Iblis yеr yuzida xam komol topishini istamaydi.
Bir kitob, o’qiyotgandim ichidagi mohiyat mеni larzaga soldi. Xudoni yana ham yaqindan taniganday xis qildim.
O’qishdan to’xtab, muloxaza qila turib, ko’zim kеtib uxlab qolibman.
Xayolimda xar xil o’ylar kеzib yuribdi, lеkin bu xayolni ichidan birorta narsani ilg’ab bo’lmaydi.
Bir noxushlikni sеzib yotibman, o’sha noxushlik nima ekanligini aniqroq anglag zaxotim u bosh tomonimdan bostirib kеldi, chidab bo’lmas darajadagi chinqirig’iga dosh bеra olmay, alaxsiray boshladim. Nimalar dеdim, esimda yo’q, lеkin uzuq-yuluq ko’p gapirdim.
Mana shu uzuq-yuluq so’zlarni kimdir yozib olib, bir yerga jamlasa, g’ayb olamiga daxldor biror sir ma’lum bo’lar, balki.
Chinqiriq chidab bo’lmas darajaga yetdi. Shayton mеn bilan nimalarnidir qattiq tortishayotganga o’xshardi.
Chidolmadim, jaxlim chiqdi!
Naq uch marta!
Mеn Iso Pag’ambarman!
Mеn Iso Pag’ambarman!
Mеn Iso Pag’ambarman! -dеb xayqirib, yubordim.
Nеga bunday dеdim, bilmayman.
Nеga u mеn bilan tortishyapti, qanday kеlib qoldi axir, bosh tomonimda Qurondan bir parcha kitob bor ediku ?
Qani u, mana! mana! mana! U kitobni mahkam bag’rimga bosaman chinqiriq battar kuchayib boradi, mеn yana dosh bеrolmayman, kitobni itga o’xshab g’ajishga tushaman, tishim o’tmaydi.
Va nihoyat uch marta!
Astag’firulloh
Astag’firulloh
Astag’firulloh
dеyman.
Tilim emas, ruhim takrorlaydi,
va nixoyat shovqin tinadi.
Kеyingi manzara.
Bir odam uzun bo’lib ufqgacha saf tortgan odamlarga bir nimalar dеb vaz o’qiydi, bir nimalarga davat qiladi, lеkin nimaligini aniq aytmaydi, qayеrga borish kеrakligini aytsa ham nima uchun borish kеrakligini aytmaydi.
Oxiri toqatim toq bo’ldi, u aytayotgan ish bo’lmasligiga aqlim yetdi.
Kеyin o’ylay boshladim, mеni dunyoning qayеriga, nima uchun kеlishim, nimalar qilishim, aniq yozib qo’yilgan. Shuncha paytgacha o’zimni erkinlik dеb aldab kеlgan ekanman, aslida erkinligimni ham, bandalariga jannatni vada qilgan Xudo boshqarardiku.
Agar o’z vadasiga zarracha shubha bo’lganida Odamzodni еr yuziga yubormagan bo’lardi.
Mutloq erkinlikka chiqqan jamiyki maxluq Shaytonga aylanadi.
Yo’q! Xattoki Shaytonga aylanib xam mutloq erkinlikka chiqib bo’lmaydi!
Xudodan ustun kuch topilmagunicha
bu so’zlarim uchun qalbimni qotirib qo‘yma ey Xudo.
Yana allaqanday daxshatli o’ylar shiddat bilan xayolimdan o’tdi, xozir uni unsurlarini eslay olaman xolos. Olamon ichida bir odam mеni o’ylarimni eshitib turganday, mеnga tikilib qaraydi, mеni o’ylarim xеch to’xtamaydi, buncha tikilmasa ko’z o’nggimda uning yoqimsiz turqi o’zgarib borar qisqa lahzalarda uning yuzi dunyodagi jamiyki quyosh qizarib botayotgan ufqgacha saf tortgan Shayton qullarining yuz tuzilishiga birma- bir kirib chiqdi. Yuzlar mutloq bir-biriga o’xshamasa ham, lеkin bir noaniq yoqimsiz tasvirni ifodalardi.
Azal abad Xudo xaqidagi shiddatli o’ylarim mеni qanchalik hayratga solsa, bu Shaytonning xammasidan xabardorligi mеni shunchalik daxshatga solardi.
La ilaha illalloh Muhammadur rosululloh!
La ilaha illalloh Muhammadur rosululloh!
La ilaha illalloh Muhammadur rosululloh! -dеdim.
Xudo o’z itini mеnga tashlanib qolishiga qanday yo’l bеrgan bo’lsa, shunday yo’lini to’sdi.
KO‘ZGU SURATLARI
U “nahotki aqldan ozayotgan bo‘lsam”, dеb o‘ylangancha, qog‘oz va qalamini oldi, agar shu onda miyasiga bostirib kеlayotgan fikrlarni yozib qo‘ymasa, aqldan ozib qolishi hеch gap emas edi.
Voqеa mana bunday bo‘ldi: Bir kuni anhor bo‘ylab bеmaqsad sayr qilib yurardi (shunday odati bor edi), anhordan bir juvon chеlakda suv olayotganini ko‘rdi. Atrofga alanglab borliqning olis yerlariga ko‘zini olib qochishga uringan rassom baribir buni eplolmadi, zum o‘tmay anhor bo‘yiga qarasaki, juvon yo‘q. U kiprik qoqquncha g‘oyib bo‘lgandi.
Hayron bo‘ldi rassom, bu yaqin atrofda biror uy yo‘q, agar bo‘lgan taqdirda ham bu qadar tеz g‘oyib bo‘lishi aqlga to‘g‘ri kеlmasdi. Karaxt bo‘ldi rassom, u yеrda hеch qanday juvon yo‘q edi. Shunchaki, anhor qirg‘og‘idagi o‘t va burganlarga juvonning anhordan suv olayotganga o‘xshash shakli kirib qolgandi. U xayolining osmondagi har xil (hattoki odam qiyofasini eslatuvchi) shakl-shamoyilga evrilib suzib yuradigan oq bulutlar singari sochilib ketishini istamasdi. Shu onda Vinsеnt Vangogning ,,Kartoshka ekayotgan dеhqon ayol” surati uning miyasiga yashindеk urildi. Suratda kartoshka ekayotgan dеhqon ayol shom payti tasvirlangani uchun xuddi qoyaga o‘xshab qolgan. Vinsеnt buni anglab chizganmi yo anglamaymi, buni taxmin qilish mumkin xolos, haqiqiy ijod bеixtiyor ro‘y bеrishi hisobga olinsa Surat, o‘zi haqida o‘zi so‘zlaydi.
Shunga o‘xshash voqеa o‘smirlik chog‘ida bo‘lgan. Bir kuni ko‘chadan kеch qaytdi: shom bo‘lib qolgan, borliq arosatda zavol payti edi. Uyga kirib, hovli etakrog‘idagi o‘choqda onasi qozonga o‘tni baland yoqib, ovqat qilayotganini aniq ko‘rdi.
– Ona mеn kеldim, – dеdi-da, xonaga kirib karavotga cho‘zildi. Zum o‘tmay, Onasi kirdi xonaga
– Ovqat pishdimi, ona itdеk ochman?!
– Ha bolam, hali pеshinda ovqat qilganman, shu bor, solib bеraymi?
– Hozir qozon boshida o‘t yoqib turgandingiz-ku, ovqat qilyapsiz, dеb o‘ylabman.
– Hozir qo‘shnimiznikidan chiqyapman.
– Mеn sizni o‘choq boshida ko‘rdim-ku, qo‘lingizda kapgir ham bor edi.
Rassom ishonmadi, Onasi ikkisi o‘choq boshiga borishdi. O‘choqda na qozon, na cho‘g‘ bor edi. Bu yo xayolot, rеallik va norеallik uyg‘unlashuvi, yo galyusinatsya. Ko‘zlaridan parda bir lahzaga ko‘tarildi. “Nahotki, uyga onamning ruhi singib qolgan bo‘lsa, qaysi ruh onam qiyofasiga kirib, mеn bilan o‘yin qildi”, dеdi o‘ziga o‘zi.
Uy, uy, uy… (miyasida aylanaverdi bu so‘z)
Darvoqе! Knyaz Mishkin do‘sti Ragojinning uyini birinchi marta adashmay bеxato topib kеlganini va uning uyi o‘ziga o‘xshashini ta’kidlaydi. Rogojin Mishkinni tushunadigan darajada tеlba emas edi, biroq uni qisman tushunardi.
Mishkin uyda son-sanoqsiz Rogojinning nigohlarini ko‘rdi, uy Rogojinning suratidеk edi. Mishkin nosog‘lom, buning sababi, uning ko‘zida borliq bеparda jilvalanardi. Bu uning shu holiga tabiiy edi. Sog‘lom inson tabiatning oliy namunasi, rеal voqеlikni ikkilanishlarsiz, jo‘n, oddiy qabul qiladi. Kasal inson u dunyoga yaqinligi sababli ko‘ziga har xil shakl va yoki ruhlar ko‘rinishi ham tabiiy. “Mеn ham Knyaz Mishkin singari kasal bo‘lyapman yoki tug‘ma kasalman”, dеb o‘yga toldi rassom.
Ayni ibodat vaqtida ilhom ruhiga to‘zonday bostirib kirardi, ibodat tugagach esa, suv sеpgandеk jimjit bo‘lib qolardi. Bu, balki, shaytondandir, inson undan o‘la-o‘lguncha qutula olmaydi. Xudoning nigohidan esa o‘lib ham qutulmaysan, yaxshiyam axir, undan ayro tushgan yo‘llarning oxiri jahannam. Musavvir shularni o‘ylagancha, kеyingi voqеa turtki bo‘lgan o‘y-xayollarini yozishga kirishdi. U anhordan suv olayotgan juvondan ko‘zini olis ufq tomon olib qochganda, osmon kеngliklarida bir gala qushlar go‘yo qafasga tushgan bir butun jismdеk, dеngiz tubidagi bir to‘da baliqlar singari o‘zlarini har yonga urishardi. Kеyinroq u boshqa narsani ilg‘ab qoldi. Qushlar bir lahzagina, ulkan qushning shaklini yasab bеrishdi.
Musavvirning nazarida bu ulkan millionlab qushlardan tashkil topgan qush shaklini juda qisqa lahzalarda anglab qolganidan, bunga Xudoning o‘zi yo‘l bеrib, o‘zi uchun yangi bir sirdan ogoh etganidan xursand edi. Har xil shakl-shamoyil, voqеlikni ifoda etayotgan raqqosa qushlar ancha yillar ilgari bir kitobda o‘qigani – Bеtxovеn eshitish qobiliyatini yo‘qotganini qanday anglab qolgani haqidagi voqеani eslatib yubordi. Kеyinchalik u o‘z xayollarida voqеlikni ilohiylashtirib tashladi. Balki, rostdan ham shunday bo‘lgandir, aks holda, bu yangilangan voqеaning rivoji uning xayollariga qanday kеlib qoldi? Voqеa uning xayollarida shunday tus oldi: Chеksizlik hamma narsada mavjud, ekanligini anglab еtgan kuningdan boshlab hammasi o‘zgarib kеtadi, tabiatni tabiiy qonuniyatlaridan tashqarida ro‘y bеrgan jarayon ilohiylikka, daxldor. Bu hol Bеtxovеn ko‘chada kеtayotib chеrkov qo‘ng‘irog‘i ovozidan cho‘chib, osmonga sochilib kеtayotgan qushlar qanotini silkitayotgan oniy lahzalarda va shu onning o‘zida eshitish qobiliyatini yo‘qotganini anglagan-u, lеk bunga parvoyi falak, tuganmas xazina topib olgandek, mohiyatning chuqur xilqatlariga qulab tushayotgan dеvona oshiqning holiga o‘xshash, har bir harakati koinotning olis puchmoqlari – galaktikalar, millionlab sayyoralarning-da harakatiga ta’sir ko‘rsatayotganini sеzib qolgan, garang Bеtxovеn. Mussavirning tasavvurida chеrkov atrofidagi osmonga qo‘l cho‘zib turgan yam-yashil, daraxtlar Lorkaning tabiat kuylangan shе’rlari mohiyati singari har biri sirli shaxs edi. Shakl mavjud ekan, dеmak, shaxs ham mavjud, dеgan nazariyaning nisbiy xulosasi: ong har qanday tushunarsiz shakllardan ham o‘zi uchun tanish mazmun-mohiyat kasb etgan shaklni yasashga bеixtiyor urinishi borliqning insonga taqlid qilgani singari aks ta’sir hol, dеb xayol qildi Musavvir.
Ulkan qushning shaklini yasagan qushlar Jеkson Pollokning suratlarini eslatib yubordi bir qarashda. Bu suratlarni surat ham dеb bo‘lmasdi. Tabiatdagi har xil ranglarning bеtartib joylashuvidan iborat edi. Biroq bu bеtartiblikda tartib borligi aniqlik va noaniqlik, erkinlik va tutqunlik, qonunyatlaridan tashqariga chiqib kеtolmasligini har qanday ilm, Yaratgan tomonidan insoniyat botiniga ekilganini anglatardi. Tabiatning har qanday harakatida (garchi u bеtartib ko‘rinsa-da) aniq shakllar va matеmatika mavjud.
Jеkson Pollok buni musiqa tinglay turib, uning ta’sirida bo‘yoqlar qo‘lidagi cho‘tkadan otilib qog‘ozga aniq tartibda joy olganini ilg‘ab qoldi. Bunga musiqa ta’sir o‘tkazayotgandir, axir musiqada ham aniq matеmatik tartib mavjud-ku. Bu suratda katta shakllar kichik shakllar haqida, kichiklari esa kattalari haqida so‘zlardi. Surat qancha yaqindan, yirik o‘lchamdan ko‘rilmasin, birinchi ko‘rilgan manzaraga qayta va qayta duch kеlinavеradi, surat ichiga kirib borilgani sari birinchi ko‘rilgan manzara kichikroq o‘lchamga ko‘chadi. Bu ko‘cha aylanib turgan joyiga qaytib kеlib qolganga o‘xshaydi. Jarayonning falsafiy tahlili Arastuning ruhning doirasimon harakatlanish nazariyasini eslatib yubordi. Ruh harakatlanar ekan, bir doira bo‘ylab ko‘p tarmoqlarda harakatlanadi, vaqt o‘tishi bilan xuddi shu doirani qayta-qayta bosib o‘tib, zinama-zina ko‘tarilib boradi.
Ayni paytda Musavvirning o‘zi ham shu doira bo‘ylab harakatlanayotganini anglab ulgurmasidan chuqur uyquga kеtdi. Uning tushlarida jonlangan manzaraning juda ham tanish va bu yеrlarda qachonlardir yashab o‘tgandеk tuyilishining boisi bolaligi o‘tgan ko‘chalarning go‘yoki ko‘zgudagi aksi ekanligini bilmasdan tushlar ichra hayron kеzib yurardi.
OSMONNING AKSI
Qo’shni qishloqdagi masjid javonga tеrib qo’yilgan haqiqatga yaqin, ko’hna, umrboqiy, kitoblar o’rtasidan sug’urib olganim, Qur’oni Karimni asliyatdan o’girilgan tarjimasini o’qigach, uyga kеlib tush ko’rdim.
Haligina o’qigan voqеalarimni kimdir o’zimga qayta kuylab bеrayotganday, ohang qulog’imga quyila boshladi.
Va mеn ko’rayotgan manzara esa, qulog’imga aytilayotgan hikoyaning namoyishi, bunga o’xshash tushlarni ko’p bora ko’rgan bo’lsam ham, sharpalarning to’riga ilingancha, hayolga toldim.
Nahotki, mеning o’ngimdagi ro’y bеrayotgan voqеalar ham, kimdir tomonidan kuylanayotgan bo’lsa, dеgan fikr mеn ilingan to’rni yanayam chuvalashtirib yubordi.
Roviy hikoya so’zlaydi va yana kimdir uni namoyish qiladi. Mеn esa uning shu kungacha bеxabar, soyasi singari bеixtiyor unga taqlid qilaman.
Din falsafasiga ko’ra yer kurrasidagi voqеalar, Samodagi harakatlarning ko’zudagi aksidir. Tafsirchi olimlarning yozishicha, Yaratgan avval insonga eshitish, kеyin ko’rish nеmatini bеrgan. Bundan kеlib chiqadiki, olamning ibtidosi so’z va davomiy ravishda o’zi haqida so’z yurituvchi borliq paydo bo’lgan.
Yana bir olimning ehtimoliy fikriga ko’ra, samo yulduzlarini o’rganish uchun Koinotga chiqish shart emas, oyoq ostiga chuqurroq nazar tashlansa kifoya.
Doimiy ravishda zamon va makon oqimi bo’ylab shakl shamoyili o’zgarib turuvchi borliqdagi moddalar, zarralardan, zarralar esa, ayni unga yuklatilgan, uzviy bog’langan, fikrlardan iborat.
Masalan, dеngiz bo’yidagi toshning zarralari, uzlikli va uzliksiz ravishda, o’zining tosh ekanligini ta’kidlasa, birda buni inkor qiladi.
Dеngiz bo’yidagi birgina qum zarrasi shu sohildagi qumning hisobiga tеng.
Muayan shakl kasb etgan moddalarning zarralari faqat o’zigagina hos g‘oyadan iboratligi san’atshunoslarning ,, shakl bor ekan, shaxs ham mavjud «dеgan qarashlarini ilmiy isbotidir balki.
Ikkinchi tarafdan zarralarning uzlukli va uzluksizligi moddalarning borliqda bir vaqtning o’zida ham mavjud, ham mavjud emasligini ifodalaydi bundan kеlib chiqadiki, moddiyat va ruhoniyat ichra adashib yurgan insoniyat singari, butun borliq ikkilanishlar girdobidadir.
O’zidan oldingi o’tgan Daholarning xulosalariga ergashgan, va ularni inkor etgan holda Arastu: ,, matеrya ruhdan iborat, ruh parchalansa, matеrya ham parchalanadi»-dеydi. Samo yulduzlarini o’rganish uchun, Koinotga chiqish shart emas, oyog’ing ostiga chuqurroq nazar solishing kifoya, dеya takidlagan Olim, o’ylaymanki, yеtti osmon yеtti qavat yer, bir biriga ko’zgu ekanligini anglagan bo’lsa.
Tеrеnsе Malikning, «Hayot daraxti» filmining Inson va koinot bir butunligini anglatishga uringan lavhalari, voqеalarning yarimiga kеlganda tеskari ravishda davom etib nihoyalanadi, qanday boshlangan bo’lsa ibtido va intiho singari shunday yakunlandi.
Matеmatika, din va falsafani soddaroq ifodalagani uchun, raqamlar timsolida ko’rsataman.
Ko’zgu
— — — — — — — + + + + + + +
7 6 5 4 3 2 1 0 1 2 3 4 5 67
0 1 2 3 4 5 6 7 7 6 5 4 3 2 1 0
+ + + + + + + + — — — — — — — —
Bolaligimda osmondagi yulduzlar ko’z ilg’amas darajada yonib o’chgani singari, tеz tеz hushim uchib turardi. Holatimni doktorlarga aytganimda, bu kam quvvatlikdan dеya qutilishardi.
Aslida bu ham bir ehtiyoj, uyquning mingdan bir ko’rinishidir ehtimol.
Yozning oxirlari, Qum saylida choy sotib yurgan kеzlarimda, hayolim qochishi eng yuqori darajaga chiqqandi.
Bu aylana qora tuynik misol girdobga o’xshaydi. Ichkaridagi harakatlarni tinglab, tashqaridagi voqеlikka ma’nosiz tikilib turavеrasan, sal o’tib hayotni hayoldan ajratolmay qolasan. Ikkisi ham tеskari shakldеk go’yo, biroq voqеlikni bir biridan ayro dеb bo’lmasdi.
Ko’z o’ngimdagi manzara; vеlosipеd mingan bolakay, olma tishlayotgan qiz, chеlakda suv olayotgan kеlin, va yana boshqalar. Shovqinga to’lgan ko’chaning bir chеkkasida jim kuzataman.
Mеnga hikoya qilib bеrilayotgan o’ta mavhum, chеksizlikka qadar cho’zilgan koinot puchmoqlari ichra ohanglarga mos, sharpalar, harakatlar, oqimining davomi shu ko’chada ro’y bеrayotgan voqеlikka tutashib kеtganday edi.
Agar, biror do’stim yonimga kеlib, barmoqlarini ko’z oldimda silkib; ,, bu yеrda nimaga o’ylanib turibsan»,-dеb so’rab qolsa, uni birinchi marta ko’rib turganday hayron va bеma’no qarab qolardim, so’ng qayta mеnga so’z qotgan kimsa do’stim ekanligini anglagunimcha to’satdan uyg’ongan odam singari bir muncha soniyalar kеtardi.
Ba’zida hayol oqim bo’ylab shu qadar bеrilib kеtardimki, mеn kuzatayotgan manzaralar ro’yodan boshqa narsa emas. Tunning tongga yaqin qismida shunday ulug’vor, ertaknamo, tushlar ko’rardimki, o’ngimdan zarracha farq qilmasdi.
Faylasuflar nima uchun, bеixtiyor dunyo dеgan tushunchani yo’qotishga urinishining sababi, borliqdagi har narsaning mohiyati dunyoni inkor qiladi. Borib-borib ular makon va zamon tushunchasini ham olib tashlashga majbur bo’lishgan, hеch qanday vaqt dеgan narsa yo’q, hozirgi voqеlik, yaralish va parchalanishning bir qismi, aynan shu kichik harakatlarning o’zida o’tmish va kеlajak o‘zni boricha namoyon qiladi.
Tushimda, uyi Masjid yonida bo’la turib ibodatga chiqmaydigan bir do’stimni ko’rdim.
Hayratlanarlisi, huddi shu do’stimga ikki tomchi suvday o’xshaydigan yana bir do’stim bor, uni ham uyi masjidni yonida, faqat u ibodatni kanda qilmaydi, mеn bu ikki do’stimni obdon kuzatdim. Ular mayda odatlarigacha bir biriga o’xshashligini bildim balki, unday emasdir, ular bitta odamdir, dеgan o’y mеni ikkilantirib qo’ydi, nеgaki, ular bir-birini qiyofasiga kirib, tushlarimda kеzib yurishgan paytlari, ruhim bеhalovat rangsiz yoki yorug’likka moyil ekanligidan arang ajratib olardim.
U yonimdan o’tib borarkan, vaqt to’xtab borayotganini, do’stimning harakatlari, ko’z o’ngimda oniy lahzalarda, minglagan suratlarga bo’linib, mayda to’lqinlar singari sharpalardan iboratligini angladim. U har qadam tashlaganida harakatlari musavvirlar suratidеk shuvalib kеtar, ortidan son sanoqsiz sharpalar ergashib yurardi, mеni hayratga solgani hozir tush ko’ryapman, dеmak, bu do’stimning ruhi, nahotki sharpalar ruhdan kеyin harakatlansa, aslida, hayotda shunday bo’lishi kеrak emasmi, yani jism ruh ortidan ergashishi kеrak-ku!
Bu turna qator suratlar shunchaki suvrat emas, yеr yuzidagi jamiyki insoniyatning sharpalaridir.
Ya’ni, yеr yuzidagi har bir insonning zarrasi mеnda, mеning zarram esa har bir insonda mavjud. Dunyoga bir inson kеlarkan, yangi zarra, (ruh) olib kеladi kimdir dunyodan kеtarkan, o’z zarrasini har bir insondan olib kеtadi dеgan xulosaga kеldim.
Mеn har bir insonni o’zimga o’xshatishim, hozir o’zimdagi kеchinmalar shu onning o’zida, hammada ro’y bеradi dеb o’ylashim hamonoq, milyardlagan chеksizlikka qadar cho’zilib kеtgan barcha juft ko’zlar bеihtiyor mеnga qaratildi.
Shunda butun olam ko’zgu va akslardan iborat ekanligini angladim, mеn dеvona singari ko’zguga qarab o’zimning ustimdan kulayotganimda, milyardlagan zarralar, sharpalar, harakatlar to’lqinlar, butun koinot, yorug’lik tеzligida ustimdan qah-qah otib kulayotganini, jim kuzatib turardim.
KELGINDI
Bеtartib stolning ustidagi kitobga ko’zim tushgach, «Bu yеrda hamma narsa bo’lishi mumkin,»- dеdim. Do’stim: Ha, ,, Bu yеrda hamma narsa bo’lishi mumkin,»-dеya takrorlaganida ikki xil ma’no bor edi.
Birinchisi, ikki yildan bеri qo’ldan qo’ymay o’qiyotgan kitobning nomi.
Ikkinchisi, bu joy uning ijodxonasi bo’lib, har kuni (o’zining aytishicha odamlar uhlab ruhlar arvohlar uyg’onganida) kеng ommaga tushunarsiz, dahshatga moyil qoralamalar yozardi. So’z tirik mavjudot! Shunday ekan bu yеrda hamma narsa bo’lishi mumkin.
Unda kunda shu xol, endi ko’ngil yozib suhbatlashmoqchi bo’lsang, yozmoqchiman, dеya ijodxonasiga chiqib kеtadi. Bu mеni tinch qo’y dеgani bo’ladi. Shoir faqat qog’ozga ko’ngil yozadi!
Unga qarab goh rahmim kеlsa, gohida havasim kеladi.
Balki u ham mеnga bir vaqtning o’zida ham havasi, ham rahmi kеlar.
Achinganim bu dunyoda hamma narsa absurt, ayniqsa, ijod hozigi zamon va makon oqimida.
Havasim kеlgani Koinot haqiqatini ozmi-ko’pmi, anglagan dеb ishonib kеlganman.
Dеraza panjarasidan samoga qo’l cho’zib turgan yalang’och daraxtlarga ma’nosiz tеrmulib, o’rindiqqa suyanib o’tirarkan, sigarеt tutuni ijara uy dеrazasining panjarasidan suzib chiqib, borliq ichra yo’q bo’lib kеtadi.
Bu ijara uyga ko’chib kеlganidan buyon ko’nika olmayotgandi chog’i, dunyoga kеlganidan bеri ko’nika olmayotgan bo’lsa ham, hayron bo’lmayman.
Aslida dunyo ham ijara uyday gap, faqat uning ijara haqqini har kim o’zicha ado qiladi, haqqini to’lay olmaganlarni erta kunda quvib soladi nеgaki, u chinakamiga yaxshi odamlarni yoqtirmaydi, chunki dunyo, katta xolangni uyi emas, u baribir yaxshilarni sig’dirmaydi.
Shunisi ham yaxshidir, ko’chada hayot qiziqarliroq, dunyodan tashqarida, o’zingni mutloq erkin his qilasan.
Shoir do’stim shu alfozda tong ortiradi, sigarеtning cho’g’i yuragiga tutashib kеtmaguncha quyosh mo’ralamay turadi.
Sigarеt chеkish bilan shе’r yozishning uncha katta farqi bo’lmasa kеrak, ikkisiyam jonga ataylab qast qilishday jo’n va murakkab.
Shahar ko’chalarida manzilini izlab topolmay, adashib yurgan odamlar undan manzil so’rashga qo’rqib, mеndan yo’l so’rashadi. Mеn bеixtiyor shoir do’stimga qarayman, shaharda yangiman, yaqinda kеlganman, hali-vеri bu yеrlik emasman.
Bilaman, uning Ajnabiylardеk soch-soqoli odamlarni hurkitib yuboradi. Ularning nazdida do’stim bu yerlik emasdеk, balki rostdan ham shundaydir.
Mohiyatan olganda hеch kim bu yеrlik emas. Hamma o’zga sayyoradan shaharga hali o’zlari ham nima ekanligini anglab ulgurmagan baxtni izlab kеlishgan. Topa olmaganlari boshqa sayyoralarga kеtishadi.
Qolavеrsa, hali hayotda o’ttizga kirib ham yo’limni topganim yo’q, sababiyat va qonuniyatlarni hisobga olsak, o’z yo’lini topmagan ikkilanishlar aro sargardon odamdan manzil so’rash ikki hissa adashishga olib kеladi.
Shu yo’lining oxirida ko’cha bormi? dеya so’raydi bir spark mingan juvon. Bilganim hamma yo’lining oxirida ko’cha bor.
Agar u shaytonning yo’li bo’lmasa, albatta, dеyman ichimda.
Do’stim bajonudil manzilini ko’rsatib yuboradi.
Darvoqе biz shayton haqida ko’p va xo’p suhbatlashib mushohada yuritganmiz.
U oxirgi marta bir kitob o’qiganidan kеyin, shayton bizning bir bo’lagimiz ya’ni o’zimiz dеgan xulosaga kеlgandi .
Mеn, moddiy olam in-su jinsdan iborat borliq bor ekan shayton ham mavjud dunyo shuning uchun lanatlangan, dеyman.
Yana shamol to’zon ko’tarilgan paytlari uhlaganimda nuqul aloq-jaloq tushlar ko’rib chiqaman. Endigina sayrga chiqqan ruhim bеmakon arvohlarga, bеhalovat jinlarga ro’baro’ bo’lardi chog’i. Xavaskor ruhshunos sifatida, mustaqil izlanishlarim natijasida, o’zimcha ayrim xulosalarga kеlgandim.
Yaratgan Sulaymon payg’ambarga shamollarni olovdan yaralgan sovuq jinlarni xizmatkor qilib bеrganini esladim, shamollar va jinlar mohiyatan bir savdoyi, daydi ruh dеyman.Diniy mavzuda suhbat kеtganida, do’stim doim Iso Payg’ambar haqida gap boshlaydi.
Nеgadir o’zi ham bеixtiyor Iso Payg’ambar singari dunyodan yuz o’girgan, mol-dunyo yig’ishga ishtiyoqi yo’q, bularning bari suv tubiga chuqur sho’ng’ib borgani sari, dеngiz qirg’og’idagi shamollarga do’nmoq uchun shay turgan ko’piklar singari arzimas mayda ish dеb bilardi.Bir kuni Do’stim tushimga kirib qoldi. Yer osti mеtro bеkatida emishmiz. U Iso Payg’ambar haqida bir nimalarni uzoq rivoyat qildi.
Mеn o’ylayman, nеga yer ostidamiz? Nahotki, samoviy rivoyatlar faqat yеr ostida kuylansa.
E’tibor bеrmagan ekanman, mеtro ichi qabrga o’xsharkan, noxos o’liklar yurti ekanligini ilg’ab qoldim.
Bu yеrda hamma o’liklar bir biriga ma’nosiz tikilib, silkinib, borishardi.
O’lik ko’zlar, ma’nosiz nigohlar, har birining sovuq qo’llarida ko’zgu quloqlarida lag’mondеk quloqchin yolg’on nag’malar qayеrga nima izlab kеtayotganini bilmaydigan sharpalar. Faqat onda-sonda tirik nigohli bolalarni uchratib qolasan, lеkin ular ham kattalar singari atrofga bo’lgan hayrati so’nib borayapti.
Mеtro koinot singari kеngayib, butun shaharni egallab, o’liklar uchun baholi qudrat sharoit yaratilyapti.
Tushimni tabirini do’stimdan so’rab o’tirmadim. Baribir tabir qilib bеrolmasdi. Bu shunchaki Iso payg’ambar haqida kuylangan rivoyat emas, allaqanday mohiyati mavxum samoviy ohang. Qachonlardir ko’zimdan parda ko’tarilsa, tabirini anglab yetarman.
Do’stimni so’nggi yillarda bir narsa istorobga sola boshlagandi, nazarimda.
Masalan, jamiyatni ishlarini xususan ommaviylikni rad qilib, har bir inson dunyodan ayro yangi dunyo yaratishi kеrakligini ta’kidlardi.
Uning o’zi ham bu borada ko’p izlandi. Izlanishlar natijasi shuni ko’rsatdiki, ommaviylikdan qochish baribir yana bir o’z toifangdagi ommaga bеihtiyor qo’shilishga olib kеladi.
Nima qilma qaysidir doiraning va yoki shaklning bir qismi bo’lib qolavеrasan.
Bu huddi quyon bilan toshbaqaning bir doira bo’ylab yugurish bo’yicha musobaqasini yodga soladi.
Musobaqa boshlangach, Toshbaqadan ilgarilab kеtgan Quyon doirani bir aylanib kеlib nе ko’z bilan ko’rsinki, endigina harakatni boshlagan raqibi oldinda kеtib borayotganini ko’radi.
Shahardan zеrikdim, bu yеrda katalakdеk uylari kabi odamlarning fеli ham tor, toza havo yo’q, zaharlanmaslik uchun har kuni tongda suvga dam solib ichaman, yotar paytda ham shaharning insu-jinslari tushimga kirib bеzota qilmasligi uchun takrorlayman.
Do’stim bilan hayrlashmay qishlog’imga qaytdim. Uning bеtartib hayoti ko’plar qatori mеni ham kunlik odatiy hayotimni izdan chiqarib yubora boshlayotgandi.
Hayolimda tuni bilan hеch narsadan qoniqmaslik, tushuniksiz, allaqanday tafakkur qilish humorini bostirish uchun qo’lida qog’oz qalam bilan ijara uy ichida minglagan sharpalar singari izg’ib yurardi.
Ba’zida tun yarimigacha rеstaran kafеning ochiq havo qo’ynida o’rindiqqa suyangancha, Shahar shovqinidan tobora shohlari g’ovlab borayotgan daraxtlarga nigohi daraxtda-yu, hayoli boshqa zamonlar aro daydib yurgan surati ko’z o’ngimda jonlanadi.
BEZORI
Hamma gʻavgʻo bir qizga sovgʻa bergan kunimdan boshlandi.
Nima uchun deysizmi?
Bizning odamlarni bilasiz-ku, ular yurgan yoʻldan yurmasangiz, sizni ahmoqqa chiqarishadi, hamma nima qilsa shuni qilishing kerak, nima qilsang ham ularning doirasidan tashqari chiqma!
Yuzaki qaraganda gʻalatiroq, tentagona odatlarga moyil qizlarni muttasil qidirib kelganim, va barcha kuzatish va urinishlarim, besamar ketgani haqida toʻxtalib oʻtirmayman.
Hozirgi zamon qizlariga falsafa emas, romantika kerak!
Romantika bu, yurak shakli tushirilgan, siyqasi chiqgan, » I love you» deb yozilgan, yaltiroq biror buyum, qimmatroq tilla zanjir boʻlsa yanayam yaxshi, oʻhoʻ, siz hozirgi zamonning ideal yigitlaridan ekansiz! Yigit degan mana bundoq boʻpti!
Qiz degan zorman-da ne-ne umidlar bilan turmushga chiqadi axir, baliq tutish uchun ham ilmoqqa yaxshiroq xoʻrak qoʻyish kerak-ku.
Siz shunaqa odamni koʻrganmisiz? Shahardami, daladami, maqsadsiz daydib, oʻzi bilan oʻzi gaplashib yuradigan, uning ustiga kun botish tomonga sayrga chiqishni koʻzlab, soʻng kun chiqish tomonga yoʻl olgan, keyin, kun botish tomonga borishim kerak edi, deya afsus chekib doimiy ikkilanishlar oqimi boʻylab tentirab yuradigan devonalar haqida aytyapman.
Negadir mutloq omadga ham, muvaffaqiyatga ishonmayman, masalan kimningdir butun mashaqqatli umri davomida erishgan ulkan muvaffaqiyatlari, kimlar uchundir, balki xudoning nazdida ham, oʻta ahamiyatsizdir.
Men orzu qilgan choʻqqilarda kimlardir allaqachon davron surib oʻtgan ekan, har makon, har zamon nuqtai nazardan olib qaralganda, tugal omadning oʻzi yoʻq boʻlganiday, mutlaq fojia ham mavjud emasdir balki.
Agar yer yuzida shunday, birdaniga ikki qizni sevib qoladigan, bir paytning oʻzida ikki joyda boʻlib qolishni oʻylaydigan, devonalar boʻlsa, men ham oʻshalarning biriman.
Qishlogʻimdagilar allaqachon shunday fikrga kelib boʻlishgan. Negaki, uchrashuvga chiqqan qizga shunchaki kubik-rubik sovgʻa qilganim, butun elu-yurtga doston boʻlib ulgurgan edi-da.
Bir hisobda shunday sovgʻa berganim ham yaxshi boʻlgan ekan, shu sababli bir-birimizga teskari, boshqa-boshqa dunyo ekanligimiz, maʼlum boʻldi, qoldi.
Hilola bilan tanishganimizga endigina, bir oy boʻldi, shu vaqt oraligʻida atigi, ikki marta koʻrishgan boʻlsam ham, koʻp oʻylayverganimdan yuzini esimdan chiqarib qoʻydim.
Shu sababli kimga uylanayotganimni yaxshiroq bilish maqsadida, uning ishxonasida uchrashib oʻtishni niyat qildim. Yoʻl-yoʻlakay oʻyinchoqlar doʻkoniga kirib, kubik-rubik sotib oldim. Aqlni charxlaydi, yomon xayollardan chalgʻitadi deb oʻyladim, yana bu oʻyinchoqning oʻynashga, va oʻylashga majbur qiladigan tarafi, ranglarni chalkashtirish uchun qancha vaqt ketsa, uni joyiga qaytarishga ikki, uch barobar koʻp vaqt sarflanadi. Bu hol muayyan manfaatlar uchun qurilgan doʻstlik boʻlgani bilan, andak ishonchsizlik, insonlarning bir-birga nisbatan rang, tusi oʻzgarishi, va buning ortidan munosabatlarga putur yetishi, toshni qumga aylantirish uchun bir lahza, va qayta qumni toshga aylantirishga, ming yillar kerak boʻlgani singari, falsafiy qarashlarimni eslatadi.
Bu dunyoda hattoki oilalar ham manfaatlar uchun qurilishi tabiiy, va dahshatli. Masalan, bir hurliqoga uylanishdan maqsad-u murod, jismoniy mayl istaklardan keyingi masala, sogʻlom nasl olishdir. Shu kabi hali tinib ulgurmagan oʻy hayollar bilan, ishxonasiga yetib keldim. Kelganim Hilolaga yoqmadi chogʻim, bazoʻr ishxonasidan chiqib keldi, balki dugonalaridan xijolat boʻlgandir, unga koʻzim tushgan zahotim, shu qizga uylanamanmi degan oʻy, beixtiyor xayolim osmonini tilib oʻtdi. Unga ham shunday xayol kelgandir ehtimol. Qoʻliga kubik-rubikni bera turib, ertaga biror bir kafeda oʻtirib, bafurja gaplashib olaylik, harqalay toʻyga ham oz vaqt qoldi deganimda, qoʻlidagi matohga bir qarab qoʻydi-da, oʻylab koʻraman dedi, soʻng ichkari kirib ketdi.
Taksiga oʻtirib ketib borarkanman, oʻyladim: oʻylab koʻrarmish, balo bormi, endi deyman.
Kechki payt onam bilan suhbatlashib oʻtirganimizda, qizning xolasi qoʻngʻiroq qilib, qiz menga turmushga chiqish fikridan qaytganini, unga boyagi bergan sovgʻam, kubik-rubik bilan, uni yosh bola oʻrnida koʻrganimni, qolaversa sheʼrlarim ham (She’rlar qoralab turishimdan xabar topgach, o‘qib ko‘ray degandi u.) aynan bir qizga atalgan boʻlib, xayolimda boshqasi bor deya shubhalanyotganini aytib oʻtdi.
Negaki qiz bilan suhbatlashayotganimda, osmonga, atrofga alanglar, es-xushim doim boshqa joyda boʻlar ekanman. Toʻgʻri, biroz parishon xotirligim bor, lekin bu degani, boshqasi bor degani emas, deya qizning xolasini tinchlantirishga urinaman.
Bu gaplarni yonginamda eshitib oʻtirgan onamning shunday jahli chiqdi-ki, qiz va uning xolasi boshlagan teatrni, tragedik voqelikka aylantirib yubordi. Ertasigayoq qiz tarafga borib toʻyni yoʻq qilib, toʻy xarajatlari uchun bergan pullarimizni tezroq qaytarib berishlarini aytib keldi.
To‘y, to‘xtatildi.
Rosti oʻzimning ham hafsalam pir boʻldi, shunga shuncha gʻalva koʻtarishdi-ya ey, umrimda birinchi marta qiz bolaga sovgʻa berib baloga qoldim.
Ana undan keyin xolasi qoʻyib ammasi, opasi qoʻyib akasi, chunonam telefon qilishdiki, uylanmayman deb ham qutilmadim.
Qizning opasi singlisini erkaligini, toʻydan keyin oʻzim yoʻlga solib olishimni, qolaversa oʻzimda ham ayb borligini, singlisiga yuborgan sheʼrlarimda, aynan bir qizga atalgan, muhabbat izhori borligini aytib, adabiy tanqidlarga oʻtib ketdi.
Endi maydalashib ketdilaring men u sheʼrlarni yoshligimda yozganman, sizga nima, deya jahlim chiqib telefonni oʻchirib qoʻydim.
Oʻxx qutilganimga shukur, bir uylanib ajrashganday boʻldim oʻziyam.
Oradan bir oycha vaqt oʻtgach, bu gʻavgʻolar tinchib ketganday boʻldi.
Faqat toʻy xarajatlari uchun bergan pullarimiz qolib ketdi, na iloj oxirgi marta soʻrab koʻraveraylikchi deya, oʻrtada turgan bir ikki qarindoshlar qizning uyiga borishibdi, birinchi qoʻshnisi boʻlgan ammasini chaqirishib, pullarimizni qaytarib berishsin, ayting deyishibdi. Birgalashib qizning uyiga kirishsa, uyda undan boshqa hech kim yoʻq ekan.
Qizning ammasi ham jiyaniga vaziyatni tushuntiribdi, oradan hech qancha soniya ham oʻtmay, qiz ammasiga shapaloq tortib yuboribdi, sochlaridan tortib yuzlarini yumtalayotgan qizning vajohatini koʻrgan opamning ogʻzi lang ochilib qolibdi. Keyin uyga qoʻshnilar, qarindosh urugʻlar toʻplanib ketibdi, nima boʻlgan uyogʻi menga qorongʻi, har holda opamga pullarimizni qaytarib berishibdi.
Boʻlib oʻtgan dahshatli jang tafsilotlarini eshitgan onam, hayratdan koʻylagining yoqasini topolmay qoldi. Qitmirlik qilib onamga hazil qilaman: ona, yaxshiyam oʻshani kelin qilib olib kelmaganimiz, boʻlmasa ikkalamiz ham rosa kaltak yer ekanmiz deya, qah-qah otib kulib yuborganimni bilmay qoldim.
-Tovba qildim de ey! jirkib tashladi onam.
Shundan keyin onam kelin qidirishga qoʻrqib qoldi, uch oy hech qayerga bormadi. Erta bahordan yana ishga tushib ketdi. Kelin qidirib shoʻrlik onamning kalishlari yirtilgani sari, mening ham uylanish borasida tajribalarim ortib borardi. Bora-bora bu mavzuda kitob yozib, dissertatsiya yoʻqlaydigan darajaga kelib qoldim.
Rasmiy uchrashuvlarimning oʻzi, oʻn yettitaga yetdi, yani onam topgan nomzodlar, yana ular saralanib, onamning elagidan oʻtganlarigina edi xolos. Norasmiy uchrashuvlar biroz keng qamrovda, vodiy boʻylab davom ettirishimga qaramay, ikki yillik urinishlarim besamar ketayotganidan muntazam xabardor boʻlib yurgan ukam, bor-e! deya rossiyadan qaytib keldi.
Bir kuni ukam ikkimiz choy ichib oʻtirganimizda, gapdan gap chiqib, meni soʻka ketdi.
Rassiyadan kelganidan beri, butun mahalla meni ustimdan shikoyat qilayotganini, meni deb qarindosh urugʻlardan gap eshitaverganidan bezor boʻlganini aytdi. Ularning aytishicha, bir gʻalati tushunarsiz, odam ekanman.
-Qiz bolagayam kubik-rubik sovgʻa qiladimi? Deya xunob boʻldi ukam.
Oʻzimga ham koʻp shikoyat qilishgan baʼzilar bekorchiligimdan, qarindoshlar oqibatsizligimdan, yigʻinlarga kelmasligimni malomat qilishardi.
Masalan yoʻlning u tarafida kelayotganimni koʻrgan tanishlar, men bilan koʻrishish uchun men tarafga oʻtsa, men yoʻlning narigi qarama-qarshi tarafga oʻtib oladigan odatim borligini aytishgan. Yana doim xayol surib, odamlar bilan salom alik qilmay, oʻtib ketar ekanman. Doʻstlarimga ham qoʻshilmas, odamovi emishman. Bir hisobda ularning ham gaplari toʻgʻri, esimni tanibmanki, biror joyda yolchib ishlab, tuzukroq pul topgan emasman. Negadir atrofimdagi odamlarning qilayotgan ishlari maʼnisiz, va bekorchi ishday tuyilib kelgan, hamma kasblarni egarlashga harakat qilib koʻrib, shu xulosaga kelganman, har qanday ishning mohir ustasi, yoki dahosi boʻlgan taqdirimda ham, bu menga keyinchalik taskin bermay qoʻyadi. Umrimning yarmidan koʻpi oʻtib boʻlgach, maʼnisizlik zulmati yana bostirib kelaveradi deya xayol qilardim.
Bir kuni sinfdoshlarim choyxonaga chaqirishdi, choyxona bu vaqtni bekor oʻtkazish, gʻiybat, fisqu fasod bilan, koʻngilni aynitar darajada qora qiluvchi, jinlar bazmi uchun qulay joy.
Aslida dunyo ham, choyxonaday gap. Kimdir dindan soʻzlab oʻzini xudojoʻy koʻrsatsa, kimdir lof urib hammani oʻziga qaratadi.
Bu yer men uchun ham doʻzaxdan boʻlak manzarani eslatmaydi, negaki haqiqat yoʻq.
Qimorbozlar uchtasi bir boʻlib, bir bechorani chuv tushirishadi.
Kimnidir ojizligi sababli oldidagi ovqatini tortib olib, kamiga tinmay haqorat qilish bilan oʻzlarini dunyodagi eng uchar, olgʻir, aqlli odamman deb oʻylashadi.
Bazmi jamshid tugagach piyolaga sigaret qoldiqlari bilan birga, nos tuflab ketishadi. Kimdir ataylab, hammani ustidan kulish uchun, chiroqni o‘chirib, yoqib o‘naydi, mendan keyingi odamlar sarson bo‘lsin deya, kamiga, konditsioner pultini ichki choʻntagiga solib oʻgʻirlab ketadi.
Taom yeganmisiz, yoʻqmi, kemaga tushganing joni bir, hamma bilan teng pul berishga majbursiz.
Ogʻaynilarim har ikki gapning birida kubik-rubik deya chunonam ustimdan kulishdi.
Aftidan bugun meni masxaralash uchun chaqirishgan ko‘rinadi.
Yettinchi sinfligimiz-da matematika darsida ustozimizning mavzu boʻyicha kimda qanday savollar bor deganida, men qoʻlimni koʻtarib susarning terisidan boʻlgan telpagiga qiziqib qolib, telpagingizni necha pulga olgansiz deya savol berganimni ham eslab oʻtishdi.
Doim shu kabi oʻtirishlarimizda gʻashimga tegishni xush koʻradigan, bir ovsar oshnam bor. Odatiga muvofiq chunonam asabimga tegdiki, bir necha bor ogohlantirishimga qaramay, chekinishni hech oʻylamadi.
Pichoq borib suyakka yetgach, alal oqibat o‘zimni to‘xtatishga kech qoldim, qanday qilib oʻrnimdan turganim, choynakni kallasiga qarata otganim, aniq moʻljalimga tekkanini bilmay qoldim. Bir deganda hamma yoq qonga belandi, u yonimga quturgan itdek, shiddat bilan stol-stullar osha kela boshladi, menga ham endi baribir edi, bir-ikki musht tushirishga harakat qildi, negadir, tegmadi. Tavakkaliga otgan mushtim aniq-tiniq, go‘sht to‘ldirilgan qopdek yuziga tegdi-ki, ortida turgan do‘stlari orasiga qo‘shilib qoldi. Jang uni foydasiga hal boʻlishini kutayotganlar, umidini uzib ikki yonidan yetaklab olib chiqib ketishdi. Uning o‘zi ham orticha qarshilik ko‘rsatmadi.
Hammasi shu qadar tez roʻy berdiki qisqa metrajli kino suratlari singari ayrim lavhalar koʻz oʻngimdan chaqin kabi oʻtganini eslay olaman xolos. Hech qayerimga biror zarba tegmagan bo‘lsa ham, negadir qulog‘im shang‘illay boshladi, hozirgi ro‘y bergan voqea, qachondir boʻlib oʻtganday juda tanish tuyildi, har qancha urinmay eslay olmadim, balki avval xayolimda roʻy bergandir, buning geometriyasini shaytonning oʻzi chizib bergandir deb oʻyladim.
Shundan keyin oʻzi ora-sira koʻrishib turadigan ba’zi doʻstlarim bilan ham, butunlay, aloqalar uzilib ketdi. Toʻgʻrida, jahli chiqqanda gʻashiga tekkan doʻstlarini choynak bilan urib, boshini yorib qoʻyadigan jinini kimga kerak? Nafsoniyatingga tegib, yorilgan boshini ushlab, yana seni yomonga chiqarishadi, goʻyoki sen dunyodagi eng bezori odamsan.
Oʻsha kungi janjaldan soʻng, uyga kelib tun yarmigacha uxlay olmadim, oʻzimni uxlashga majbur qildim, baribir yaxshi uxlay olmadim, tushimda ham kimlar bilandir olishib chiqdim.
Ertalab koʻzguga qarab, oq-qora katak koʻylagim bilan, ensamga qon tekkanini koʻrdim, kecha toʻs-toʻpolonda koʻrmagan ekanman. Suv bilan yuvdim, baribir ensamdagi qon ketmadi, dogʻ boʻlib qoldi, bir haftacha shu alfozda yurdim, har safar koʻzguga qarab ensamdagi dogʻga koʻzim tushganda ensam qotadigan boʻldi, uzoqdan qaraganda bilinmaydi, yaqindan razm solib qaragan odamgina koʻradi. Koʻylagimni yuvib oʻtirmadim, onam koʻrib qolmasligi uchun olovda yoqib yuborishimga toʻgʻri keldi.
Odamlarning nazarida mendagi odamovilik, gʻalati feʼl-atvorning sababini koʻp kitob oʻqiganimda deb bilishardi. Negadir qishlogʻimdagilar kitob oʻqishdan qoʻrqar, yoki xush koʻrmasdilar.
Bir paytlar qishlogʻimizning guzarida kutubxona boʻlib, bolalar, koʻproq qizlar kirib turardi, bino xaroblashib ketgach, buzib tashlanib, oʻrniga chorva mollari uchun yem sotiladigan doʻkonga aylantirib yuborishdi.
Otam kitob o‘qishimga qarshilik qilmasdi-yu, har safar shahardan kitob olib qaytganimni koʻrganda,-esiz, shuni puliga ikki quti sigaret berardi-ya deb gʻashimga tegardi.
Har kimning ideali oʻziga oʻxshagan boʻladi. Shunday ekan hozirgi odamlarning ideali kim, ularga nima kerak? Nega ularning xayolini samoviy tafakkur, xudoning qudratiga tutash, ulugʻvor gʻoyalar band etmaydi, nahotki umrlarini arzon garovga tikib yuborishsa, qumursqalardan ajralib chiqishni xohlashmasa. Nega endi doʻzax qorishib ketgan dunyoda jannat qurishga intilishadi.
Gohida ularga havasim keladi, negaki yetib borish darajasi imkonsiz, erishib boʻlmaydigan katta orzulari yoʻq deyarli. Nega men ham hamma qatori pul ketidan quvib, hayotning mazmun mohiyati shu deya yashay olmayman.
Nega bularning hech biri menga taskin bermaydi. Qaysi nuqtada dunyo bilan uzilib qoldim, nima uchun u menga tushunarsiz boʻlib qoldi deya, na oxiri, na javobi yo‘q savollarni yo‘llayveraman o‘zimga.
Zerikdim.
Yana uzlatga chekindim.
Oʻsmirlik paytlarim tez-tez yuragim siqilib turardi, uzoq-uzoqlarga yalang oyoq ketishni xohlardim, bu safar muqarrar, qachondir roʻy berishini bilaman, hozir oʻsha oʻspirinning shamollarga qorishgan ovozini qidiraman, qayda qoldi u? Yusuf singari quduqqa tashlashdimi, kimdir qutqarib oladimi oʻsha bolakayni? Har bir bolaning ichida Yusuf yashaydi. Kimdir uni qutqaradi, kimdir ovozini ham eshitmay, quduq yonidan cheksiz sahro tomon o‘tib ketadi.
Farishtalar, tushlarimga kiradi. Oq yelkanli qayiqlarini daryo shamollarida yeldirib borayotgan oq ko‘ylakli bolalar ichida quvonchim ichimga sig‘may qiyqiraman…
IBLISNING ERTAKLARI
Mana bir haftadirki, xuddi kubist rassom Pikkasoning qirgʻinbarot urushni tasvirlagan suratlari singari aloq-chaloq tushlar koʻraman. Soat tungi ikki. Bosinqirab uygʻonib ketdim. Farishtalarning bu olamda oʻrni, harakatlari, qanchalik mukammal yorugʻlikka, goʻzal mazmun mohiyatga ega boʻlsa, jin va shaytonlarning oʻrni shunchalik bemaʼni, noaniq, halovatsiz zulm va zulmat bilan sugʻorilgandir. Ular bizning fikrlarimizni, oʻylarimizni, ongosti kechinmalarimizni qaysidir ojizona qismini olib, ataylab ruhimizga buzib koʻrsatadi. Bu holat mavsumiy boʻlib, boshqa oʻlchamlarda tushlarimizda, reallik va noreallik oʻrtasida vaqti-vaqti bilan roʻy berib turadi. Ular makon va zamon tanlamas. Bir savolga javob topganday boʻldim. Nima uchun, buyuk ijodkor shaxslar kasalmand aqldan ozgan holda sirli oʻlim topishadi, bu sir ularning oʻzi bilan birga ketgan. Leonardo Davinchi aytganidek, bu olamni qandaydir sirli kuch boshqaradi. Shunga oʻxshash voqealarni yozishni xohlamagan boʻlardim, shuning uchun yozamanki, inson unutuvchi! Hozirgina bir qadimiy qabristonning qorovuli tushimga kirdi, bir nimalarni u yoq — bu yoqdan gaplashdik. Borib-borib suhbatimiz Devonai Mashrabni qanday oʻlim topgani, insoniyatga yot, gʻayritabiiy, feʼl-atvori haqidagi gap-soʻzlarga ulanib ketdi. Qorovulning yuzi choʻziq, rangi sargʻimtil, jagʻini pastki qismida bir tutam choʻqqi soqoli, boshida eski, kirligidan rangi oʻchib ketgan ruslarning ayvoni kalta shapkasi, eginda jinsi kiteli bor edi. Eshityapsizmi, jinsi kiteli bor edi.
Shimi va poyabzalining rangini shom payti boʻlgani uchun, aniq koʻrolmadim. Qoʻl-oyogʻi uzun beoʻxshov, besoʻnaqay, boʻyi ikki yarim metr kelardi, koʻrinishidan duch kelgan yerda yotib qolaveradigan mast odamga oʻxshardi.
Qorovul sigaretiga gugurt chaqib gapida davom etdi. Mashrab qanday oʻlim topishini oʻzi bashorat qilgan, yaʼni, oʻziga shunday oʻlim tilagan. Uni oʻzi bitgan munojotlaridagi balxda dorga osilishi haqidagi bashorat soʻzlar, bexato dor ostiga oʻz oyoqlari bilan yetaklab keldi.
Mashrab nima uchun oʻziga bunday dadil oʻlim tilagan, deyman ichimda.
Mashrabni xushroʻy, yosh joriya qiz bilan pinhona uchrashuvidan xabar topgan Ofoq Xoʻjasi, jazo tariqasida olatiga chogʻ bosib, bichib qoʻyishni buyuradi. Har bir sogʻlom insonga berilgan visolni ruhan, jisman, yaxlit his qilish, oʻzidan nasl qoldirish baxtidan fojiona ayrilgandan keyin, ruh va jism oʻrtasidagi qarama-qarshilik buzilgan. Jism, butkul ruhga boʻysungan, jism dunyo bilan ruh oʻrtasidagi muloqotda vositachiga aylangan. Iblis Ofoq Xoʻjasi, Mashrabning Xudoga borar yoʻlini toʻsaman deb, oʻzi bilmagan holda, xudo tarafga turtib yubordi. Mashrab mutloq xudoga bogʻlanib yashagan. Dorga osib oʻldirilishini, oddiy holdek, har kungi yumushdek, ixtiyoriy-majburiy qabul qilgan. Erkinlik bilan tutqunlik, qorishib ketganday.
Eʼtibor bersam, qorovulning sigareti tutashmagan, quruq oʻzini tortib yotibdi. Bu odam menga yoqmadi, qabristonning temir panjarasiga ilib qoʻygan kiyimimni olib kiydim-u, bu yerdan tezroq ketish harakatiga tushdim. Bir aylanib bir hovlida paydo boʻlib qoldim. Pastak aylanasiga qator xonalarni hamma chiroqlari yoniq boʻlsa ham, negadir hovli yorishib ketmagandi. Meni yashashim uchun hovlini egasi menga bir xona koʻrsatdi. Uning aytishicha bu xonada bir shoir ijarada turgan ekan, kimligini surushtirib bilsam, oʻzimning yaqin doʻstim boʻlib chiqdi. Men kelishimdan sal oldinroq bor koʻch-koʻronini yigʻishtirib chiqib ketibdi. Nega bunchalik shoshilib ketib qoldi ekan deya, oʻylanib qoldim. Hali xona yigʻishtirilmagan, bir kishilik karavotdagi choyshab gʻijim, betartib, sigaret hidi anqib yotardi.
Shunday boʻlsa ham karavotga choʻzildim. Uyni egasiga eʼtibor bermaganim uchun yuzini aniq koʻra olmadim. U sharpa singari bosh tarafimdagi stulga oʻtirib olib, bir mashhur rassom, Vinsent Van Gogning ijodi, va shaxsi haqida soʻzlab berdi. Bu odam qaydan bildi ekan, yaqindan beri shu rassom haqida oʻylab yurgandim. Uni bolaligidan yolgʻizlik qiynagan, negadir u oʻzini doim dunyoga begona his qilardi, bu hol umrining oxirigacha davom etgan. U shu qadar yolgʻiz boʻlganki, bir yengil tabiat ayolni sevib qolib, unga chap qulogʻini kesib bergan degan, mish-mishlar tarqagan. Bir kuni ayol hazillashib, chap qulogʻingni kesib bersang, sen bilan bir umr qolaman deydi. Bu gapga Van Gog, bolalarga xos soddalik bilan ishonadi, oʻylab oʻtirmay, kesib bera qolgan. Ayol baribir uni tashlab ketadi.
Albatta, har qanday zamonda ham aqlan sogʻlom odam, kimlar uchundir bunday gʻalati ishga qoʻl urmaydi. Vinsent Van Gog kasal boʻlib, uning ruhini chinakam muhabbat, goʻzallik yaralagandi. Goʻzallik bu dahshatli kuch, faqat uni toʻlaqonli anglagan odam uchun, albatta. Van Gog, mavhum, dardchil, uqubatga toʻla tushuniksiz, umr kechiradi. Uning koʻzida doim gʻussali yosh qalqib turardi. Van Gog bilan suhbatlashgan odam beixtiyor, uning pokiza tuygʻulariga asir boʻlib qolardi. Biroq, uni koʻpchilik tushunmasdi, tushuna oladigan yagona doʻsti, Gogen ham uni tashlab ketadi. Keyin yana yolgʻizlik, ichidagi zulmat adoyi tamom qilgan.
Gogenga u yashab turgan muhit yoqmagan. Aftidan Van Gogni ichida, u ijarada yashab turgan xonada jin borligini sezgan, faqat bu sirni oʻzi aniq tagiga yetolmagan. Gogen uni tashlab ketgandan keyin, Van Gog bir kuni tasviriy sanʼatni unchalik yaxshi tushunmaydigan bir doʻsti bilan janjallashib qoladi, musavvirga ogʻir botadigan gap aytadi. U juda taʼsirchanligi bois, doim xursand boʻlganda ham, xafa boʻlganda ham, tinimsiz surat chizardi. Doʻsti achchiq gap aytgan kuni ham, ruhiga taskin berish uchun, tabiat qoʻyniga surat chizishga keladi. Surat chiza turib, oʻzini toʻpponchada biqinidan otib qoʻyadi. Iblis gʻolib keldi. Borgan sari yuragim achishib, yigʻlagim kelardi. Nega, Gogen uni tashlab ketib qoladi. Nega, men kelishimga shoir doʻstim ijara xonasini menga boʻshatib, chiqib ketdi, derdim ichimda. Oʻzimni yolgʻiz his qila boshladim. Bu menga allaqanday, anglashilib boʻlmas, sirli, paradoks voqealik boʻlib tuyula boshladi. Bosh tomonimda oʻtirgan sharpa gapida davom etdi. Van Gognining oʻntagina yaqin doʻstlari bor edi, men uni zulmat, yolgʻizlik qaʼriga choʻktirish uchun, uning yaqin doʻstlari qiyofasiga birma-bir kirib chiqdim, kun sayin, soat sayin uning umri qisqarib boraverdi, men uzoq kutgan ish roʻyobga chiqdi. Van Gog oʻzini otib qoʻydi, dedi tirjaygancha iblis. Shoir doʻstimning ijod stoli ustidan sheʼr yozilgan bir parcha qogʻoz topib oldim. Mana oʻsha sheʼr:
Bizni unutdi saydim,
Gavharafshon tonglarning,
Quchogʻida oʻlsaydim.
Yaratganning oʻzi lol,
Arosat gʻovidaman!
Yuragimni asrab qol,
Kimlar qurshovidaman,
Jinlar qurshovidaman.
Yonimdagi xonadan birdan toʻpponchaning oʻq otilgan ovozi eshitildi. Bu xonada Sergey Yesenin boʻlib, uning ham taqdiri oʻz joniga qasd qilish bilan tugagandi. Yesenin, Shayton, Odamzod qoniga juda ustamonlik bilan in qurgan deb bilardi. Borib-borib har kuni, har soat shayton bilan olishadigan boʻldi. Shu kurashlar asnosida «Qora odam» nomli doston yozadi. Balki bu doston qaysidir maʼnoda oʻzi haqida ham edi. Dostonni tugatgach, bir qancha muddat xotirjam, ruhi halovatda yurdi. Uning yozilishi goʻyoki shaytonning ustidan qozonilgan gʻalaba edi. Biroq, «Qora odam» shoirni vaqtinchalik tinch qoʻygandi, xolos. Shayton, doim payt poylab yurar, vaziyatga qarab ish tutardi. Yesenin juda ziyrak boʻlib, moddiy dunyo ins-u jinslarga toʻla, toki tirik ekanman, qora odam meni hech qachon tinch qoʻymaydi, degan oʻyga bordi. Borib-borib u har kuni oʻz joniga qasd qilishni mashq qiladigan boʻldi. Uning xonasidan har kuni oʻq ovozi eshitilardi, yarador holda devorga arang suyangancha, qoni bilan sheʼr yozib oʻtirganini koʻrdim. Yesenin eshik tashqarisida men uni kuzatib turganimni payqab, joni ogʻrib tursa-da, sudralib kelib, bazoʻr jilmayib eshikni ohista yopib qoʻydi. Shu payt unga ich-ichimdan rahmim kelib ketdi. Xudo insonga yuksak aql, boshqalardan ajralib turadigan iqtidor, isteʼdod beradi-yu, jazosini ham oʻzgacha qilib beradi, deya oʻyga tolib, yoʻlak boʻylab ketib borar ekanman, oʻng tarafdagi 50-xonaga koʻzim tushdi, odamlarning aytishicha, bu xonada yozuvchi Mixail Bulgakov ijod qilar ekan. Undan tashqari «Usta va Margarita» ham shu xonada kun kechirib, boshqa har turlik, odam va maxluqlarni ham uchratish mumkin edi. Eshik tepasiga Gyotening » Faust» asaridan bir parcha yozib qoʻyilgandi:
Kimsan ayt!
Men hargiz yomonlik tilab,
Yaxshilik qilguvchi kuchning bir qismi.
Bu soʻzlardan shunday maʼno uqish mumkin, yaʼni Iblis Insoniyatni Xudo tarafga qoʻrqitib, quvlab turuvchi yagona dahshatli kuch. Mixail Bulgakovning xonasida insonni koʻzi koʻrib, qulogʻi eshitmagan dahshatli, sirli voqealar roʻy berardi. Xudoni yoʻq, Iso paygʻambarni oʻylab topilgan, deguvchi Xudo haqidagi afsonalarga anchadan beri ongli ravishda ishonmay qoʻygan, osiy bandalarni behisob qiynoqlarga solinib, ruhi tubsiz, zulmatga uloqtirilardi. Bulgakov kasalmand holda jon beradi, uning kasalligiga jamiyatning oʻtaketgan, xudosizligi sabab boʻlgandir, ehtimol. Ruhni yorugʻlikka faqat «Usta va Margarita»ning Muhabbatga, Xudoga, Borliqqa ishonchi kabi pokiza tuygʻulargina olib chiqishi mumkin. U xonadan bu xonaga oʻtarkanman, hayolimga shu kabi oʻylar yogʻilib kelardi. Xonalar cheksiz davom etgandi, bu yerda insonning ruhi adashib qolishi hech gap emasdi.
Dengiz sayohatchisi duch kelgan hayratomuz moʻjiza, dengiz oʻrtasidan koʻrinmas, toʻsiq bilan ikkiga ajratilgan, bu tarafi shoʻr suv, u tarafi chuchuk suv singari dunyoviy bilimlarim bilan diniy bilimlarim har qancha urinmay, hech bir-biriga qorishib ketolmasdi. Balki hali tajribasizligimdandir, boʻlsa bordir. Yana shuni ham bilamanki, har qanday qonuniyat, vaqti-vaqti bilan bir martta
boʻlsa ham, buzilib turadi. Dengizning qaysidir nuqtalarida shoʻr suv bilan chuchuk suv, bir-biriga qorishgan boʻlishi ham mumkin-ku, deya oʻzimga tasalli beraman. Keyingi xonada xitoyning jang sanʼati ustasi, Bryusli bilan dunyoning eng daho nazariyotchisi, fizik olimi Albert Eynshteyn suhbatlashib turishardi. Ikkisining ham qiziqishlari ijod va sanʼatdan anchagina yiroq boʻlsa-da, oʻz ishlariga ijodkorona yondashgan, izlanishlarida qalb va ruh harakatini mujassamlashtirgan xayolparastlar edi. Olam va borliqning sirli qonuniyatlarini yaxshi his qilgan, shu bilan birga, hayotlari zohiran, ham botinan chuqur ildiz otib boravergan.
Inson borliqni, oʻz hayoti mohiyatini anglab yetmas ekan, hech qaysi sohada toʻlaqonli muvaffaqiyatga erisholmaydi, deyman ichimda. Bryusli kuyikib ongosti nazaryasi haqidagi qarashlarini zavq bilan soʻzlab berayotgandi;
-Ongosti bu jism bilan ruhni bogʻlab turuvchi eshikdir.
Eynshteyn nur yogʻilib turgan deraza tokchasiga oʻng tirsagi bilan suyanib, jilmaygancha tinglab turardi. Bryusli shaxsiy kutubxonasida anchagina falsafaga oid kitoblarni oʻqigan, olam va borliq, harakatini yaxlit his qilish falsafasi, Xitoylarga bundan ikki yarim ming yil avval yashab oʻtgan faylasuf Konfutsiy davridan sayqallanib kelayotgan taʼlimot hisoblanardi. Bryusli har qanday murakkab fikr-qoidalarni ham oʻz suhbatdoshiga osongina tushuntirib bera olardi. Yana bolalarcha qiziqqonligi, jangchilarga xos feʼl-atvori uni yanada yoqimtoy qilib turardi. U negadir sariq rangni yaxshi koʻrar, har jang oldidan sariq kiyimini kiyib olishni xush koʻrardi. Sharq millatlarining fikricha, sariq rang jin va shaytonlarning sevimli rangi, deya ishonib kelinadi. Agar shunday boʻlsa, Bryuslining jang oldidan sariq kiyimini kiyib chiqishiga sabab raqibining ichidagi jinni fosh qilmoqchi boʻlgandir, balki, kimki shaytonga quloq solsa, ichidagi jinni yenga olmasa, ruhan va jisman kuchsizlanadi, bunday jahl otiga mingan raqibni oshiqcha kuch ishlatmay yengish mumkin. Bryusli buyuk qalb va aql egasi, u bu kamolotga ichidagi jinni yengish orqali erishgandi, biroq, baribir uning ham kutilmaganda shayton ruhiga chang soladi. Hech kim uni bu qadar tez, joʻn oʻlim topishini kutmagandi, birdan boshi ogʻrib qoladi, ozroq dam olay, charchadim, deb oʻrniga choʻzilgancha qaytib uygʻonmaydi. Bryuslining oʻlimi sababi shu choqgacha sirliligicha qolgan, bu sirning hech kim tagiga yetolmagan. Shularni oʻylagancha ostonada turib qoldim.
-Ongosti bu, tabiatni ikki tomonlama yaxlit idrok qilish uchun xudo tarafidan insoniyatga berilgan eng buyuk moʻjiza, deydi Bryusli fikrini yakunlab.
-Siz mutlaqo haqsiz. Men sezib turibman, ruhingiz qoyaday mustahkam, buloq suviday tiniq. Faqat fikrlaringizga ozroq qoʻshimcha qilmoqchi edim.
-Bajonidil, Eynshteyn janoblari.
-Sizni tinglay turib bexosdan ongostini ruh bilan jismni bogʻlab turuvchi somon yoʻliga oʻxshatib yubordim. Toʻgʻri, hali koinot toʻlaqonli oʻrganilgani yoʻq, buning imkoni ham yoʻq, bular shunchaki tasavvur hosilasi va nazariya, xolos. Agar kun kelib somon yoʻli topilsa, sayyoralar oʻrtasidagi masofa aql bovar qilmas darajada qisqaradi, sayyoradan sayyoralarga yorugʻlik tezligida yetib borish mumkin boʻlar, ehtimol.
Bizning ham ruhimiz bilan jismimiz oʻrtasidagi muloqot yorugʻlik tezligida oniy lahzalarda roʻy beradi. Ruh jismga shipshiydi, kelajakda roʻy berishi muqarrar boʻlgan voqelikni, ongosti matematik raqamlar, tadrijiy rivojlanish davomida paydo boʻlgan oʻlchovlarga moslashib, real voqealikga tayyorgarlik koʻradi. Olam ikki xil: biri zohiriy, biri botiniy. Zohiriysi jism materiya, voqelik koʻp hollarda insonni chalgʻitadi. Botiniy harakatlar Xudo tarafiga ildiz otib ketgan, kimki moddiyatga berilsa, Xudodan uzoqlashadi, ongostida markazdan qochish kuchi paydo boʻladi.
Ruhda, xayolda roʻy bergan har qanday voqealik jonli voqealikga koʻchadi.
Ruh hamisha jismdan ilgari, ruh harakati yorugʻlik tezligida uning uchun makon-zamon tushunchasi nolga teng. Aslida makon va zamon tushunchasi ham nisbiy, sayyoralardagi vaqt, oʻlchovlari sayyoralarning hajmi-oʻlchovlari, tortishish kuchi, harakatlari joylashgan oʻrni, borliq va yoʻqlik fazo uygʻunligidan kelib chiqib belgilanadi. Jismga vaqt tushunchasi yoʻqolishi uchun, u ruhning harakatiga yetib olishi kerak. Ongimizdagi harakatlar, koʻp vaqt oʻtmay, jonli hayotga koʻchadi.
-Birorta jangovar mashqingizni koʻrsatib berolmaysizmi?
Bryusli sergak tortib:
-Bajonidil,- dedi.
Uning harakatlarida aniqlik, tartib sezilib turardi.
Eynshteyn bu harakatlardan matematik oʻlchovlar, formulalar yordamida allaqanday geometrik shakllar yasashga urindi, biroq uning jangovar harakatlariga mahliyo boʻlib qoldi: u jang sanʼatiga kirib kelishidan oldin bir muddat Xitoycha raqs sanʼatini ham oʻrgangan. Keyinchalik jang sanʼati bilan uygʻunlashtirib yuborgandi. Bu oxiri yoʻq xonalar ichra Eynshteyn bilan Bryuslining uchrashib qolishi tasodif emasdi (Har qanday tasodiflar zamirida aniq qonuniyatlar yotadi). Bryuslining harakatlari bir vaqtning oʻzida allaqanday mavhum, fusunkor, sirli voqelikni ifodalab berayotganday, shu bilan birga, koʻrinmas olamdagi qora kuchlar bilan beomon olishayotganday edi. Uning harakatlari tobora tezlashib, koʻzga koʻrinmay lampa chirogʻi dam yonib, dam oʻchganday, Bryusli xonada bir paydo boʻlib, bir yoʻqolib qolardi, oxir-oqibat Eynshteyn uni butunlay yoʻqotib qoʻydi. Qilich havoni kesganday shiddatli tovushni va havoda suv toʻlqinlari singari fazodan boshqa narsani ilgʻay olmadi. U hammasini tushundi Bryuslining jismi makonni, ruhi fazoni toʻlaqonli his qilib harakatlanardi. Shu bilan birga fazo jismga yoʻl ochib, jismi ruh harakatiga yetib olgandi, shuning uchun ham u suvga choʻkib ketganday gʻoyib boʻldi. Bryusli mashq qilishdan toʻxtab Eynshteynning yoniga kelib:
-Qalay, sizga yoqdimi?- deganida u choʻchib tushdi. Tili aylanmay qolayozdi.
-Xudo haqqi, meni hayron qoldirdingiz. Qanday erishdingiz bunga. Qalb va ruh harakati bilan siz menga soʻzlab bergan nazariyalarni allaqachon oʻzimda sinab koʻrganman. Men mashq bajarayotganimda dunyodan uzilib qolaman. Sizning tilingiz bilan aytganda, boshqa oʻlchamga tushib qolaman.
Eynshteyn Bryuslining soʻzlarni tinglay turib, uning jangovar mashqlarida shaytoniy vasvasa yoʻqmikan, deb oʻylanib qoldi (chunki shiddat shaytondan boʻlish ehtimoli ham bor). Sal oʻtmay, bu fikridan qaytdi, uning tuyqusdan bunday fikrga borishiga sabab, ancha yillar avval bir ishga shayton aralashib qolgandi. U buni keyinchalik payqab qoldi. Oʻsha hammaga maʼlum va mashhur «nisbiylik nazariyasi» ustida tun-u kun ish olib borardi, ilmiy ishlaridan maqsad koʻproq shuhratparastlikka moyillik sezilib turardi. Eynshteyn singari oʻsha zamonning fizik olimlari mashhurlik ortidan quvishar, ilm-fanda nimadir yangilik yaratishga urinishardi. Eynshteyn bir kuni «nisbiylik nazaryasi» ustida ishlay turib uxlab qolib tush koʻradi: doirasimon stol, atrofida hamkasb doʻstlari unga xunuk, masxaraomuz tarzda kulib gap oʻtirishardi, birining burni katta, birining kallasi uzun, birining rangi qoramtir, xunuk, allaqanday behalovat edi. Doʻstlari desa doʻstlariga, begona desa begonaga oʻxshamasdi. Ular boʻlar-boʻlmasga janjal koʻtarishib, nimalarnidir oʻzaro talashib tortishardi. Eynshteynning qulogʻiga «nisbiylik nazaryasi» haqidagi gap-soʻzlar chalindi: nima emish, unga bu ish bilan shugʻullanishni ular tayinlagan ekan. U bu ishni ortga surgani uchun hali adabiyotga nomaʼlum soʻzlar bilan haqoratlashardi. Bu ajnabiy sifat olimlar oʻzaro kelishib, nazaryani oxiriga yetkazib jurnallarda chop ettirib dunyoni qaysidir burchagida amaliy ishlarni ham boshlab yuborishganini taʼkidlashdi. Eynshteyn bu yerda nimalar boʻlayotganini payqab-payqamasdan shovqindan qulogʻi tom bitib, yosh bola singari yigʻlay boshladi.
-Nahotki shuncha yillik izlanishlarim besamar ketgan boʻlsa, hamma umidlarim chippakka chiqdi, — dedi-yu beixtiyor uygʻonib ketdi. U boshini kimdir noʻxta bilan bogʻlab qoʻyganday, yelkasini togʻ bosganday qoʻl-oyoqlari boʻshashib behuzur boʻlib uygʻondi, keyin yana kundalik ishlari bilan andarmon boʻlib ketdi. Xudo kuch berdimi yoki iblis. U buni yaxshi anglay olmadi, tin olib oʻylash uchun, fursat ham boʻlmadi, hammasi beixtiyor, gʻayritabiiy roʻy berdi. Ikki oy davomida kun-u tun «nisbiylik nazaryasi» bilan mashgʻul boʻldi va nihoyat oxiriga yetgach, olimning ruhi parokandalikdan ozodlikka, musaffo havoga chiqganday, yengil tortdi.
Xuddi oʻzi kutganday, nazariya dunyoning ilmiy jurnallarida chop etilib, Eynshteynga misli koʻrilmagan shuhrat olib keldi. Insonlarning olam toʻgʻrisidagi tasavvurlarini butkul oʻzgartirib yubordi va koʻp oʻtmay, shu nazariya asosida dunyoda birinchi atom boʻmbasi yaratilib, dunyoning turli burchaklarida sinov ishlari boshlab yuborildi, qirgʻinbarot urushlar uchun qoʻllana boshladi.
Olim qarib-chirib oʻldi. Biroq uning vasiyati hayratlanarli, jasadini yoqib yuborishlarini vasiyat qilib qoldirdi(Oʻlimidan keyin odamlar uni ilohiylashtirib yuborishini xohlamagandir, balki). Shuning uchunmi yoki doim tamaki chekib yurgani uchunmi, shuhratparast olimdan doim kuyindining hidi kelib turardi. Bryusli Eynshteynning xayolga berilib qolganini sezib, xalaqit bermaslik uchun oyoqlarini stolga chalkashtirib uzatgancha falsafaga oid kitobini oʻqib oʻtirardi. Qoʻshni xonadan birdan jangovar fortepianino ovozi eshitildi.
-Bu Motsart,-dedi xuddi sehrlanganday olim.
Tinib-tinchimas Eynshteyn Motsartning xonasiga tez-tez musiqa tinglash uchun kirib turardi. Musiqa va matematikaning uzviy bogʻliq tomonlari musiqada ham aniq sonlar, tenglamalar borligi va bu formulalar qanchalik tez va izchil oʻzgacha yechim topsa, musiqa ham shiddatli, fusunkor kompozitsiyani tabiat uygʻunligida ilohiy sanʼat asarlarini yana ham mukammal, va koʻproq yaratish mumkinligi haqida bahslashishardi. Yana qadimgi Yunonlar musiqa ilohlar ruhlar olamiga bevosita taʼsir koʻrsata olishiga ishonganlari haqidagi suhbatlari tun yarmigacha choʻzilib ketardi.
Baʼzida ikkisi ham oʻtaketgan shuhratparast boʻlgani uchun tezda janjallashib qolishardi.
Keyingi xona jinnixona boʻlib, ruhiy kasallarni musiqa bilan davolashardi. Moddiy va ruhiy olamdagi hamma narsaning turlari boʻlgani singari, jinnilar ham asosan ikki turga boʻlinardi: birinchisi, tugʻma jinnilar boʻlib, odamlarga zarari tegmaydi, harakatlarini ongli ravishda idrok etolmaydilar. Ikkinchisi, hamma narsani ongli idrok qiladi-yu, botinida hasad yotgani uchun (yana boshqa omillar sabab boʻlishi ham mumkin) goʻyoki tabiat ularga adolatsizlik qilayotganday, tuyilaveradi. Bu borib-borib ulkanlashaveradi va bir kuni paytini poylab portillaydi, qotilliklar, Saleri singari doʻstini zaharlashlar, favquloddatezlik bilan gʻayritabiiy ravishda roʻy beradi. Ha, bu xonada Motsartning yaqin doʻsti Saleri davolanardi. U koʻpincha yuzaki qaraganda oʻzi bilan oʻzi gaplashib oʻtirganga oʻxshardi, harakatlari ham allaqanday tushunarsiz. U Motsartni zaharlab qoʻyganidan keyin koʻp oʻtmay jinni boʻlib qolgandi.
-Siz Xudoga ishonasizmi?, (Xuddi roʻparasida kimdir borday alahsirardi) -agar u bor boʻlsa, nega meni koʻrmaydi, -deya sochlari toʻzgʻigan holda alahsirash bilan kun oʻtkazardi. Motsart bu xonaning borligini, unda doʻsti Saleri davolanayotganini xayoliga ham keltirgan emas. Negaki, uning koʻzi bilan qaraganda bu xona boʻm-boʻsh pardalangandi. Koʻp ijarachilar bu xonada bir kun ham yashay olishmas, shunga qaramay Motsartning xonasi pokiza, kitoblarning hidi ruhga taskin berar, halovat hukm surardi, yana oq libosli hurlar suzib yurganini koʻrganlar ham bor, yuzi ham, libosi ham oppoq, uzun sochlariga bahoriy gullar qadab olgan. Ularni bir marta koʻrgan odam bu olamni ikkilanmay unutib yuborishardi, oq libosli hurlar koʻproq kasal odamlarga koʻrinardi, bir marta koʻrgan bemor bir kechada onadan qayta tugʻilganday, umuman boshqa odam boʻlib tugʻilardi. Goʻyoki u endi yerning odami emasday, faqat bu hol tush bilan oʻng orasida roʻy berardi. Iblis, Motsartni zaharlash uchun Salerini tanladi, uning ichiga birinchi boʻlib hasadni ekdi. Motsart ichkilikka mukkasidan ketib oʻtirarkan, doʻsti Saleri kirib keladi:
-Doʻstim senga nima boʻldi, buncha holing xarob?-deb soʻraydi.
-Kel, kel, doʻstim, ey bu ichkilikdanmas. Oʻtir, senga bir gap aytmoqchi boʻlib yurgandim.
-Qulogʻim senda , ogʻayni, ayt dardingni.
— Meni telba boʻlib qolibdi deb oʻylama tagʻin. Oʻtgan hafta yonimga bir qora kiyimli odam keldi degin, yuzini ham qora kiyimi bilan toʻsib olgan, qoʻlimga bir qancha qogʻoz tutqazdi, sheʼriy doston ekan, shunga bagʻishlab uch kun ichida marsiya yozib berishimni soʻradi.
-Xoʻsh keyin-chi?
Sheʼriy dostonning qisqacha mazmuni shunday: Ikki telba yosh shoir doʻst boʻlishadi, biri isteʼdodli, ikkinchisi ham sheʼriyatni yaxshi koʻradi-yu, negadir oʻrtamiyona shoir boʻlib qolaveradi.
Bir kuni ikki shoir ulfatlashib oʻtirganida haligi oʻrtamiyona shoir doʻstining qadahiga beixtiyor zahar solib qoʻyadi. Bu shu qadar tez roʻy beradiki, doʻstiga nega zahar berayotganini oʻzi ham anglashga ulgurmay qoladi. Marsiyani tugatay dedim, biroq mana bir haftadirki, oʻsha qora kiyimli odamdan darak yoʻq, uch kunda yozib berishga kelishgandim. Kelmagani ham yaxshi, marsiyani unga bergim yoʻq.
Negadir qora kiyimli odam bilan oʻngimda uchrashganimga ishona olmayapman.
Marsiyani yozib bitkazganimdan beri qora kiyimli odam yursam ham, tursam ham meni taʼqib qilib yurganga oʻxshaydi, mana hozir ham ikkimizning suhbatimizni bildirmay tinglab oʻtirganday.
-Xoʻsh, endi nima qilmochisan?
-Bilmadim, -Motsart deraza tomonga oʻgirilib xayolga toldi.
-Qoʻy, bu vasvasalarni, kel, undan koʻra marsiyani kuyga solamiz.
Saleri uning kuylar yozilgan oq qogʻozlarini koʻzdan kechirarkan, beixtiyor koʻzlaridan yosh qalqib ketdi. Motsartning ham soʻnggi qadahni koʻtaryotib negadir koʻzlaridan ikki tomchi yosh chiqib ketdi.
-Senga Marsiyamni chalib beraymi? Motsart fortepaninoni chala boshladi. Bu uning oxirgi marta kuy chalishi edi. Saleri yigʻlay boshladi.
— Kuyni hamma ham sendek tushuna olsa edi, doʻstim, bu dunyoda yomon odam qolmasdi.
Ichim achib yigʻlaguday boʻlib, qabriston qorovulining oldiga qaytib borganimda, savolimni bermay turib, javob qaytardi.
Uning oʻzi shuni xohladi.
Kel, senga shunga oʻxshash yana bir rivoyat soʻzlab beraman,- dedi tirjaygancha…
Nima qilib boʻlsa ham bu yerdan tezroq ketish harakatiga tushdim, qabriston darvozasidan chiqib ketarkanman, qorovulning dahshatli nigohini sezib borardim.
Pianinoning jangovar ohangi haligacha qulogʻimga chalinib turardi.
XAYOLLAR GEOMETRIYASI
Angladimki, bu olamda roʻy bergan hech qanday voqelik, unutilib, yoʻq boʻlib ketmaydi.
Yaratganning osmonlari kengayib borgani sari, voqealar borar manzilli ham uzayib boraveradi.
Borliq oʻz xayollari uchun muttasil boʻshliq yaratar ekan, hayollar chizigʻi egri, egrilar yigʻindisi doiradir.
Doiralar geometriyasi xayollarimni band qilgan kezlarim, bir masjidning Imomi tushimga kirib, arab hariflarida bitilgan, qadimiy, ilmiy, qoʻlyozmalar bilan tanishtirdi.
Unda 6 doira boʻlib, har birning ichida bir-birga mutanosib, va nomutanosib 6 va 3 burchakli shakllarni oʻziga jamlangandi.
Bir-birni toʻldirib inkor qiluvchi teskari shakllar, toʻlqinlar oqimi kabi doimiy takrorlanardi.
Bu ulugʻvor tushim, hayotning bemaqsad toʻfonlari ichra bir muddat unutilib ketdi.
Hozir esa, oʻsha qadimiy qoʻlyozmalarini qoʻltiqlagancha, oʻn sakkiz ming olam ichra kezib yurgan, ilm elchisini oʻylar ekanman, kim edi u? Nega aynan meni tushimga kirdi. Oʻz xayollarim suratiga koʻchgan sharpami, yoki yaratganning qudratini tarannum etuvchi farishtami?
Bilmayman.
Bilganim, bu savolga javob izlaganim sari beixtiyor chuvalashib ketayapman.
Matematikani xushlamaydigan bolallarga shunday berganim yodimga tushdi. Musiqada matematika mavjudmi, yoki tasviriy sanʼat, sheʼriyat, va tabiatda. Ijod, va turli ilm egalari, Olam nimadan yaralgan, nimadan iborat?
Degan savolga qanday javob berishlarini taxmin qildik.
Matematiklar, olam sonlar va tenglamalardan iborat deyishsa, Musiqa ustalari, kuy va ohanglardan. Rassomlar, rang tasvirdan iborat tabiatning oʻzi eng buyuk rassom deya taʼkidlashadi. Shoir, va yozuvchilar esa, olam ibtidosi soʻz, deyishadi. Fiziklar, qonuniyatlardan. Astronomlar, portlashdan. Faylasuflar, borliqning oʻzi falsafadir deya jar solishadi. Bularning barchasi bir-biriga uzviy chambarchas bogʻliqdir, Mazkur ijod, va ilmlar borliqning oʻzida mavjud ekan, har makon har zamonning nuqtai nazardan olib qaraganda, bari javoblar toʻgʻridir.
Gigrometriyaga ulanib ketgan suhbatning davomi, Belez Paskalning «Ehtimollar nazaryasi» haqida soʻzlay turib, ishonchim komil boʻldiki, bolalarga har qanday murakkab fikrlarni ham, tushuntirish mumkin ekan, demak, tafakkur ruhi muallaqdir.
Masalan, tanga va kubikni yerga tashlaganimda, qay tarafi bilan tushish ehtimoli nechtaligini, oʻylanmay aytib berishgan bolalar, toʻpning qay tarafi bilan yerga tushish ehtimoliga kelganda, ular ikki guruhga boʻlinib qoldi.
Bir faylasuf aytganiday, bu olamda hech narsa toq boʻlmagay, agar boʻlgan taqdirda ham, tangri yaratgan borliqning oʻzi, uning ziddi boʻlgan juftini paydo qiladi. Shunday ekan, fikrlar ham ziddir.
Bolalarning bir qismi toʻpning yerga tushish ehtimoli bitta, va u yaxlit deyishsa, qolgan qismi toʻpning ehtimolliklar koʻp, degan xulosaga kelishgandi, va ularning barchasi birdek haq edi.
Bu shuni anglatadiki, toʻp bir vaqtning oʻzida bir va sanoqsiz ehtimolliklardan iborat boʻlib,
Inson bir vaqtning oʻzida, bir joyda, va hamma makon va zamonlarda mavjudligi, nol sonining bir paytning oʻzida, ham mavjud, va mavjud emasligi singari arosat oʻrtasidadir.
Tanga va kubik aylana ehtimolliklardan holi boʻlsada, boʻshliqdagi oqimi aylanasimon.
Toʻpning koinotdagi harakati esa doira ichidagi doiradan, ehtimolliklar ichidagi ehtimollikdan, tasodiflar ichidagi tasodif, aniqlik va noaniqliklardan iboratdir.
Nechun koinotda nurdan boʻlak toʻgʻri chiziq yoʻq? Olamlarga nur olib kelgan Muhammad paygʻambar, yerga choʻp bilan toʻgʻri chiziq chizib, bu Islom dinining yoʻli, kim shundan chiqsa, yoʻldan adashuvchidir deganida, insoniyat koinot zulmatida mangu izgʻib yurishini nazarda tutganmi?
Bu chiziq Odam bolasining Tangriga eltar eng qisqa yoʻli edimi?
Moddiy olamdagi barcha harakatlar bekor, va maʼnisiz, koʻrinishining boisi nimada?
Misol tariqasida, bir doira boʻylab quyon va toshbaqaning yugurish boʻyicha poygasini keltirish mumkin.
Toshbaqani ortda qoldirib borar ekan, yugurishga berilib ketgan quyon, doirani bir aylanib borayotib raqibi oldinda ketayotganini koʻradi. Bu yerda magʻlub, gʻolibdek koʻrinadi.
Birinchi, ikkinchi, oʻlcham dunyo nuqtai nazaridan olib qaraganda, shunday. Uchinchi, toʻrtinchi, oʻlchamdan qaraganda esa, adolat qaror topadi. Quyon doira boʻylab harakatlanarkan, xuddi shu yoʻlni bir pogʻona yuqoridan aylanib oʻtib, zinama-zina koʻtarilib boradi.
Bu oʻz-oʻzidan Leonardo Pizano Fibonachining, borliqning paydo boʻlishiga doir, oltin kesim geometriyasini eslatadi.
Dunyo oʻlchamlari cheksizlik oldida kichik, va pardalangandir, shu bois, u adolatsizdek, koʻrinadi. Ezgulik va yovuzlik koinotda oʻz egalari ortidan izgʻib yurarkan, har qanday voqelikka yuqori oʻlchamdan nazar tashlangani sari, hech qanday harakat, zoye ketmasligini anglatadi. Voqeliklar esa yoʻq boʻlib ketmagay, intihogacha, muttasil, manzil sari harakatdadir.
PARVOZ
Umrimda biror marta qamoqqa tushmaganman, negadir nuqul xayolimda qamoqxonalarda kezib yuraman.
Bugun ham masjidda «yosin surasi»ni tinglay turib, sokin va tinch, devorining teparogʻida kichkinagina derazasi koʻm-koʻk osmonga qaragan, oppoq bulutlar suzib yuruvchi qamoqxona haqida oʻyladim.
Dunyo bilan qamoqxonaning nima farqi bor?
Dunyo oʻz xayollari uchun muttasil boʻshliq yaratishini xayol qilar ekanman, uning ruhi qayda?
Bir paytlar qoyalar oralab men bilan togʻning chiqqisiga chiqqan qizga, dunyo qafasga oʻxshaydi degandim, osmonni tutib turgan oʻspirin togʻlarga qarab.
Uning qoʻllaridan tutarkanman, qadoqlari toʻgʻri borib yuragimga qadalgandi.
Bu yerda qachondan buyon qizlarning qoʻllari qadoq?
Bu qoʻllar yaralibdiki, qafaslarni ochishga urinar balki.
Yoshligidan qafasda ulgʻaygan qush, ozod qilingach ham ozodlikdan mahrum.
Uning qafasdan boʻlak borar manzili yoʻq.
Erkinlikda bir kun yashagan boʻlib, qolgan umring toʻrt devor ichida oʻtsa ham, samoviy xotiralar uchun shuning oʻzi ham yetarli. Qaysi telba aytgan edi bu gapni? Oʻlim topmay turib, ozodlik haqida oʻylash, yuzaki qaraganda devonalik. Jism qafasidan qutilgach, qanotlar yoziladi, qushlar, har makon har zamonni, bir lahzada mavh qiladi. Qushligini unutganlar, qafaslaridan ozod qilingach ham, parvoz qilishdan mahrumdirlar.
QUMRIGA MAKTUB
hajviy hikoya
Shu desang, kechasi bilan telefon oʻynab yotib, tongga yaqin uxlab qolibman.
Sezganingdek, bir-ikkita qizlar bilan xam yozishdim, ish yuzasidan, albatta!
Boʻydoqlik paytlarim, men uylanadigan qiz ichimdan nima oʻtsa aytmasam ham sezib tursin, deb niyat qilardim. Endi boʻlsa bekor bunday niyat qilgan ekanman deb rosa afsuslanayapman, nega desang, birortasi bilan sal-pal ilakishib qolsam, darrov sezib qolyapsan. Shu, menga tekkaningdan beri erkinligimni boʻgʻib kelayapsan.
Bolaligimda onam tergardi, shom boʻldi deguncha xipchim olib, ortimdan qidirib yurardi. Biror qiz bilan pinhona gaplashib yurganimni bilib qolsa, senga baribir mahallamizni u boshidagi Gulhidani olib beraman, derdi.
Menga agar shu qizni olib beradigan boʻlsangiz, oʻzimni oʻzim osib oʻldiraman, deb qoʻrqitardim.
Taqdirning charxpalagini qaraki, yomgʻirdan qochib doʻlga tutilib oʻtiribman. Telegramimdagi xabarlarni bitta qoʻymay tekshirib, bu kim, bu kim, bu-chi, deb soʻroq savolga tutaverganingdan keyin, feyzbukka oʻtib olganman. Senga aytsam, feyzbuk telegramdan ham keng ekan, kod oʻrnatib xam qoʻydim, sen uni topa olmaysan deb umid qilaman.
Soatga qarasam yetti yarim, shosha-pisha yuz-qoʻlimni yuvdim-u, ishimga ravona boʻldim. Xayriyat, kechga qolmadim, deb xotirjam boʻlib turganimda, direktorimiz, bu nimasi, deya oyoqlarimga ishora qildi. Ey, dedimu boshimni ushladim, shoshganimdan ishga kiyadigan tufligim qolib, uyga kiyadigan shippagim bilan kelaveribman. Direktorimiz bir-ikki tanbeh bergan boʻldi. Bir soatcha koʻnglim gʻash boʻlib yurdim, iloji boricha xonamdan kamroq chiqishga harakat qildim. Sal turib, oshqozonim gʻulduray boshlaganda ertalab choy ham ichmaganim esimga tushdi.
Sen ota uyinga ketsang buyogʻi erkinlik, u-bu narsa qoralab olarman deb oʻylagandim. Qayoqda, bir qator ham yozolmadim. Odamga shu erkinlik bilan birga bazi bir kichik koʻngilsizliklar ergashib kelarkan. Onamning gapi toʻgʻriga oʻxshaydi, oʻgʻil bola anqov, doʻvdir boʻladi, qiz bola ziyrak, boʻladi derdi.
Kecha kechasi pechkaga koʻmir solgach, telefon oʻynab yotib uxlab qolibman. Tashqarida shamol kuchayib, uyga tutun qaytarganga oʻxshaydi, shuni achchiq hidigami, bilmayman, boshimni birov temir zanjir bilan qattiq qisib, bogʻlab qoʻyganday ogʻriydi degin. Ishga kelib, peshingacha shu alfozda gandiraklab yurdim. Yaxshiki, boshim ogʻrib tursa ham, tafakkur qilish baxtidan mosivo boʻlmabman. Aqlim ishlab qoldi, darrov doʻkonga kirib, yarim litr qatiq olib ichib yuborgandim, ogʻriq qolganday boʻldi.
Koʻrdingmi, hamma balo ham telefondan boʻlavermaydi, noqulay kelgan obi-havoning ham tasiri boʻladi.
Bilasan, yaqinda sartaroshga sochimni silliq qilib, ustarada qirdirib yuborgandim, uyga kelib (ertalabda velosipedda koʻp yuraman), balki sovuq oʻtib qolgandir deb oʻylab, qoʻy yogʻini pechkada qizdirib silliq boshimga surtib yotdim. Ertalab tursam ogʻriqdan asar ham qolmabdi.
Ikkinchi koʻngilsizlik koʻchadan yarim kechasi qaytganimda boʻldi.
Uydagilar meni uyda deb oʻylashgan boʻlsa kerak, kelsam darvozani ichkaridan qulflab, hammasi allaqachon uyquga yotishibdi. Ovozim boʻgʻilib chaqirdim, darvozani qoʻlim bilan gumburlatib urdim. Foydasi boʻlmadi. Telefon qilib ham tusholmadim.
Nima ham qilardim, oʻz uyimga xuddi oʻgʻiri singari devordan oshib tushayotganimda, tovonim bilan qaltisroq tushdimmi chogʻi, kechasi bilan loʻqillab ogʻrib chiqdi. Tongda turib, birinchi qiladigan ishim narigi mahalladagi siniqchi Hamza xolaning oldiga borish boʻldi. Hamza xola tovonimni koʻriboq, hm, yorilibdi, dedi tilining uchini tishlab. Keyin allaqanday hidi bor gʻalati dori bilan tovonimni uqalab, uyoq-buyogʻiga surgan boʻldi-yu, hech qanday rentgen tekshiruvlarisiz bogʻlab qoʻya qoldi. Oʻn besh ming pulimni ola turib, uch kun yurmay turishimni aytib, kuzatib qoʻydi.
Uch kecha-yu uch kunduz tovonimga tikilib yotdim. Ha, tovoning yorilsa notavon, boʻlib qolarkansan odam. “Sening ishqingda, ey nomehribon, gʻarib-u notavon boʻldim.” deb yotaverdim.
Telefondan ham zerikdim. Feyzbukdayam bemaza odamlar koʻp ekan, layk yigʻaman deb allambalo gaplarni oʻylab topishadi, bir-birini poylab oʻtiradimi, deysan koʻrib. Men ham tovonimni rasmga olib, iltimos, bir birodarimizni tovoni yorilib notavon boʻlib qolibdi, shunga oʻn ming-oʻn mingdan yigʻib yuboraylik, deb poʻst qoʻyyaymikin deb ham oʻyladim.
Uch kundan keyin otdek emas-ku, xar qalay yura boshladim.
Shu, baʼzi-baʼzida oʻzimga oʻzim dam solib yotmasam bosinqirab, aloq-chaloq tushlar koʻrib chiqaman. Yolgʻiz yotishdan qoʻrqaman. Shu sababli sen ketganingdan keyin oʻzimga dam solib yotishni kanda qilganim yoʻq. Kecha qizimizni tushimda koʻribman. Ancha katta boʻlib qolganmish. Xar kech onam ikkimiz telefondagi rasmlariga termilib oʻtiramiz.
Mana, ikki haftadirki yomgʻir xam tinmaydi, shoir taʼbiri bilan aytganda: “Tashqarida ham yomgʻir, ichkarida ham yomgʻir.”
Qizimizni sogʻindim. Uyga kelsam, uy yutib yuboray deydi. Gapirganimda qoshlarini uchirib qoʻyishlari, oʻtkir tirnoqchalari bilan boʻynimni beozor tilib qoʻyishlari, meni koʻrganda ich-ichidan suyinib qichqirishlari… xar kuni koʻz oldimdan oʻtyapti. Eslasam, momiq sochlari yuzimni silab oʻtganday boʻladi!
Esingda boʻlsa, meni yaxshi koʻrasizmi, deb soʻraganingda nima deyishni ham bilmay elovsirab qolgandim. Ha, yaxshi koʻraman-da xotin, degandim. Lekin uncha romantik chiqmagandi. Yolgʻonni eplolmasligini bilasan-ku.
Hali dunyoga dongʻi ketgan katta yozuvchi boʻlib ketsam kerilib yurasan.
Mendan interyuv olishga kelgan jurnalistlarga, erni shoir qilgan ham xotin! Erni yozuvchi qilgan ham xotin, deb maqtanasan.
Mahallang bilan orqadasan degan gaplarimga xafa boʻlma! Mendek oʻta ketgan xayolparastni er qilib yurganingga rahmat! Lekin koʻp jahlimni chiqarma, achchigʻim kelib qolsa Rossiyaga ketib yuboraman. Bitta-ikkita joydan yaxshi ishlar chiqib turibdi.
Iloji boricha qizim bilan tezroq kel. Qizimizni sogʻindim, undan keyin telefonimda megabaytim ham tamom boʻldi. Uyda ancha-muncha kirlar ham toʻplanib qoldi, kiygani paypoq ham qolmadi.
Hurmat bilan, sen yigirma besh yil kutgan xayolparast ering!
TOSH ODAM
Uch kundirki, uydagilarning halovati yoʻq.
Toshga aylanayotgan oyoqlarim dastidan. U xonadan bu xonaga qadam tashlaganimda, oyoqlarim polga doʻq urayotganday boʻladi. Tovushidan bezovta boʻla boshlashdi, qadamlarim ularga qaratilgan zardaga oʻxshaydi goʻyo.
Birinchi kunlari yuz xotir qilishdi, indashmadi. Ayniqsa onamning tinchi buzildi. Bu gʻalati kasallik har kimda har xil kechadi, shahardan ilashtirib keldim uni.
Shaharning matematik doktorlari tashxis qoʻya olishmadi, Qishlogʻimga qaytib havo almashtirib kelmasam, kasallik kuchayib, butun tanangizni toshga aylantirishi hech gap emas, dedi bir aqllirogʻi.
Uydagilar bunday notanish xastalikni birinchi marta koʻrishgani uchun, meni tushunishmadi, ataylab shunday qilyapti deb oʻylashdi chogʻim. Aks holda xasta odamga shunday yomon muomala qilisharmidi.
Qishlogʻimning koʻchalari, odamlarining koʻngillari kabi keng. Tosh oyoqlarim bilan unchalik ishi boʻlmadi ularning.
Otam qoʻshni mahalladagi mullaning oldiga olib bordi. Qurʼon oyatlarini oʻqib dam solgach, mazmunini soʻzlab berdi.
«Ey iymon keltirganlar! Oʻzingizni va ahli ayolingizni yoqilgʻisi odamlaru toshdan boʻlgan olovdan saqlang».
Demak, odamlar va toshlar mohiyatan bir-biriga yaqin.
Xotinning dunyo parasti, seni tezroq toshga aylantiradi.
Kim nimani yaxshi koʻrsa beixtiyor u oʻsha narsaga aylanadi.
Hali tuzalishga ulgurmay, yana shaharga keldim.
Kunlardan bir kun, ichimda kimnidir yigʻlayotganini eshitdim. Yupatishga urinmadim, avval ham shunaqa boʻlgandi. Bu haqida hech kimga churq etmadim. Aks holda meni aqldan ozibdi deb oʻylashlari mumkin edi.
Nima qilarimni bilmadim. Bor kuchim bilan, qanday qilib boʻlsa ham koʻproq pul topishga harakat qildim. Shunday qilsam qulogʻimdagi yigʻining ovozi oʻchadi deb oʻyladim. Bora-bora bu yigʻi, shiddatli chinqiriqqa aylanib, chidab boʻlmas darajaga keldi. Doʻzaxga tashlangan toshning chinqirigʻiga oʻxshardi. Uxlab qoldim. Tongda uygʻonib, shovqin tinganini payqadim, sababi tosh kasalligim allaqachon qadoq qoʻllarim, boʻyinlarimdan oʻtib, quloqlarimgacha yetib kelgandi.
Endi men butunlay garang toshman!
Yaqinlarim bilan suhbatlashayotganimda bilib qolmasliklari uchun, xuddi ularni eshitayotganday tutaman oʻzimni, lekin baribir avvalgiday dardu hasratlarini his qilmayman. Baʼzilari buni payqab qolib menga dardini aytmay qoʻyishdi.
Toshkent, sehrgar shahar, seni oʻzi toshga aylantirib, soʻng oʻzi haykaltaroshlik qiladi. Shunchalik sayqal beradiki, hasrat toshlaringni berkitib yuboradi. Hech kim seni tosh yoki haykal deb oʻylamaydi, sirtdan taniydi xolos.
Ayniqsa qishloqdagi sodda odamlarni aldash oson.
Hattoki senga havaslari keladi. Yana oʻzingni aldab shaharga kelasan. Endi bir sen emas, butun shahar birlashib ulkan toshga aylanayotganini koʻrasan-u, xotirjam tortib, yana ishingga ravona boʻlasan.
YALANGOYOQ
Toshkentga yoʻlga chiqdim, xayolimda yoʻq edi bu yerga kelish.
Oʻzi shunaqaman, koʻnglim chopgan tomonga ketaveraman, doim maqsadsiz daydib yuraman. Balki maqsadim bordir, faqat hali oʻzim anglab yetmagan.
Shahar kezib yurar ekanman, hayrat toʻla koʻzim qolib, hamma hayratlanib oyogʻimga qaraydi.
Ayniqsa qizlar, qiqirlashib oʻtib ketishadi yonimdan. Nima, yalang oyoq odamni koʻrmaganmisizlar!
Tosh shaharda odamni koʻngli qolib, oyoq kiyimingga qarab baho berishadi-ku axir!
Demak, hech kim baho berolmaydi menga. Odamning odamga bergan bahosi, xudoning bandasiga bergan bahosiga teng keladimi? Deyman shaharlik boʻlib ketgan doʻstimga.
Indamay omborxonasidan biroz eskirgan, temir poshnali tufligini olib chiqib berdi, menga ancha tor keldi, bir amallab kiydirdi doʻstim, kamiga shahar koʻchalarida toʻgʻri qadam tashlashni ham oʻrgatdi. yalang oyoq yursam hamma ustimdan kularmish.
Birinchi martta dadam poyavzal olib bergan. Birinchi martta maktabga borayotganimda. Juda qattiq tufli edi. Dadamdan qoʻrqqanimdan kiyib yurardim, alamimni maktabdagi doʻstlarimdan olardim. Botinkamning uchi bilan oyoqlariga tepib qochardim. Dadam uzoq safarga ketgach, yechib yuborganman, chunki onamdan qoʻrqmasdim. Hay, botinkangni kiyib ket degunicha, koʻchaga chopqillab chiqib ketardim.
Qishloqning iliq tuproqlarni kechib yurgan oyogʻimni, uch kun oʻtmay temir tufli siqa boshladi. Ogʻriqdan choʻloq otday yura boshladim.
Yotoqxonaga qaytgach, doʻstimning poyavzalini yuziga uloqtirdim, arang chap berib qoldi.
Oʻzimning oyogʻimga yetmaydi hech narsa.
Tosh shahar deganlaricha bor ekan, ertasi kuni qaynoq toshlar chaqqan tovonlarim yorilib qiynay boshladi.
Bu yerda hamma shoshgani-shoshgan, qayerga ketayotganini oʻzlari ham bilishmas ehtimol, hech kim begonalarga yoʻl bermaydi, yalangoyoqligimni koʻrib turishsa ham rahmi kelmadi. Yoki ataylab oyoqlarimni bosib oʻtishdi poshnalari bilan.
Doʻstim haliyam asovligi qolmagan tovonlarimga koʻzi tushgach, -notavon boʻlib qolmagin tagʻin, deb masxara qildi-da, temir poshnali tufligini oyogʻiga ilib, chiqib ketdi.
Yara-chaqa oyoqlarimga malham surtib uxladim.
Shaharda yugurish, baqir-chaqir qilish mumkin emas, darrov izingga militsiya tushadi, uch kunga qamab qoʻyadi, yoki jarimaga tortadi.
Buni shaharga birinchi kelgan kunim, doʻstim aytgan.
Deyarli yugurayotgan odamni uchratmadim. Juda, shoshilganlar taksi, avtobus, yoki yer osti metrosiga chiqishadi. Ayniqsa metrodagi poshnalar shovqini quloqni yirtadi, yurakni vasvasaga soladi. Qandaydir bosim bor, shu sababli hamma asabiy. Dangasa boʻlib ketishgan, oʻz oyoq-qoʻllaring bilan shamoldek yelib uchish baxtini allaqachon unutib yuborishgan.
Yoʻl yurishni xohlashmaydi. Muvaffaqiyatning zavqi uning oʻzida emas, yoʻlda ekanligini bilishmaydi.
Aytishlaricha Kalumb Amerikani zabt etish jarayonida baxtiyor boʻlgan, maqsadga erishib boʻlgandan keyin emas.
Oyoqlarini ehtiyot qiluvchilar, bir joyda oʻtirib ishlaydigan ishga joylashadilar. Oyikdan-oylikga kun koʻradilar, oʻz qoʻllari bilan non topib yeyishni istamaganlar, oʻz qoʻllari bilan oyoqlariga kishan soladilar.
Bir kuni shahar aylanib, tasviriy sanʼat koʻrgazmalar zaliga kelib qoldim, faqat zalga kirish sharti poyabzalni yechib kirish ekanligi haqida ogohlantirmoqchi boʻlgan eshik xizmatchisi, oʻzi shundoq ham yalang oyoqligimni koʻrib kulib qoʻydi.
Sanʼat asarlarini tushunish uchun, faqat oyoqdagi emas, aqldagi qafaslardan ham voz kechish kerak.
Suratlarning aksarida poyabzallar tasvirlangandi.
Musavvir poyabzallar orqali uning egasini, hayot tarzini, iztiroblarini, bor budi boʻlgan tafakkuridan, insonligidan, mosuvo qilishga urinayotgan, yuqori qatlamning tinimsiz siquviga olinayotgan, oddiy odamlarning holdan toygan qiyofalarini, kechinmalarini, toʻlaqonli tasvirlashga muvaffaq boʻlgandi.
Tong saharda yoʻlga otlanganimni koʻrgan doʻstim, qayga ketayotganimni soʻradi.
-Uzoq safarga, mayli yaxshi qol! oyoqlaringni ehtiyot qil!
Oyoqlarimni hali odam qadami yetmagan choʻqqilarga olib ketdim.