{"id":1865,"date":"2023-08-25T06:29:06","date_gmt":"2023-08-25T06:29:06","guid":{"rendered":"https:\/\/muvozanat.info\/?p=1865"},"modified":"2025-08-25T13:51:13","modified_gmt":"2025-08-25T13:51:13","slug":"xoldor-vulqonning-ma%ca%bcyus-chiroqlarning-olmos-chamani-nomli-lirik-sherlar-toplami-bu-kitoblan-muallifning-yapon-sheriyatidan-qilgan-tarjimalari-ham-joy-olgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/muvozanat.info\/?p=1865","title":{"rendered":"Xoldor Vulqonning &#171;Qorbo&#8217;ron&#187; nomli lirik she&#8217;rlar to&#8217;plami. Bu kitoblan muallifning yapon she&#8217;riyatidan qilgan tarjimalari ham joy olgan."},"content":{"rendered":"<blockquote>\n<h1><span style=\"color: #993300;\"><strong><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone size-full wp-image-2382\" src=\"https:\/\/muvozanat.info\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/\u0418\u0437\u0493\u0438\u0440\u0438\u043d.jpg\" alt=\"\" width=\"1600\" height=\"1200\" srcset=\"https:\/\/muvozanat.info\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/\u0418\u0437\u0493\u0438\u0440\u0438\u043d.jpg 1600w, https:\/\/muvozanat.info\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/\u0418\u0437\u0493\u0438\u0440\u0438\u043d-300x225.jpg 300w, https:\/\/muvozanat.info\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/\u0418\u0437\u0493\u0438\u0440\u0438\u043d-1024x768.jpg 1024w, https:\/\/muvozanat.info\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/\u0418\u0437\u0493\u0438\u0440\u0438\u043d-768x576.jpg 768w, https:\/\/muvozanat.info\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/\u0418\u0437\u0493\u0438\u0440\u0438\u043d-1536x1152.jpg 1536w, https:\/\/muvozanat.info\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/\u0418\u0437\u0493\u0438\u0440\u0438\u043d-850x638.jpg 850w\" sizes=\"(max-width: 1600px) 100vw, 1600px\" \/><\/strong><\/span><\/h1>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<h1 style=\"text-align: center;\"><span style=\"color: #993300;\"><strong>Xoldor Vulqon<\/strong><\/span><\/h1>\n<h2 style=\"text-align: center;\"><span style=\"color: #800000;\"><strong>O\u02bczbekiston Yozuvchilar uyushmasining a\u02bczosi<\/strong><\/span><\/h2>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<h1 style=\"text-align: center;\"><span style=\"color: #993300;\"><strong>Qorbo&#8217;ron<\/strong><\/span><\/h1>\n<h2 style=\"text-align: center;\"><span style=\"color: #800000;\"><strong>(She\u02bcrlar va tarjimalar)<\/strong><\/span><\/h2>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xoldor Vulqon 1959 yili O\u02bbzbekistonning Andijon viloyatida tug\u02bbilgan. Toshkent Milliy Universitetini tamomlagan. U 1975 yildan buyon badiiy ijod bilan shug\u02bbillanadi. Shu kungacha u rus va o\u02bbzbek tillarida to\u02bbrtta she&#8217;riy to\u02bbplam, qator hikoyalar, beshta povest va ikkita roman yozgan. Bundan tashqari, Xoldor Vulqon ko\u02bbplab yapon shoirlarining she&#8217;rlarini o\u02bbzbek tiliga tarjima qilgan.<br \/>\n1999 yildan buyon O\u02bbzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a&#8217;zosi.<br \/>\nTaqdir taqozosi bilan Kanadada yashaydi. Mukofot va unvonlari yo\u02bbq.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">***************************<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">Kitob onam Muhtaramxon Jaloliddin qizining porloq hotirasiga bag\u02bbishlanadi. X.V.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">Yillar uchib o\u02bctdi bamisoli o\u02bcq,<br \/>\nG\u02bcurbatda oqardi soch -soqol, murtim.<br \/>\nMen seni bir zum ham unutganim yo\u02bcq,<br \/>\nMeni ham unutib yuborma, Yurtim!<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">X.V.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"size-full wp-image-1337 aligncenter\" src=\"https:\/\/muvozanat.info\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/32026754.jpg\" alt=\"\" width=\"344\" height=\"262\" srcset=\"https:\/\/muvozanat.info\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/32026754.jpg 344w, https:\/\/muvozanat.info\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/32026754-300x228.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 344px) 100vw, 344px\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Tongi sukunat<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Toptalgan bahaybat samo gulhani,<br \/>\nMiltillaydi yulduz cho\u02bbg\u02bblari hamon.<br \/>\nO\u02bbz nuriga o\u02bbzi xorg\u02bbin chulg\u02bbanib,<br \/>\nOy suzar ohista mag\u02bbribga tomon.<\/p>\n<p>G\u02bbira shira zulmat, tong sahar payti,<br \/>\nOsuda jimlikka tutaman quloq.<br \/>\nBug\u02bbdoyzor tomonda qayta va qayta,<br \/>\nBedana xotinin qo\u02bbyar qumtaloq.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>15\/02\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shamol xushtak chalar etikdo\u02bbz kabi<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qushlar janub tamon uchmay netadi,<br \/>\nTelba kuz xaydasa, o\u02bbzing o\u02bbylagin.<br \/>\nXazonlarga to\u02bbldi bog\u02bblar etagi,<br \/>\nO\u02bbt &#8212; o\u02bblan yulqiydi shamol ko\u02bbylagin.<\/p>\n<p>Farrosh xazonlarni yoqadi, to\u02bbplab,<br \/>\nSovrilib ellarga orzu, armoni.<br \/>\nUchar suv o\u02bbrniga havoni xo\u02bbplab,<br \/>\nOsmon sahrosida qushlar karvoni.<\/p>\n<p>Faqat Haqqa ayon maqsad, matlabi,<br \/>\nUlar uchar issiq o\u02bblkalar tomon.<br \/>\nO\u02bbychan hushtak chalar etikdo\u02bbz kabi,<br \/>\nDalalarda daydib zerikkan shamol.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>03\/03\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ma&#8217;yus chiroqlarning olmos chamani<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xilvatda erinib xuradi itlar,<br \/>\nChor taraf oqarar oydinda sutdek.<br \/>\nQadam tovushimdan yulduzlar, titrab,<br \/>\nSohil suvlariga to\u02bbkildi tutdek.<\/p>\n<p>Kuyganyor tomonda chinqirib, chorlar,<br \/>\nTemir yo\u02bblning uchqur po\u02bblat samani.<br \/>\nZulmatli dala -dasht ortida porlar,<br \/>\nMa&#8217;yus chiroqlarning olmos chamani.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>17\/06\/2022. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yulduzli osmon<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Gulxan lovullaydi, zulmatli dala,<br \/>\nUchqunlar chirsillab, uchar havoga.<br \/>\nYonarqurt cingari tovlangancha alar,<br \/>\nOsmonu falakka bo\u02bblar ravona.<\/p>\n<p>Yonar g\u02bbo\u02bbzapoya, shabba, xoru xas,<br \/>\nYolg\u02bbizlik, sukunat, oydin halovat.<br \/>\nNazarimda go\u02bbyo yulduzlarga emas,<br \/>\nGulxan uchquniga to\u02bbldi samolar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>01\/02\/2020.Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hademay uyquga ketadi dala<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Osmonni to\u02bbldirib, gala va gala,<br \/>\nJanubga uchadi muhojir qushlar.<br \/>\nUyquga ketadi hademay dala,<br \/>\nKo\u02bbrmoq uchun oppoq, hayrli tushlar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>23\/07\/2022. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Tungi laylakqor<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yo\u02bbqdir qorzarralar sanog\u02bbi, soni,<br \/>\nQish zulmat qa&#8217;rida shopiradi qor.<br \/>\nYoridan ayrilgan odamday fonus,<br \/>\nQor qoplagan yo\u02bblga boqar intizor.<\/p>\n<p>Ayvonda ag\u02bbrayib yotar kovushlar,<br \/>\nHayratdan og\u02bbzini ochgancha, hamon.<br \/>\nKimsasiz ko\u02bbchada izg\u02bbib, xovuchlab,<br \/>\nDarchalarga guruch sochadi shamol.<\/p>\n<p>Qorli yo\u02bblga boqib, xayoling og\u02bbar,<br \/>\nOqarar ohista dala, qir &#8212; qiya.<br \/>\nQor asta shivirlab, jimgina yog\u02bbar,<br \/>\nEl -ulus uyg\u02bbonib ketmasin deya.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>23\/01\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Oy<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Oy, osmon toqida gullading, o\u02bbsding,<br \/>\nSohildagi oppoq nilufar kabi.<br \/>\nNahot yo\u02bbqlab kelmas bironta do\u02bbsting?<br \/>\nPo\u02bblat ekan sendagi toqat va sabr.<\/p>\n<p>G\u02bbamgin yoritasan zulmatlar cho\u02bbkkan,<br \/>\nJim -jit va kimsasiz yo\u02bbllarni gohi.<br \/>\nEtgan mahal olis yulduzli ko\u02bbkka,<br \/>\nYolg\u02bbiz chirildoqning faryodi, ohi&#8230;<\/p>\n<p>Xovlimizda o\u02bbsib yotar sho\u02bbralar,<br \/>\nMen ko\u02bbchib ketganman, tushunsangchi, hoy.<br \/>\nTunlar meni izlab, ma&#8217;yus mo\u02bbralab,<br \/>\nSingan derazadan qarayverma, oy.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>25-06-2025.<br \/>\nKech soat 6:07.<br \/>\nKanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kitobsevar<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shovullaydi shamol shashtida o\u02bbrmon,<br \/>\nYolg\u02bbiz uchib yurar daydi kapalak.<br \/>\nOsmon bulutlardan ko\u02bbtarar xirmon,<br \/>\nUzoqda qorayar kulba, kapalar.<\/p>\n<p>Bog\u02bblarda bir o\u02bbzi beg\u02bbam, bezarar,<br \/>\nShamol kezib yurar, ko\u02bbzlari so\u02bbqir.<br \/>\nNovdasiga qo\u02bbngan kapalakni daraxt,<br \/>\nOppoq kitob kabi avaylab o\u02bbqir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>08\/02\/2020. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qish kechasi<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Chiyillar bo\u02bbronda dov &#8212; daraxt shoxi,<br \/>\nQaraysan darchangdan zulmatlarga jim.<br \/>\nGoh oldga intilib, turtinib gohi,<br \/>\nQorga belangancha borar allakim.<\/p>\n<p>Go\u02bbyo guruch sochar bo\u02bbron darchaga,<br \/>\nUzoq termulasan yo\u02bblga intizor.<br \/>\nShahar uxlab yotar, qattiq charchagan,<br \/>\nFonus to tongacha maydalaydi qor.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>18\/06\/2022. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Cadoqatli chirildoq<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Oqshom. Dala xovli, o\u02bbyga cho\u02bbmasan,<br \/>\nXonang derazasin bog\u02bblarga ochib.<br \/>\nMenchi kiprik qoqmay turaveraman.<br \/>\nEring kelganda ham ketmayman qochib.<\/p>\n<p>Esingdami, seni firoq o\u02bbtida,<br \/>\nKuydirib, bir zamon ketgandim o\u02bblib?<br \/>\nMana, tag\u02bbin qaytib keldim yoningga.<br \/>\nQaytadan tirilib, chirildoq bo\u02bblib.<\/p>\n<p>Xovlingda buncha ko\u02bbp bo\u02bblmasa gullar?<br \/>\nYo bugun bayrammi, gullar saylimi?<br \/>\nSevgilim, shu gullar ochilib yotgan,<br \/>\nXovlingda chirillab yursam maylimi?<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>1999 yil , avgust .Toshkent.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hayrat<br \/>\n(Adabiyotshunos olim Rahmon Qo\u02bbchqorga)<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kimsasiz sukunat berar aks &#8212; sado,<br \/>\nDaryolar ortida ko\u02bbppaklar xursa.<br \/>\nFaqat jim kuzatar dunyoni Xudo,<br \/>\nU ovozsiz urar, mobodo ursa.<\/p>\n<p>Darchaning ko\u02bbzlari tushganday oqib,<br \/>\nZulmatda mast -alast valdiraydi soy.<br \/>\nO\u02bbriklar gullagan bog\u02bblarga boqib,<br \/>\nYana angraygancha tildan qoldi oy.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>03\/02\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Do\u02bbsti ham yo\u02bbq uning Xudodan boshqa<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>U doim och yurar, ammo ko\u02bbngli to\u02bbq,<br \/>\nO\u02bbsha, yozganlarin bizdan yashirgan.<br \/>\nHatto bitta dala xovlisi ham yo\u02bbq,<br \/>\nYozgan kitoblari chiqmas nashrdan.<\/p>\n<p>Usti boshi yupun, aqchasi kamroq,<br \/>\nDo\u02bbsti ham yo\u02bbq uning Xudodan boshqa.<br \/>\nQayga borsa, doim soyasi hamrox,<br \/>\nVatan deb boshini uradi toshga.<\/p>\n<p>Tomlar bo\u02bbg\u02bbotiga berkinsa qushlar,<br \/>\nTunlari laylakqor yog\u02bbsa bo\u02bbralab,<br \/>\nTilaydi qushlarga hayrli tushlar,<br \/>\nPastak derazadan g\u02bbamgin mo\u02bbralab,<\/p>\n<p>Kumushdek yaraqlar sochida qirov,<br \/>\nYomg\u02bbirdan keyingi ko\u02bblmakka boqsa.<br \/>\nZulmatlarda yuzi yorishgay biroz,<br \/>\nShe&#8217;rlarini kuzgi gulhanda yoqsa.<\/p>\n<p>Emishi qattiq non, ichimligi suv,<br \/>\nUyi yo\u02bbq, sovuqda yurar qunushib,<br \/>\nOrtidan ergashgan ko\u02bbppak bilan u,<br \/>\nBir burda nonini eydi bo\u02bblishib.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>27-06-2025.<br \/>\nKunduz soat 10:00.<br \/>\nKanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yoz oqshomi<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Tun. Osuda jimlik, havo musaffo,<br \/>\nOy hamon yoritar Xudoning mulkin.<br \/>\nKecha shu qadar jim, sokinki, hatto,<br \/>\nBaqalar ovozin eshitish mumkin.<\/p>\n<p>Moped tirillatib, oy mudragan payt,<br \/>\nKimdir xorib, charchab, uyiga qaytar.<br \/>\nBu haqda kimsasiz, sokin sukunat,<br \/>\nQulog\u02bbimga sekin, shivirlab aytar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>01\/07\/2022. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Niyat<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Zulmatda chirildoq chirillagan on,<br \/>\nOdam bo\u02bblib, elning koriga yarab,<br \/>\nYag\u02bbir do\u02bbpping kiyib, elkangda ketmon,<br \/>\nDalalarda yursang yolg\u02bbiz, suv tarab.<\/p>\n<p>Yulduz inson ko\u02bbzi ilg\u02bbamas joyga,<br \/>\nNayzaday sarosar uchsa ovozsiz.<br \/>\nSoatlab termulsang porlagan oyga,<br \/>\nOddiy suvchi bo\u02bblsang, bo\u02bblsang savodsiz.<\/p>\n<p>Shiypon tamondagi so\u02bbrida yotsang,<br \/>\nG\u02bbir &#8212; g\u02bbir esaversa tungi shabada.<br \/>\nUyg\u02bbonsang to\u02bbrg\u02bbaylar chuldirayotgan,<br \/>\nO\u02bbz ona yurtingda, tongi dalada.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>7-avgust, 2010 yil.Toronto shahri, Kanada.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ko\u02bbklam chaqinlari<br \/>\n(Iste&#8217;dodli shoir Jontemirga)<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bog\u02bblarga ochilgan darchalar romi,<br \/>\nSukunatga cho\u02bbmgan o\u02bbtlog\u02bbu dala.<br \/>\nShivirlar bahorning yomg\u02bbirli shomi,<br \/>\nOhista, hech kimga bermasdan halal.<\/p>\n<p>Yomg\u02bbirli zulmatda uzoq yaqinlar,<br \/>\nXayolga botganday charog\u02bbon kunsiz,<br \/>\nChaqnaydi olisda g\u02bbamgin chaqinlar,<br \/>\nOsmon bilan erni payvandlab unsiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>16\/03\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ipi qo\u02bbldan chiqqan pufak kabi oy<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Poyonsiz samolar sahrosida quyosh,<br \/>\nDumalar yonayotgan shuvoq singari.<br \/>\nDalalarga qo\u02bbnar shom hasrati yuvosh,<br \/>\nCho\u02bbkar daryolarga oyning langari.<\/p>\n<p>Chirildoq goh jo\u02bbshib, gohida to\u02bbxtab,<br \/>\nChirillar, topolmay berkingani joy.<br \/>\nIpi qo\u02bbldan chiqqan pufakka o\u02bbxshab,<br \/>\nOsmonu falakka ko\u02bbtarilar oy.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>25\/01\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Tungi laylakqor<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>U stol ustida yotgan qog\u02bboz markaziga<br \/>\nqalam bilan nuqta qo\u02bbyarkan, dedi:<br \/>\n-Bechora, qanchalar yolg\u02bbiz u<br \/>\nqog\u02bbozning qor bosgan dalalarida!..<br \/>\nSo\u02bbngra shosha pisha o\u02bbchirgich bilan<br \/>\no\u02bbchirarkan nuqtani, o\u02bbziga o\u02bbzi:<br \/>\n-Endi qorbo\u02bbronda ko\u02bbrinmay ketdi &#8212;<br \/>\ndedi, qayg\u02bbu bilan chuqur xo\u02bbrsinib.<br \/>\nSo\u02bbng darcha ortida bo\u02bbralab yog\u02bbayotgan<br \/>\ntungi laylakqorga termuldi uzoq.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>05\/02\/2020.<br \/>\nKech soat 5:55.<br \/>\nKanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>El -ulusni uyqu elitgan mahal<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Uzoqlarda faryod ko\u02bbtarar poyiz,<br \/>\nUxlar chiroqlarga talangan shahar.<br \/>\nOy kezar dalalar ustida ma&#8217;yus,<br \/>\nEl -ulusni uyqu elitgan mahal.<\/p>\n<p>Kimsasiz, qorong\u02bbu zulmat qa&#8217;rida,<br \/>\nAkillaydi daydib, charchagan itlar.<br \/>\nYulduzlar koinot kipriklarida,<br \/>\nOmonat ko\u02bbz yoshi singari titrar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>04\/03\/2020.<br \/>\nKunduz soat 4:51.<br \/>\nKanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>To\u02bbzg\u02bboq<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ko\u02bbcha fonusini ayovsiz talar,<br \/>\nOppoq qorchivinlar mo\u02bbri malaxdek.<br \/>\nBo\u02bbronda mast -alast garmonmi chalar,<br \/>\nQalin qor qoplagan bog\u02bbda daraxtlar?<\/p>\n<p>Dalalar suprasi oqarib yotar,<br \/>\nXaloyiq charchagan, yotibdi uxlab.<br \/>\nShamol esa, loqayd, beg\u02bbam, bexatar,<br \/>\nTomdagi qorlarni to\u02bbzg\u02bbitar puflab.<\/p>\n<p>Daraxtlar bir birin yurar axtarib,<br \/>\nQo\u02bbzg\u02bbolganday go\u02bbyo borliqda maxshar.<br \/>\nXayoli parishon ko\u02bbcha fonuslari,<br \/>\nMahzun to\u02bbzg\u02bbiyotgan to\u02bbzg\u02bboqqa o\u02bbxshar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>04\/03\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kakkuqush ini<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bir odam qo\u02bblida uzun tayoq bilan,<br \/>\nKakkuqush iniga termulganicha uzoq<br \/>\nkutib turdi uning indan chiqishin.<br \/>\nVa nihoyat kulrang kakkuqush indan<br \/>\nboshin chiqargancha: &#8212; kakku! kakku! -deya<br \/>\no\u02bbzini unitib sayray boshladi.<br \/>\nKutib turgan odam qulochkashlab turib,<br \/>\nqo\u02bblidagi tayoq bilan bir turtgan edi,<br \/>\nkakkuqush gilamga top etib tushdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>22\/02\/2020. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shom hasrati<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Olis okeanlar ortida qolgan,<br \/>\nUy eshigi balki, turar ochilib.<br \/>\nG\u02bbamgin oy shu&#8217;lasi to\u02bbshalgan polda,<br \/>\nKitoblarim yotar sochilib.<\/p>\n<p>Yulg\u02bbun o\u02bbsgan baland jarlar uzra jim,<br \/>\nSas &#8212; sadosiz asta ko\u02bbtarilsa oy,<br \/>\nYorishib ketadi mening lablarim,<br \/>\nLa&#8217;lin lablaringa muxr bosgan joy.<\/p>\n<p>Pastak kulbalarda chiroq yoqarlar,<br \/>\nKimsasiz dalalar sukutga cho\u02bbmar.<br \/>\nYum &#8212; yum yig\u02bblab, oxir iskabtoparlar,<br \/>\nShom hasratin oydin sohilga ko\u02bbmar.<\/p>\n<p>Porlasa oy samo kengliklarida,<br \/>\nVisol onlarini eslasang gohi,<br \/>\nTunni zirillatib, zulmat qa&#8217;rida,<br \/>\nUzoq chirillaydi sevgi arvoxi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>09\/04\/2011 Kanada.Toronto shahri.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yulduzli osmon<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Gulxan lovullaydi, zulmatli dala,<br \/>\nUchqunlar chirsillab uchar havoga.<br \/>\nYonarqurt singari tovlangancha alar,<br \/>\nOsmonu falakka bo\u02bblar ravona.<\/p>\n<p>Yonar g\u02bbo\u02bbzapoya, shabba, xoru xas,<br \/>\nYolg\u02bbizlik, sukunat, oydin halovat.<br \/>\nNazarimda, go\u02bbyo yulduzlarga emas,<br \/>\nGulxan uchquniga to\u02bbldi samolar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>01\/02\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Avgust<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Odimlab borardi yo\u02bblda allakim,<br \/>\nGoho kular edi, yig\u02bblardi gohi.<br \/>\nSoyasi ergashib borar edi jim,<br \/>\nOlis uvotlarda popishak ohi.<\/p>\n<p>Bugun bayram, ya&#8217;ni, tug\u02bbilgan kuni,<br \/>\nMayxo\u02bbrlar fe&#8217;lini bo\u02bblmas tuzatib.<br \/>\nDaydi kapalaklar galasi uni,<br \/>\nUyiga etguncha qo\u02bbydi kuzatib.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>18\/06\/2022. Kunduz soat 3:47. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qorbo\u02bbron<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ulovlar ham charchadi, tindi,<br \/>\nOppoq qorga belandi shahar.<br \/>\nKo\u02bbmib tashlar borliqni endi,<br \/>\nQor tinmasa to tonga qadar.<\/p>\n<p>Cho\u02bbzilgancha o\u02bbrnimga shu dam,<br \/>\nQordek oppoq o\u02bbylarga botdim.<br \/>\nYo uy yorug\u02bb qor shu&#8217;lasidan,<br \/>\nYo chiroqni o\u02bbchirmay yotdim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>24 oktyabr, 2014. Kanada. Bremton shahri.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>G\u02bbozlar galasining bo\u02bbm -bo\u02bbsh chelagi<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yomg\u02bbirdan keyingi musaffo havo,<br \/>\nDov &#8212; daraxt o\u02bby surar, ko\u02bblmakka boqib.<br \/>\nDarchalardan yo\u02bblga termular avom,<br \/>\nXayol degan cheksiz daryoda oqib.<\/p>\n<p>Bulutlar podasi samo dashtida,<br \/>\nBo\u02bbsaday cho\u02bblpillar ariqning labi.<br \/>\nMajnuntol chayqalar shamol shashtida,<br \/>\nUnsiz yig\u02bblayotgan parizod kabi.<\/p>\n<p>Ko\u02bblmaklar ko\u02bbzgusi yotar bir yonda,<br \/>\nMarmarday yaltirar bog\u02bblar yo\u02bblagi.<br \/>\nG\u02bbiyt &#8212; g\u02bbiyt etar kuzgi g\u02bbamgin osmonda,<br \/>\nG\u02bbozlar galasining bo\u02bbm &#8212; bo\u02bbsh chelagi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>9 iyul, 2011 yil. Toronto shahri, Kanada.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bahor oqshomi<br \/>\n(Xalqimizning eng sevimli shoiralaridan biri Zebo Mirzaevaga)<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ko\u02bbz yoshday to\u02bbkilar gilos gullari,<br \/>\nSo\u02bbnadi ufqlarda otashi so\u02bbzon.<br \/>\nHalovat to\u02bbshalgan bog\u02bbda tunlari,<br \/>\nNafis oy shu&#8217;lasi, go\u02bbzal gul to\u02bbzon.<\/p>\n<p>Oppoq gul yog\u02bbadi misoli ro\u02bbyo,<br \/>\nOydinda yorishar ovoz etmas joy.<br \/>\nYaraqlagan chinni idishday go\u02bbyo,<br \/>\nSokin xovuzlarga cho\u02bbkib ketar oy.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>13 may, 2014 yil. Kanada. Brempton shahri.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Goho tushlaringa kiramanmi, ayt?<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Lovullab yonarkan kuzgi gulxanda,<br \/>\nGuv urar xayoli parishon bog\u02bblar.<br \/>\nO\u02bbychan kuz labida qaxrabo xanda,<br \/>\nQag\u02bbillar sukunat qo\u02bbynida zog\u02bblar.<\/p>\n<p>Izg\u02bbirinda yarim yalong\u02bboch, yupun,<br \/>\nYalang novdalari qolsa ham qaqshab,<br \/>\nOppoq choyshab ichra uxlamoq uchun,<br \/>\nBog\u02bblar echinganda ayolga o\u02bbxshab,<\/p>\n<p>Olis o\u02bblkalardan kelganday qaytib,<br \/>\nDarchangdan to\u02bblin oy mo\u02bbralagan payt,<br \/>\nAdashgan yo\u02bblovchi singari daydib,<br \/>\nGoho tushlaringa kiramanmi, ayt?<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>13 avgust, 2011 yil. Toronto shahri, Kanada.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yoz kechasi<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u02bbt -o\u02bblan kokilin avaylab tarar,<br \/>\nDaydi shabbodaning kemshik tarog\u02bbi.<br \/>\nBug\u02bbdoyzor ustida beg\u02bbam, bezarar,<br \/>\nYaraqlaydi oyning o\u02bbtkir o\u02bbrog\u02bbi.<\/p>\n<p>It xurar, sukunat berar aks -sado,<br \/>\nQo\u02bbl etmas yulduzlar sen kabi yiroq.<br \/>\nTebratar xovlida gullarni sabo,<br \/>\nXomush porlar daryo ortida chiroq.<\/p>\n<p>Oy homush borliqni nurga belaydi,<br \/>\nChirildoq chirillab, oxir charchagan.<br \/>\nIlohiy shivirday kirib keladi,<br \/>\nBaqalar ovozi ochiq darchadan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>24\/06\/2022. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sevgi yodi<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shivirlaydi tungi bog\u02bbda bargrezon,<br \/>\nIshga chiqmay qo\u02bbydi, charchab chumoli.<br \/>\nYo\u02bblaklarda o\u02bbychan shopirar xazon,<br \/>\nG\u02bbarib tiramoxning, g\u02bbamgin shamoli.<\/p>\n<p>Yo\u02bbllarga termulib, devordan bo\u02bbylab,<br \/>\nYupun dov -daraxtlar xorib, charchadi.<br \/>\nYolg\u02bbizlik haqida hikoya so\u02bbylab,<br \/>\nYig\u02bblab, tirnoqlaydi yomg\u02bbir darchani.<\/p>\n<p>So\u02bbylaydi o\u02bbtmishdan sehrli ertak,<br \/>\nKuzning sovuq, yarim yalong\u02bboch bodi.<br \/>\nDerazangni asta, avaylab chertar,<br \/>\nSevgining yomg\u02bbirda junjikkan yodi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>25-06-2025.<br \/>\nKech soat 10:44.<br \/>\nKanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Oy uzoq tinglaydi baqalar nutqin<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Vaqt oqsoqlanar, oyoqsiz yurar,<br \/>\nOsmon yulduzlarga yotar talanib.<br \/>\nOydinda xorigan ko\u02bbppakmi xurar,<br \/>\nUyg\u02bbotib uyquga ketgan dalani.<\/p>\n<p>Shamol ham xovlida daydimay qo\u02bbygan,<br \/>\nYotibdi qaydadir, misoli tutqun.<br \/>\nSohil suvlariga termulib, o\u02bbychan,<br \/>\nOy uzoq tinglaydi baqalar nutqin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>03\/07\/2022. Erta bilan soat 8:39. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qorli kecha va yorug\u02bb niyyat<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Oppoq qorzarralar uchquni sokin,<br \/>\nQo\u02bbnsa kipriginga, sochinga yuzlab.<br \/>\nDesang &#8212; nahot, sovuq bulutlar hokim,<br \/>\nOsmondan yulduzlar tushmoqda muzlab?<\/p>\n<p>Dala qor ostida mudragan chog\u02bblar,<br \/>\nDaydisak el &#8212; ulus yotganda uxlab.<br \/>\nQalin qorpo\u02bbstinga o\u02bbransa bog\u02bblar,<br \/>\nTugamasa tunga berilgan muxlat.<\/p>\n<p>Soyamiz tutashsa, uchqunlar tinmay,<br \/>\nTo\u02bbzg\u02bbisa, chirpirab tushsa elanib.<br \/>\nUzoq suhbatlashsak, ketgimiz kelmay,<br \/>\nFonus yorug\u02bbida qorga belanib.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>20 oktyabr, 2014 yil. Kanada. Brempton shahri.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Zulmatlarda uchqunlaydi qor<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bu xazon, ko\u02bbzlari ojiz oshiqning<br \/>\nQo\u02bblidagi o\u02bbqilmagan xat.<br \/>\nKimsasizlik, sukunat balki,<br \/>\nSo\u02bbzsiz qo\u02bbshig\u02bbidir soqov hofizning.<br \/>\nMen bo\u02bblsam,<br \/>\nKuzgi dalalarda, tungi zulmatda<br \/>\nYolg\u02bbiz uvlayotgan qora shamolman.<br \/>\nSen pastak deraza yonida,<br \/>\nQirovli gulzorda bulbulni kutib,<br \/>\nMuzlab qolgan atirgulmisan?<br \/>\nChirpirab uchayotgan qor uchqunlarichi?<br \/>\nYorug\u02bb oynalarga talpinayotgan<br \/>\nSon &#8212; sanoqsiz oppoq parvonalarmi?..<br \/>\nAytgil, nima uchun, kimni sog\u02bbinib,<br \/>\nSochlari quvv oqardi qishning?<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>20 avgust, 2012 yil. Toronto shahri, Kanada.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kuzgi oynalarning unsiz ko\u02bbz yoshi<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yomg\u02bbirda olmosday yaltiraydi tosh,<br \/>\nTabiat xayolchan boqadi romdan.<br \/>\nGo\u02bbyo yog\u02bbayotgan yomg\u02bbirmas, ko\u02bbz yosh,<br \/>\nKo\u02bbzlaringdan duvillab tomgan.<\/p>\n<p>O\u02bbtasan, xayolchan, soyabon qo\u02bblda,<br \/>\nDeyman -o\u02bbngimmi bu, va yoki ro\u02bbyo?<br \/>\nDov -daraxt soyasi ko\u02bblmakli yo\u02bblda,<br \/>\nCho\u02bbkib yotar shaffof ko\u02bbzguga go\u02bbyo.<\/p>\n<p>Firoq tig\u02bbi jismu jonim qiymalar,<br \/>\nMum kabi eriydi izlaringda qum.<br \/>\nTermulib sen ketgan yo\u02bblga oynalar,<br \/>\nYolg\u02bbiz odam kabi yig\u02bblaydi yum &#8212; yum.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>31 iyul, 2011 yil. Toronto shahri, Kanada.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Tungi qo\u02bbng\u02bbiroq<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yo\u02bblovchi turtinib borar ko\u02bbchada,<br \/>\nQorzarralar aro, ko\u02bbzlab uyini.<br \/>\nQaysidir darchada chiroq o\u02bbchadi,<br \/>\nChirpiraydi telba qorlar quyuni.<\/p>\n<p>Qor hamon qiyalab yog\u02bbadi tinmay,<br \/>\nXaloyiq dong qotib uxlagan payti.<br \/>\nZulmatlardan menga so\u02bbngi tramvay,<br \/>\nQo\u02bbng\u02bbiroq qiladi qayta va qayta.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>24\/02\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hijron<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Izg\u02bbirin darchalar oynasin yalar,<br \/>\nQor bosgan yo\u02bbllarning yo\u02bbqday poyoni.<br \/>\nQorchivinlar ko\u02bbcha chirog\u02bbin talar,<br \/>\nTegmasa ham uning elga ziyoni.<\/p>\n<p>Darichang ortida yog\u02bbar laylakqor,<br \/>\nXushtak chalar ayoz, qo\u02bblida chalg\u02bbi.<br \/>\nYostig\u02bbing yakkamas, bola chaqang bor,<br \/>\nLek hamon dunyoda yashaysan yolg\u02bbiz.<\/p>\n<p>Tortganicha oyu yillar tanobin,<br \/>\nO\u02bbtarkan shuncha yoz, bahoru qishlar,<br \/>\nSen hamon ichasan ko\u02bbz yosh sharobin,<br \/>\nTunlar gazakiga yostig\u02bbing tishlab.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>13\/02\/2020. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kech kuz<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Nechun qovog\u02bbingni uyasan, havo?<br \/>\nNega achchiq achchiq yig\u02bblab, yomg\u02bbirlar<br \/>\nko\u02bbchada ayovsiz savalar meni?<br \/>\nKo\u02bblmak ham ataylab akc etdirar<br \/>\noyog\u02bbimni osmondan qilib.<br \/>\nMen sizlarga nima yomonlik qildim?<br \/>\nBog\u02bbdagi inlarini xuvillatib,<br \/>\nuchib ketgan bo\u02bblsa janubga qushlar,<br \/>\nayb mendami?..<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>02\/08\/2022. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qat&#8217;iy qaror<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Etar daydiganim, qaytaman uyga,<br \/>\nKechirgandir meni hokim hukumat.<br \/>\nSog\u02bbintirdi shamol kapalak quvgan,<br \/>\nQadrdon dalalar, sokin sukunat.<\/p>\n<p>Borliqni uyg\u02bbotar tongi shabada,<br \/>\nJo\u02bbnayman o\u02bbrilgan bug\u02bbdoyzor tomon.<br \/>\nTo\u02bbrg\u02bbaylar qo\u02bbshig\u02bbin tinglab dalada,<br \/>\nXashak jamg\u02bbaraman, to\u02bbplayman somon.<\/p>\n<p>Qaylardadir eshak xangraydi uzoq,<br \/>\nMaynalar qo\u02bbnadi sigir shoxiga.<br \/>\nTo\u02bbxtab keng dalada, tutaman quloq,<br \/>\nUzoqdan hasratli kakku ohiga.<\/p>\n<p>Qadrdon so\u02bbqmoqni izlab topaman,<br \/>\nMenga bosh irg\u02bbaydi o\u02bbtloqda biya.<br \/>\nHayratdan ochilgan og\u02bbzim yopaman,<br \/>\nAri-pari kirib ketmasin deya.<\/p>\n<p>Yolg\u02bbiz, Cho\u02bbchqaxona* tomonda yursam,<br \/>\nDil qushim qutilgan kabi tuzoqdan.<br \/>\nZilolmos* tarafda xayqirib, xursand,<br \/>\nPoezd gudok berar menga uzoqdan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>19\/02\/2020. Kanada.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Cho\u02bbchqaxona* &#8212; biz yoshlikda futbol o\u02bbynab katta bo\u02bblgan qadimiy cho\u02bbchqaxona xarobalari.<\/p>\n<p>Zilolmos* &#8212; yuk tashuvchi poezdlar o\u02bbtadigan Kuyganyordagi yashil rangli metall ko\u02bbprik. Zeleniy most.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Chiroq<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Paypaslar dov-daraxt shoxini shamol,<br \/>\nOyoqsiz va qo\u02bblsiz, ko\u02bbzlari so\u02bbqir.<br \/>\nO\u02bbksinib yig\u02bblaydi bulutli samo,<br \/>\nYomg\u02bbir tovuq kabi yo\u02bbllarni cho\u02bbqir.<\/p>\n<p>Yomg\u02bbirli yo\u02bbllarga parishon boqib,<br \/>\nYoril, tosh! -desangda yorilmaydi tosh.<br \/>\nTunlari oshxona chirog\u02bbin yoqib,<br \/>\nShe&#8217;rlarim o\u02bbqiysan, ko\u02bbzda jiqqa yosh.<\/p>\n<p>O\u02bblma, uzoq yasha, uqboga ko\u02bbchma,<br \/>\nTilsa, o\u02bbrtasa ham bag\u02bbringni firoq.<br \/>\nPorlab tur ummonlar ortida, o\u02bbchma,<br \/>\nUmrim zulmatlarin yoritgan chiroq!<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>26-06-2025.<br \/>\nTungi soat 9:38.<br \/>\nKanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Pichan o\u02bbrayotgan odam<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>To\u02bbrg\u02bbaylar chiyillab chaladi xushtak,<br \/>\nQirda o\u02bbt o\u02bbraman, qo\u02bblimda chalg\u02bbi.<br \/>\nKayfiyatim a&#8217;lo, engilman qushdek,<br \/>\nDaydi shamol sang\u02bbib yuribdi yolg\u02bbiz.<\/p>\n<p>Uzoqda qorayar kulba, kapalar,<br \/>\nGullabdi o\u02bbt -o\u02bblan ichida tikan.<br \/>\nUchib yurgan oppoq g\u02bbamgin kapalak,<br \/>\nMarhuma onamning arvohimikan?<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>12\/07\/2022.<br \/>\nKunduz soat 2:47.<br \/>\nKanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yildirim<br \/>\n(Hamqishlog\u02bbim, marhum shoir Olimjon Matmurodov hotirasiga)<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Chaqinlar olisda chaqmoqtosh yoqar,<br \/>\nDov daraxt lashkari tushgan asirga.<br \/>\nQo\u02bbshog\u02bbiz miltiqdan go\u02bbyo o\u02bbq otar,<br \/>\nOsmonni larzaga solib, qasirg\u02bba.<\/p>\n<p>Sel sharros quyadi, shiddati jiddiy,<br \/>\nO\u02bbt o\u02bblan qo\u02bbrquvdan qaltirab, qaqshar.<br \/>\nZulmatda yalt etgan yildirim, xuddi,<br \/>\nInsonning lahzali umriga o\u02bbxshar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>16\/07\/2022. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ayriliq<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yoqmasam, ka &#8212; a -a &#8212; atta ko\u02bbcha &#8212; deding,<br \/>\nko\u02bbchaga chiqdim.<br \/>\nKo\u02bbcha jim &#8212; jit edi, kimsasiz, oydin.<br \/>\nMen avvallari bilmas ekanman,<br \/>\nko\u02bbchaning bunchalar<br \/>\nkatta bo\u02bblishin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>2002 yil , 2 oktyabr . Yarim tun .<br \/>\nAndijon shahri, 4 &#8212; kichik daxa.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Oydin kecha<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Oydin sukunatda qumloqni yuvgan,<br \/>\nSohil suvlarini keladi kechging.<br \/>\nXayol sursang yolg\u02bbiz, termulib suvga,<br \/>\nSenga halal bermaydi hech kim.<\/p>\n<p>Oppoq sukunatga o\u02bbranib uxlar,<br \/>\nO\u02bblguday charchagan dala, qir -qiya.<br \/>\nO\u02bbpishgani qo\u02bbrqar sevishgan juftlar,<br \/>\nBirontasi ko\u02bbrib qolmasin deya.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>12\/07\/2022. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u02bbrik gullagan kecha<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Oqarar loypaxsa devorlar osha,<br \/>\nOydinda gullagan o\u02bbriklar shoxi.<br \/>\nOsmonga yulduzlar sepkili toshar,<br \/>\nZulmatlar qa&#8217;rida chirildoq ohi.<\/p>\n<p>Oyning shu&#8217;lasidan qamashadi ko\u02bbz,<br \/>\nOlisda qorayib yotar qir -adir.<br \/>\nTo\u02bblin oy to\u02bbshaydi yo\u02bblaklarga bo\u02bbz,<br \/>\nYulduzlar bosirqab, uchar qaygadir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>13\/03\/2020.Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yo\u02bbl<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hotiramda hanuz pokiza, ravon,<br \/>\nYomg\u02bbirli o\u02bbsha yo\u02bbl, ikkimiz yurgan.<br \/>\nSehrli lahzalar yodimda hamon,<br \/>\nOdimladik shundoq yonma yon, birga.<\/p>\n<p>-Ikkimiz yurganda negadir, shu yo\u02bbl,<br \/>\nTez tugab qoladi &#8212; deding sen, asta.<br \/>\nHayrlashdik, qo\u02bblga tutashmadi qo\u02bbl,<br \/>\nChindan ko\u02bbcha tugab qoldi birpasda.<\/p>\n<p>Chiroqlar chamani ichra to sahar,<br \/>\nKezaman, o\u02bbtarkan lahzalar o\u02bbqdek.<br \/>\nOdimlayman yayov, dalli, darbadar,<br \/>\nSensiz endi yo\u02bblning poyoni yo\u02bbqdek.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>18\/03\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Zulmat<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>G\u02bbamgin miltillaydi uzoqlarda cho\u02bbg\u02bb,<br \/>\nnazarimda, tutunni tutunga ulab,<br \/>\ntamaki chekmoqda kashanda zulmat.<br \/>\nIchi mo\u02bbrining singari qorayib,<br \/>\no\u02bbpkasi ham chirib, tamom bo\u02bblgandir&#8230;<br \/>\nNega chekyapti ekan? Balki, xotini:<br \/>\n-Sen ham odamlarday, chet elga borib,<br \/>\nishlab, pul topib kelsang, o\u02bblasanmi? -deya,<br \/>\njanjal ko\u02bbtardimikin yarim kechasi?<br \/>\nO\u02bbzi xotinining jag\u02bbi yomonda.<br \/>\nIshqilib, oxiri bahayr bo\u02bblsin.<br \/>\nXudo ko\u02bbrsatmasin, xotini shunday<br \/>\njanjal qilaversa, chidolmay zulmat,<br \/>\nuzun arqon bilan, achchiq ustida<br \/>\nog\u02bbilxonaning yo\u02bbg\u02bbon peshxorisiga,<br \/>\nosib netib qo\u02bbysa o\u02bbzini shartta<br \/>\nko\u02bbring tomoshani.<br \/>\nDill! Dill!Dill!Dill! &#8212; deb yurguvchi<br \/>\nUral rusumli kajavali motosiklini<br \/>\nkapa kapa qilib xaydab, shogirdi bilan<br \/>\nuchastkavoy leytenant Shgabuddinov<br \/>\netib kelsa kerak, uzoq kutdirmay?..<br \/>\nYaxshisi, bu erdan surishim kerak&#8230;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>02\/07\/2022.<br \/>\nTungi soat 10:36.<br \/>\nKanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Tungi qorbo\u02bbron<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bo\u02bbron uvillaydi qorli dalada,<br \/>\nBo\u02bbg\u02bbzigacha qorga botgan o\u02bbt -o\u02bblan.<br \/>\nArang jon saqlaydi qushlar panada,<br \/>\nHech kim qor shopirmas shamoldan bo\u02bblak.<\/p>\n<p>Dalalar suprasi oqarib yotar,<br \/>\nFonus jim, mung\u02bbayib, qiymalaydi qor.<br \/>\nQor bosgan yo\u02bblakka to tonga qadar,<br \/>\nShu&#8217;la yog\u02bbiladi darichangdan yor.<\/p>\n<p>Qorbo\u02bbron faryodin tinglayman, yotib,<br \/>\nHar holda, sandal bor, sovqatsa qo\u02bblim.<br \/>\nIloho, zulmatda, qorlarga botib,<br \/>\nIzlab topolmasin kulbamni o\u02bblim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>01\/07\/2022. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>G\u02bbo\u02bbdaygan daraxtlar yutganmi xoda?<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Uzoqda hasratli maraydi buzoq,<br \/>\nLo\u02bbkillab qaytadi qishloqqa poda,<br \/>\nTolzorda chumchuqlar javraydi uzoq,<br \/>\nDaraxtlar qilt etmas, yutganday xoda.<\/p>\n<p>Qaydadir chirillar chirildoq tinmay,<br \/>\nEtimdek bir o\u02bbzi kezar daydi el.<br \/>\nSutdek oydin tunda uyqusi kelmay,<br \/>\nDarchalardan oyga termuladi el.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>13\/07\/2022. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Subhi sodiq<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xaloyiq dong qotib uxlaydi hamon,<br \/>\nQoraygan darchalar chirog\u02bbi o\u02bbchgan.<br \/>\nDaydib yurar dalli, devona shamol,<br \/>\nXovlidan xovliga ko\u02bbchgani ko\u02bbchgan.<\/p>\n<p>Yulduzlar to\u02bbkilib xovuchlaridan,<br \/>\nOsmon ham uyquga ketar hoyna hoy.<br \/>\nCharchab chirildoqning tovushlaridan,<br \/>\nBulut ko\u02bbrpasiga burkanadi oy.<\/p>\n<p>Daryoda otilgan olmadek oqib,<br \/>\nOy xorg\u02bbin ohista ortga qaytadi.<br \/>\nXovuz ko\u02bbzgusiga xayolchan boqib,<br \/>\nDov -daraxt tushini suvga aytadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>07\/03\/2022. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yomg\u02bbirli kuz<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yig\u02bblab, savalaydi bog\u02bblarni yomg\u02bbir,<br \/>\nchinor yaproqlari yamaydi yo\u02bblni.<br \/>\nDeraza ortida yalong\u02bbochlangan<br \/>\nnamchil novdalari kuzgi daraxtning.<br \/>\nBu yalong\u02bboch, achchiq novdalar bilan<br \/>\narzir savalasang o\u02bbzingni o\u02bbzing.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>20\/01\/2023. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Tungi yomg\u02bbir<br \/>\n(Taniqli honanda va bastakor Tolibjon<br \/>\nZokirovga.)<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Adoqsiz va bo\u02bbm &#8212; bo\u02bbsh ko\u02bbchada go\u02bbyo,<br \/>\ndaydib yurar, yomg\u02bbirda ivib,<br \/>\nyupun, yarim yalong\u02bboch ruhing.<br \/>\nItbaliqday titrar tomchilar<br \/>\nsovuq oynasida derazalarning.<br \/>\nYomg\u02bbirning chakida xaltasidan<br \/>\ntomayotgan chakkilar emas,<br \/>\nchiqillaydi devorda soat.<br \/>\nTashqarida qarsak chaladi yomg\u02bbir,<br \/>\nichkarida esa, tanho bir o\u02bbzing.<br \/>\nPastak darichadan, xorg\u02bbin va ma&#8217;yus<br \/>\nfonus yorug\u02bbida jimirlayotgan<br \/>\nko\u02bblmaklarga boqasan uzoq.<br \/>\nShovullar qulog\u02bbing chig\u02bbanog\u02bbida<br \/>\nqadimiy dengizday yomg\u02bbir shovqini.<br \/>\nShu mahal, negadir, kutilmaganda,<br \/>\nyig\u02bblaging keladi unsiz, o\u02bbksinib,<br \/>\nlek yig\u02bblay olmaysan,<br \/>\nkimsasiz orolda yolg\u02bbiz yashayverib,<br \/>\nyig\u02bblashni unutgan odam singari.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>06\/03\/2022. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mo\u02bbjiza<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qor tilsiz soqov deb senga kim aytdi?<br \/>\nAxir u so\u02bbzlaydi, qo\u02bbshiq ham kuylar,<br \/>\nQorzarra to\u02bbzoni to\u02bbzg\u02bbigan payti,<br \/>\nKo\u02bbrinmay ketganda dalayu uylar.<\/p>\n<p>Qalin qor qoplagan ko\u02bbchada yursang,<br \/>\nBir o\u02bbzing, salmoqli qadamlar tashlab.<br \/>\nSoyaboning chertib, o\u02bbzicha xursand,<br \/>\nQor asta shivirlab, gapira boshlar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>21\/02\/2020. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qaxqaxa<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bog\u02bbda sang\u02bbib yurar daydi shabboda,<br \/>\nYulduzlar osilib turibdi arang.<br \/>\nOy, meni kechirgil, bilmay, mobodo,<br \/>\nTirnoqlagan bo\u02bblsam dildagi yarang.<\/p>\n<p>Soching ustarada taglab qiribsan,<br \/>\nMo\u02bbychinakda yulib, kiprigu qoshing.<br \/>\nOsmon sahrosida yolg\u02bbiz yuribsan,<br \/>\nArchilgan tuxumga o\u02bbxshaydi boshing.<\/p>\n<p>Kezasan, kimnidir topolmay, istab,<br \/>\nBaqalar sohilda safsata sotar.<br \/>\nTaqir boshing ko\u02bbrib, kulgisi qistab,<br \/>\nBulbullar oydinda qaxqaxa otar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>24\/06\/2022. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Landavur daraxtlar<br \/>\n(Jurnalist Vadim Sharfga)<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Zulmatda laylakqor yog\u02bbar bo\u02bbralab,<br \/>\nPichirlaydi darcha, go\u02bbyo alaxlar.<br \/>\nOppoq qorlar kafaniga o\u02bbranib,<br \/>\nMenga bunday boqmang, daraxtlar.<\/p>\n<p>Qaraysiz qor bosgan yo\u02bblga intizor,<br \/>\nKafanday oqarar qor bosgan dala.<br \/>\nKezaman, poyimda xurrak otar qor,<br \/>\nQorbo\u02bbron uylarning oynasin yalar&#8230;<\/p>\n<p>Yalang shoxingizda qirov yaraqlar,<br \/>\nChiqmaydi kulbangiz tomidan tutun.<br \/>\nKo\u02bbmir bo\u02bblmasa ham, hech yo\u02bbq, daraxtlar,<br \/>\nNahot topolmaysiz bir bog\u02bblam o\u02bbtin?..<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>29\/02\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Duogo\u02bby bog\u02bblar<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Talpinganday aziz avliyolarga,<br \/>\ntongda yo\u02bbl olaman yolg\u02bbiz bir o\u02bbzim,<br \/>\nolmoq uchun, hech kim yo\u02bbqlamay qo\u02bbygan<br \/>\nxazonli, kimsasiz bog\u02bblar duosin.<br \/>\nDuo qilar meni mahzun pichirlab,<br \/>\ng\u02bbarib, kuzgi yarim yalong\u02bboch bog\u02bblar,<br \/>\no\u02bbranib tumanlar uvadasiga.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>21\/06\/2022.<br \/>\nErta bilan soat 7:23.<br \/>\nKanada, Otario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qor<br \/>\n(Xalqimizning sevimli shoirlaridan biri Odil Ikromga)<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ohista o\u02bbchirib qora rangni qish,<br \/>\nBo\u02bbyaydi kimsasiz zulmatni oqqa.<br \/>\nXaloyiq uxlaydi beg\u02bbam, betashvish,<br \/>\nQarayman qorlardan oqargan yoqqa.<\/p>\n<p>Qorli tun, misoli ibtidoiy g\u02bbor,<br \/>\nKo\u02bbchada darbadar shamol xushtagi.<br \/>\nHamon o\u02bbsha o\u02bbsha, o\u02bbzgarmapti qor,<br \/>\nOy yoritgan dala kabi tushdagi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>05\/07\/2022. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>To\u02bblqinlar qo\u02bbypoda singari chopar<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sohilda qoyalar poyini yalab,<br \/>\nMoviy to\u02bblqinlarning galasi chopar.<br \/>\nDengiz ko\u02bbylagining etagi bilan,<br \/>\nOhista qumdagi izlaring yopar.<\/p>\n<p>Shovullar shamolda dengiz dalasi,<br \/>\nDelfinlar xanjari suvni chavaqlar.<br \/>\nQanotlari ila chag\u02bbalaylar galasi,<br \/>\nMoviy to\u02bblqinlarni o\u02bbqir, varaqlab.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>09\/02\/2020. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yomg\u02bbirli shahar<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yomg\u02bbirdan yuz yoshga yoshardi shahar,<br \/>\nAvtobus qayiqday yuradi suzib.<br \/>\nYo\u02bblovchilarga suv sachratib o\u02bbtar,<br \/>\nHammani kuldirib, ichagin uzib.<\/p>\n<p>Chiqar, old eshikka o\u02bbzini urar,<br \/>\nVa orqa tamondan tushadi avom.<br \/>\nAvtobus odamday tirjayib kular,<br \/>\nSo\u02bbng yana yo\u02bblida etadi davom.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>09\/02\/2020.Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xushtak<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Darchadan qorlarga qarayman hamon,<br \/>\nQutb qashqirimas, izg\u02bbirin uvlar.<br \/>\nQordan qanot yasab ucharkan shamol,<br \/>\nBurgutday qoruchqun ortidan quvlar.<\/p>\n<p>Qorzarralar uchar zulmatda o\u02bbqday,<br \/>\nOynalarni cho\u02bbqir ustiga ustak.<br \/>\nOlisda chinqirgan poezdga o\u02bbxshab,<br \/>\nOshxonada choynak chaladi xushtak.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>08\/02\/2020. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bog\u02bblar yarim yalong\u02bboch, yupun<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kuzning o\u02bbychan shamoli izg\u02bbir,<br \/>\nHazin xoru xazonlar ohi.<br \/>\nShamollarda chalar sibizg\u02bba,<br \/>\nDaraxtlarning yalong\u02bboch shoxi.<\/p>\n<p>Dala qo\u02bbriqchisi kiyingan yupun,<br \/>\nYoriladi kuzgi bog\u02bblar anori.<br \/>\nG\u02bbamgin havolarda suzadi tutun,<br \/>\nQishga tutashadi kuzning davomi.<\/p>\n<p>Shamol esa yurar timirskalanib,<br \/>\nGoho o\u02bbt &#8212; o\u02bblanni qayriydi, to\u02bbxtab.<br \/>\nXuddi galadoshin burga, bitlarin,<br \/>\nIzlayotgan maymunga o\u02bbxshab.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>07\/02\/3020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sukunat<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yolg\u02bbiz odimlaysan o\u02bbtloq tomonda,<br \/>\nKo\u02bbrinmaydi kuzgi yo\u02bbllarda birov.<br \/>\nSigiring izlaysan kuzgi tumanda,<br \/>\nQoshu kipriginga qo\u02bbnadi qirov.<\/p>\n<p>Bog\u02bblar sukunatga, xayolga botgan,<br \/>\nYostiq qilib yotar jimlik kovushin.<br \/>\nTinglash uchun asta uchib tushayotgan,<br \/>\nKuzgi yaproqlarning mungli tovushin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>11\/02\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qaldirg\u02bboch<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kuzda ketganingni sezmay qolamiz,<br \/>\nUmmonlar ustida uchasan oylab.<br \/>\nXazonrez bog\u02bblarda o\u02bbyga tolamiz,<br \/>\nOlis o\u02bblkalardan qaytishing poylab.<\/p>\n<p>Bo\u02bbronlar ham seni to\u02bbsolmas yo\u02bbldan,<br \/>\nSarosar uchishni yig\u02bbishtir, etar.<br \/>\nUy olib Maslaxat yo Oltinko\u02bbldan,<br \/>\nOdamday bir joyda yashasang netar?<\/p>\n<p>Har bahor xalloslab qaytib kelasan,<br \/>\nQishlasangda Misr va yoki Chinda,<br \/>\nChug\u02bbur chug\u02bbur sayrab, zavqqa to\u02bblasan,<br \/>\nLoylar marjonidan qurilgan inda.<\/p>\n<p>Loyni iylarmishsan tumshug\u02bbing bilan,<br \/>\nBu qanday guvalak, ayt, qanday usul?<br \/>\nKo\u02bblmaklarda goho aytgancha o\u02bblan,<br \/>\nCho\u02bbmilasan, vojib bo\u02bblganday g\u02bbusl.<\/p>\n<p>Bu yil yana izlab yashamoqqa joy,<br \/>\nEshitdim, qaldirg\u02bboch, kelibsan qaytib.<br \/>\nYana in quribsan, tumshug\u02bbingda loy,<br \/>\nBizni xasharga ham qo\u02bbymabsan aytib.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>24 may, 2014 yil.<br \/>\nTungi soat 1:17 daqiqa o\u02bbtdi.<br \/>\nKanada. Brempton shahri.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ko\u02bbzgu<br \/>\n(Xurshid Ziyoxonovga)<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sharros quyar ekan shovqinli jala,<br \/>\nGuldirak faryodi olamni tutar.<br \/>\nSeldan guvillagan o\u02bbtlog\u02bbu dala,<br \/>\nShiddatli yomg\u02bbirda ko\u02bbrinmay ketar.<\/p>\n<p>Lek shadid talo to\u02bbp ko\u02bbp o\u02bbtmay yana,<br \/>\nTaqa taq to\u02bbxtarkan, tinib qolar sel.<br \/>\nOsuda sukunat qo\u02bbngan ko\u02bbchaga,<br \/>\nXayolchan termular darchalardan el.<\/p>\n<p>Shalobbo bog\u02bblarda shodumon qushlar,<br \/>\nChug\u02bbur chug\u02bbur sayrab, safsata sotar.<br \/>\nKo\u02bbchada osmonu falakdan tushgan,<br \/>\nTubsiz, shaffof ko\u02bbzgu yaraqlab yotar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>23\/02\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yolg\u02bbizlik<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Goho uzoqlashar, goh kelar yaqin,<br \/>\nShamol o\u02bbpkasini ilgancha cho\u02bbpga,<br \/>\nQilich yalong\u02bbochlar zulmatda chaqin,<br \/>\nQaldiroq osmonni tutadi to\u02bbpga.<\/p>\n<p>Hademay dala &#8212; dasht qolar xuvillab,<br \/>\nQushlar ham yo\u02bbl olar janubga tomon.<br \/>\nDarbadar, egasiz itdek uvillar,<br \/>\nYaydoq dalalarda savdoi shamol.<\/p>\n<p>Xochparchin qilingan Isoday yupun,<br \/>\nQo\u02bbriqchi yo\u02bbllarga boqadi ilxaq.<br \/>\nKoyiydi o\u02bbzini, olmagani uchun,<br \/>\nQaytishga muhojir qushlardan tilxat.<\/p>\n<p>Uzun englarini siltab galaga,<br \/>\nQo\u02bbriqchi raqs tushar, ko\u02bbylagi bo\u02bbzdan.<br \/>\nBechora, bir o\u02bbzi biydek dalada,<br \/>\nYolg\u02bbiz yashayverib aqldan ozgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>15\/06\/2022. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hamqishloqlarni eslab<br \/>\n(Ovchi O\u02bbljaboy akaga bag\u02bbishlanadi)<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u02bblja aka, bormisiz salomat, omon,<br \/>\nYuribsizmi hamon, daryo yoqalab?<br \/>\nOy sohil suvlarin yoritgan zamon,<br \/>\nJo\u02bbr bo\u02bblib kuylagan chog\u02bbi baqalar?<\/p>\n<p>Qadim Cho\u02bbchqaxona, teraklar tollar,<br \/>\nQuloqni yorgudek qushlar shovqini.<br \/>\nKunbotar chog\u02bblari maragan mollar,<br \/>\nJarliklar soyasi, daryo to\u02bblqini.<\/p>\n<p>Do\u02bbstim Erkin bilan sigir boqardik,<br \/>\nO\u02bbtardik mollarni kechuvdan haydab.<br \/>\nOlovga termulib, gulxan yoqardik,<br \/>\nDaryo sohilida yurardik daydib.<\/p>\n<p>Shoshilmay o\u02bbtardi kechuvdan mollar,<br \/>\nShoxiga qo\u02bbndirib qushlarni gohi.<br \/>\nShovullardi shamol shashtida tollar,<br \/>\nYangrardi sohilda kakkular ohi.<\/p>\n<p>Chapaevning eri, shiypon, vaxmlar,<br \/>\nOlimjon Matmurod betakror shoir.<br \/>\nYurardi shirakayf, chizib rasmlar,<br \/>\nYozgan she&#8217;rlariga, qolardik qoyil.<\/p>\n<p>Daryo sohillarin yoritganda oy,<br \/>\nIlinar qarmoqqa sazanu laqqa.<br \/>\nO\u02bblja aka, rizq uchun, osmonga boqib,<br \/>\nShukrlar aytasiz janobi Haqqa.<\/p>\n<p>Bir chetda, hech kimga xalaqit bermay,<br \/>\nYashaysiz kamtarin avliyoga hos.<br \/>\nSiz kabi insonlar nomiga she&#8217;rmas,<br \/>\nBesh qismli Hamsa, doston yozsa oz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>04\/03\/2023.Kanada, Ontario shtati.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Van Gog<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qosh &#8212; kipriging, sochu soqoling malla,<br \/>\nKo\u02bbzlaring kirtaygan, yuzlaring chuvak.<br \/>\nBint bilan o\u02bbralgan uchburchak kalla,<br \/>\nYupqa lablaringda qimtilgan sumak.<\/p>\n<p>Shtrixmi yo to\u02bbzg\u02bbir kartinangda yung?<br \/>\nO\u02bbqrayib qaraysan, qovog\u02bbing uyib.<br \/>\nRanglar to\u02bbzonida jilvalanar mung,<br \/>\nUfqlarning etagi bormoqda kuyib.<\/p>\n<p>U yoqda o\u02bbt o\u02bblan dengizi bormish,<br \/>\nHali tushmaganmish bug\u02bbdoyga o\u02bbroq.<br \/>\nO telba musavvir, devona, darvesh,<br \/>\nMakoni yolg\u02bbizlik, jandasi firoq.<\/p>\n<p>Yulduzlar talaydi ko\u02bbkni beomon,<br \/>\nOlis kulbalarda chiroq yoqarlar.<br \/>\nUmidvor termular botargox tamon,<br \/>\nShomgi dalalardan kungaboqarlar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>7\/03\/2020. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Chigirtkalar yoprilishini kutib<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Quyosh g\u02bbamgin botar, sokin tong otar,<br \/>\nXuvillaydi bog\u02bblar kun o\u02bbtgan sayin.<br \/>\nSambittol hasratli o\u02bbylarga botar,<br \/>\nKokili shovullab shamolda mayin.<\/p>\n<p>Qushlar faryodidan yorilgudek samo,<br \/>\nEl qishni pinxona, orziqib kutar.<br \/>\nOppoq chigirtkalar bo\u02bbroni aro,<br \/>\nHademay dala dasht ko\u02bbrinmay ketar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>02\/03\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kuzgi sukunat<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kuzning lablarida qaxrabo xanda,<br \/>\nPichirlab nenidir aylar qiroat.<br \/>\nEgnida xazondan tikilgan janda,<br \/>\nMisli piri murshid, sohibkaromat.<\/p>\n<p>Kezadi xazonrez bog\u02bblarda tuman,<br \/>\nQiziqtirmas uni hokim, hukumat.<br \/>\nKamtarin donishmand avliyosimon,<br \/>\nVazmin xayol surar kuzgi sukunat.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>29\/02\/2020. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ehtiyoj ustiga qurilgan dunyo<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sevgi nima? -deya savol berarlar,<br \/>\nSevgi chidab bo\u02bblmas sirli ehtiyoj.<br \/>\nChidayotgan bo\u02bblsang, demak, sevmabsan.<br \/>\nBu ehtiyoj ustiga qurilgan dunyoda esa,<br \/>\nmuhtoj bo\u02bblmagan,<br \/>\ntilanchi bo\u02bblmagan biror kimsa yo\u02bbq.<br \/>\nHamma nimagadir, kimgadir muhtoj.<br \/>\nDunyo deb atalgan o\u02bbtkinchi, muvaqqat<br \/>\nhijrat hujrasida hamma muhojir.<br \/>\nBesh to\u02bbrt so\u02bbm pul topgan kishi bo\u02bblib,<br \/>\ng\u02bbaribroq odamga ko\u02bbz qiri bilan qarab,<br \/>\ntishlarini kovlab, kekirgan kimsa,<br \/>\nqilgan chala pucha ibodati evaziga,<br \/>\nbukchayib, tebranib, astoydil pichirlab,<br \/>\nko\u02bbzlarida shashqator ko\u02bbzyoshi bilan,<br \/>\nyig\u02bblab, tilanadi Xudodan sog\u02bblik,<br \/>\nmolu mulk, uzoq umr, mansab, martaba<br \/>\nmag\u02bbfiratu sersoya Jannatlardan joy.<br \/>\nHa, ehtiyoj ustiga qurilgan bu dunyoda<br \/>\nbarcha ehtiyojmand, barcha tilanchi.<br \/>\nDarchadan yo\u02bbllarga intizor boqqan<br \/>\netim kabi hamma mehrga muhtoj.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>01\/03\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Jirafa bilan suhbat<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Jirafa, lallayib yurguncha, buytib,<br \/>\nUzun bo\u02bbyning cho\u02bbzib, qarachi,<br \/>\nKo\u02bbrinarmi mening serquyosh yurtim,<br \/>\nSohillarga tutash paxta dalasi?<br \/>\nKo\u02bbkqarg\u02bba, qaldirg\u02bboch o\u02bbyib, in qurgan,<br \/>\nIlma teshik jarlar, misoli pishloq.<br \/>\nDaydi kapalaklar tentirab yurgan,<br \/>\nSoya salqin tolzor, qadrdon qishloq.<br \/>\nShamol shovullagan qamishli sohil,<br \/>\nUzoqda gulxanlar yotgandir tutab?<br \/>\nTinglab kakkularning hasratli ohin,<br \/>\nDexqonlar yurgandir sholisin o\u02bbtab?<br \/>\nQalin yog\u02bbochgardish ko\u02bbzoynak taqqan,<br \/>\nYo\u02bbl qarab, mung\u02bbaygan pastakkina uy.<br \/>\nKo\u02bbzyosh kabi toshib, limillab oqqan,<br \/>\nDaryo, bamisoli ohanrabo kuy.<br \/>\nKo\u02bbkda shodu xurram, bir birin qutlab,<br \/>\nchorloqlar chiyillab uchardi har tong.<br \/>\nQo\u02bby, sigir podasi yurardi o\u02bbtlab,<\/p>\n<p>Ko\u02bbrinmayaptimi?<\/p>\n<p>Attang&#8230;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>23\/02\/2020. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Uchrashuv<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Oydin yoz kechasi, musaffo havo,<br \/>\nKo\u02bbkda yulduzlarga etishmaydi joy.<br \/>\nSokin sukunatda besas, besado,<br \/>\nShu&#8217;lalar to\u02bbshaydi dalalarga oy.<\/p>\n<p>Tutdek to\u02bbkiladi yulduzlar suvga,<br \/>\nSohil baqa shovla qaynatar gohi,<br \/>\nO\u02bbt -o\u02bblanni kechki shudringlar yuvgan,<br \/>\nZulmatlarni teshar chirildoq ohi.<\/p>\n<p>Bo\u02bbg\u02bbiq akillaydi olisda itlar,<br \/>\nYig\u02bblaysan, ko\u02bbksimga qo\u02bbyganingcha bosh.<br \/>\nLablaring chetida omonat titrab,<br \/>\nOlmosday porlaydi bir tomchi ko\u02bbz yosh.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>06\/03\/2020. Kunduz soat 1:02. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yoriltosh<br \/>\n(Akter Farxod Abdullaevga)<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kulma, savol bilan murojaat etsam,<br \/>\nYo\u02bbl chetida yolg\u02bbiz so\u02bbppaygan ey tosh!<br \/>\nSenda ham bormi qalb, bormi hasrat, g\u02bbam,<br \/>\nChiqarmi sening ham ko\u02bbzingdan ko\u02bbzyosh?<\/p>\n<p>Sen ham sevganmisan birontasin, ayt?<br \/>\nKo\u02bbrganda tosh qotib, paypaslab ko\u02bbksing.<br \/>\nSokin sukunatda, oy porlagan payt,<br \/>\nKo\u02bbz yosh to\u02bbkkanmisan ovozsiz, o\u02bbksib?<\/p>\n<p>Sening boshingni ham yorganmi yog\u02bbiy?<br \/>\nKo\u02bbrinmas tosh bilan, ayt menga rostin.<br \/>\nBoshinga og\u02bbirroq ish tushgan chog\u02bbi,<br \/>\nKo\u02bbrib, ko\u02bbrmaganga olganmi do\u02bbsting?<\/p>\n<p>Qanday mavjudosan, nimasan, kimsan?<br \/>\nKel, bugun lojuvard nurlarga qoril.<br \/>\nGapirsangchi axir, ne uchun jimsan?<br \/>\nTosh, sen ham tosh bo\u02bblib bir bora yoril!<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>29\/07\/2019. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Isiriq tutatar bog\u02bblarda tuman<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Menga o\u02bbxshab yalqov, bekorchimas shamol,<br \/>\nU yupun bog\u02bblarni soliqqa tortar.<br \/>\nQushlar uchib ketar janubga tomon,<br \/>\nKundan kunga elning hayrati ortar.<\/p>\n<p>Isiriq tutatar bog\u02bblarda tuman,<br \/>\nTiyramox qushlarni janubga quvgan.<br \/>\nTol xovuz bo\u02bbyida serrayar hamon,<br \/>\nXayoli parishon, termular suvga.<\/p>\n<p>Xazonlarni quvlab daydi shabboda,<br \/>\nEsib o\u02bbtar ekan yonimdan shoshib,<br \/>\nBitta bargni tutib oldim havoda,<br \/>\nBosib ketmasin deb sho\u02bbrlikni moshin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>21\/02\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qo\u02bbnar dala &#8212; dashtning sochiga qirov<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xorigan yaproqlar, daqiqa sanab,<br \/>\nTop &#8212; toza yo\u02bblaklar uzra to\u02bbkilar.<br \/>\nShamol ivirsitgan yo\u02bblakka qarab,<br \/>\nFarrosh xo\u02bbmraygancha so\u02bbkinar.<\/p>\n<p>Qo\u02bbzg\u02bboladi ko\u02bbkda qushlar bo\u02bbroni,<br \/>\nOsmonga alanglab qaraydi barcha.<br \/>\nChirpirab raqs tushar bog\u02bblar xazoni,<br \/>\nSo\u02bbng erga qo\u02bbnadi ohista, charchab.<\/p>\n<p>Xazonlar sarg\u02bbayar, misoli musxaf,<br \/>\nQo\u02bbnar to\u02bbzg\u02bboqlarning sochiga qirov.<br \/>\nJanub tomon jo\u02bbnab ketadi kuz ham,<br \/>\nGuvillagan qushlar bo\u02bbroni aro.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>21\/02\/2020. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qaraysan, chelaging tushib qo\u02bblingdan<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qushlar uchar issiq o\u02bblkalar tomon,<br \/>\nHademay dalalar halovat topar.<br \/>\nMoylanmagan temir dorvozani shamol,<br \/>\nGoh qiyalab ochar, gohida yopar.<\/p>\n<p>G\u02bbamgin xo\u02bbrsinishdan endi ne foyda,<br \/>\nKuzmas, senga bahor ko\u02bbproq yoqardi.<br \/>\nSevgining ikkimiz uchrashgan joyda,<br \/>\nKuzgi qoqio\u02bbtday sochi oqardi.<\/p>\n<p>Osuda tumanli tiyramox tongi,<br \/>\nXazon chirpiraydi o\u02bbngu so\u02bblingda.<br \/>\nTurnalar faryodi to\u02bbla osmonga,<br \/>\nQaraysan, chelaging tushib qo\u02bblingdan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>19\/02\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sayr<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ko\u02bbkdan oy xayoli parishon boqar,<br \/>\nBaqalar zulmatda kuylaydi hamon.<br \/>\nOydinda sayr etish yaxshiyu, faqat,<br \/>\nYolg\u02bbizlik va yana sensizlik yomon.<\/p>\n<p>Oydin sukunatda dov daraxt mudrar,<br \/>\nOsmon la&#8217;l javohir -yulduzlarga boy.<br \/>\nYana bir oz porla dalalar uzra,<br \/>\nMeni yolg\u02bbiz tashlab ketib qolma, oy!<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>19\/02\/2020.<br \/>\nKunduz soat 2:44.<br \/>\nKanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Oydin sohillar<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kimdir yolg\u02bbiz suzar yog\u02bboch qayiqda,<br \/>\nBir maromda o\u02bbychan eshkaklar eshib.<br \/>\nYuksaladi ko\u02bbkka, aslo xayiqmay,<br \/>\nOy shu&#8217;ladan arqonlar eshib.<\/p>\n<p>Suzarkan ko\u02bbzagul ochilgan joyga,<br \/>\nMast alast chayqalar sohillarda suv.<br \/>\nBoqib daryo uzra porlagan oyga,<br \/>\nYovvoyi hayratdan angrayadi u.<\/p>\n<p>Osmon deb atalgan bepoyon tomda,<br \/>\nSukut saqlar olis yulduzlar minglab,<br \/>\nEshkaklardan asta chakillab tomgan,<br \/>\nTomchilarning tovushin tinglab.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>18\/02\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Og\u02bbzi qulog\u02bbida, jilmayar hilol<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Darchalarning ko\u02bbzi tushmasin oqib,<br \/>\nZulmat qamramasin o\u02bbngu so\u02bblimni.<br \/>\nDov &#8212; daraxtlar mash&#8217;alasin yoqib,<br \/>\nKuz yoritgan mahal mening yo\u02bblimni.<\/p>\n<p>Paypaslaydi chiroq shu&#8217;lasi bilan,<br \/>\nTraktor zulmatda kuzgi dalani.<br \/>\nMudrab yotar qishloq, misoli chaman,<br \/>\nChiroq chiviniga talanib.<\/p>\n<p>Oxista imlaysan, eshiging ochib,<br \/>\nParishon sochlaring o\u02bbynaydi shamol.<br \/>\nJilmayar, og\u02bbzining tanobi qochib,<br \/>\nShudgorlangan dala ustida hilol.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>17\/02\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qadam tovushlari<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xonada sukunat hukmron edi.<br \/>\nFaqat chiqillardi devorda soat.<br \/>\nShu mahal xonada o\u02bbtirgan odam<br \/>\nbirdan qo\u02bbrqib ketdi, eshitib,<br \/>\nsoniya ba soniya, daqiqa ba daqiqa<br \/>\ntobora yaqinlashib kelayotgan<br \/>\nsoat chiqillashiga o\u02bbxshab ketguvchi<br \/>\no\u02bblimining qadam tovushlarini.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>22\/03\/2024. Kech soat 7:34. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xiyobon<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yo piray, sen buni qaerdan bilding?<br \/>\nHa, bargi xazonlar chirpirab uchar.<br \/>\nTabiat hademay, erta yo indin,<br \/>\nBo\u02bblmasaydi qishning qahriga duchor.<\/p>\n<p>Bog\u02bbda bargi xazon uchadi pastlab,<br \/>\nNovdadan uzilib tushgani ozday.<br \/>\nDaftar ham qog\u02bbozdan qanotlar rostlab,<br \/>\nUchib ketmasaydi janubga g\u02bbozday.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>16\/02\/2020. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Oydin kecha<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>It quvgan soqovdek chopadi poyiz,<br \/>\nOg\u02bbir vagonlarni ortidan sudrab.<br \/>\nOy oppoq nilufar, osmon esa xovuz,<br \/>\nXurrak otar yalqov baqalar, mudrab.<\/p>\n<p>Bog\u02bblardan axtarar tunamoqqa joy,<br \/>\nDarbadar shabboda, ko\u02bbzlari so\u02bbqir.<br \/>\nDaraxt shoxlarining soyasidan oy,<br \/>\nYo\u02bblga to\u02bbshash uchun poyondoz to\u02bbqir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>15\/02\/2020. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ozodlik<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ochib yubordilar qafas darchasin,<br \/>\nOsmonu falakka havolandi qush.<br \/>\nUchdi u, unitib barcha &#8212; barchasin,<br \/>\nAnglolmay ko\u02bbrgani o\u02bbngmi yoki tush.<\/p>\n<p>Uchar qanotlari ketguday titilib,<br \/>\nParlarini shamol avaylab silar.<br \/>\nQafas, ozod bo\u02bblib, qushdan qutilib,<br \/>\nOg\u02bbzini lang ochgancha kular.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>15\/02\/2020.Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kechuv<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u02bbzanidan toshar bahorgi daryo,<br \/>\nBosar o\u02bbtloqlaru dala dashtni suv.<br \/>\nShamol tol kokilin o\u02bbynar beparvo,<br \/>\nGoho kapalakni quvlab ketar u.<\/p>\n<p>Ilonday po\u02bbst tashlab, qorpo\u02bbstinin echib,<br \/>\nYo\u02bbllar o\u02bbrmalaydi, bilmam, qayoqqa.<br \/>\nMoviy osmonlarni o\u02bbtadi kechib,<br \/>\nDaraxtlar, shoshilmay yog\u02bboch oyoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>14\/02\/2020. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Osmon sahrosida qushlar karvoni<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Chalinmadi hali cherkovlarda jom,<br \/>\nHali yangramadi masjidda azon.<br \/>\nQo\u02bbnmadi o\u02bbrmonlar etagiga shom,<br \/>\nPoyimda pichirlar duogo\u02bby xazon.<\/p>\n<p>Dov &#8212; daraxt jandasi oqar daryoda,<br \/>\nTobora yuksalar bulut xirmoni.<br \/>\nYig\u02bblab vidolashar, ko\u02bbtarar faryod,<br \/>\nOsmon sahrosida qushlar karvoni.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>14\/02\/2020.<br \/>\nKunduz soat 12:15.<br \/>\nKanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sog\u02bbinch<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>To\u02bblqinlar, uzoqdan meni ko\u02bbrib,<br \/>\nBir birini quvlab, qirg\u02bboqqa chopar.<br \/>\nSog\u02bbingan ayolday ulardan biri,<br \/>\nSakrab, quchog\u02bbimga o\u02bbzini otar&#8230;<\/p>\n<p>Olis hotiralar, biz uchrashgan joy,<br \/>\nChag\u02bbalaylar ohi girdibodimda.<br \/>\nIpakday sochlaring visolgoxda oy,<br \/>\nYoritgan laxzalar hamon yodimda.<\/p>\n<p>Borsam, tanirmikan daryoning labi,<br \/>\nOy hamon boqarmi yo\u02bblga intizor?<br \/>\nUchrashganda dengiz to\u02bblqinlari kabi,<br \/>\nOtasanmi o\u02bbzingni quchog\u02bbimga, yor?<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>13\/02\/2020. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sovg\u02bba<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Istasangiz, esdalik uchun shu pashshao\u02bbldirgichni sizga sovg\u02bba qilaman. Siz u bilan bekorchilik jonga tekkan mahallar, sokin sukunatli dala xovlingiz oynalariga qo\u02bbngan mudroq pashshalarni o\u02bbldirishingiz mumkin &#8212; deya men sohibjamol ayolga o\u02bbzimning yaqinda nashrdan chiqqan, yupqa daftarni eslatguvchi piyozpo\u02bbsti kitobimni sovg\u02bba qildim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>13\/02\/2020.<br \/>\nKunduz soat 10:10.<br \/>\nKanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Poezd<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Gohida o\u02bbrmalar, goh uchar qushday,<br \/>\nChinqirar zulmatda telbaga o\u02bbxshab.<br \/>\nUzoq &#8212; uzoqlarda chaladi xushtak,<br \/>\nPishqiradi xorg\u02bbin, qaydadir to\u02bbxtab.<\/p>\n<p>Mana ellik yilki, misoli haykal,<br \/>\nQaqqayib turibman, perron bag\u02bbri tosh.<br \/>\nHamon ketib borar bir pari paykar,<br \/>\nYum -yum yig\u02bblagancha, ko\u02bbzda jiqqa yosh.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>12\/02\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Oy porlagan oqshomlar<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bog\u02bblarda chirildoq chirillagan tun,<br \/>\nG\u02bbamnok bo\u02bbzaradi ayvon chirog\u02bbi.<br \/>\nParvonalar esa, charx urar beun,<br \/>\nTom ustida porlar oyning o\u02bbrog\u02bbi.<\/p>\n<p>Jovdiraydi olis yulduzlar ko\u02bbzi,<br \/>\nOy, gax! desang go\u02bbyo qo\u02bbngudek qo\u02bblga.<br \/>\nPaxsa devor osha, bo\u02bbynini cho\u02bbzib,<br \/>\nTeraklar do\u02bbstimday qaraydi yo\u02bblga.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>12\/02\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>To\u02bblin oy<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Gohida, quduqning og\u02bbziga o\u02bbxshash<br \/>\nto\u02bblin oyga uzoq termulganimcha,<br \/>\nqurib qolgan ko\u02bbxna quduq tubidagi<br \/>\nyolg\u02bbiz odam kabi sezaman o\u02bbzni.<br \/>\nGo\u02bbyo, zanjirini shaldiratganicha<br \/>\ntang\u02bbir tung\u02bbir qilib tushadiganday<br \/>\nyuqoridan bo\u02bbm -bo\u02bbsh quduq chelagi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>23 -03\/2924. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Suv tiniq, baliqlar biltanglab suzar<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Daryo to\u02bblqinlari qumloqni yalar,<br \/>\nSohillarda boshoq chiqargan sholi.<br \/>\nShitirlab, shivirlab, yomg\u02bbir savalar,<br \/>\nShamolda shovullar qamishlar yoli.<\/p>\n<p>Yomg\u02bbirli sohildan kelmaydi ketgim,<br \/>\nJimirlaydi suvda xalqalar minglab.<br \/>\nBoqaman qarmoqning po\u02bbkagiga jim,<br \/>\nPichirlagan yomg\u02bbir ohini tinglab.<\/p>\n<p>Yomg\u02bbir savalagan sohillar so\u02bblim,<br \/>\nKo\u02bbzlarim &#8212; bahoriy daryo o\u02bbzani.<br \/>\nSuv olgani kelsang sohilga, gulim,<br \/>\nKo\u02bbzlarimga botir ko\u02bbzani.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>12\/02\/2020. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qishki chivinlarning oppoq galasi<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ko\u02bbcha fonuslarin talaydi, to\u02bbzg\u02bbib,<br \/>\nOppoq chivinlarning telba galasi.<br \/>\nQalin qorko\u02bbrpalar ostida mizg\u02bbir,<br \/>\nZulmatda oqargan dexqon dalasi.<\/p>\n<p>Muz ostida mudrab yotibdi anhor,<br \/>\nKumush kishan, zanjir kabi shaldirab.<br \/>\nMayli hayallasin, kechiksin bahor,<br \/>\nKo\u02bbkda bo\u02bbkirmasin momaqaldiroq.<\/p>\n<p>To\u02bbzg\u02bbib uchaversin, to\u02bbxtamay bir zum,<br \/>\nOppoq qorzarralar gala va gala.<br \/>\nMayli bahorgacha uyquni ursin,<br \/>\nUzoqda kimsasiz qor bosgan dala.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>11\/02\/2020.Kanada. ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sahro<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sholoplaydi qirg\u02bboq, dengiz chayqalar,<br \/>\nOftob shu&#8217;lasida tovlanadi to\u02bbr.<br \/>\nGala gala uchgan oppoq chaykalar,<br \/>\nChiyillaydi dengiz shovqiniga jo\u02bbr.<\/p>\n<p>Qirg\u02bboqqa bosh urib, qiqirlab kulgan,<br \/>\nTo\u02bblqinlar bir birin quvlab, quvonar.<br \/>\nKimsasiz sahroda shamollar yulgan,<br \/>\nShuvoq, tuyaqorin kabi dumalab.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>10\/02\/2020. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yoz<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kapalaklar uchar o\u02bbngu so\u02bblimda,<br \/>\nTo\u02bbrg\u02bbaylar sayraydi to\u02bbliqib, toshib,<br \/>\nBug\u02bbdoyzorda peshvoz chiqar yo\u02bblimga,<br \/>\nDala qo\u02bbriqchisi, quchog\u02bbin ochib.<\/p>\n<p>Yozgi paykallarda jimirlar sarob,<br \/>\nBir maromda o\u02bbntab, oh chekar g\u02bburrak.<br \/>\nGo\u02bbyo uzoqlarda, jiydazorlar aro,<br \/>\nJavzo uxlab yotar, otgancha xurrak.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>24\/01\/2020. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qorli dalalar<br \/>\n(Nay sozining qiroli Abdulahad Abdurashidovga)<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xazonrez shamollar esdi guvillab,<br \/>\nQushlar uchib ketdi gala va gala.<br \/>\nKimsasiz xovliday qoldi xuvillab,<br \/>\nQor qoplagan yaydoq kimsasiz dala.<\/p>\n<p>Beligacha qorga botib, beomon,<br \/>\nQurigan qamishlar bormoqda qayga?<br \/>\nBalki ular borar sohilga tomon,<br \/>\nAylangani shamol shashtida nayga?<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>2017 yil, 16 noyabr. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Maxshar<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Boylikdan batamom qutildi daraxt,<br \/>\nTashlab og\u02bbir tilla xazonlar yukin.<br \/>\nVa g\u02bbamgin kimsasiz yo\u02bbllarga qarab,<br \/>\nXayollarga botdi, saqladi sukun.<\/p>\n<p>Chorbog\u02bblarda daydib yurarkan shamol,<br \/>\nQurigan o\u02bbt &#8212; o\u02bblan boshini silar.<br \/>\nHazonga yonboshlab, beg\u02bbam, bemalol,<br \/>\nMayxo\u02bbrday dong qotib uxlaging kelar.<\/p>\n<p>Achchiq tutun xidi suzar havoda,<br \/>\nBog\u02bblarda o\u02bbt -o\u02bblan qovjirab qaqshar.<br \/>\nSahroday kimsasiz so\u02bbyi samoda,<br \/>\nQushlar qo\u02bbzg\u02bbaloni, faryodi maxshar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>04\/02\/2020. Kunduz soat 11:04. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kuz hasrati<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kuzak o\u02bbt &#8212; o\u02bblanni avaylab, asrab,<br \/>\nXazonlarga dafn etmoqchi chog\u02bbi.<br \/>\nKuzgi tolzorlarga cho\u02bbkadi hasrat,<br \/>\nQag\u02bbillaydi bog\u02bblar qarg\u02bbayu zog\u02bbi.<\/p>\n<p>Qaxrabo barglarin to\u02bbkadi chinor,<br \/>\nXiyobon ruhimday huvillab yotar.<br \/>\nTirjayar bog\u02bblarda yorilgan anor,<br \/>\nDaraxtlar uyalib, avratin yopar.<\/p>\n<p>Puflab o\u02bbchirilgan shag\u02bbam kabi ular,<br \/>\nSirli bo\u02bblsin deya ayyomi visol.<br \/>\nXazonlar shamolda chirpirab uchar,<br \/>\nShu&#8217;laga talpingan parvonamisol.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>03\/02\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Muzlagan daryo<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qishning sochi oppoq oqargan,<br \/>\nBirinchi qor, kimgadir so\u02bbngi.<br \/>\nOdam qorga o\u02bbychan boqarkan,<br \/>\nBilolmas, bu tushmi yo o\u02bbngi.<\/p>\n<p>Muzlab qolgan daryodagi suv,<br \/>\nOppoq jimlik, misoli ro\u02bbyo.<br \/>\nOqchorloqlar ko\u02bbtarar qiy &#8212; chuv,<br \/>\nEri urgan xotinday go\u02bbyo.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>31\/01\/2020.Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xayqiriq<br \/>\n(To\u02bbbo xola hotirasiga)<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yozgi dalalarda kezar daydi el,<br \/>\nSalqin chorbog\u02bblarga sho\u02bbng\u02bbiydi qushlar.<br \/>\nSarob jimirlagan paykal aro el,<br \/>\nOftob qilichining tig\u02bbida ishlar.<\/p>\n<p>Soya salqinlarda yotgan sigirlar,<br \/>\nKovshanib, ko\u02bbzlarin yumadi, mudrab.<br \/>\nHavoda muallaq to\u02bbrg\u02bbay vijirlar,<br \/>\nJiydazor tomonda o\u02bbntaydi g\u02bburrak.<\/p>\n<p>Oshpaz To\u02bbbo hola tuproq tepada,<br \/>\nQiyqirgancha elni chaqirar choyga.<br \/>\nDaydi kapalakni quvlar shabada,<br \/>\nQari tol soyasin to\u02bbshagan joyga.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>07\/02\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Oydin sukunat<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xovuzga termular lallaygan daraxt,<br \/>\nOsmon yaraqlagan yulduzlarga boy.<br \/>\nOqarishar oydin kimsasiz dala,<br \/>\nKo\u02bbzni qamashtirib porlayverar oy.<\/p>\n<p>Alvon giloslardan bog\u02bblar bag\u02bbri qon,<br \/>\nOlisda baqalar qaynatar shovla.<br \/>\nDong qotib uxlaydi xaloyiq shu on,<br \/>\nUyg\u02bbonmas, bostirib kelsa ham yovlar.<\/p>\n<p>Kimsasiz sukunat, havolar tekin.<br \/>\nArshga etib borar chirildoq ohi.<br \/>\nMo\u02bbralab qo\u02bbyadi darchalarga sekin,<br \/>\nOsmonu falakning malika, moxi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>25\/01\/2020. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xovlidan xovliga ko\u02bbchar daydi el<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Birin ketin xorg\u02bbin chirog\u02bbin yoqar,<br \/>\nYoritib qorong\u02bbu darchalarni el.<br \/>\nOy yana o\u02bbzini daryoga otar,<br \/>\nXovlidan xovliga ko\u02bbchar daydi el.<\/p>\n<p>Ay sayoq shoirni sog\u02bbingan ayol,<br \/>\nYotolmay muzko\u02bbrpa atalgan joyga,<br \/>\nDarchadan boqarsan parishonxayol.<br \/>\nDala uzra g\u02bbamgin porlagan oyga.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>14\/06\/2016. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bo\u02bbsa<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qayin shovullaydi, shabboda esar,<br \/>\nKakku uzoqlarda oh chekar yolg\u02bbiz.<br \/>\nYo\u02bbl &#8212; yo\u02bbl mayka kiygan o\u02bbroqchi esa,<br \/>\nAstoydil o\u02bbt o\u02bbrar, qo\u02bblida chalg\u02bbi.<\/p>\n<p>Daryoda o\u02bbrmalar erinchoq tuman,<br \/>\nShamol o\u02bbt -o\u02bblanni tebratib o\u02bbtar.<br \/>\nYoz daydi va dovdir kapalak bilan,<br \/>\nChechaklar labidan avaylab o\u02bbpar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>22\/07\/2022. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kapalak<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kimsasiz osuda jim &#8212; jit yo\u02bblakka,<br \/>\nhazin shovullagan kuzgi qayinning<br \/>\nqahrabo barglari to\u02bbkilar asta.<br \/>\nEsi og\u02bbib qolgan, xovlima xovli,<br \/>\ndaydigan xazonrez sayoq shamolning.<br \/>\nSuv quyganday jim -jit tevarak atrof.<br \/>\nBog\u02bbda guldan gulga ohista qo\u02bbnib,<br \/>\ngoh kimsasiz yo\u02bblakni paypaslab, o\u02bbpib,<br \/>\nbir oppoq kapalak, etimday yolg\u02bbiz<br \/>\nuchib yurar, kimnidir izlayotganday.<br \/>\nUchib yurardi u, xuddi tunlari<br \/>\nmen yozgan she&#8217;rlarni notbukingdan<br \/>\nbirovga ko\u02bbrsatmay o\u02bbqiyotgan payting,<br \/>\nso\u02bbzlardan so\u02bbzlarga uchib, qo\u02bbnguvchi<br \/>\nma&#8217;yus nigohingday, sevgilim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>10\/07\/2022. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qor<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yo\u02bblovchi izlarin yopib borar qor,<br \/>\nIzg\u02bbirin bog\u02bblarda sibizg\u02bba chalar.<br \/>\nChiroqlar olisdan boqar intizor,<br \/>\nQorli tundraga o\u02bbxshaydi dala.<\/p>\n<p>Osmon uxlar edi daraxt uchida,<br \/>\nYostig\u02bbini yirtib, otdimi, netdi?<br \/>\nChirpirab to\u02bbzg\u02bbigan parqu ichida,<br \/>\nDov -daraxt, dalalar ko\u02bbrinmay ketdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>28 oktyabr, 2014 yil. Kanada. Brempton shahri.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>G\u02bboya<br \/>\n(Onam Muhtaramxon Mirzajalol qizi hotirasiga)<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Onajon, bu kechikkan gullarni endi ,<br \/>\nqaerga qo\u02bbyaman, o\u02bbzing ayt, axir,<br \/>\nqabring okeanlar ortida bo\u02bblsa&#8230;<br \/>\nShunday deya o\u02bbylab, kutilmaganda<br \/>\najoyib bir g\u02bboya miyamga keldi.<br \/>\nSo\u02bbng, senga atalgan o\u02bbsha gullarni<br \/>\noxista, avaylab oqizoq qildim<br \/>\nosmonlar aks etgan azim daryoga.<br \/>\nSenga etib borar deya o\u02bbyladim<br \/>\nkechikkan va senga atalgan gullar.<br \/>\nAxir, sen, mana necha yillarki<br \/>\no\u02bbsha daryo suvida aks etgan mangu,<br \/>\nbepoyon osmonda yashaysan yolg\u02bbiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>05\/07\/2022. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Endi qaytib vafot etmagin<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qiynar seni hijron degan dard,<br \/>\nYolg\u02bbizmassan, bola chaqang bor.<br \/>\nYig\u02bblamagin, ko\u02bbz yoshingni art,<br \/>\nVa yo\u02bblimga boqma intizor.<\/p>\n<p>O\u02bbrtamizda ummon, qir -qiya,<br \/>\nTog\u02bbu toshlar, tebranmas, tepsang.<br \/>\nBilsam; &#8212; Meni o\u02bblibdi deya,<br \/>\nUnga aytib qo\u02bbyinglar &#8212; debsan.<\/p>\n<p>O\u02bblmaganing, tirikliging rost,<br \/>\nBu dunyodan erta ketmagin.<br \/>\nKeyin, sendan bitta iltimos,<br \/>\nEndi qaytib vafot etmagin&#8230;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>03\/07\/2022.Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Pion<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ko\u02bbcha fonusi o\u02bbz plafonining erda sinib yotgan parchalariga parishon termulganicha mahzun xayollarga g\u02bbarq. Xuddi oppoq gulpallalari to\u02bbkilgan pion guliday.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>24\/01\/2020. Kanada.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Aprel<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Quyosh botib, g\u02bbamboda, g\u02bbarib,<br \/>\nUfqlarning gulxani so\u02bbnar.<br \/>\nErigan qor suvin sipqorib,<br \/>\nShom qushlari bog\u02bblarga qo\u02bbnar.<\/p>\n<p>Hilol ko\u02bbkda porlar parishon,<br \/>\nKo\u02bbrasan ko\u02bbz ilg\u02bbamas joyni.<br \/>\nMen sevaman, sevaman, ishon,<br \/>\nAprel degan yolg\u02bbonchi oyni.<\/p>\n<p>Billur qandil singari tomdan,<br \/>\nSumalaklar tushar uzilib.<br \/>\nChakillagan iliq oqshomda,<br \/>\nEl uyqusi ketar buzilib.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>1990 yil . Bahor . Andijon shahri.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Cho\u02bblquvar<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yoshligimda cho\u02bblquvar edim,<br \/>\nQuvar edim cho\u02bbllarni yomon.<br \/>\nCho\u02bbllar mendan qo\u02bbrqib qochardi,<br \/>\nKulgim qistar, eslasam hamon.<\/p>\n<p>Quvmay desam uyqu bermasdi,<br \/>\nQuvarlikning muqaddas burchi,<br \/>\nBo\u02bbronda ham quvlayverardim,<br \/>\nKo\u02bbzda qumning qalampir-murchi.<\/p>\n<p>Bilsam, bekor quvgan ekanman.<br \/>\nDaryolarda quridi suvlar.<br \/>\nQasos dunyo ekan bu dunyo,<br \/>\nBugun endi cho\u02bbl meni quvlar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>1988 yil. Toshkent.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kapalak bo\u02bbroni<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Esingdami, bir kun, sayr qilib yurib,<br \/>\nming &#8212; minglab oppoq kapalaklarning<br \/>\nqurshovida qolib ketgandik ikov?<br \/>\nBir birini quvlab, uchardi ular,<br \/>\ngullarga qo\u02bbnishni sira istamay.<br \/>\nFaqat qo\u02bbnar edi charchasa,<br \/>\nsening sochinga va qayrilma kipriklaringa.<br \/>\nAyrilgimiz va uyga ketgimiz kelmay<br \/>\nuzoq vaqt sayr qilgandik birga<br \/>\noppoq kapalaklar bo\u02bbroni aro.<br \/>\nDov daraxt, ko\u02bbchalar, odamlar, uylar,<br \/>\nko\u02bbrinmay ketgandi kapalaklardan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>24\/06\/2022. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kuzgi terak<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Daydib yurgan edim, bog\u02bblarda badar,<br \/>\nKuz sochib yubordi chumchuqlarini.<br \/>\nUlar uchib ketdi shoshib, qaygadir,<br \/>\nShamollarda qayrab tumshuqlarini.<\/p>\n<p>Kuz xazon raqsiga chorlaydi kimni?<br \/>\nGuvillasa yarim yalong\u02bboch terak.<br \/>\nTerak shoxidagi qoraygan inni,<br \/>\nQushlar eslab, goho sog\u02bbinsa kerak?<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>26 oktyabr, 2014 yil. Kanada. Brempton shahri.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Do\u02bbst<br \/>\n(O\u02bbzbekning yoniq shoirlaridan biri, marhum do\u02bbstim Ravshan Fayz hotirasiga)<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>She&#8217;rlaringda bahor, bulut bosqini,<br \/>\nSharros quyar goho shiddatli jala.<br \/>\nDaryo izdan chiqar, bahor toshqini,<br \/>\nKo\u02bbrinmay ketadi yomg\u02bbirda dala.<\/p>\n<p>Moychechak labidan avaylab o\u02bbpar.<br \/>\nYozgi o\u02bbtloqlarda daydi kapalak.<br \/>\nChug\u02bburchuq bo\u02bbroni guvillab o\u02bbtar,<br \/>\nXayqirar qushlarga bog\u02bbbon kapada.<\/p>\n<p>Kuz kelar, egnida xazon yamog\u02bbi,<br \/>\nGala gala uchar janubga qushlar.<br \/>\nKo\u02bbchmanchi qushlarning yo\u02bbqday sanog\u02bbi<br \/>\nDala qo\u02bbriqchisin egnida bushlat.<\/p>\n<p>Anglolmas ko\u02bbrgani tushmi yo o\u02bbngi,<br \/>\nKimsasiz, tumanli dalalar roxi.<br \/>\nSo\u02bbyu samolarga ketadi singib,<br \/>\nMuhojir qushlarning faryodi ohi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>2003 yil , 27 noyabr .<br \/>\nTungi soat 9:30. Andijon.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Garchand so\u02bbqir ishqning ko\u02bbzlari<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Tumanlarda tentirab, daydib,<br \/>\nDalalarda gulxan yoqarman.<br \/>\nBalki bir kun Vatanga qaytib,<br \/>\nDorvozangni topib, qoqarman.<\/p>\n<p>Qalblarga yo\u02bbl topar ro\u02bbzi shab,<br \/>\nGarchand so\u02bbqir ishqning ko\u02bbzlari.<br \/>\nLablar yomg\u02bbir kabi cho\u02bblpillab,<br \/>\nBir -birini topar o\u02bbzlari.<\/p>\n<p>Yomg\u02bbir yig\u02bblar odamday asta,<br \/>\nKo\u02bbz yoshlarin hech kimsa artmas&#8230;<br \/>\nBoshqa topqir a&#8217;zolar haqda,<br \/>\nNazarimda, yozish ham shartmas.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>25\/06\/2016. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Omonat yaproqlar<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Daraxt qir uchida omonat zog\u02bblar,<br \/>\nSukunatga to\u02bblar osmon qozoni.<br \/>\nSekinroq yuraman men bunday chog\u02bblar,<br \/>\nTo\u02bbkilmasin deya bog\u02bblar xazoni.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>15 oktyabr, 2014 yil. Kanada. Brempton shahri.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Birinchi qor<br \/>\n(O\u02bbzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovga)<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Oppoq qor qoplagan dalalar roxin,<br \/>\nAngraygancha tildan qolibdi bog\u02bblar.<br \/>\nQor yuki egibdi daraxtlar shoxin,<br \/>\nQaxrli qag\u02bbillar tumanda zog\u02bblar.<\/p>\n<p>Baqirmay sekinroq qag\u02bbillasa ham,<br \/>\nEshitaman axir, emasman garang.<br \/>\nQorko\u02bbchki qo\u02bbzg\u02bbolar yo\u02bbtalsa odam,<br \/>\nQor turar daraxtlar shoxida arang.<\/p>\n<p>Qor bosgan dalalar besado, besas,<br \/>\nHech kim halal bermas xayollar sursang.<br \/>\nYo\u02bblovchi jilmayib qo\u02bbyar, ranjimas,<br \/>\nQulochkashlab turib, qor bilan ursang.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>9\/01\/ 2013. Kanada. Toronto shahri.Kanada.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hotira<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Esingda bo\u02bblsa, bundan roppa rosa<br \/>\nbir necha mangulik muqaddam<br \/>\nuchrashib, tanishgan edik sen bilan.<br \/>\nG\u02bbam qayg\u02bbu, tashvish, dabdaba, boylik<br \/>\nbutunlay begona edi biz uchun.<br \/>\nQalin o\u02bbt o\u02bblanli o\u02bbtloqda ikov,<br \/>\no\u02bbynab yurar edik, ishga ham bormay.<br \/>\nAnvoyi gullardan gulchambar yasab,<br \/>\nboshinga kiydirib qo\u02bbyardim tojday.<br \/>\nU paytlar mening ismim &#8212; Odam,<br \/>\nsening isming Havvo edi, sevgilim&#8230;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>06\/08\/2022. Kanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Tovush<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yomg\u02bbir yaraqlatar yo\u02bbllarni yuvib,<br \/>\nMudraydi bog\u02bblarning qarg\u02bbayu zog\u02bbi.<br \/>\nShamol qanotlari shalobbo ivib,<br \/>\nUcholmay qaydadir yotibdi chog\u02bbi.<\/p>\n<p>Fonus shu&#8217;lasidan nurafshon yo\u02bblak,<br \/>\nSukunat odamday o\u02bbylarga botar.<br \/>\nKo\u02bblmaklar diydasi ko\u02bbz yoshga to\u02bbla,<br \/>\nXiyobon ruhimday xuvillab yotar.<\/p>\n<p>Yomg\u02bbirda yuvilgan xiyobonda jim,<br \/>\nDov daraxt yo\u02bblakka termulgan oni,<br \/>\nEshitdim jimlikda, aniq eshitdim,<br \/>\nChirt etib yaproqning uzildi joni.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>28\/10\/ 2014. Kanada. Brempton shahri.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shukrona<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Olloxim, anavi yon qo\u02bbshnim borku,<br \/>\no\u02bbshandan degin,<br \/>\nbelkurak oluvdim er ag\u02bbdargani.<br \/>\nO\u02bbsha qo\u02bbshnim bir soat o\u02bbtgandan keyin,<br \/>\nbergan belkuragin so\u02bbrab chiqibdi.<br \/>\nSen bo\u02bblsang,<br \/>\ntug\u02bbilganimdan beri ishlatib yurgan<br \/>\nbelkurakdan afzal qo\u02bbllarimni<br \/>\nmana, o\u02bbttiz yildirki,<br \/>\nqaytarib ber deya qistab kelmaysan.<br \/>\nYaqinda Komxozdan, B.T.I dan,<br \/>\nGorgazdan, Elektrosetdan,<br \/>\nSoliq idorasidan<br \/>\nxo\u02bbmraygan badqovoq odamlar keldi,<br \/>\nsemiz &#8212; semiz popka ko\u02bbtarib.<br \/>\nTo\u02bblov miqdorini eshitgach,<br \/>\nHushdan ketay dedim, ko\u02bbkarib.<br \/>\nOlloxim,<br \/>\nyaxshiyamki farishtalaring,<br \/>\nsemiz &#8212; semiz popka qo\u02bbltiqlab,<br \/>\nquyosh, yomg\u02bbir , shamol xaqini<br \/>\nsurishtirib kelmas uyimga.<br \/>\nYaxshiyamki nafas yo\u02bblimga<br \/>\nhavo xisoblagich o\u02bbrnatmagansan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>1992 yil, Maslaxat qishlog\u02bbi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shaftoli<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Menga juda yoqar eding, men ham senga yoqardim,<br \/>\nOydin kecha, uxlay olmay, derazanga boqardim.<\/p>\n<p>Esingdami, sevikli yor, devor osha boqqanim?<br \/>\nBog\u02bbingdagi shaftolingni shaqillatib qoqqanim?<\/p>\n<p>Erga tushgan shaftolini maqtab, maqtab eganding,<br \/>\nBo\u02bblar endi &#8212; desam, yo\u02bbq -yo\u02bbq, qoqing yana! &#8212; deganding.<\/p>\n<p>Yodga tushar ko\u02bbzlaringa to\u02bbymay uzoq boqqanim,<br \/>\nTuksiz, oppoq shaftolingni charchaguncha qoqqanim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>09-12-2024.<br \/>\nKech soat 6:47.<br \/>\nKanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<hr \/>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xoldor Vulqon yozgan xaykulardan ayrim namunalar.<\/p>\n<p>****<br \/>\nQo\u02bbshnim ko\u02bbchib ketdi, itini tashlab,<br \/>\nAravaga yuklab ko\u02bbch -ko\u02bbronini.<br \/>\nIti uzoq chopdi, eta olmadi.<\/p>\n<p>****<br \/>\nOlmaxon, og\u02bbzida eryong\u02bboq bilan,<br \/>\nTik turgancha, qo\u02bbl qovushtirib,<br \/>\nMenga hurmat bajo keltirdi.<\/p>\n<p>****<br \/>\nDo\u02bbstim, qariyalar uyida o\u02bblgan<br \/>\nOnasining dafn marosimida,<br \/>\nHammadan ko\u02bbp yig\u02bbladi, aytib.<\/p>\n<p>****<br \/>\nDala shiyponida tunadim yolg\u02bbiz,<br \/>\nKuzgi tumanlarda tirillayotgan<br \/>\nOlis traktorning tovushin tinglab.<\/p>\n<p>****<br \/>\nNon ham shu qadar qattiq bo\u02bbladimi?<br \/>\nToshlar bilan urib yurib uni<br \/>\nArang sindirdim.<\/p>\n<p>****<br \/>\nSutdek oppoq oydin sukunat.<br \/>\nBo\u02bbg\u02bbiq akillaydi olisda itlar,<br \/>\nNarigi dunyoda xurayotganday.<\/p>\n<p>****<br \/>\nTungi sukunatda chirildoq ohi,<br \/>\nGo\u02bbyo chaqaloqday emib yotar oy,<br \/>\nTog\u02bblarning cho\u02bbchchaygan mammalarini.<\/p>\n<p>****<br \/>\nYarim kecha, bepoyon osmon.<br \/>\nSon -sanoqsiz yulduzlar,<br \/>\nHayrat bilan termular menga.<\/p>\n<p>****<br \/>\nOy tom uzra porlayotgan kecha<br \/>\nNafasimni ichimga yutdim,<br \/>\nChirildoqlar jimib qlmasin deya.<\/p>\n<p>****<br \/>\nIdish taqirlatib, baqirib yurib,<br \/>\nZo\u02bbrg\u02bba tashqariga quvib chiqardim,<br \/>\nUyga kirib olgan olmaxonni men.<\/p>\n<p>****<br \/>\nTo\u02bbxtasam, to\u02bbxtaysan, yursam, yurasan,<br \/>\nQo\u02bby, ergashma mening ortimdan,<br \/>\nDala uzra g\u02bbamgin porlayotgan oy&#8230;<\/p>\n<p>****<br \/>\nYarimta adyolni boshimga tortsam,<br \/>\nOyog\u02bbim ochilib qolyapti tunda.<br \/>\nOyog\u02bbimga yopsam, boshimga etmas.<\/p>\n<p>****<br \/>\nKulbam ayvonida o\u02bbtirganimcha,<br \/>\nTo\u02bblin oyga boqib, iskabtoparlarga,<br \/>\nHayru exson qildim qonimdan.<\/p>\n<p>****<br \/>\nYorug\u02bb derazalar uzoqdan, xuddi,<br \/>\nZulmat ko\u02bbylagining etaklaridagi,<br \/>\nYamoqlarga o\u02bbxsharkan juda.<\/p>\n<p>****<br \/>\nOdamlarni hayron qoldirib,<br \/>\nSuyak sotib oldim go\u02bbsht do\u02bbkonidan,<br \/>\nMehmon qilmoq uchun daydi itlarni.<\/p>\n<p>****<br \/>\nKasal yotgan chog\u02bbim kulbamda<br \/>\nUchib yurgan chivinni ko\u02bbrib,<br \/>\nAncha xursand bo\u02bbldim.<\/p>\n<p>****<br \/>\nKamzul kiygan kampir, qo\u02bblida xivich,<br \/>\nEchkisini izlab yurar, chaqirib<br \/>\nKimsasiz, va jim -jit kuzgi tumanda.<\/p>\n<p>****<br \/>\nQaxraton qish, sovuq izg\u02bbirin,<br \/>\nUyim yo\u02bbq, kiraman gavjum do\u02bbkonga,<br \/>\nIchkarida biroz isinmoq uchun.<\/p>\n<p>****<br \/>\nTelpagim, pinjagim va choponimni<br \/>\nKuzgi daladagi yupun qo\u02bbriqchiga<br \/>\nKiydirib qo\u02bbyinglar, o\u02bblganimdan so\u02bbng.<\/p>\n<p>****<br \/>\nQarmoq ipin tortmay tur, baliq,<br \/>\nUchib ketib qolmasin, cho\u02bbchib,<br \/>\nPo\u02bbkakka omonat qo\u02bbngan ninachi.<\/p>\n<p>****<br \/>\nDaraxt shoxidagi yolg\u02bbiz zuvildoq,<br \/>\nKuylar tamom o\u02bbzin unutib&#8230;<br \/>\nKim biladi, balki yig\u02bblayotgandir.<\/p>\n<p>****<br \/>\nBoshqa qiladigan ishi yo\u02bbqmi deyman,<br \/>\nSang\u02bbib yurar doim xovlima xovli<br \/>\nSayoq, yalqov, bekorchi shamol.<\/p>\n<p>****<br \/>\nQaychi bilan qiyib, o\u02bbzim ozaytirgan<br \/>\nHakkam -dukkam soqol -mo\u02bbylovim<br \/>\nChala o\u02bbrilgan o\u02bbt -o\u02bblanga o\u02bbxshar.<\/p>\n<p>****<br \/>\nHuv ana &#171;Atorud&#187;, &#171;Etti qaroqchi&#187;<br \/>\nAnavi yaraqlagan cho\u02bbmich yulduzi&#8230;<br \/>\nChaylada yashayman, uyim yo\u02bbq mening.<\/p>\n<p>****<br \/>\nQishloqqa cho\u02bbkkanda oydin sukunat,<br \/>\nTinglab yotdim kulbamda yolg\u02bbiz<br \/>\nTo\u02bbg\u02bbondagi tungi shovva ovozin.<\/p>\n<p>****<br \/>\nDengiz to\u02bblqinlaridan biri,<br \/>\nSapchib, quchog\u02bbimga o\u02bbzini otdi,<br \/>\nDo\u02bbstini sog\u02bbingan odamga o\u02bbxshab.<\/p>\n<p>****<br \/>\nDerazam ortida ovunchoq bo\u02bblib,<br \/>\nNovdada qaltirab turgandi yaproq,<br \/>\nShuni ham uchirib ketibdi shamol.<\/p>\n<p>****<br \/>\nUzumzor tomonda chug\u02bburchuqlar galasi,<br \/>\nShamol yulqib ketgan parashyut kabi,<br \/>\nGoh u yoqqa, goho bu yoqqa sarosar uchar.<\/p>\n<p>****<br \/>\nO\u02bbt -o\u02bblan bargida omonat turgan,<br \/>\nShudringlar xo\u02bbrsingan shamol dastidan<br \/>\nKo\u02bbz yoshday duvillab to\u02bbkildi erga.<\/p>\n<p>****<br \/>\nKo\u02bbzguday tip &#8212; tiniq kuzgi xovuzda,<br \/>\nKo\u02bbrinib turibdi suv o\u02bbtlari aro<br \/>\nBiltanglayotgan baliqlar hatto.<\/p>\n<p>****<br \/>\nYolg\u02bbizlikda aqldan ozgan odamday,<br \/>\nQo\u02bbriqchi englarini silkitib, tanxo,<br \/>\nRaqs tushar kuzgi g\u02bbamgin shamolda.<\/p>\n<p>****<br \/>\nSuvini tushirdim xojatxonaning,<br \/>\nEshitganday bo\u02bbldi butun koinot<br \/>\nSuvning shovullashin tungi jimlikda.<\/p>\n<p>****<br \/>\nXuddi qo\u02bbziqorin izlayotgan odamday,<br \/>\nQishda yoqib, isinmoq uchun<br \/>\nDalalarda tezak teraman yolg\u02bbiz.<\/p>\n<p>****<br \/>\nOh, qanchalar sevaman<br \/>\nSukunatga cho\u02bbmgan kimsasiz<br \/>\nKuzgi paxtazorlar osuda tongin!<\/p>\n<p>****<br \/>\nUchib o\u02bbtdi shundoq tepamdan,<br \/>\nHasratli g\u02bbog\u02bbolab, yovvoyi g\u02bbozlar.<br \/>\nQalpog\u02bbimni otsam etgudek joyda.<\/p>\n<p>****<br \/>\nQag\u02bbillab yuborma, qarg\u02bba, iltimos,<br \/>\nOppoq sukunatga cho\u02bbmgan bog\u02bblarda.<br \/>\nTo\u02bbkilib tushmasin novdalardan qor.<\/p>\n<p>****<br \/>\nYaramas Vaska, chumchuqlardan birini eb qo\u02bbyibsan!-<br \/>\nDedi kampir, mushugin astoydil koyib,<br \/>\nDon &#8212; dun sochar ekan qushlarga tongda.<\/p>\n<p>****<br \/>\nKo\u02bbchaga uloqtirib kiyimlarimni,<br \/>\nUydan xaydab yubordi xotinim meni.<br \/>\nKetayapman boshim oqqan tomonga.<\/p>\n<p>****<br \/>\nYozgi jazirama issiq.<br \/>\nDala etagida jimirlar sarob,<br \/>\nHasratli g\u02bburillar qaydadir g\u02bburrak.<\/p>\n<p>****<br \/>\nOdamlarni choyga chaqirib,<br \/>\nOshpaz xotin zang chaldi uzoq:<br \/>\nKlang! Klang! Klang! Klang!<\/p>\n<p>****<br \/>\nJiyda qiyg\u02bbos gullagan sohil,<br \/>\nKo\u02bbzgu kabi tiniq suvloqda<br \/>\nO\u02bbz aksini ichmoqda otlar.<\/p>\n<p>****<br \/>\nBedazorda, oyoqlarim ostidan<br \/>\nPotir &#8212; putur qilib, havoga uchgan,<br \/>\nBedana cho\u02bbchitib yubordi meni.<\/p>\n<p>****<br \/>\nYarim kecha. Yolg\u02bbiz emasman.<br \/>\nDevor kovagida chiqillayotgan<br \/>\nKaltakesak bor&#8230;<\/p>\n<p>****<br \/>\nSohildagi quruq qamishlarning<br \/>\nMahzun shitirlashin tingladim<br \/>\nQor maydalab yog\u02bbayotganda.<\/p>\n<p>****<br \/>\nZulmatda turtinib, yiqildim yana,<br \/>\nDarangladi oyog\u02bbimga ilingan chelak.<br \/>\nOxir topib, yoqdim shaytonchiroqni.<\/p>\n<p>****<br \/>\nOydin kecha, boshini egib<br \/>\nOrtimdan ergashgan daydi it bilan,<br \/>\nOxirgi nonimni bo\u02bblishib edik.<\/p>\n<p>****<br \/>\nMen tug\u02bbilgan qishloqda hozir,<br \/>\nBaqalar qurillab zulmat qa&#8217;rida,<br \/>\nChorbog\u02bblarda o\u02bbrik gullayotgandir.<\/p>\n<p>***<br \/>\nYarmini to\u02bbldirib kuzgi osmonning,<br \/>\nQru! Qru! -deya uchgan turnalar oxir<br \/>\nTumanlarda ko\u02bbrinmay ketdi.<\/p>\n<p>****<br \/>\nQish. Havoda kuygan rezinka xidi,<br \/>\nQo\u02bbshnim eski -tuski etiklarni,<br \/>\nYoqmoqda shekilli, pechkaga qalab.<\/p>\n<p>****<br \/>\nTunda jinchiroqni yoqayotgandim,<br \/>\nBirdan o\u02bbt ilashib, lov etib kuydi,<br \/>\nSoqol &#8212; mo\u02bbylovimining yarim -yolchisi.<\/p>\n<p>****<br \/>\nUxlatmadi meni tun bo\u02bbyi,<br \/>\nVaqtni eb, xiqichoq tutgan<br \/>\nBo\u02bbkib qolgan soat, xiqillab.<\/p>\n<p>****<br \/>\nKo\u02bbchib ketgan qo\u02bbshnimning uyidagi<br \/>\nEshik g\u02bbijirladi kuzgi shamolda,<br \/>\nXuddi yig\u02bblayotgan odamga o\u02bbxshab.<\/p>\n<p>****<br \/>\nDo\u02bbstim yo\u02bbqlab keldi deya, quvonib,<br \/>\nBirdan yana so\u02bbppayib qoldim.<br \/>\nShamol ekan eshikni ochgan.<\/p>\n<p>****<br \/>\nBeva ayol o\u02bblgan erining,<br \/>\nBotinkasiga tuproq to\u02bbldirib,<br \/>\nGul ekab qo\u02bbydi&#8230;<\/p>\n<p>****<br \/>\nShamol guvillagan zulmatli tunda,<br \/>\nQor uchquni tusharmikan deb,<br \/>\nQorong\u02bbu osmonga termuldim uzoq.<\/p>\n<p>****<br \/>\nQalin qorga botib, turtinib bordim<br \/>\nOy yoritgan qorli dalalarning<br \/>\nJim -jit sukunatin tinglamoq uchun.<\/p>\n<p>****<br \/>\nToshga qo\u02bbnib turgan kapalakni<br \/>\nCho\u02bbchitib yuborishdan qo\u02bbrqib,<br \/>\nJimlik nafasini ichiga yutdi.<\/p>\n<p>****<br \/>\nQishloqda osuda shom sukunati.<br \/>\nUzoqda gaplashayotgan odamlar ovozi va<br \/>\nEshik g\u02bbijirlashin aniq eshitdim.<\/p>\n<p>****<br \/>\nBir -birini cho\u02bbqib, urishayotgan chumchuqlarni,<br \/>\nAjratib qo\u02bbysanglar bo\u02bblmaydimi,<br \/>\nTomoshabin bo\u02bblib turavermasdan!..<\/p>\n<p>****<br \/>\nSovg\u02bba qilgan edim, hokim, quvonib:<br \/>\n-O\u02bbqiymiz, albatta o\u02bbqiymiz -dedi,<br \/>\nYupqa kitobimni nay kabi o\u02bbrab.<\/p>\n<p>****<br \/>\nOshxonada chirillayversin,<br \/>\nUrib o\u02bbldirmagin, iltimos, xotin,<br \/>\nChirildoqni shippaging bilan!..<\/p>\n<p>****<br \/>\nShaffof suvli xovuzga boqib,<br \/>\nQotib qoldim hayratdan bir zum.<br \/>\nTutdek to\u02bbkilibdi yulduzlar suvga.<\/p>\n<p>****<br \/>\nBolalik chog\u02bblarim tunlari xurgan,<br \/>\n&#171;Qaytmas&#187;, &#171;Tarzan&#187; va &#171;Qoplon&#187; degan,<br \/>\nItlar ovozini sog\u02bbinaman men.<\/p>\n<p>****<br \/>\n&#171;Senteniel&#187; parkida kuzgi xazonlar,<br \/>\nShamolda shaldirab, shundoq yonimdan,<br \/>\nYugirib o\u02bbtdilar, bir -birin quvlab.<\/p>\n<p>****<br \/>\nDerzam ortida kuzgi yo\u02bblakka,<br \/>\nChinor yaproqlari to\u02bbkilar asta.<br \/>\nXazonlarni o\u02bbychan supurar farrosh.<\/p>\n<p>****<br \/>\nKo\u02bbkda yulduzlarga etishmaydi joy.<br \/>\nShaffof xovuz tubida yotar,<br \/>\nSuvga cho\u02bbkkan ko\u02bbzgu kabi oy.<\/p>\n<p>****<br \/>\nSohildagi quruq qamishlarning<br \/>\nMahzun shitirlashin tingladim<br \/>\nQor maydalab yog\u02bbayotganda.<\/p>\n<p>****<br \/>\nXuvillagan kuzgi chorbog\u02bblardagi<br \/>\nTaxtadan yasalgan qo\u02bblbola inlar,<br \/>\nJanubga hasratli boqmangiz bunday!<\/p>\n<p>****<br \/>\nTog\u02bb o\u02bbngiridagi pastak kulbamning,<br \/>\nQamish tomin shamol uchirib ketdi.<br \/>\nHayriyat, o\u02bbzimga etmadi ziyon.<\/p>\n<p>****<br \/>\nJavdarizor uzra, ko\u02bbm -ko\u02bbk osmonda,<br \/>\nSayrayotgan to\u02bbrg\u02bbayga qarayman deya,<br \/>\nBoshdan tushib ketdi qalpog\u02bbim.<\/p>\n<p>****<br \/>\nXuddi kinoteatr ekranidagi kabi,<br \/>\nOy yoritgan kulbam devorida,<br \/>\nTeraklarning soyasin ko\u02bbrdim.<\/p>\n<p>****<br \/>\nSevaman kech kuzgi tumanlarni men,<br \/>\nChunki, tumanlarda yig\u02bblasang,<br \/>\nKo\u02bbz yoshingni ko\u02bbrmaydi hech kim.<\/p>\n<p>****<br \/>\nDala shiyponida tunadim yolg\u02bbiz,<br \/>\nKuzgi tumanlarda tirillayotgan<br \/>\nOlis traktorning tovushin tinglab.<\/p>\n<p>****<br \/>\nPorlayotgan oyga termulib,<br \/>\nYoshligimda menga kulcha yopib bergan,<br \/>\nMarhuma onamni esladim yana.<\/p>\n<p>****<br \/>\nBir &#8212; birining pinjiga kirib,<br \/>\nUylar uxlar, odamga o\u02bbxshab.<br \/>\nZulmatda, qor yog\u02bbayotgan payt.<\/p>\n<p>****<br \/>\nKuz yomg\u02bbiri. Tungi derazadan,<br \/>\nFonus shu&#8217;lasida jimirlayotgan<br \/>\nKo\u02bblmaklarga termuldim uzoq.<\/p>\n<p>****<br \/>\nToshbaqani bosib oldimmi debman,<br \/>\nZanglab ketgan, o\u02bbq teshib o\u02bbtgan,<br \/>\nSoldatlarning qalpog\u02bbi ekan.<\/p>\n<p>****<br \/>\nMana necha oyki bandargoxdagi<br \/>\nYaxtaga o\u02bbg\u02bbrincha joylashib olib,<br \/>\nBepul tunab, yashab yuribman.<\/p>\n<p>****<br \/>\nUnsiz chaqnayotgan bahor chaqmoqlari<br \/>\nUzoq -uzoqlarda payvandchi kabi,<br \/>\nOsmon bilan erni payvandlayotir.<\/p>\n<p>****<br \/>\nUzumzor tomonda chug\u02bburchuqlar galasi,<br \/>\nShamol yulqib ketgan parashyut kabi,<br \/>\nGoh u yoqqa, goho bu yoqqa sarosar uchar.<\/p>\n<p>****<br \/>\nO\u02bbt -o\u02bblan bargida omonat turgan,<br \/>\nShudringlar xo\u02bbrsingan shamol shashtida<br \/>\nKo\u02bbz yoshday duvillab to\u02bbkildi erga.<\/p>\n<p>****<br \/>\nYangi chiqqan hilol keng daladagi<br \/>\nPishgan javdarizor ustida porlar,<br \/>\nYaraqlab, qayralgan o\u02bbtkir o\u02bbroqday.<\/p>\n<p>****<br \/>\nKimsasiz oydinlik.<br \/>\nChirsillaydi kulbam devori,<br \/>\nOvozidan chirildoqlarning.<\/p>\n<p>2024 yil. kanada, Ontario.<\/p>\n<p>*******************************<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ustoz Farid Usmonga<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qon tomirlar rishtadir, shundan jarangdor sozimiz,<br \/>\nBizga shunday soz ato etgan Xudodan rozimiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>She&#8217;r yozishdek bedavo bir dardni yuqtirgan aziz,<br \/>\nKamtarin shoir Farid Usmon bizim ustozimiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shum qadamlar etmagan tosh qoyalar mangu makon,<br \/>\nKo\u02bbkda burgutlar kabi ko\u02bbz ilg\u02bbamas parvozimiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qilmag\u02bbaymiz e&#8217;tibor yog\u02bbiy g\u02bbanimlar hayliga,<br \/>\nBor adolatli Xudo -yavmul qiyomat Qozimiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yig\u02bblamay quvnoq yasharmiz bu fano tuprog\u02bbida,<br \/>\nTitratar olamni garchand oh ila faryodimiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>16\/06\/2016. Kanada. Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kuz ilhomlari<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Voh, kuzgi daraxt shaklida hayronani ko\u02bbrdim,<br \/>\nYolg\u02bbiz va g\u02bbarib, bir dili vayronani ko\u02bbrdim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Jim jit ko\u02bbchada o\u02bbynadi raqqosa shamollar,<br \/>\nCharx urdi hazon girvati, parvonani ko\u02bbrdim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Darcham yonidan o\u02bbtdi uchib yovvoyi g\u02bbozlar,<br \/>\nParvoziyu faryodida devonani ko\u02bbrdim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qushlar uyasin tutdi daraxt shoxida, yo Rab,<br \/>\nInlarga boqib, g\u02bbam to\u02bbla paymonani ko\u02bbrdim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Za&#8217;far kapalaklar kabi uchganda xazonlar,<br \/>\nBarglarga ko\u02bbmilgan ko\u02bbcha, ostonani ko\u02bbrdim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yo\u02bbllarga xazonlar to\u02bbshadi kuzgi Toronto,<br \/>\nBoqqancha chinor bargiga Farg\u02bbonani ko\u02bbrdim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ishq bodasidan mastu alast shomu sahar dil,<br \/>\nUzlat uyida xilvati mayxonani ko\u02bbrdim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Do\u02bbst topmadi Vulqon bu jahon mulkida izlab,<br \/>\nHar erda g\u02bbanim, vaxshati begonani ko\u02bbrdim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>26 oktyabr, 2010 yil. Kanada. Toronto shahri.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qishloq sog\u02bbinchi<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kuz xazonrez bog\u02bblarni quchgan,<br \/>\nEtim kabi yolg\u02bbiz o\u02bbynar el.<br \/>\nQo\u02bbl silkitar janubga uchgan,<br \/>\nTurnalarning karvoniga el.<\/p>\n<p>Sohillardan qaytadi poda,<br \/>\nSukunatga cho\u02bbmadi qishloq.<br \/>\nJavrar uzoq, safsata sotar,<br \/>\nShomgi bog\u02bblar qo\u02bbynida qushlar.<\/p>\n<p>Quyosh ufqqa ketganda botib,<br \/>\nPorlasa oy, qayg\u02bbudan holi.<br \/>\nKurak bilan shamolga otib,<br \/>\nOydinda el shopirar sholi.<\/p>\n<p>Qurillamas endi baqalar,<br \/>\nTulki yurar timirskalanib.<br \/>\nChopar yolg\u02bbiz daryo yoqalab,<br \/>\nIskabtoparlarga talanib.<\/p>\n<p>Kuyganyordan chinqirib o\u02bbtar,<br \/>\nTemir yo\u02bblning po\u02bblat samani.<br \/>\nSohillarda charaqlab yotar,<br \/>\nChiroqlarning billur chamani.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>26 oktyabr, 2014 yil.Kanada.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>VATAN<br \/>\n(O\u02bbzbekiston xalq artisti Sherali Jo\u02bbraevga bag\u02bbishlanadi)<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sen agar bug\u02bbdoy boshoq bo\u02bblsang somoningman, Vatan,<br \/>\nToabad boshing omon bo\u02bblsin, tovoningman, Vatan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Barcha yaxshi, barcha oqil, barcha dono, faylasuf,<br \/>\nQimtinib bir chekkada yurgan yomoningman, Vatan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Chor taraf zulmat, tuman, uvlaydi ming -minglab shoqol,<br \/>\nTo sahar gulxan yoqib chiqqan cho\u02bbponingman, Vatan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Barcha jim, tilsiz pisib, mum tishlaganda, xayqirib,<br \/>\nHaq so\u02bbzin dor ostida aytgan zaboningman, Vatan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bo\u02bblmasin ovvora yov oybolta qayrab qatlima,<br \/>\nQatl etib o\u02bbldirsa xam o\u02bblmas omoningman, Vatan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yurtda Vulqon cho\u02bbqqidek boshim bulutlardan baland,<br \/>\nYov uchun mangu o\u02bbtib bo\u02bblmas dovoningman, Vatan!<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>2004 yil, Maslaxat qishlog\u02bbi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kuzatish<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Jilmaygancha ko\u02bbz yoshlaringni,<br \/>\nYashirasan, aldab netasan?<br \/>\nMen perronda qolaman yolg\u02bbiz,<br \/>\nSen poezdda yig\u02bblab ketasan.<\/p>\n<p>Jiqqa yoshga to\u02bblgan ko\u02bbz bilan,<br \/>\nYo\u02bbl olasan uzoq ellarga.<br \/>\nYugiraman poezd ortidan,<br \/>\nSo\u02bbzlar uchar sovuq ellarga.<\/p>\n<p>Chirpiraydi poyimda xazon,<br \/>\nKuz borliqni tumanga belar.<br \/>\nXuvillagan perronda turib,<br \/>\nPoezd kabi chinqirgim kelar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>1992 yil, dekabr, Toshkent.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kema<br \/>\n(Alisher Navoiy g\u02bbazaliga muhammas)<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yor ketarda so\u02bbngi bora jilmayib jonim olur,<br \/>\nKetmasin deb dolg\u02bbali dengiz &#8212; talotum to\u02bblg\u02bbonur,<br \/>\nCharx urib sohilda daryo qushlari yig\u02bblab qolur,<br \/>\nHar qachonkim kemaga ul oy safar raxtin solur,<br \/>\nMavjlug\u02bb daryo kabi oshufta ko\u02bbnglim qo\u02bbzg\u02bbolur.<\/p>\n<p>Men ovutgayman o\u02bbzimni &#8212; ey ko\u02bbngil, g\u02bbam ema &#8212; deb,<br \/>\nQaytarar ul kemani tez ortga to\u02bblqin teva deb,<br \/>\nChun tovush qo\u02bbzg\u02bbotmasinkim, kemani so\u02bbz dema deb,<br \/>\nYig\u02bblama ey ko\u02bbz, nedin sohilg\u02bba chiqmas kema deb,<br \/>\nKim yoshing daryosidir har sorikim el ko\u02bbz solur.<\/p>\n<p>Qo\u02bbrqamen erk bergali bir laxza bir on og\u02bbzima,<br \/>\nSo\u02bbz deyolmay, laxta laxta kelsa ham qon og\u02bbzima,<br \/>\nShul sababdin elu xalq termuldi hayron og\u02bbzima,<br \/>\nTitrabon siymobdek ko\u02bbnglim, etar jon og\u02bbzima,<br \/>\nTund el taxrikidin har damki daryo chayqalur.<\/p>\n<p>Soqchi to\u02bbxtat, kor &#8212; hol yuz bermasin, hoy, kemada,<br \/>\nYursa bo\u02bblmas kiprigi o\u02bbq, qoshlari yoy kemada,<br \/>\nQaytaringlar yorni, yo\u02bbq deb ketgali joy kemada,<br \/>\nSabr ko\u02bbnglimda, ko\u02bbngil ul oyda, ul oy kemada,<br \/>\nVahki, borib telmurib ko\u02bbz, mungrayib jonim qolur.<\/p>\n<p>Ko\u02bbzlarimdan oqdi yosh seldek, etibman o\u02bblgali,<br \/>\nChinqirolmay, telbatob fildek etibman o\u02bblgali,<br \/>\nTo\u02bbzg\u02bbigan qum, cho\u02bbldagi eldek etibman o\u02bblgali,<br \/>\nDam tutulg\u02bbondin o\u02bblar eldek etibman o\u02bblgali,<br \/>\nSurmasun deb kemasin baskim, nafaslar asrolur.<\/p>\n<p>Jon iping tortib tarang chalganda davron uudkim,<br \/>\nJilva aylab etsa marjon dur seni maxduudkim,<br \/>\nEhtiyoj kashkulidin olamni bossa duudkim,<br \/>\nKirma savdo baxrig\u02bba olamdin istab suudkim,<br \/>\nSiymi naqdi tushsa lekin umr naqdi siyg\u02bbolur.<\/p>\n<p>Yig\u02bblama bag\u02bbrimni o\u02bbrtab, alvido, yorim, hayr,<br \/>\nEtmadi vasling nasib, basdir sayohat ham sayr,<br \/>\nO\u02bbrtanur ko\u02bbksimda Vulqon, yorga hamroxdir g\u02bbayr,<br \/>\nG\u02bbarq etar bahri fano g\u02bbam zavraqin ey, piri dayr,<br \/>\nIlkiga chunkim Navoiy boda kishtisin olur.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>1991 yil. Toshkent shahri. Talabalar shaharchasi. 14 yotoqxona.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Aylagach<br \/>\n(Alisher Navoiy g\u02bbazaliga muhammas)<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mahv etar dilbar tabassum birla mehmon aylagach,<br \/>\nShum g\u02bbanimlar ahlini er birla yakson aylagach,<br \/>\nG\u02bbuncha lablar bolidin goh hayru ehson aylagach,<br \/>\nHusni ortar yuzda zulfin anbar afshon aylagach,<br \/>\nShami ravshanroq bo\u02bblur torin parishon aylagach.<\/p>\n<p>Lutf etib, sahro ko\u02bbngilni bog\u02bbu bo\u02bbston aylading,<br \/>\nSevgimiz ifsho etib, olamga doston aylading,<br \/>\nBizni mazlum ahli mardum, o\u02bbzni sulton aylading,<br \/>\nYuzni gullardin bezabmu bizni qurbon aylading,<br \/>\nYo yuzungga tegdi qonlar bizni qurbon aylagach?<\/p>\n<p>Aylading ushshoqu zoring gardini hoki turob,<br \/>\nJilva aylar ishq muhabbat dashtida sirli sarob,<br \/>\nOtashi hajringda o\u02bbrtar jismu jon, bag\u02bbrim kabob,<br \/>\nTiyg\u02bb ila paykonlaring etti, ko\u02bbngul bo\u02bblg\u02bboch xarob,<br \/>\nSuv quyub tuxm ekting, ul kishvarni vayron aylagach.<\/p>\n<p>Kimga aytay arzi holim, telba ko\u02bbnglim rozini?<br \/>\nSindi chil -chil toshga urdim ishq muhabbat sozini,<br \/>\nQishga aylantirdi hijron bodi umrim yozini,<br \/>\nQon emaskim yopti gulgun hulla jannat xozini,<br \/>\nIshq maqtulin shahid aylarda uryon aylagach.<\/p>\n<p>Noz ila o\u02bbldurgali yor axdu paymon ayladi,<br \/>\nBir shirin so\u02bbz birla goh dardimga darmon ayladi,<br \/>\nKecha kunduz bo\u02bbzlatib, diydamni giryon ayladi,<br \/>\nOshkor aylab yuzin ko\u02bbzumni hayron ayladi,<br \/>\nYoshurun oldi ko\u02bbngul ko\u02bbzumni hayron aylagach.<\/p>\n<p>Pora pora yirtilur el og\u02bbziga tutgan elak,<br \/>\nGul yuzingni bir ko\u02bbrish ishq ahliga orzu -tilak,<br \/>\nAyrilur xushdin seni ko\u02bbrgan zahot huru malak,<br \/>\nJong\u02bba qo\u02bbyg\u02bbach naqdi ishqing qildi ko\u02bbnglumni halok,<br \/>\nO\u02bblturur mahramni sulton ganj pinhon aylagach.<\/p>\n<p>Termulurman kecha kunduz yo\u02bblga, yorim o\u02bbtmadi,<br \/>\nPora pora jismu jonim, yora ohim etmadi,<br \/>\nYora bo\u02bblgan jismu jonimdin jaroxat bitmadi,<br \/>\nEy Navoiy, ishq agar ko\u02bbnglungni majruh etmadi,<br \/>\nBas nedurkim, qon kelur og\u02bbzingdin afg\u02bbon aylagach?!<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>23-03-2025.<br \/>\nTungi soat 12:27.<br \/>\nKanada, Ontario.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>*********************************<\/p>\n<p>Yapon she&#8217;riyatidan Xoldor Vulqon tarjimalari.<\/p>\n<p>Xayku va tankalar:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<hr \/>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xayku va tankalarda ko\u02bbp qirrali nimkosa ma&#8217;no, kinoya, fisqu fasod, falsafiy mazmun mushoxadalar yo\u02bbq.Bu ixcham poetik janr go\u02bbzal tabiat manzaralarini, yoxud narsalar xolatini, yoki odamning muayyan ruhiy kayfiyatini aks etdirish orqali o\u02bbquvchiga xayrat bag\u02bbishlash, osuda tonglar kabi toza tuyg\u02bbular baxsh etish san&#8217;atidir.Xayku va tankalarda aks etdirilgan manzaralarni ko\u02bbz oldingizga keltira olsangiz, tog\u02bbdagi qishloqda oy chiqishini sarg\u02bbayib kuzatayotgan dexqonlar holatini,butazorlar ortidan ohista ko\u02bbtarilayotgan to\u02bblin oyni ko\u02bbrayotganday, chigirtkalar chirillashini eshitayotganday, bo\u02bblasiz.Tahayyul va tahayyur shu&#8217;lalariga yo\u02bbg\u02bbrilasiz.Quyida bundan olti asr avval yozilgan yapon xaykularini va tankalarini o\u02bbz tarjimam orqali hukmingizga havola qilaman.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<hr \/>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xaykular.<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;-<br \/>\nMasuo Basyo<br \/>\n&#8212;&#8212;-<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Botargoxda qizardi quyosh,<br \/>\nQizardi o\u02bbtloqlarda o\u02bbt -o\u02bblan.<br \/>\nCho\u02bbg\u02bbdek yonar shudring ham hatto!<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Shilliqqurt teruvchi odamlar,<br \/>\nKun bo\u02bbyi daydiydi dalada,<br \/>\nUsti boshi, engilari loy&#8230;<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Jim -jit oydin sukunatda<br \/>\nKashtan yong\u02bbog\u02bbini g\u02bbajiyotgan qurtning,<br \/>\nTovushini ham eshitish mumkin.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Choy terguvchi ayollar<br \/>\nChoy barglarin terib ketishdi<br \/>\nKuzgi shamolday.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Katalakday kulbamni<br \/>\nChor tarafdan yoritdi<br \/>\nDerazamdan mo\u02bbralagan oy.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Shu ko\u02bbm &#8212; ko\u02bbk dengizga uloqtiraman,<br \/>\nShamol tortqilab yirtgan qalpog\u02bbim bilan<br \/>\nDabdalasi chiqqan shippagimni men.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Shamolda o\u02bbntayotgan daraxt va,<br \/>\nKosaga tomayotgan chakki tovushin,<br \/>\nTinglab yotdim yolg\u02bbiz, tun bo\u02bbyi.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>O, keldingmi, darbadar qarg\u02bba!<br \/>\nSening eski ining qaylarda ekan?<br \/>\nOlxo\u02bbrilar burkandi gulga!<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Tog\u02bb etagidagi kulbamga yo\u02bbqlab,<br \/>\nKelayotgan aziz do\u02bbstimning<br \/>\nNaqd iyagidan kelar o\u02bbt &#8212; o\u02bblan.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Tungi osmonlarga termuldim uzoq,<br \/>\nVa nihoyat mana, bulutlar aro,<br \/>\nYaraqladi shu&#8217;laafshon oy.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Tungi sabo shivirlashini va<br \/>\nMening she&#8217;rlarimni tushunar faqat<br \/>\nDalalarda yolg\u02bbiz tunagan odam.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Guldagi shudringni ichar kapalak.<br \/>\nHatto kuz kelgan bo\u02bblsada, baribir<br \/>\nYashagisi keladi uning.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Kuzgi bambukzorga berkindi,<br \/>\nCharchab, bir zumgina tin oldi<br \/>\nXazonrez shamol.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Yaxshilab qara, huv ana!<br \/>\nKo\u02bbrayapsanmi chetan devor ostidagi<br \/>\nGullayotgan cho\u02bbpon gulini?<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Uzoq &#8212; uzoqlarda ibodatxonaning<br \/>\nQizil tomi ko\u02bbrinib turar<br \/>\nGullagan giloslar buluti aro.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Hayotim kabi engil,<br \/>\nGuruch saqlash uchun qovoqdan yasalgan<br \/>\nShu bo\u02bbm -bo\u02bbsh idish.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>O, uyg\u02bbon, uyg\u02bbonsangchi ahir,<br \/>\nHech yo\u02bbq sen hamrox bo\u02bbl menga,<br \/>\nCharchab, uxlayotgan kapalak!<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Hayr yorim, hayr, yaxshi bor!<br \/>\nOydinda gullagan olxo\u02bbrilarni<br \/>\nEslab turgin, yod et, unutma.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Hoy mol baqayotgan bolalar!<br \/>\nSindirib, tugatmalaring,<br \/>\nXivich qilib olxo\u02bbri shoxin!<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Ko\u02bbxna xovuz, kimsasiz jimlik.<br \/>\nBirdan suvga sakradi baqa,<br \/>\nXalqalandi sukunatda suv.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Dengiz suvi sovuq.<br \/>\nChag\u02bbalay uxlolmasdan qiynalar,<br \/>\nTo\u02bblqin uzra qalqib, chayqalib.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Yarim tunda uyg\u02bbonib ketdim,<br \/>\nOshxonada suvi muzlab qolgan<br \/>\nShisha idish yorilgan mahal.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Shaharda yangi yil bozori gavjum,<br \/>\nQani endi, men ham borsaydim,<br \/>\nTutatqi &#8212; isiriq sotib olsaydim.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Giloslar gullab yotgan tomonda<br \/>\nJranglaydi hamon qo\u02bbng\u02bbiroq.<br \/>\nUeno yo Asakuso tomonda balki.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Kun bo\u02bbyi pishgan bug\u02bbdoyzor ustida,<br \/>\nVijir -vijir qilib to\u02bbxtamay,<br \/>\nSayrab, sira to\u02bbymadi to\u02bbrg\u02bbay.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Daraxtning shoxida bo\u02bbm -bo\u02bbsh qush ini.<br \/>\nQaramoq qayg\u02bbuli, qachonlardir ko\u02bbchib ketgan<br \/>\nQo\u02bbshnimning xuvillab yotgan uyiga.<\/p>\n<p>***<br \/>\nTunda shamni asta yoqar ekansan,<br \/>\nXuddi chaqmoqni ushlab turganday<br \/>\nTuyulding menga.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Yaqinda olamdan o\u02bbtgan ayolning,<br \/>\nChetan devorida ochilgan oppoq<br \/>\nGuli ham menga sovuq tuyuldi.<\/p>\n<p>***<br \/>\nQishilishton kimsasiz kulbaning,<br \/>\nChirigan ustunini taqillatayotir<br \/>\nTo\u02bbxtovsiz va ayovsiz cho\u02bbqib.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Qishloqqa kuz tashrif buyurdi yana.<br \/>\nO\u02bbtloqda shoshilmay, sekin odimlaydi<br \/>\nOyoqlari uzun qarqara.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Dexqon sholi yanchishdan to\u02bbxtab,<br \/>\nTo\u02bblin oyga termuldi uzoq<br \/>\nKuzgi xirmonda.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Gulxan olovida quritayapman<br \/>\nYomg\u02bbirda ivigan kiyimlarimni,<br \/>\nKuzgi sovuq izg\u02bbirin&#8230;<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Ko\u02bbtarmoqda ohista qaddin,<br \/>\nBoyagina yomg\u02bbir payxon qilgan<br \/>\nKuzgi xrizantema gullari.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Iltimos, may to\u02bbldirilgan qadaxga<br \/>\nLoy tushirmay uchinglar,<br \/>\nEy qaldirg\u02bbochlar!<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Gullayotgan gilos ostida,<br \/>\nXuddi rol ijro etayotgan akter kabi,<br \/>\nTunash uchun cho\u02bbzilib yotdim.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Giloslar qiyg\u02bbos gullagan.<br \/>\nTong bo\u02bblsa, o\u02bbsha o\u02bbsha, beg\u02bbam,<br \/>\nOhista oqarar tog\u02bblar ortida.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Faqat ko\u02bbprik qoldi<br \/>\nKo\u02bbzdan yo\u02bbqolmagan.<br \/>\nShovullaydi bahor yomg\u02bbiri&#8230;<\/p>\n<p>***<br \/>\nGo\u02bbyo hozir, unga javoban<br \/>\nQo\u02bbng\u02bbiroq ham zing\u02bbillab qolar.<br \/>\nHazin zuvillaydi zuvildoq.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Kuzataman qirg\u02bboqda g\u02bbamgin,<br \/>\nBaliqchilar qayiqda yoqqan<br \/>\nChiroqlar marjoni suzar zulmatda.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Pechakgullar ochilib yotar.<br \/>\nBo\u02bbyni ingichka qovoqlar esa,<br \/>\nO\u02bbxshamaydi biri ikkinchisiga.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Yo\u02bbq, men topa olmadim,<br \/>\nSenga o\u02bbxshash narsani hali,<br \/>\nYangi chiqqan oy!<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Bulutlar qilt etmay turibdi,<br \/>\nOsmonning teng yarmini qoplab.<br \/>\nChaqmoqlarni kutmoqda ular.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>O, ularning ko\u02bbpligini!<br \/>\nSon -sanoqsiz chechaklar!<br \/>\nYana hammasi har -xil gullabdi!<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>O\u02bbz hayotini o\u02bbrabdi<br \/>\nKo\u02bbprik ustunlariga<br \/>\nUvadagullar&#8230;<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Hayr! -dedim men kimgadir,<br \/>\nKimdir hayrlashdi men bilan.<br \/>\nKiso tog\u02bblarida kezib yurar kuz.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Top etib erga uzilib tushdi,<br \/>\nKashtan daraxtining to\u02bbpchasi.<br \/>\nMen uni do\u02bbstimga sovg\u02bba qilaman.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Mana, guruch ham tugadi.<br \/>\nEndi guruch saqlaydigan idishga<br \/>\nGul o\u02bbtqazaman.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Do\u02bbstim o\u02bbyqlab kelsa, yaxshi bo\u02bblardi,<br \/>\nShu g\u02bbamgin yolg\u02bbizlik sukunatida.<br \/>\nKuzgi yaproq uzilib tushdi.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Chiroq o\u02bbchgan, zimiston kulba,<br \/>\nBir kishilik sovuq, yarimta adyol.<br \/>\nO\u02bbransang, go\u02bbyo chaqaman deydi.<\/p>\n<p>***<br \/>\nG\u02bbir g\u02bbir esar tungi shabada.<br \/>\nSuvni xalqalaydi, sakraydi baliq.<br \/>\nCho\u02bbmilaman oydinda yolg\u02bbiz.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Qish kechasi, yolg\u02bbizlik.<br \/>\nSuyanaman, shiftga boqqancha<br \/>\nKulbam o\u02bbrtasidagi ustunga.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Hamon pishillab o\u02bbtga tomayotgan,<br \/>\nAchchiq -achchiq ko\u02bbz yoshlarimdan<br \/>\nO\u02bbchib qolmasaydi gulxan cho\u02bbg\u02bblari.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Yakuniga etdi bahor ham.<br \/>\nJiqqa yoshga to\u02bbldi xovuzda,<br \/>\nBiltanglagan baliqlar ko\u02bbzi.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Kechki qo\u02bbng\u02bbiroqlar jarangi&#8230;<br \/>\nO\u02bbshani ham eshitolmaysan<br \/>\nBu kimsasiz ovloqda shomlar.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Mening yo\u02bbl aniqlagichim &#8212;<br \/>\nUzun -uzun o\u02bbt -o\u02bblan o\u02bbsgan<br \/>\nO\u02bbtloqdagi o\u02bbroqchi odam.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Kuzgi xirmonlarda don yanchiyotib,<br \/>\nUzoq -uzoqlarda oh chekayotgan<br \/>\nKakku ovozini tinglamoq rohat.<\/p>\n<p>***<br \/>\nHoy, podachi, podani xayda<br \/>\nHuv anavi tomonga,<br \/>\nKakku sayrayotgan yoqlarga!<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Shiddatli bahor yomg\u02bbiri!<br \/>\nBo\u02bbtana suv, quturib, toshib,<br \/>\nShavaqi shovvani ko\u02bbmib tashladi.<\/p>\n<p>***<br \/>\nOh, qanday rohat!<br \/>\nSholipoya, yashil sholilar!<br \/>\nJildiraydi qaerdadir suv.<\/p>\n<p>***<br \/>\nQuyilish dorvozasi tomonda<br \/>\nUzunoyoq qarqarani ko\u02bbkragiga qadar,<br \/>\nKo\u02bbmar so\u02bblim dengiz suvlari.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Shovullaydi oydinda dengiz.<br \/>\nSomon yo\u02bbli esa, cho\u02bbzilgan<br \/>\nUzoqdagi Sado oroligacha.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Hijron haqidagi xaykuni<br \/>\nElpug\u02bbichga yozayotsam, kutilmaganda,<br \/>\nQirs etib qo\u02bblimda sinib qoldi u.<\/p>\n<p>***<br \/>\nO\u02bblgan jangchining chirib, teshilgan<br \/>\nXarbiy dubulg\u02bbasi ostida beg\u02bbam<br \/>\nKuylar chirildoq.<\/p>\n<p>***<br \/>\nManashu bujur tosh qachonlardir<br \/>\nSiyoxdoni bo\u02bblgan biror shoirning.<br \/>\nO\u02bbydig\u02bbida yaltirar shudring.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Ninachi uchyapti, uchyapti hamon,<br \/>\nQo\u02bbna olmay, shamolda egilayotgan<br \/>\nKurmak novdasiga.<\/p>\n<p>***<br \/>\nDexqonlar, hayqirib, daladan quvgan<br \/>\nChumchuqlar galasi panox topdi oxir,<br \/>\nChoy butalari orasidan.<\/p>\n<p>***<br \/>\nSemiz cho\u02bbchqani ham uchirib ketar,<br \/>\nQishki qor qoplagan dalalarda<br \/>\nCharx urgan bu shiddatli quyun.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>O\u02bbltiraman kulbamda yolg\u02bbiz,<br \/>\nXuddi kimdir nog\u02bbora chalayotganday,<br \/>\nTomning tunukasin taqirlatar do\u02bbl.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Men qarsak chalgan mahal,<br \/>\nAks -sado yangragan yoqda<br \/>\nPorlar to\u02bblin oy.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Yolg\u02bbiz, pastak kimsasiz kulba.<br \/>\nHatto qizilishton ham<br \/>\nTaqillatmas uning eshigin.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Sen ham ko\u02bbrgan eding va sevar eding<br \/>\nYangi chiqqan oyning o\u02bbrog\u02bbin, do\u02bbstim.<br \/>\nEndi u mozoring ustida porlar.<\/p>\n<p>***<br \/>\nUzoq mehmon bo\u02bblmay,<br \/>\nKetib qoldi mag\u02bbrib tomon oy,<br \/>\nXontaxtani yolg\u02bbiz qoldirib.<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;&#8212;-<br \/>\nKobayasi ISSA .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;&#8212;<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Qiyg\u02bbos gullayotgan giloslar,<br \/>\nMajbur qildi otdan tushishga<br \/>\nKaltafaxm amaldorni ham.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Dalalarga qo\u02bbndi yovvoyi g\u02bbozlar.<br \/>\nTomoshabin odamlarni<br \/>\nAdo qilib bo\u02bblmaydi sanab.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>O, qanchalar g\u02bbamginlik bilan,<br \/>\nKuzatmoqda kapalakning<br \/>\nOzod parvozini qafasdagi qush!<\/p>\n<p>***<br \/>\nKuz shamoli keltirdi<br \/>\nBir quchoq xazon,<br \/>\nO\u02bbchoqqa yoqmoq uchun.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Shudring ko\u02bbzdan g\u02bboyib bo\u02bbldi,<br \/>\nUchib ketdi, nopok bu dunyoda<br \/>\nQiladigan ishi qolmaganday.<\/p>\n<p>***<br \/>\nDexqonlarga ham hayronman.<br \/>\nUlar o\u02bbrnatgan dala qo\u02bbriqchilarining<br \/>\nHammasi qiyshiq.<\/p>\n<p>***<br \/>\nBu qo\u02bbziqorinning zaharli ekanini va,<br \/>\nEganki odamni o\u02bbldirishini<br \/>\nBilardim, avvaldan bilar edima!..<\/p>\n<p>***<br \/>\nYil oxirlab qolgan paytlar<br \/>\nQog\u02bboz qanot chiqarib, birdan<br \/>\nUchib ketdi qaygadir pullar&#8230;<\/p>\n<p>***<br \/>\nEhhey, necha kun yumaladi ekan<br \/>\nBu sho\u02bbrlik po\u02bbrtaxol mevasi<br \/>\nTekislikka tushguncha tog\u02bbdan?!<\/p>\n<p>***<br \/>\nArshi A&#8217;lodan tushayotganday,<br \/>\nOydinda ohista erga qo\u02bbnayotgan<br \/>\nOppoq gilos gulpallalari.<\/p>\n<p>***<br \/>\nXaydamanglar qovoqarini!<br \/>\nAxir u uzoqlardan kelgan,<br \/>\nO\u02bbtloqdagi gullarni yo\u02bbqlab.<\/p>\n<p>***<br \/>\nChoshgoh payti soyada yotib,<br \/>\nJazirama dalada ishlayotgan,<br \/>\nOdamlarga hurmatim ortdi.<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nYosa BUSON .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Oydin kecha. Sayraydi bo\u02bblbul<br \/>\nKichkina tumshug\u02bbini<br \/>\nBoricha ochib.<\/p>\n<p>***<br \/>\nTo\u02bbrg\u02bbay sayrar to\u02bbliqib, toshib,<br \/>\nUzoq termuladi ko\u02bbkka samuray,<br \/>\nEngini ko\u02bbziga soyabon qilib.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Iliq bahor oqshomi.<br \/>\nYo\u02bblovchilar o\u02bbtdi, oy porlayotgan,<br \/>\nBulbul chax -chax sayrayotgan payt.<\/p>\n<p>***<br \/>\nYugirik dengiz to\u02bblqinlari yuvar,<br \/>\nXurpaygan oppoq qarqaraning,<br \/>\nUzun -uzun oyoqlarini.<\/p>\n<p>***<br \/>\nOh, qanchalar maza!<br \/>\nKechsang yozgi tiniq suvlarni,<br \/>\nShippagingni qo\u02bblinga olib.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Ikki yoki uchta gulpalla<br \/>\nBir -birining ustiga tushdi.<br \/>\nPion guli to\u02bbkilayotir.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Tungi pashshaxonaga qamalgan,<br \/>\nYonarqurtlar uchdi zulmatda.<br \/>\nQuvonchlarga to\u02bbldi yuragim!<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Kuzgi bo\u02bbron.<br \/>\nNovdalarga qo\u02bbngan chumchuq galasi<br \/>\nMuvozanat saqlaydi arang.<\/p>\n<p>***<br \/>\nOqshom, shundoq jinko\u02bbchada<br \/>\nBon bayramiga ketayotgan yo\u02bblovchini,<br \/>\nQuvlab qoldi qopog\u02bbon itlar.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Oy porlagan kecha ko\u02bbzi ojiz odam,<br \/>\nTasodifan menga turtinib ketib,<br \/>\nKulib yubordi.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Hatto Xudo urgan qaroqchi ham,<br \/>\nJo\u02bbshib, qo\u02bbshiq aytib yuborar<br \/>\nBunday yorug\u02bb oydin kechada.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Oy tikkaga kelgan mahal.<br \/>\nKimsasiz ko\u02bbchada yuribman daydib,<br \/>\nYolg\u02bbiz bir o\u02bbzim.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Qirg\u02bboqda bir o\u02bbzim baliq tutaman.<br \/>\nG\u02bbarib, g\u02bbamgin xayoli parishon shamol<br \/>\nTaranglashtiradi qarmoq ipini.<\/p>\n<p>***<br \/>\nQorli tong.<br \/>\nYana quritilgan baliqni<br \/>\neyman shekilli yolg\u02bbiz bir o\u02bbzim.<\/p>\n<p>***<br \/>\nDengiz suvida suzib yurar<br \/>\nmayda yaltiroq baliqchalar.<br \/>\nTutaman desang, yo\u02bbq bo\u02bblib qolishar.<\/p>\n<p>***<br \/>\nShu qoyadan turib,<br \/>\nko\u02bbm &#8212; ko\u02bbk dengizga<br \/>\nqalpog\u02bbimni uloqtiraman!<\/p>\n<p>***<br \/>\nQishki dala.<br \/>\nUzoqlarda yurar dexqonlar<br \/>\nqolgan &#8212; qutgan cho\u02bbplarni yig\u02bbib.<\/p>\n<p>***<br \/>\nSochim o\u02bbsibdi.<br \/>\nOzib ketdim, rangim olingan<br \/>\nbug\u02bbu oyidagi yomg\u02bbir to\u02bbxtamas.<\/p>\n<p>***<br \/>\nBanan yaproqlari so\u02bblg\u02bbin.<br \/>\nOyning porlab chiqishini<br \/>\nsarg\u02bbayib kuzatar dexqonlar.<\/p>\n<p>***<br \/>\nYo\u02bbllar toyg\u02bboq muzlama.<br \/>\nAttang, toyib yiqildi<br \/>\nshirakayf do\u02bbstim.<\/p>\n<p>***<br \/>\nO\u02bblgan o\u02bbg\u02bblin eslab yig\u02bbladi ota.<br \/>\nSo\u02bbnayotgan gulxan cho\u02bbg\u02bblari<br \/>\no\u02bbchib qoldi uning ko\u02bbz yoshlaridan.<\/p>\n<p>***<br \/>\nEgnimdagi qog\u02bboz ko\u02bbylagimni<br \/>\nivitib yirtibdi<br \/>\nbahor yomg\u02bbiri.<\/p>\n<p>***<br \/>\nMuzlagan olabug\u02bba baliqlari<br \/>\nirjaytirib yotar tishlarin<br \/>\nsovuq do\u02bbkon peshtaxtasida.<\/p>\n<p>***<br \/>\nQaydasan, ey mening tayanchim, o\u02bbg\u02bblim?<br \/>\nXassa qilib olgan cho\u02bbpagimni<br \/>\nsindirdi kuzgi shamol.<\/p>\n<p>***<br \/>\nUfqlarga botmoqda quyosh.<br \/>\nKuzgi daryo suvlarida<br \/>\nyaltillaydi mayda baliqlar.<\/p>\n<p>***<br \/>\nChoponim yupqa.<br \/>\nKun bo\u02bbyi o\u02bbtirib, undagi bitlarni<br \/>\nterib o\u02bbldirdim.<\/p>\n<p>***<br \/>\nJuda qalin qor yog\u02bbibdi.<br \/>\nEndi Xakbinz tog\u02bbidan<br \/>\nqanday oshib o\u02bbtar odamlar?<\/p>\n<p>***<br \/>\nYosinodagi gullagan giloslarni<br \/>\nko\u02bbrsataymi senga,<br \/>\nmening qalpog\u02bbim?<\/p>\n<p>***<br \/>\nOxir quvib etdim nihoyat,<br \/>\no\u02bbtgan bahorni<br \/>\nolis Vaka bandargoxida.<\/p>\n<p>***<br \/>\nVoy bayov!.. Voy bayov!..<br \/>\nYana nima deyish mumkin siz haqingizda<br \/>\nYosinodagi gullagan giloslar?!<\/p>\n<p>***<br \/>\nUstunlariga has &#8212; xashak ilingan<br \/>\nko\u02bbprik hayrlashayotir<br \/>\nto\u02bblin oy bilan.<\/p>\n<p>***<br \/>\nQaydan keldi bu yalqovlik?<br \/>\nBugun arang uyg\u02bbotishdi meni,<br \/>\nshovullaydi bahor yomg\u02bbiri.<\/p>\n<p>***<br \/>\nQuvonchla boqamiz yonarqurtlarga,<br \/>\nqayiqchidan umid yo\u02bbq, u mast.<br \/>\nTo\u02bblqinlar qayiqni surib bormoqda.<\/p>\n<p>***<br \/>\nOydin qish kechasi,<br \/>\nqor bosgan yo\u02bbllar.<br \/>\nItga otay desam topilmaydi tosh.<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nKobayasi Issa<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<\/p>\n<p>***<br \/>\nKechib o\u02bbtdim sayoz va toshli,<br \/>\nferuzarang daryo suvlarin,<br \/>\nshippagimni qo\u02bblimga olib.<\/p>\n<p>***<br \/>\nOydin kecha.<br \/>\nTiniq sholipoya suvida<br \/>\noqib yurar gilos gullari.<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nKovaxigasi Xekigado<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<\/p>\n<p>***<br \/>\nSuzayotir qora kemaday,<br \/>\nsekin asta bulutlar aro<br \/>\ntog\u02bbning cho\u02bbqqisi.<\/p>\n<p>***<br \/>\nShilliqqurtning sira<br \/>\nchig\u02bbanog\u02bbidan chiqqisi kelmas.<br \/>\nKuzgi shamollar&#8230;<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;-<br \/>\nMasaoka Siki<br \/>\n&#8212;&#8212;-<\/p>\n<p>Gullagan Yamabuka soyasi.<br \/>\nSuv solingan qovoqda<br \/>\nbiltanglaydi kumushrang baliq.<\/p>\n<p>***<br \/>\nKimsasizlik.<br \/>\nDaraxt ostidagi shaloq o\u02bbrindiqda<br \/>\nqarag\u02bbayning igna barglari.<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nNayto Meysesu<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<\/p>\n<p>***<br \/>\nQaytarib keladi o\u02bbz ovozimni<br \/>\nyana o\u02bbzimga<br \/>\nkuzgi bo\u02bbronlar.<\/p>\n<p>***<br \/>\nYurmayotgan otining<br \/>\njilovidan tortar zo\u02bbr berib<br \/>\naravakash sovuq kechada.<\/p>\n<p>***<br \/>\nEshitilar darcha ortidan<br \/>\ndexqon ketmonining chiqirlashlari.<br \/>\nShudgorda tosh ko\u02bbp.<\/p>\n<p>***<br \/>\nZilol suvli azim daryoda<br \/>\nlapanglab oqmoqda<br \/>\nsuvga qulatilgan xodalar.<\/p>\n<p>***<br \/>\nTutunlarda ko\u02bbrinmay ketar<br \/>\nsargashta roxib.<br \/>\nOlislarda qo\u02bbng\u02bbiroq tovushi&#8230;<\/p>\n<p>***<br \/>\nChug\u02bburchuqlar galasi<br \/>\nuchib o\u02bbtdi tepamdan.<br \/>\nEshitdim qanotlar shuvillashini.<\/p>\n<p>***<br \/>\nMenga sovg\u02bba berishdi.<br \/>\nOltin baliqchani olib ketyapman<br \/>\nsuvli qovoqda.<\/p>\n<p>***<br \/>\nQish yomg\u02bbiri.<br \/>\nHamma narsa jim.<br \/>\nQirg\u02bboqdagi qayiq ham hatto.<\/p>\n<p>***<br \/>\nGo\u02bbyo kapalaklarni oldiga solib,<br \/>\nxaydab kelayotganga o\u02bbxshar<br \/>\nso\u02bbqmoqdagi yo\u02bblovchi.<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nTaneda Santoka<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<\/p>\n<p>***<br \/>\nShunday ketmoqdaman,<br \/>\nso\u02bbzanakni qalpog\u02bbimga<br \/>\nqo\u02bbndirganimcha.<\/p>\n<p>***<br \/>\nYolg\u02bbiz o\u02bbtiribman,<br \/>\nromga elimlab<br \/>\nyangi qog\u02bbozni.<\/p>\n<p>***<br \/>\nQanday va qayoqdan qaramayin,<br \/>\nhamon yog\u02bbayapti to\u02bbxtamay,<br \/>\nyog\u02bbayapti qor.<\/p>\n<p>***<br \/>\nChirildoqlar chirillar.<br \/>\nBerkinishning iloji yo\u02bbq<br \/>\nbu tovushlardan.<\/p>\n<p>***<br \/>\nUchyapti, hamon uchayapti<br \/>\nkuzgi daraxtlarning sarg\u02bbaygan<br \/>\nyaproqlari sovuq shamolda.<\/p>\n<p>***<br \/>\nDam olib yotgan chog\u02bbim<br \/>\nqip qizil so\u02bbzanak<br \/>\noyog\u02bbimga qo\u02bbndi o\u02bbtloqda.<\/p>\n<p>***<br \/>\nYaxshilab chaynash kerak,<br \/>\nxafsala bilan.<br \/>\nGuruch bu guruchda&#8230;<\/p>\n<p>***<br \/>\nBo\u02bbkib sake ichib, mast bo\u02bblib,<br \/>\nchirildoqlar bilan birga<br \/>\nuxlab qolibman.<\/p>\n<p>***<br \/>\nYozgi sel shovqini.<br \/>\nYillar o\u02bbtishi bilan men kabi<br \/>\nsel ham qaribdi.<\/p>\n<p>***<br \/>\nAyozli qish kechasi,<br \/>\nsovuq izg\u02bbirin.<br \/>\nMen qaerda tunayman endi?..<\/p>\n<p>***<br \/>\nQayoqqadir shoshar<br \/>\nsovuq bulutlar<br \/>\ncheksiz osmonda&#8230;<\/p>\n<p>***<br \/>\nDalada izg\u02bbirin.<br \/>\nToshlarni teraman<br \/>\nkuzgi shamolda&#8230;<\/p>\n<p>***<br \/>\nQanday ivib ketdima<br \/>\nboyagina huv anavi,<br \/>\nbulutlardan yoqqan yomg\u02bbirda!..<\/p>\n<p>***<br \/>\nUziliksiz kavshanaman.<br \/>\nMening ovqatim &#8212;<br \/>\nguruch kepagi.<\/p>\n<p>***<br \/>\nHoy, noinsof chigirtka,<br \/>\nxaltadagi guruch o\u02bbzi oz,<br \/>\nertagacha etsin&#8230;<\/p>\n<p>***<br \/>\nEmoqqa ovqat yo\u02bbq.<br \/>\nKuzataman quyoshni g\u02bbamgin<br \/>\nbaland, olis tog\u02bblar ortiga&#8230;<\/p>\n<p>***<br \/>\nYolg\u02bbiz, beg\u02bbam, oppoq kapalak<br \/>\nUchib aylanmoqda pildirab.<br \/>\nHamma yoqda tosh.<\/p>\n<p>***<br \/>\nKulbam ayvonida yolg\u02bbiz o\u02bbltirib,<br \/>\nrohatdan ko\u02bbzlarim yumib, kavshanib,<br \/>\nUembosi qiyomin eyman . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nYolg\u02bbiz va sokin<br \/>\njim &#8212; jit o\u02bbngirlarning<br \/>\nshaffof tonglari . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nIyul jalasi.<br \/>\nO\u02bbprilib ketdimi deymanda,<br \/>\nosmon to\u02bbg\u02bboni . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nXotiralar uchib kelar<br \/>\nqaydandir birdan<br \/>\noppoq yuvosh kapalak bilan . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nAtrof tog\u02bb, qarag\u02bbay o\u02bbrmoni.<br \/>\nToshni yostiq qilib yotibman.<br \/>\nShosha pisha suzar kuzgi bulutlar. . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nTungi ibodatxonada<br \/>\ntongacha mushuk<br \/>\no\u02bbynadi parvona kapalak bilan.<\/p>\n<p>***<br \/>\nYo\u02bblda kasal bo\u02bblib qoldim.<br \/>\nMana endi tungi zulmatda,<br \/>\ntinglayapman sel shovqinini . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nQorong\u02bbi tushdi.<br \/>\nEndi oydin tog\u02bblardan<br \/>\naxtaraman tunamoqqa joy.<\/p>\n<p>***<br \/>\nNaxot shu kul qolgan bo\u02bblsa<br \/>\nyoqib yuborilgan kundaligimdan ?. . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nTong pallasi yirik tomchilar<br \/>\nnog\u02bbora qilib chalar<br \/>\npastakkina kulbam tomini.<\/p>\n<p>***<br \/>\nMeni burga chaqib, uxlatmayapti,<br \/>\nyulduz to\u02bbla bepoyon osmon . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nDengizlarga tikilganimcha<br \/>\nsohildagi o\u02bbtloqda<br \/>\nbo\u02bbshanaman , xojat qilaman.<\/p>\n<p>***<br \/>\nKuzgi shamollarda<br \/>\nOt sug\u02bboraman . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nCho\u02bbchqa menga tikildi.<br \/>\nQiziqishdan ochilgan og\u02bbziga<br \/>\nkirmoqda kuzgi shamol .<\/p>\n<p>***<br \/>\nKun bo\u02bbyi yomg\u02bbir yog\u02bbdi .<br \/>\nMen o\u02bbyladim hasratga cho\u02bbmib ,<br \/>\nolislarda qolgan Vatanimni.<\/p>\n<p>***<br \/>\nBuncha ham mazali<br \/>\nbo\u02bblmasa guruch .<br \/>\nKavshanaman bir o\u02bbzim o\u02bbychan.<\/p>\n<p>***<br \/>\nOftob qizdirmoqda<br \/>\nustarada taglab qirilgan<br \/>\ntaqir boshimni&#8230;<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;-<br \/>\nIsikava Tokuboku<br \/>\n&#8212;&#8212;-<\/p>\n<p>***<br \/>\nTurgenevning romanini<br \/>\npoezdda o\u02bbqib ketayotib,<br \/>\nIsikari dan o\u02bbtib ketibman.<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nMidzuxara Syuosi<br \/>\n&#8212;&#8212;-<\/p>\n<p>***<br \/>\nQishloq uzra g\u02bbamgin porlagan oyni,<br \/>\ntomosha qilmas hech kim.<br \/>\nBarcha sholi o\u02bbrimida . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nOlmalar gullagan.<br \/>\nBoyagina yoqqan bahor selidan keyin,<br \/>\noppoq gul qopladi sohil suvlarin.<\/p>\n<p>***<br \/>\nOy porlar .<br \/>\nQayinlar soyasi sezilmas ,<br \/>\ntumanlarga cho\u02bbmgan qayinzor.<\/p>\n<p>***<br \/>\nBahorni kuzatayapman<br \/>\nyomg\u02bbirlarda shalobbo ivib,<br \/>\nbulutlar bilan yuzma &#8212; yuz , tog\u02bbda.<\/p>\n<p>***<br \/>\nYomg\u02bbirli kun.<br \/>\nOqin bo\u02bbylab oqar xrizantemalar<br \/>\nko\u02bbrinmaydi bironta qayiq.<\/p>\n<p>***<br \/>\nChoy gullaydi baland qoyada.<br \/>\nShom zulmati qoplagan tog\u02bblar.<br \/>\nOlislardan ko\u02bbtarilar oy.<\/p>\n<p>***<br \/>\nQaldirg\u02bbochlar chiyillab uchar,<br \/>\ngir aylanib, tog\u02bbdagi kulbamning,<br \/>\ntomi ustidan.<\/p>\n<p>***<br \/>\nXagi gullayotgan<br \/>\nAsama tog\u02bbiga chiqaman<br \/>\nbulutlarni go\u02bbyoki qayrib . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nBaland jarlar aro, to\u02bblqinlar uzra,<br \/>\nchag\u02bbalaylar ini yonida<br \/>\nolxo\u02bbri gullar . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nBerkinadi o\u02bbt &#8212; o\u02bblan ichra<br \/>\ntunash uchun o\u02bbtloq kakkusi ,<br \/>\nyaqinlashar tun . . .<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nAkutagava Ryunoske<br \/>\n&#8212;&#8212;-<\/p>\n<p>***<br \/>\nMana tong otdi.<br \/>\nQo\u02bbshig\u02bbini to\u02bbxtatib, birdan ,<br \/>\nchirildoq jimib qoldi.<\/p>\n<p>***<br \/>\nTog\u02bb etaklarida<br \/>\nyumilib qolibdi sovuq ayozdan ,<br \/>\nchoy g\u02bbunchalari.<\/p>\n<p>***<br \/>\nQishki yomg\u02bbirlar.<br \/>\nKanal qirg\u02bbog\u02bbidagi choyxonada<br \/>\nyolg\u02bbiz bir mehmon . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nBog\u02bb yo\u02bblakchasidagi<br \/>\nko\u02bblmakda aks etar.<br \/>\nAzaliya gullari . . .<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nNasume Soseki<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<\/p>\n<p>***<br \/>\nMen kasal yotgan xonaning<br \/>\nbambuk pardasiga ohista qo\u02bbndi<br \/>\nkuzgi kapalak.<\/p>\n<p>***<br \/>\nKuzgi daryo, baland sohillar.<br \/>\nDaryo uzra aks &#8212; sado yangrar.<br \/>\nchayla qurishyapti uzoqda.<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nIida Dakosu<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<\/p>\n<p>***<br \/>\nPechka eshikchasin ochib, qarasam,<br \/>\nko\u02bbmir oxista, istamaygina,<br \/>\nqraq, qraq -deya yonmoqda ekan. . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nShamolda chayqalib, jaranglar<br \/>\neshikka osilgan mitti qo\u02bbng\u02bbiroq.<br \/>\nAnor gullabdi . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nPashshaxonaga kirib yotibman.<br \/>\nSo\u02bbnayotir kuzgi saharda<br \/>\no\u02bbchoqdagi kechagi cho\u02bbg\u02bblar . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nQor ko\u02bbmib tashladi<br \/>\nbarcha yo\u02bbllarni.<br \/>\nIsinaman o\u02bbchoq oldida yolg\u02bbiz . . .<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;-<br \/>\nNayto Meysesu<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<\/p>\n<p>***<br \/>\nShaffof suvda<br \/>\nqilt etmaydi mudroq baliqlar.<br \/>\nKuzgi shamol . . .<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nTakaxama Kyosi<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<\/p>\n<p>***<br \/>\nGuvillagan sovuq shamolni,<br \/>\nko\u02bbksim bilan qarshi olib .<br \/>\nbir zumga unutdim qariganimni . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nHademay jimib qolar<br \/>\no\u02bbtinchining boltasi tog\u02bbda.<br \/>\nKuzgi yomg\u02bbirlar . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nLoyqalatib ariq suvini,<br \/>\ndexqon sholg\u02bbom yuvar<br \/>\nhafsala bilan . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nBirinchi qish yomg\u02bbiri.<br \/>\nMening yuragimda umrbod<br \/>\nqolar endi u . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nBoshim uzra uchib o\u02bbtdi qush,<br \/>\ntumshug\u02bbida nimadir cho\u02bbqib.<br \/>\nMeva shekilli . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nMana , yana bitta chinor novdasi,<br \/>\nyaproqlarin to\u02bbkib, yalang\u02bbochlandi . . .<br \/>\nSuv quyganday jim jit chor taraf.<\/p>\n<p>***<br \/>\nBaland tog\u02bb yonbag\u02bbirlaridan turib,<br \/>\no\u02bbtinchilar o\u02bbychan termulib qarar,<br \/>\nvodiydagi qolgan qutgan qorlarga . ..<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nKovaxigasi Xekigado<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<\/p>\n<p>***<br \/>\nOyog\u02bbim ostida o\u02bbralashib ,<br \/>\no\u02bbsib yotgan maysalar aro<br \/>\nchiyillaydi mitti jo\u02bbjalar.<\/p>\n<p>***<br \/>\nMen tun bo\u02bbyi xayku yozaman.<br \/>\nKamsuqumgina xotinim esa,<br \/>\nkiyimini yamab &#8212; yasqaydi . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nO\u02bbtloqqa chiqaman.<br \/>\nQizg\u02bbaldoqlar to\u02bbzg\u02bbir shamolda<br \/>\nva suqsirlar uchib o\u02bbtar sarosar. . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nKartoshka qaynataman.<br \/>\nGo\u02bbyo qaydadir, koinotning bo\u02bbshliqlarida<br \/>\nyig\u02bblar bolakay . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nQoraygan o\u02bbchoq mo\u02bbrisi uzra<br \/>\naylanadi inga joy izlab<br \/>\nqaldirg\u02bbochlar bahorda . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nQishloqda bayram,<br \/>\nqirmizi fonuslar yonar.<br \/>\nBo\u02bbkiradi bug\u02bbu zulmatda . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nSuv charxpalagin aylantirishdan,<br \/>\ncharchab holdan toydi odamlar<br \/>\nsholi ekish mavsumida . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nBug\u02bbda pishirilgan sholg\u02bbomni<br \/>\nSuzmaga qo\u02bbshib eb,<br \/>\no\u02bbltirdim g\u02bbamgin . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nSovuq suyagimdan o\u02bbtib ketdi.<br \/>\nChoshgox payti sohilda<br \/>\nqarag\u02bbaylar aro daydiyman hamon.<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nIsikava Takuboku<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<\/p>\n<p>Kasalxona derazasiga<br \/>\nyaqin olib kelishdi meni.<br \/>\nOdamlarni ko\u02bbrib, quvondim.<\/p>\n<p>***<br \/>\nOxiri uloqtirdim<br \/>\nkuya egan telpagimni men.<br \/>\nOlti yil kiydim uni.<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;-<br \/>\nToki Dzemmaro<br \/>\n&#8212;&#8212;<\/p>\n<p>***<br \/>\nUzoqlarni ko\u02bbrsatdim barmog\u02bbim bilan,<br \/>\nu yoqlarda, u o\u02bblkalarda<br \/>\noqib yotar Volga daryosi.<\/p>\n<p>***<br \/>\nUziliksiz, xuddi telbadek,<br \/>\no\u02bbylayverdim achchiq tamaki chekib,<br \/>\nolis Sibir qorlari haqda.<\/p>\n<p>***<br \/>\nQayta &#8212; qayta o\u02bbqiyman ko\u02bbzlarimda yosh,<br \/>\nyurakka yaqin Turgenevning bu kitobini.<br \/>\nMuqovasi sarg\u02bbayib ketgan&#8230;<\/p>\n<p>***<br \/>\nOh, necha bor o\u02bbchdi papiros cho\u02bbg\u02bbi,<br \/>\nHasratli o\u02bbylar &#8212;<br \/>\nAchchiq Rus tamakisi, qish&#8230;<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;-<br \/>\nNasivaki Dzyundzaburo<br \/>\n&#8212;&#8212;-<\/p>\n<p>Kuzgi daryo qirg\u02bbog\u02bbi.<br \/>\nUzun uzun o\u02bbt &#8212; o\u02bblan ichra<br \/>\nBaliq tutar qarmoqda kimdir.<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nMasaoka Siki<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<\/p>\n<p>***<br \/>\nChirildoqlar chirillar,<br \/>\nammo ming afsus<br \/>\nquloqlari kardir otamning&#8230;<\/p>\n<p>***<br \/>\nQishloqdan shaharga kelib,<br \/>\ngullagan gilosni tomosha qilayotgan<br \/>\ndexqon hamyonini kesib ketishdi&#8230;<\/p>\n<p>***<br \/>\nRangpar oy.<br \/>\nMening birdan<br \/>\ntarvuz o\u02bbg\u02bbirlagim keldi negadir.<\/p>\n<p>***<br \/>\nO\u02bbg\u02bbrini tutib,<br \/>\nsimyog\u02bbochga bog\u02bblab qo\u02bbydilar.<br \/>\nTungi ayoz&#8230;<\/p>\n<p>***<br \/>\nQish oqshomi.<br \/>\nXovuzdagi o\u02bbrdaklar ustiga<br \/>\nqor yog\u02bbayotir.<\/p>\n<p>***<br \/>\nShom payti qiynalib yurib,<br \/>\nfonusni osdim<br \/>\ngullayotgan gilos shoxiga&#8230;<\/p>\n<p>***<br \/>\nTumanlarning qa&#8217;ridan chiqdim.<br \/>\nEhhe, qanchalar buyuk dengiz<br \/>\nro\u02bbparamda yastanib yotar!<\/p>\n<p>***<br \/>\nYozgi daryo.<br \/>\nKo\u02bbprik boru lekin,<br \/>\notlar o\u02bbtar sayoz kechuvdan&#8230;<\/p>\n<p>***<br \/>\nOdamlar ko\u02bbpchilik bo\u02bblib,<br \/>\nyotib olgan kema saxniga.<br \/>\nPorlar yozgi oy&#8230;<\/p>\n<p>***<br \/>\nOrtimga o\u02bbgrilgan paytim,<br \/>\nhozirgina yonimdan o\u02bbtgan yo\u02bblovchi<br \/>\ntumanlarda ko\u02bbrinmay ketdi&#8230;<\/p>\n<p>***<br \/>\nQayiqdan, ko\u02bbpriklardan<br \/>\nkir yoyadigan joydan,<br \/>\nhamma yoqdan qararlar oyga&#8230;<\/p>\n<p>***<br \/>\nBahor oqshomi.<br \/>\nKimdir o\u02bbtdi yonimdan<br \/>\nsibizg\u02bba chalib&#8230;<\/p>\n<p>***<br \/>\nQanday qayg\u02bbuli ko\u02bbrinish!<br \/>\nO\u02bbrgimchak to\u02bbriga<br \/>\nkapalaklar ilinib yotar&#8230;<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;-<br \/>\nSaygyo she&#8217;riyatidan:<br \/>\nTankalar<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<\/p>\n<p>***<br \/>\nDuvillab to\u02bbkildi<br \/>\nuzun uzun o\u02bbt &#8212; o\u02bblanlardan.<br \/>\nbillur shudringlar.<br \/>\nKuzgi shamol guvillar<br \/>\nMyagino dalalarida.<\/p>\n<p>***<br \/>\nKech kuzak osmoni,<br \/>\nqosh qoraygan on,<br \/>\narang &#8212; arang yaltirab,<br \/>\nko\u02bbrindi nihoyat uzoq kutdirgan,<br \/>\nsog\u02bbintirgan oy.<\/p>\n<p>***<br \/>\nEndi qandoq qilaman men,<br \/>\nko\u02bbylagimning namchil engida<br \/>\nyalt etdi shu&#8217;la.<br \/>\nBotib ketdi bulut ortiga<br \/>\nkuzgi mayus oy.<\/p>\n<p>***<br \/>\nKuz oqshomi, oydinda<br \/>\nyoprildi bulutlar<br \/>\noy yuzin to\u02bbsmoq uchun.<br \/>\nYo\u02bbq, ko\u02bbzlarimni aldabdi<br \/>\ng\u02bbozlar galasining ko\u02bblankalari.<\/p>\n<p>***<br \/>\nOsmonda oy yo\u02bbq.<br \/>\nChiqarmikin u ?<br \/>\nMen ayvonda o\u02bbltirganimcha<br \/>\nuzoq kutdim, juda ham uzoq<br \/>\noy chiqishin tog\u02bbli qishloqda.<\/p>\n<p>***<br \/>\nKunduzgiday yop &#8212; yorug\u02bb kecha<br \/>\nko\u02bblankam ham ko\u02bbrinmas.<br \/>\nOy yaraqlab porlar<br \/>\nborar manzilimni angladim<br \/>\nqo\u02bbng\u02bbiroqlar tovushidan.<\/p>\n<p>***<br \/>\nShudringlarin to\u02bbkmay,<br \/>\nuzib oldim men<br \/>\ngullagan Xagi butog\u02bbini,<br \/>\nchigirtkalar qo\u02bbshig\u02bbin tinglab<br \/>\noy yorug\u02bbida.<\/p>\n<p>***<br \/>\nQora siyox bilan yozilgan<br \/>\nxatlarga o\u02bbxshab<br \/>\ng\u02bbozlar qanot qoqib,<br \/>\ng\u02bbog\u02bbolab uchar<br \/>\ntungi osmonda.<\/p>\n<p>***<br \/>\nO\u02bbt &#8212; o\u02bblanlarni qayrib,<br \/>\nyurdim qayg\u02bbuga botib.<br \/>\nShudringlardan og\u02bbirlashdi<br \/>\nko\u02bbylagim engi.<br \/>\nChigirtkalar menga qo\u02bbshilib yig\u02bblar.<\/p>\n<p>***<br \/>\nBahor tumanlari.<br \/>\nQayoqqa, qaysi tarafga<br \/>\nuchib ketdi ekan qirg\u02bbovullar?<br \/>\nUlar tuxum qo\u02bbygan o\u02bbtloqqa<br \/>\nbolalar o\u02bbt qo\u02bbyibdi&#8230;<\/p>\n<p>***<br \/>\nTuman qoplagan dala.<br \/>\nO\u02bbraman o\u02bbt &#8212; o\u02bblanni.<br \/>\nTumanlar qayg\u02bbuli.<br \/>\nBolaligim berkinib olgan<br \/>\nhuv olisda , tumanlardan ham narida.<\/p>\n<p>***<br \/>\nTumanli tepaliklar tomonga<br \/>\nberkingan qirg\u02bbovullar.<br \/>\nUzoq &#8212; uzoqlardan<br \/>\nqanotlar sharpasi<br \/>\nsezilar menga&#8230;<\/p>\n<p>***<br \/>\nTinchim yo\u02bbqolgan mening.<br \/>\nTinimsiz o\u02bbylayman, qaysi o\u02bbngirda<br \/>\nqaysi tog\u02bb yonbag\u02bbirida<br \/>\nqaysi olcha<br \/>\ngullar ekan birinchi bo\u02bblib?..<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nVakayama Bokusiy yozgan tankalar<br \/>\n&#8212;&#8212;-<\/p>\n<p>***<br \/>\nVulqon poyida o\u02bbsgan<br \/>\nqarag\u02bbay o\u02bbrmoni tepasida oy<br \/>\nkumush shu&#8217;lalar taratgan kecha<br \/>\ntun bo\u02bbyi tinmay<br \/>\nsayradi kakku.<\/p>\n<p>***<br \/>\nEski kvartalda,<br \/>\nufqdagi shom bulutlariga<br \/>\nqarab to\u02bbymayman .<br \/>\nKechki soat vaqtin xabarlab,<br \/>\njom chaladi ibodatxona.<\/p>\n<p>***<br \/>\nSajdagoxdan tushaman ,<br \/>\nzinama &#8212; zina yurib, ohista<br \/>\nva quyuqlashayotgan zulmatda<br \/>\nbutun vujudim bilan<br \/>\nhis qilaman bu kuz , bu tunni . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nShom hasrati cho\u02bbkkan kulbada<br \/>\nqirmiz ko\u02bbmirlarga sochsang<br \/>\nozgina sake,<br \/>\nhushbo\u02bby ko\u02bbkatlarning xidiga<br \/>\nto\u02bblib ketar o\u02bbshanda xonang .<\/p>\n<p>***<br \/>\nUzoq uzoqlarda qorli cho\u02bbqqilar.<br \/>\nHaybatli qoyalar poyida esa<br \/>\nshovullaydi dolg\u02bbali dengiz.<br \/>\nQirg\u02bboq bo\u02bbylab sayr qilaman<br \/>\nbahor quvonchiga to\u02bblib vujudim.<\/p>\n<p>***<br \/>\nYarim kecha oydinda yolg\u02bbiz<br \/>\nkulbamga qaytaman.<br \/>\nSo\u02bbng zinapoyada to\u02bbxtayman,<br \/>\nengimdagi archa ignabarglarin<br \/>\nqoqib tushirmoq uchun.<\/p>\n<p>***<br \/>\nBulutlar tarqadi.<br \/>\nMen Asama cho\u02bbqqisidagi<br \/>\nso\u02bbqmoq uzra yuribman daydib.<br \/>\nVulqon mo\u02bbrisi ustida<br \/>\nbulut parchasiga o\u02bbxshagan tutun.<\/p>\n<p>***<br \/>\nTermulaman ko\u02bbm &#8212; ko\u02bbk dengizga,<br \/>\neshitaman suvlar shovqinin.<br \/>\nTo\u02bblqinlar qoyaga o\u02bbzini urar,<br \/>\ngoho ko\u02bbkka sapchib , gohida pastlab,<br \/>\nyuragimni to\u02bbldirar g\u02bbamga.<\/p>\n<p>***<br \/>\nDud burqsigan loypaxsa o\u02bbchoq.<br \/>\nTutun xidi kelar<br \/>\nkurujkadagi qaynoq suvdan.<br \/>\nTog\u02bbdagi qishki kulbada sovir<br \/>\ng\u02bbaribgina kechki ovqatim.<\/p>\n<p>***<br \/>\nDaraxt shoxlari aro<br \/>\nporlaydi qishki quyosh.<br \/>\nYuzlarimni ohista silar<br \/>\nuning xorg\u02bbin nurlari.<br \/>\nYoritadi , lekin isitmas !<\/p>\n<p>***<br \/>\nMen uzoqqa ketdim .<br \/>\nva dengiz sohilida<br \/>\ntunamoqchi bo\u02bbldim.<br \/>\nEndi yotgan edim, yarim kechasi.<br \/>\nSharros quydi daxshatli jala.<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;-<br \/>\nYosii Isamu<br \/>\n&#8212;&#8212;-<\/p>\n<p>***<br \/>\nHavoda suzadi tamaki xidi,<br \/>\noydin kecha, kimsasiz yo\u02bbllar.<br \/>\nJubbamga burkanib, yuribman, daydib<br \/>\nqing\u02bbir &#8212; qiyshiq jinko\u02bbchalarda.<br \/>\nGion xavosidan simirib yolg\u02bbiz . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nPoytaxtda ayoz.<br \/>\nMuzlab qolmadimikan uchib ketayotib<br \/>\nqo\u02bbng\u02bbiroqlar jarangi?..<br \/>\nAsta valdirayman<br \/>\nsovib qolgan sake ustida . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nBilganimda edi, o\u02bbshal derazadan<br \/>\ntumanli zulmatlar aro porlagan<br \/>\nfonusning xira va xorg\u02bbin yog\u02bbdusi aro<br \/>\noydin sukunatda oynasin asta<br \/>\ntaqillatgan bo\u02bblardim albat.<\/p>\n<p>***<br \/>\nNahot hech kim kelmas o\u02bblganimdan so\u02bbng<br \/>\nso\u02bbppayib yotgan yolg\u02bbiz qabrimni<br \/>\nziyorat qilmoqqa, ko\u02bbz yoshi to\u02bbkib?<br \/>\nO\u02bblganingdan keyin unutilishingni<br \/>\nO\u02bbylamoq qayg\u02bbuli . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nEshitdim , Bokusiy tark etibdi<br \/>\noxiri bu telba dunyoni.<br \/>\nO, kuz bunchalar mayus va g\u02bbarib,<br \/>\nhattoki yurt ba yurt daydib yursamda,<br \/>\nhatto eb &#8212; ichsamda, huzurlansamda ! . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nKamdan &#8212; kam odamga nasib qiladi<br \/>\ntotib namxush qayg\u02bbuni &#8212;<br \/>\nlablar bilan his qilmoq<br \/>\ntinimsiz ichilgan sake ta&#8217;mini<br \/>\nhayot va mamotning chegarasida . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nFevral oyi oxirlab borar,<br \/>\nolis momaqaldiroq tovushi &#8212;<br \/>\nbahorning ilk aks &#8212; sadosi.<br \/>\nKrab chig\u02bbanog\u02bbida Sake qaynatyapman<br \/>\ndengiz sohilida bir o\u02bbzim, yolg\u02bbiz.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Qaerda , qanday va qachon ,<br \/>\ntark etarkinman bu dunyoni men.<br \/>\nMen hayotim haqida o\u02bbylayman,<br \/>\no\u02bbylayman o\u02bblimim haqida uzoq<br \/>\noydin Ino tekisligida.<\/p>\n<p>***<br \/>\nIztirobli o\u02bbylar og\u02bbushida jim<br \/>\no\u02bbchoqqa o\u02bbt qalayman, puflayman tutun<br \/>\nva tun bo\u02bbyi bedor o\u02bbltirib,<br \/>\nhasratli bexudud o\u02bbyga cho\u02bbmaman,<br \/>\nqizargan ko\u02bbmirni kovlab, ag\u02bbdarib . . .<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Sening fikringa qo\u02bbshilmagan<br \/>\nodamlarni savalash shartmi?<br \/>\nYaxshisi qo\u02bblinga tolxivich olib,<br \/>\no\u02bbz &#8212; o\u02bbzingni ayovsiz savalab,<br \/>\nmomataloq qilgan yaxshiroq . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nHasratli qayg\u02bbular!<br \/>\nBugun yana o\u02bbchoqdagi ko\u02bbmir cho\u02bbg\u02bbida<br \/>\nsake isityapman bir o\u02bbzim yolg\u02bbiz.<br \/>\nKundan kun tobora qishga<br \/>\nsingib borayotir Nirao darasi . . .<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;-<br \/>\nIto Satio<br \/>\n&#8212;&#8212;-<\/p>\n<p>***<br \/>\nMen yomg\u02bbirli tunda<br \/>\npion gullarini sog\u02bbinib ketdim .<br \/>\nSo\u02bbng toshfonarni yoqib, ohista<br \/>\ntashqariga chiqdim, pion gullarini<br \/>\nko\u02bbrib kelmoqlik uchun.<\/p>\n<p>***<br \/>\nKo\u02bbrayapman &#8212; tosh ustin yopib,<br \/>\nva daraxtlar poyini qoplab,<br \/>\ngo\u02bbyo birgalashib, yig\u02bbilib,<br \/>\nhamkorlikda chirpiramoqqa<br \/>\nhozirlanar bargi xazonlar . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nXorigan er, charchagan osmon<br \/>\ntong otguncha uyquga ketar.<br \/>\nZulmat quyuqlashar<br \/>\nva bepoyon dengiz ustidan<br \/>\nbeg\u02bbamgina ko\u02bbtarilar oy . . .<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;-<br \/>\nSimaki Akaxiko<br \/>\n&#8212;&#8212;-<\/p>\n<p>***<br \/>\nGullayotgan o\u02bbtloqlar aro<br \/>\no\u02bbt &#8212; o\u02bblanli so\u02bbqmoqdan yurib,<br \/>\netib keldim bug\u02bbdoyzorga men.<br \/>\nVa xo\u02bbrsinib, dedim: -Jim &#8212; jitlik!<br \/>\no\u02bbrdak g\u02bbaqilladi menga javoban . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nYarim kecha<br \/>\nquyuqlashgan tumanlar aro<br \/>\nsizar yog\u02bbdular<br \/>\nva sirg\u02bbalgan oy shu&#8217;lasida<br \/>\ng\u02bbira &#8212; shira jilvalanar suv . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nO\u02bbrmon sayxonligidagi<br \/>\nuzun uzun o\u02bbt -o\u02bblan o\u02bbsgan o\u02bbtloqda<br \/>\no\u02bbylanib o\u02bbltirib, yolg\u02bbiz bir o\u02bbzim<br \/>\ntog\u02bbli o\u02bblka bilan xayirlashyapman.<br \/>\nQayg\u02bbuli va og\u02bbir bu yurak uchun.<\/p>\n<p>***<br \/>\nChiroq shu&#8217;lasiga talpinganicha<br \/>\nparvonalar aylanar uchib.<br \/>\nUyda, men bilan yonma &#8212; yon,<br \/>\nbolalarim uxlar<br \/>\neski &#8212; tuskilarga o\u02bbranib, qotib . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nYomg\u02bbir tindi, yorishdi osmon.<br \/>\nShundan bo\u02bblsa kerak,<br \/>\nhavo toza, muzdek musaffo.<br \/>\nGuruch qog\u02bbozining qirg\u02bboqlarida ,<br \/>\nyonib tugayotir botish shu&#8217;lasi . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nJim kimsasiz tungi ko\u02bbchalar.<br \/>\nSo\u02bbngan kullar qurumi bosgan<br \/>\no\u02bbchoq mo\u02bbrisining qirg\u02bboqlarini<br \/>\nqirov bilan bezar<br \/>\nizg\u02bbirin ayoz . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nUzoq uzoqlardan, zulmat qa&#8217;ridan<br \/>\nelas &#8212; elas eshitilar quloqqa<br \/>\nto\u02bblqinlarning bo\u02bbg\u02bbiq shovqini.<br \/>\nDaraxtlar soyasi cho\u02bbzilib yotgan<br \/>\noydinda raqs tushar dexqonlar.<\/p>\n<p>***<br \/>\nYozayapman , yozayapman ,<br \/>\nqorong\u02bbi tushsa ham oy shu&#8217;lasida.<br \/>\nHatto chiroqni yoqish uchun ham<br \/>\no\u02bbrnimdan turgim kelmas.<br \/>\nYolg\u02bbiz qarshilayman oqshomni shunday . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nDalalarda erib ketdi qor,<br \/>\nqo\u02bbng\u02bbir tuproq yalong\u02bbochlandi<br \/>\nva osilib turar er uzra<br \/>\nbotayotgan quyosh lappagi.<br \/>\nKo\u02bbrinishi kichik va sovuq . . .<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nNagasuka Takasi<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<\/p>\n<p>***<br \/>\nDala ortidagi zovurda<br \/>\nboshlarini chiqarib suvdan<br \/>\nbaqalar kuylaydi.<br \/>\nBahorgi o\u02bbrmonlarda esa,<br \/>\nkalinalar gullabdi oppoq .<\/p>\n<p>***<br \/>\nUy oldidagi bog\u02bbda<br \/>\nsukunatli sokin tumanlar.<br \/>\nTongi g\u02bbira &#8212; shirada<br \/>\nbadyan shoxlaridan to\u02bbkilgan<br \/>\nxazonlarni supuraman jim.<\/p>\n<p>***<br \/>\nLoviya palaklari<br \/>\nyig\u02bbishtirib olingan.<br \/>\nKuzgi daladagi<br \/>\nto\u02bbrsaygan kulrang tikanlar aro<br \/>\nchigirtkalar chirillar g\u02bbamgin . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nO ,Kameliya guli ,<br \/>\nmuzlab sovqotding ,<br \/>\nsovuq shamolda.<br \/>\nSenga xech kim achinib boqmas .<br \/>\nO\u02bbxshash bizning taqdirlarimiz . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nBugun tunda jarangdor<br \/>\novoz bilan kuylar chirildoq.<br \/>\nQaerdadir shu yaqin atrofda &#8212;<br \/>\nbalki , misol uchun , oshxonada , yoki<br \/>\nsabzovot solingan to\u02bbrvada kuylar. . .<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;-<br \/>\nKoidzumi Tikasi<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<\/p>\n<p>***<br \/>\nBotayotgan kunning shu&#8217;lasi<br \/>\nqirmizi yong\u02bbinday shomgi tog\u02bblarda.<br \/>\nBambuklarning qoraygan<br \/>\nsoyalari esa aks etar<br \/>\nqog\u02bboz devorda . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nQo\u02bbshnilar meni<br \/>\nbug\u02bbli xammomida cho\u02bbmilish uchun<br \/>\ntaklif qilishdi.<br \/>\nQaytayotib osmonga boqdim,<br \/>\nuchqunlardi qor . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nQadrdon do\u02bbstimni<br \/>\nziyorat qilgani bordim.<br \/>\nJuda erta ochilibdi<br \/>\noppoq moychechaklar<br \/>\nchetan devorli bog\u02bblarda.<\/p>\n<p>***<br \/>\nFonarni o\u02bbchirib<br \/>\nboraman tong sahar chog\u02bbi<br \/>\nva ko\u02bbraman olisda<br \/>\noppoq tumanlar bulut singari<br \/>\nyumalanib suzar er uzra . . .<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;-<br \/>\nSyaku Tyoku<br \/>\n&#8212;&#8212;-<\/p>\n<p>***<br \/>\nBo\u02bbm &#8212; bo\u02bbsh yo\u02bbl .<br \/>\nquyiladi atrofga jimlik.<br \/>\nQichishadi burun katagim<br \/>\nyoqilgan gulxanning achchiq dudidan.<br \/>\nChoy qaynatmoqdaman . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nQalbda xotirjamlik.<br \/>\nBahor bo\u02bbronidan so\u02bbng<br \/>\nhamma narsa tinchlandi, mana.<br \/>\nEshitila boshladi ko\u02bbchada yana<br \/>\nyog\u02bboch kovushlarning to\u02bbqillashlari . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nBulutlardan sizib o\u02bbtayotgan<br \/>\noyning xira yog\u02bbdusida<br \/>\ntoshayotgan daryo kechuvidagi<br \/>\nsholipoyalar aro<br \/>\nbo\u02bbqoq tortgan sholilar xidi . . .<\/p>\n<p>***<br \/>\nTog\u02bbdagi qishloq<br \/>\nqor bosgan daraxtlar .<br \/>\noppoq osuda jimlik.<br \/>\nOdam ham, it ham ko\u02bbrinmas<br \/>\nqarg\u02bbalar yuribdi kulbam oldida.<\/p>\n<p>***<br \/>\nMana , yana qaytib keldim men,<br \/>\ntomida oy porlab turgan o\u02bbsha<br \/>\ntog\u02bbdagi pastakkina kulbamga.<br \/>\nOshxonada yangrar qadrdon qo\u02bbshiq .<br \/>\nbu mening hamxonam &#8212; yolg\u02bbiz chirildoq . . .<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nXaykular<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nBaland qoyadagi daraxtga yana<br \/>\nilinib qolibdi<br \/>\nmening varragim . . .<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nXaykular<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;&#8212;&#8212;<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nYosa BUSON .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nBahor seli.<br \/>\nOkeanga quyilmoqda<br \/>\nbo\u02bbtana suvlar . . .<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>O\u02bbtaverar shoshib bahor kunlari,<br \/>\nBir -birini kuvlab, oldinma &#8212; keyin.<br \/>\nMen esa, o\u02bbtmishda yashayman hamon.<\/p>\n<p>***<br \/>\nQuyosh ham ohista botmoqda ufqqa.<br \/>\nKitlar ko\u02bbrinmadi bugun negadir.<br \/>\nQoraymoqda dengiz yuzasi.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Og\u02bbir, ulkan qo\u02bbng\u02bbiroq chetiga<br \/>\nQo\u02bbnib turar omonat<br \/>\nEngil kapalak.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Tungi pashshaxonaga qamalgan,<br \/>\nYonarqurtlar uchdi zulmatda.<br \/>\nQuvonchlarga to\u02bbldi yuragim!<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Oy porlagan kecha ko\u02bbzi ojiz odam,<br \/>\nTasodifan menga turtinib ketib,<br \/>\nKulib yubordi.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Oy tikkaga kelgan mahal.<br \/>\nKimsasiz ko\u02bbchada yuribman daydib,<br \/>\nYolg\u02bbiz bir o\u02bbzim.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Tol novdalari bargsiz,<br \/>\nAriq suvi tiniq va sayoz,<br \/>\nToshlar yalang\u02bboch.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Kuzgi so\u02bblg\u02bbin o\u02bbtloq.<br \/>\nEhhe, qancha qo\u02bbytikon yopishibdi,<br \/>\nOtning dumiga!<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Sovuq ayoz, qorong\u02bbu kecha.<br \/>\nZulmatda turtinib xotinimning,<br \/>\nTarog\u02bbini bosib, sindirdim yana.<\/p>\n<p>***<br \/>\nBir maromda shig\u02bbillar arra.<br \/>\nO, qashshoqlik, o, kambag\u02bballik!<br \/>\nQaxraton qish, qor bosgan dala.<\/p>\n<p>***<br \/>\nPorlar dala uzra shu&#8217;laafshon oy.<br \/>\nMen unga termulgancha, unutdim,<br \/>\nQandaydir shoirona iztiroblarni&#8230;<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nOyning birinchi kuni , mening ushoqdek<br \/>\nvarragim boshqa varraklar bilan<br \/>\nqo\u02bbshilib likillar Edo* ustida . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;-<br \/>\n* Edo- Tokioning eski nomi.<br \/>\nKobayasi ISSA .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nSel toshqini.<br \/>\nOh, qanchalar to\u02bblib oqmoqda<br \/>\nqal&#8217;a atrofidagi zovurlar !<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nMasaoka SIKI .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nSuv toshqini.<br \/>\nMushuk tushib ketdi oqimga<br \/>\nSakrab o\u02bbtolmadi bechora .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;-<br \/>\nXORO<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nBahor shamoli.<br \/>\nYutoqib &#8212; yutoqib suv ichar sichqon<br \/>\nSumida daryosidan . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;-<br \/>\nKobayasi ISSA .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nAjoyib varrak ko\u02bbtarildi<br \/>\nkambag\u02bbalning tomi ustidan<br \/>\nko\u02bbm &#8212; ko\u02bbk osmonga . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;-<br \/>\nKobayasi ISSA .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nQayiq ustida varaqlari<br \/>\ntosh bilan bostirilgan kitob.<br \/>\nBahor shamollari esar . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nKITO.<\/p>\n<p>***<br \/>\nKapalaklar uchib yuribdi<br \/>\nU yoqdan buyoqqa xorg\u02bbin,<br \/>\nO\u02bbtgan bahorni izlab.<\/p>\n<p>Gomey.<\/p>\n<p>***<br \/>\nKuzgi to\u02bblin oy.<br \/>\nO, mumkin bo\u02bblsaydi qayta tug\u02bbilmoq,<br \/>\nMen tog\u02bbda qarag\u02bbay bo\u02bblardim albat!<\/p>\n<p>Ryota.<\/p>\n<p>***<br \/>\nOppoq lotos gulin<br \/>\nKesib oldim o\u02bbroq bilan<br \/>\nYugirik to\u02bblqinlar aro.<\/p>\n<p>Idzen.<\/p>\n<p>***<br \/>\nBir kechada pechakgul,<br \/>\nChirmashibdi quduq chelagiga.<br \/>\nEndi qo\u02bbshnilardan olaman suvni.<\/p>\n<p>Tiyo.<\/p>\n<p>****<br \/>\nXovuz uzra qizil ninachi<br \/>\nTutyapti, tutyapti, tutyapti hamon<br \/>\nSuvdagi o\u02bbz aksini.<\/p>\n<p>Tiyo.<\/p>\n<p>***<br \/>\nOy to\u02bblgan kecha.<br \/>\nQushlar ham hatto<br \/>\nInlarini berkitmay uxlar.<\/p>\n<p>Tiyo.<\/p>\n<p>***<br \/>\nO, porloq oy!<br \/>\nMen sen tomon yuraman, sen esa,<br \/>\nBadtar olislaysan.<\/p>\n<p>Tiyo.<\/p>\n<p>***<br \/>\nVannadagi suvni<br \/>\nQayga to\u02bbkishimni bilmayman.<br \/>\nHamma yoqda chirildoq.<\/p>\n<p>Onisura.<\/p>\n<p>***<br \/>\nSovuq qish kechasi<br \/>\nXuvillagan daladagi qo\u02bbriqchi<br \/>\nQarg\u02bbalarga qo\u02bbnalg\u02bba bo\u02bbldi.<\/p>\n<p>Kikaku.<\/p>\n<p>***<br \/>\nQuyosh botayotir ufqlar bag\u02bbriga.<br \/>\nKimsasiz jim -jit ko\u02bbchada yolg\u02bbiz,<br \/>\nUchib yurar daydi kapalak.<\/p>\n<p>Kikaku.<\/p>\n<p>***<br \/>\nOg\u02bbir tavaqali dorvoza<br \/>\nTambalangan allaqachonlar.<br \/>\nOy porlaydi ayozli tunda.<\/p>\n<p>Kikaku.<\/p>\n<p>***<br \/>\nEl kabi tez uchadi yillar,<br \/>\nO\u02bbn yil o\u02bbtibdiya darrov oradan.<br \/>\nKechagina qabrga qo\u02bbygandik uni!<\/p>\n<p>Kikaku.<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nBahor shamoli .<br \/>\nTurnalar oqarib xurpayar ,<br \/>\nqarag\u02bbaylar orasida . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;-<br \/>\nRAYDZON .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nXuddi odamlarday daydib yuribdi<br \/>\nkaptarlar , chumchuqlar<br \/>\nbaliq ovi mavsumida .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nKobayasi ISSA .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nBaliq ovi mavsumida<br \/>\nqisqichbaqa ishonqiramay<br \/>\no\u02bblchab yurar qumda oyoq izlarin . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;-<br \/>\nROFU<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nSholi ekish mavsumi.<br \/>\nOx qancha qayg\u02bbu, qancha tashvishlar<br \/>\nquyilgan &#8212; a bu qo\u02bbshiqlarga !<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nKobayasi ISSA .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nDexqon uxlar tog\u02bb etagida,<br \/>\nketmonchaga boshini qo\u02bbyib.<br \/>\nTo\u02bbrg\u02bbay sayramoqda havoda.<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nKobayasi ISSA<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nSholipoya chopgani chiqdim .<br \/>\nQush ham sayrab qo\u02bbymas aqalli<br \/>\ntog\u02bb yonbag\u02bbrida . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nYosa BUSON .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nMen bu erni ag\u02bbdargunimcha<br \/>\nketib qopti dala osmonida<br \/>\nsuzib yurgan bir parcha bulut . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nYosa BUSON<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nOqshom tutunlari.<br \/>\nNog\u02bboralar zirillar gulxan tomonda.<br \/>\nChalinadi quloqqa qo\u02bbshiq . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nRYoTA .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nKun uzoq cho\u02bbzilar.<br \/>\nKo\u02bbprikka qo\u02bbnganicha turar tustovuq.<br \/>\nKetmaydi uchib . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nYosa BUSON .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nKun uzundan uzoq.<br \/>\nOlisdan elas elas eshitiladi ,<br \/>\nobjuvozning xorg\u02bbin g\u02bbijiri . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nYaXA .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nUzoqda uchmoqda bir gala o\u02bbrdak.<br \/>\nMen ketmonchamni chayqayman.<br \/>\nG\u02bbaq etadi nimadir suvda . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nYosa BUSON .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nO\u02bbtloq uzra tutun cho\u02bbzilgan.<br \/>\nVaysashmoqda bir narsalar deb<br \/>\nikkita biya . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;-<br \/>\nKobayasi ISSA .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nEh sen bulbul!<br \/>\nOlxo\u02bbri gullariga<br \/>\nOyoqlaring loyin artayapsanmi?!<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;-<br \/>\nKobayasi ISSA .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nBulbul sayrayapti,<br \/>\nhar zamonda tashlab qahrli nazar<br \/>\nmening kulbamga . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nKobayasi ISSA .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nDexqon ishlayotgan<br \/>\norol ustida ham<br \/>\nto\u02bbrg\u02bbay qo\u02bbshig\u02bbi . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nKobayasi ISSA .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nYashil javdarizor.<br \/>\nTo\u02bbrg\u02bbay ko\u02bbtarildi dala ustiga<br \/>\nso\u02bbng yana pastladi . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nONISURA .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nNarsalarni yoruqqa qo\u02bbyib,<br \/>\nkuzataman soyalar tug\u02bbilishini<br \/>\nkuzgi choshgoxda . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nKYoSI .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nTong yorishar.<br \/>\nQo\u02bbng\u02bbiroqlar ovozi<br \/>\ntumanlarga belanar.<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nMasuo BASYo .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nKuz kechasi.<br \/>\nO\u02bbraladi no\u02bbnoq yo\u02bblovchi<br \/>\nyupqa ko\u02bbylakka . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;-<br \/>\nKobayasi ISSA .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nTaralmoqda o &#8212; o &#8212; o &#8212; ou !<br \/>\nMungli chorlov aks &#8212; sadosi.<br \/>\nTun qo\u02bbynida daydiydi bug\u02bbu . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nMasuo BASYo .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nKuzgi tog\u02bbda ibodatxona.<br \/>\nAyvonda turgancha tingladim mayus<br \/>\nbug\u02bbu chorlovin. . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nKobayasi ISSA .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nBug\u02bbu ovozi<br \/>\nolisga jaranglab singadi<br \/>\nma&#8217;yus va ma&#8217;yus.<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nMasuo BASYo .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nTungi sovuq.<br \/>\nMenga juldur to\u02bbnin qarzga berarmi<br \/>\ndaladaga yolg\u02bbiz qo\u02bbriqchi? . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nMasuo BASYo .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nIzg\u02bbirin.<br \/>\nUzoqda xurpaygan turnani<br \/>\nko\u02bbrayapman men . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;-<br \/>\nYosa BUSON .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nPo\u02bbsht &#8212; po\u02bbsht , chirildoq,<br \/>\nhozir yonboshimga ag\u02bbdarilaman.<br \/>\nQani, jo\u02bbnab qolchi bu erdan !<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nKobayasi ISSA .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nO\u02bbchoq boshidagi kovakka<br \/>\nchirildoq kirib olgan.<br \/>\nTungi sovuq . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nYosa BUSON .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nKuz kelmoqda.<br \/>\nBu haqda xabar olib ,<br \/>\nuchib keldi qizil ninachi .<br \/>\n&#8212;&#8212;<br \/>\nSIRAO .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nZog\u02bbcha tutib oldim.<br \/>\nUning ko\u02bbzlariga qarab bildimki,<br \/>\nkuz kelayotir .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nDAKOSU .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nIlgaklangan eshik.<br \/>\nHovli sahnasida<br \/>\no\u02bbynar xazonrez . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nTEYGA .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nAkillaydi bezovta ko\u02bbppak,<br \/>\najratib qurigan xazon shitirin.<br \/>\nXovlida bo\u02bbron . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;-<br \/>\nSisey &#8212; DZYo .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nOppoq xrizantema.<br \/>\nMana qarshisida to\u02bbxtab qaychi ham<br \/>\nqotib qoldi bir daqiqaga .<br \/>\n&#8212;&#8212;-<br \/>\nYosa BUSON .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nYangi bog\u02bb yaratdim.<br \/>\nNihoyat undagi toshlar namlandi.<br \/>\nBirinchi qish yomg\u02bbiri . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nSYaDO .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nBirinchi qish yomg\u02bbiri.<br \/>\nMaymun ham qarshilik qilmaydi<br \/>\nkiydirsang chopon.<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nMasuo BASYo .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nQanday qaysar odam !<br \/>\nBaliq tutar qish yomg\u02bbirida<br \/>\nqosh qoraygan chog\u02bb . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nYosa BUSON .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nMen shamolga qarshi yurayapman.<br \/>\nSoyabonim ortga tortadi<br \/>\nqishki yomg\u02bbirlar vaqti . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nSisey &#8212; DZYo<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nDexqon keng dalada<br \/>\nmenga yo\u02bbl ko\u02bbrsatdi<br \/>\nyulingan sholg\u02bbom bilan . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nKobayasi ISSA .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nTovuqlar katakda uxlashayotir.<br \/>\nQor esa yanada qalinroq<br \/>\nqoplayotir dalalar ustin.<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;&#8212;<br \/>\nKobayasi ISSA<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nShamol qalpog\u02bbini uchirib,<br \/>\nsavalaydi sellar beayov.<br \/>\nQo\u02bbriqchi dalada . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;-<br \/>\nXAGI &#8212; DZYo .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nOydin kecha.<br \/>\nNaqadar ayanchli , naqadar baxtsiz<br \/>\ndaladagi qo\u02bbriqchi ! . .<br \/>\n&#8212;&#8212;&#8212;-<br \/>\nMasaoka SIKI.<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nDaladagi qo\u02bbriqchi<br \/>\nhatto Xizr bo\u02bblib kelganingda ham<br \/>\nboshdan olmas evroqalpog\u02bbin.<br \/>\n&#8212;&#8212;<br \/>\nDANSUY<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nHoy, hovlida yana ne shovqin?!<br \/>\nBu qo\u02bbriqchi, kuchli shamolda<br \/>\nerga qulab tushdi gursillab.<br \/>\n&#8212;&#8212;<br \/>\nBONTYo .<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nG\u02bboz, yovvoyi g\u02bboz,<br \/>\nayt necha yil uchding sarosar<br \/>\no\u02bbrmonlar ortiga, dengiz ortiga?. .<br \/>\n&#8212;&#8212;<br \/>\nKobayasi ISSA.<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nYovvoyi g\u02bbozlarning galasi<br \/>\ng\u02bbog\u02bbolab pastladi yaydoq dalaga .<br \/>\nKuchaymoqda tungi sovuqlar . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;<br \/>\nKYoROKU.<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nQizilishton taqillatmoqda.<br \/>\nKun botsa ham hamon tinmaydi<br \/>\nhamon o\u02bbsha eski joyida . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;-<br \/>\nKobayasi ISSA.<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nO\u02bbchoq boshidagi kovakda<br \/>\nkuylar tamom o\u02bbzin unutib<br \/>\ntanish chirildoq . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;<br \/>\nMasuo BASYo.<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nTeshik soyabon &#8212;<br \/>\nqishlov uchun qo\u02bbl keldi juda<br \/>\nko\u02bbrshapalaklarga . . .<br \/>\n&#8212;&#8212;<br \/>\nYosa BUSON.<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nSovuq tun.<br \/>\nJig\u02bbimga tegish uchun qo\u02bbshnilar atay<br \/>\nqozon taqirlatayotirmi?<br \/>\n&#8212;&#8212;<br \/>\nYosa BUSON.<\/p>\n<p>* * *<br \/>\nSichqon chiqib borar<br \/>\nko\u02bbrpam yonidagi jinchiroq sari.<br \/>\nYog\u02bb ham muzlabdi . . .<br \/>\n&#8212;-<br \/>\nYosa BUSON.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone size-full wp-image-645\" src=\"https:\/\/muvozanat.info\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/photo_2023-01-13_14-34-41.jpg\" alt=\"\" width=\"768\" height=\"1024\" srcset=\"https:\/\/muvozanat.info\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/photo_2023-01-13_14-34-41.jpg 768w, https:\/\/muvozanat.info\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/photo_2023-01-13_14-34-41-225x300.jpg 225w, https:\/\/muvozanat.info\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/photo_2023-01-13_14-34-41-300x400.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 768px) 100vw, 768px\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p><\/blockquote>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Xoldor Vulqon O\u02bczbekiston Yozuvchilar uyushmasining a\u02bczosi &nbsp; Qorbo&#8217;ron (She\u02bcrlar va tarjimalar) &nbsp; &nbsp; Xoldor Vulqon 1959 yili O\u02bbzbekistonning Andijon viloyatida tug\u02bbilgan. Toshkent Milliy Universitetini tamomlagan. U 1975 yildan buyon badiiy ijod&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1668,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/muvozanat.info\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1865"}],"collection":[{"href":"https:\/\/muvozanat.info\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/muvozanat.info\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/muvozanat.info\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/muvozanat.info\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1865"}],"version-history":[{"count":71,"href":"https:\/\/muvozanat.info\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1865\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3297,"href":"https:\/\/muvozanat.info\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1865\/revisions\/3297"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/muvozanat.info\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/1668"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/muvozanat.info\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1865"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/muvozanat.info\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1865"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/muvozanat.info\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1865"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}