Xoldor Vulqonning yapon she’riyatidan qigan tarjimalari.
Xayku va tankalar:
Xayku va tankalar haqida
Xayku va tankalarda ko’p qirrali nimkosa ma’no, kinoya, fisqu fasod, falsafiy mazmun mushoxadalar yo’q.Bu ixcham poetik janr go’zal tabiat manzaralarini, yoxud narsalar xolatini, yoki odamning muayyan ruhiy kayfiyatini aks etdirish orqali o’quvchiga xayrat bag’ishlash, osuda tonglar kabi toza tuyg’ular baxsh etish san’atidir.Xayku va tankalarda aks etdirilgan manzaralarni ko’z oldingizga keltira olsangiz, tog’dagi qishloqda oy chiqishini sarg’ayib kuzatayotgan dexqonlar holatini,butazorlar ortidan ohista ko’tarilayotgan to’lin oyni ko’rayotganday, chigirtkalar chirillashini eshitayotganday bo’lasiz.Tahayyul va tahayyur shu’lalariga yo’g’rilasiz.
Quyida bundan olti asr avval yozilgan yapon xaykularini va tankalarini o’z tarjimam orqali hukmingizga havola qilaman.
Xoldor Vulqon. 1983 — 2013 yillar.
Xaykular.
————————
Matsuo Basyo
———————
***
Qorli tong.
Yana quritilgan baliqni
yeyman shekilli yolg’iz bir o’zim.
—————————
***
Dengiz suvida suzib yurar
mayda yaltiroq baliqchalar.
Tutaman desang, yo’q bo’lib qolishar.
————————
***
Shu qoyadan turib,
ko’m — ko’k dengizga
qalpog’imni uloqtiraman!
—————————
***
Qishki dala.
Uzoqlarda yurar dexqonlar
qolgan — qutgan cho’plarni yig’ib.
———————————-
***
Sochim o’sibdi.
Ozib ketdim, rangim olingan
bug’u oyidagi yomg’ir to’xtamas.
—————————
***
Banan yaproqlari so’lg’in.
Oyning porlab chiqishini
sarg’ayib kuzatar dexqonlar.
————————-
***
Yo’llar toyg’oq muzlama.
Attang, toyib yiqildi
shirakayf do’stim.
—————————
***
O’lgan o’g’lin eslab yig’ladi ota.
So’nayotgan gulxan cho’g’lari
o’chib qoldi uning ko’zyoshlaridan.
—————————
***
Egnimdagi qog’oz ko’ylagimni
ivitib yirtibdi
bahor yomg’iri.
—————————
***
Muzlagan olabug’a baliqlari
irjaytirib yotar tishlarin
sovuq do’kon peshtaxtasida.
————————
***
Qaydasan, ey mening tayanchim?
Xassa qilib olgan cho’pagimni
sindirdi kuzgi shomol.
—————————-
***
Ufqlarga botmoqda quyosh.
Kuzgi daryo suvlarida
yaltillaydi mayda baliqlar.
———————————
***
Choponim yupqa.
Kun bo’yi o’tirib, undagi bitlarni
terib o’ldirdim.
—————————
***
Juda qalin qor yog’ibdi.
Endi Xakbinz tog’idan
qanday oshib o’tar odamlar?
—————————
***
Yosinodagi gullagan giloslarni
ko’rsataymi senga,
mening qalpog’im?
—————————
***
Oxir quvib yetdim nihoyat,
o’tgan bahorni
olis «Vaka» bandargoxida.
——————————
***
Voy bayov!.. Voy bayov!..
Yana nima deyish mumkin siz haqingizda
Yosinodagi gullagan giloslar!
————————
***
Ustunlariga has — xashak ilingan
ko’prik hayrlashayotir
to’lin oy bilan.
————————-
***
Qaydan keldi bu yalqovlik?
Bugun arang uyg’otishdi meni,
shovullaydi bahor yomg’iri.
————————
***
Quvonchla boqamiz yonarqurtlarga,
qayiqchidan umid yo’q, u mast.
To’lqinlar qayiqni surib bormoqda.
—————————
***
Oydin qish kechasi,
qor bosgan yo’llar.
Itga otay desam topilmaydi tosh.
—————————
Kobayasi Issa
————————
***
Kechib o’tdim sayoz va toshli,
feruzarang daryo suvlarin,
shippagimni qo’limga olib.
—————————-
***
Oydin kecha.
Tiniq sholipoya suvida
oqib yurar gilos gullari.
———————
Kovaxigasi Xekigado
———————-
***
Suzayotir qora kemaday,
sekin asta bulutlar aro
tog’ning cho’qqisi.
—————————-
***
Shilliqqurtning sira
chig’anog’idan chiqqisi kelmas.
Kuzgi shamollar…
———————
Masaoka Siki
——————-
Gullagan Yamabuka soyasi.
Suv solingan qovoqda
biltanglaydi kumushrang baliq.
———————
***
Kimsasizlik.
Daraxt ostidagi shaloq o’rindiqda
qarag’ayning igna barglari.
————————
Nayto Meysetsu
————————
***
Qaytarib keladi o’z ovozimni
yana o’zimga
kuzgi bo’ronlar.
—————————
***
Yurmayotgan otining
jilovidan tortar zo’r berib
aravakash sovuq kechada.
—————————
***
Eshitilar oyna ortidan
dexqon ketmonining chiqirlashlari.
Shudgorda tosh ko’p.
———————
***
Zilol suvli daryoda,
lapanglab oqmoqda
suvga qulatilgan xodalar.
————————-
***
Tutunlarda ko’rinmay ketar
sargashta roxib.
Olislarda qo’ng’iroq tovushi…
————————-
***
Chug’urchuqlar galasi
uchib o’tdi tepamdan.
Eshitdim qanotlar shuvillashini.
————————
***
Menga sovg’a berishdi.
Oltin baliqchani olib ketyapman
suvli qovoqda.
————————
***
Qish yomg’iri.
Hamma narsa jim.
Qirg’oqdagi qayiq ham hatto.
————————
***
Go’yo kapalaklarni oldiga solib,
xaydab kelayotganga o’xshar
so’qmoqdagi yo’lovchi.
—————————-
Taneda Santoka
————————
***
Shunday ketmoqdaman,
so’zanakni qalpog’imga
qo’ndirganimcha.
—————————
***
Yolg’iz o’tiribman,
romga yelimlab
yangi qog’ozni.
——————————
***
Qanday va qayoqdan qaramayin,
hamon yog’ayapti to’xtamay,
yog’ayapti qor.
—————————
***
Chirildoqlar chirillar.
Berkinishning iloji yo’q
bu tovushlardan.
——————————
***
Uchyapti, hamon uchayapti
kuzgi daraxtlarning sarg’aygan
yaproqlari sovuq shomolda.
———————————
***
Dam olib yotgan chog’im
qip qizil so’zanak
oyog’imga qo’ndi o’tloqda.
—————————
***
Yaxshilab chaynash kerak,
xafsala bilan.
Guruch bu guruchda…
—————————
***
Bo’kib sake ichib, mast bo’lib,
chirildoqlar bilan birga
uxlab qolibman.
—————————-
***
Yozgi sel shovqini.
Yillar o’tishi bilan men kabi
sel ham qaribdi.
————————-
***
Ayozli qish kechasi,
sovuq izg’irin.
Men qayerda tunayman endi?..
—————————
***
Qayoqqadir shoshar
sovuq bulutlar
cheksiz osmonda…
——————————
***
Dalada izg’irin.
Toshlarni teraman
kuzgi shomolda…
————————-
***
Qanday ivib ketdima
boyagina huv anavi,
bulutlardan yoqqan yomg’irda!..
————————
***
Uziliksiz kavshanaman.
Mening ovqatim —
guruch kepagi.
———————-
***
Hoy, noinsof chigirtka,
xaltadagi guruch o’zi oz,
ertagacha yetsin…
—————————
***
Yemoqqa ovqat yo’q.
Kuzataman quyoshni g’amgin
baland, olis tog’lar ortiga…
————————
***
Yolg’iz, beg’am, oppoq kapalak
Uchib aylanmoqda pildirab.
Hamma yoqda tosh.
—————————
***
Kulbam ayvonida yolg’iz o’ltirib,
rohatdan ko’zlarim yumib, kavshanib,
«Uembosi» qiyomin yeyman . . .
——————————
***
Yolg’iz va sokin
jim — jit o’ngirlarning
shaffof tonglari . . .
——————————-
***
Iyul jalasi.
O’prilib ketdimi deymanda,
osmon to’g’oni . . .
————————-
***
Xotiralar uchib kelar
qaydandir birdan
oppoq yuvosh kapalak bilan . . .
—————————
***
Atrof tog’, qarag’ay o’rmoni.
Toshni yostiq qilib yotibman.
Shosha pisha suzar kuzgi bulutlar. . .
—————————-
***
Tungi ibodatxonada
tongacha mushuk
o’ynadi parvona kapalak bilan.
—————————-
***
Yo’lda kasal bo’lib qoldim.
Mana endi tungi zulmatda,
tinglayapman sel shovqinini . . .
—————————
***
Qorong’i tushdi.
Endi oydin tog’lardan
axtaraman tunamoqqa joy.
——————————
***
Naxot shu kul qolgan bo’lsa
yoqib yuborilgan kundaligimdan ?. . .
—————————-
***
Tong pallasi yirik tomchilar
nog’ora qilib chalar
pastakkina kulbam tomini.
—————————
***
Meni burga chaqib, uxlatmayapti,
yulduz to’la bepoyon osmon . . .
—————————
***
Dengizlarga tikilganimcha
sohildagi o’tloqda
bo’shanaman , xojat qilaman.
———————-
***
Kuzgi shomollarda
Ot sug’oraman . . .
————————-
***
Cho’chqa menga tikildi.
Qiziqishdan ochilgan og’ziga
kirmoqda kuzgi shomol .
——————————
***
Kun bo’yi yomg’ir yog’di .
Men o’yladim hasratga cho’mib ,
olislarda qolgan Vatanimni.
————————-
***
Buncha ham mazali
bo’lmasa guruch .
Kavshanaman bir o’zim o’ychan.
————————
***
Oftob qizdirmoqda
ustarada taglab qirilgan
taqir boshimni…
——————-
Isikava Tokuboku
———————
***
Turgenevning romanini
poyezdda o’qib ketayotib,
«Isikari» dan o’tib ketibman.
———————-
Midzuxara Syuosi
———————
***
Qishloq uzra g’amgin porlagan oyni,
tomosha qilmas hech kim.
Barcha sholi o’rimida . . .
——————————
***
Olmalar gullagan.
Boyagina yoqqan bahor selidan keyin,
oppoq gul qopladi sohil suvlarin.
—————————
***
Oy porlar .
Qayinlar soyasi sezilmas ,
tumanlarga cho’mgan qayinzor.
—————————
***
Bahorni kuzatayapman
yomg’irlarda shalobbo ivib,
bulutlar bilan yuzma — yuz , tog’da.
———————————
***
Yomg’irli kun.
Oqin bo’ylab oqar xrizantemalar
ko’rinmaydi bironta qayiq.
——————————-
***
Choy gullaydi baland qoyada.
Shom zulmati qoplagan tog’lar.
Olislardan ko’tarilar oy.
————————-
***
Qaldirg’ochlar chiyillab uchar,
gir aylanib, tog’dagi kulbamning,
tomi ustidan.
————————-
***
Xagi gullayotgan
Asama tog’iga chiqaman
bulutlarni go’yoki qayrib . . .
—————————
***
Baland jarlar aro, to’lqinlar uzra,
chag’alaylar ini yonida
olxo’ri gullar . . .
————————
***
Berkinadi o’t — o’lan ichra
tunash uchun o’tloq kakkusi ,
yaqinlashar tun . . .
————————-
Akutagava Ryunoske
———————
***
Mana tong otdi.
Qo’shig’ini to’xtatib, birdan ,
chirildoq jimib qoldi.
—————————
***
Tog’ etaklarida
yumilib qolibdi sovuq ayozdan ,
choy g’unchalari.
————————-
***
Qishki yomg’irlar.
Kanal qirg’og’idagi choyxonada
yolg’iz bir mehmon . . .
———————
***
Bog’ yo’lakchasidagi
ko’lmakda aks etar.
Azaliya gullari . . .
—————————
Natsume Soseki
————————
***
Men kasal yotgan xonaning
bambuk pardasiga ohista qo’ndi
kuzgi kapalak.
——————————
***
Kuzgi daryo, baland sohillar.
Daryo uzra aks — sado yangrar.
chayla qurishyapti uzoqda.
———————-
Iida Dakotsu
————————
***
Pechka eshikchasin ochib, qarasam,
ko’mir oxista, istamaygina,
«qraq, qraq» etib, yonmoqda ekan. . .
——————————-
***
Shomolda chayqalib, jaranglar
eshikka osilgan mitti qo’ng’iroq.
Anor gullabdi . . .
—————————-
***
Pashshaxonaga kirib yotibman.
So’nayotir kuzgi saharda
o’choqdagi kechagi cho’g’lar . . .
———————————
***
Qor ko’mib tashladi
barcha yo’llarni.
Isinaman o’choq oldida yolg’iz . . .
———————
Nayto Meysetsu
———————-
***
Shaffof suvda
qilt etmaydi mudroq baliqlar.
Kuzgi shamol . . .
————————-
Takaxama Kyosi
———————-
***
Guvillagan sovuq shomolni,
ko’ksim bilan qarshi olib .
bir zumga unutdim qariganimni . . .
—————————-
***
Hademay jimib qolar
o’tinchining boltasi tog’da.
Kuzgi yomg’irlar . . .
—————————-
***
Loyqalatib ariq suvini,
dexqon sholg’om yuvar
hafsala bilan . . .
——————————
***
Birinchi qish yomg’iri.
Mening yuragimda umrbod
qolar endi u . . .
——————————-
***
Boshim uzra uchib o’tdi qush,
tumshug’ida nimadir cho’qib.
Meva shekilli . . .
—————————-
***
Mana , yana bitta chinor novdasi,
yaproqlarin to’kib, yalang’ochlandi . . .
Suv quyganday jim jit chor taraf.
—————————
***
Baland tog’ yonbag’irlaridan turib,
o’tinchilar o’ychan termulib qarar,
vodiydagi qolgan qutgan qorlarga . ..
———————-
Kovaxigasi Xekigado
———————-
***
Oyog’im ostida o’ralashib ,
o’sib yotgan maysalar aro
chiyillaydi mitti jo’jalar.
————————-
***
Men tun bo’yi xayku yozaman.
Kamsuqumgina xotinim esa,
kiyimini yamab — yasqaydi . . .
——————————
***
O’tloqqa chiqaman.
Qizg’aldoqlar to’zg’ir shamolda
va suqsirlar uchib o’tar sarosar. . .
————————-
***
Kartoshka qaynataman.
Go’yo qaydadir, koinotning bo’shliqlarida
yig’lar bolakay . . .
——————————
***
Qoraygan o’choq mo’risi uzra
aylanadi inga joy izlab
qaldirg’ochlar bahorda . . .
—————————-
***
Qishloqda bayram,
qirmizi fonuslar yonar.
Bo’kiradi bug’u zulmatda . . .
————————-
***
Suv charxpalagin aylantirishdan,
charchab holdan toydi odamlar
sholi ekish mavsumida . . .
—————————
***
Bug’da pishirilgan sholg’omni
Suzmaga qo’shib yeb,
o’ltirdim g’amgin . . .
—————————
***
Sovuq suyagimdan o’tib ketdi.
Choshgox payti sohilda
qarag’aylar aro daydiyman hamon.
————————
Isikava Takuboku
————————
Kasalxona derazasiga
yaqin olib kelishdi meni.
Odamlarni ko’rib, quvondim.
————————
***
Oxiri uloqtirdim
kuya yegan telpagimni men.
Olti yil kiydim uni.
———————
Toki Dzemmaro
——————
***
Uzoqlarni ko’rsatdim barmog’im bilan,
u yoqlarda, u o’lkalarda
oqib yotar Volga daryosi.
————————-
***
Uziliksiz, xuddi telbadek,
o’ylayverdim achchiq tamaki chekib,
olis Sibir qorlari haqda.
————————
***
Qayta — qayta o’qiyman ko’zlarimda yosh,
yurakka yaqin Turgenevning bu kitobini.
Muqovasi sarg’ayib ketgan…
——————————
***
Oh, necha bor o’chdi papiros cho’g’i,
hasratli o’ylar —
achchiq Rus tamakisi, qish…
—————————
Nasivaki Dzyundzaburo
———————
Kuzgi daryo qirg’og’i.
Uzun uzun o’t — o’lan ichra
baliq tutar qarmoqda kimdir.
————————
Masaoka Siki
———————-
***
Chirildoqlar chirillar,
ammo ming afsus
quloqlari kardir otamning…
—————————-
***
Qishloqdan shaharga kelib,
gullagan gilosni tomosha qilayotgan
dexqon hamyonini kesib ketishdi…
——————————-
***
Rangpar oy.
Mening birdan
tarvuz o’g’irlagim keldi negadir.
—————————
***
O’g’rini tutib,
simyog’ochga bog’lab qo’ydilar.
Tungi ayoz…
————————
***
Qish oqshomi.
Xovuzdagi o’rdaklar ustiga
qor yog’ayotir.
—————————-
***
Shom payti qiynalib yurib,
fonusni osdim
gullayotgan gilos shoxiga…
————————-
***
Tumanlarning qa’ridan chiqdim.
Ehhe, qanchalar buyuk dengiz
ro’paramda yastanib yotar!
——————————
***
Yozgi daryo.
Ko’prik boru lekin,
otlar o’tar sayoz kechuvdan…
——————————-
***
Odamlar ko’pchilik bo’lib,
yotib olgan kema saxniga.
Porlar yozgi oy…
————————-
***
Ortimga o’grilgan paytim,
hozirgina yonimdan o’tgan yo’lovchi
tumanlarda ko’rinmay ketdi…
————————
***
Qayiqdan, ko’priklardan
kir yoyadigan joydan,
hamma yoqdan qararlar oyga…
————————
***
Bahor oqshomi.
Kimdir o’tdi yonimdan
sibizg’a chalib…
—————————
***
Qanday qayg’uli ko’rinish!
O’rgimchak to’riga
kapalaklar ilinib yotar…
—————————
———————
Saygyo she’riyatidan:
Tankalar
—————————
***
Duvillab to’kildi
uzun uzun o’t — o’lanlardan.
billur shudringlar.
Kuzgi shomol guvillar
Myagino dalalarida.
——————————
***
Kech kuzak osmoni,
qosh qoraygan on,
arang — arang yaltirab,
ko’rindi nihoyat uzoq kutdirgan,
sog’intirgan oy.
———————————
***
Endi qandoq qilaman men,
ko’ylagimning namchil yengida
yalt etdi shu’la.
Botib ketdi bulut ortiga
kuzgi mayus oy.
——————————
***
Kuz oqshomi, oydinda
yoprildi bulutlar
oy yuzin to’smoq uchun.
Yo’q, ko’zlarimni aldabdi
g’ozlar galasining ko’lankalari.
——————————
***
Osmonda oy yo’q.
Chiqarmikin u ?
Men ayvonda o’ltirganimcha
uzoq kutdim, juda ham uzoq
oy chiqishin tog’li qishloqda.
————————
***
Kunduzgiday yop — yorug’ kecha
ko’lankam ham ko’rinmas.
Oy yaraqlab porlar
borar manzilimni angladim
qo’ng’iroqlar tovushidan.
———————————
***
Shudringlarin to’kmay,
uzib oldim men
gullagan Xagi butog’ini,
chigirtkalar qo’shig’in tinglab
oy yorug’ida.
——————————-
***
Qora siyox bilan yozilgan
xatlarga o’xshab
g’ozlar qanot qoqib,
g’og’olab uchar
tungi osmonda.
—————————-
***
O’t — o’lanlarni qayrib,
yurdim qayg’uga botib.
Shudringlardan og’irlashdi
ko’ylagim yengi.
Chigirtkalar menga qo’shilib yig’lar.
———————————
***
Bahor tumanlari.
Qayoqqa, qaysi tarafga
uchib ketdi ekan qirg’ovullar?
Ular tuxum qo’ygan o’tloqqa
bolalar o’t qo’yibdi…
————————————
***
Tuman qoplagan dala.
O’raman o’t — o’lanni.
Tumanlar qayg’uli.
Bolaligim berkinib olgan
huv olisda , tumanlardan ham narida.
———————————
***
Tumanli tepaliklar tamonga
berkingan qirg’ovullar.
Uzoq — uzoqlardan
qanotlar sharpasi
sezilar menga…
——————————
***
Tinchim yo’qolgan mening.
Tinimsiz o’ylayman, qaysi o’ngirda
qaysi tog’ yonbag’irida
qaysi olcha
gullar ekan birinchi bo’lib?..
————————
Vakayama Bokusiy yozgan tankalar
———————
***
Vulqon poyida o’sgan
qarag’ay o’rmoni tepasida oy
kumush shu’lalar taratgan kecha
tun bo’yi tinmay
sayradi kakku.
————————————
***
Eski kvartalda,
ufqdagi shom bulutlariga
qarab to’ymayman .
Kechki soat vaqtin xabarlab,
jom chaladi ibodatxona.
——————————-
***
Sajdagoxdan tushaman ,
zinama — zina yurib, ohista
va quyuqlashayotgan zulmatda
butun vujudim bilan
his qilaman bu kuz , bu tunni . . .
—————————
***
Shom hasrati cho’kkan kulbada
qirmiz ko’mirlarga sochsang
ozgina sake,
hushbo’y ko’katlarning xidiga
to’lib ketar o’shanda xonang .
————————-
***
Uzoq uzoqlarda qorli cho’qqilar.
Haybatli qoyalar poyida esa
shovullaydi dolg’ali dengiz.
Qirg’oq bo’ylab sayr qilaman
bahor quvonchiga to’lib vujudim.
—————————
***
Yarim kecha oydinda yolg’iz
kulbamga qaytaman.
So’ng zinapoyada to’xtayman,
yengimdagi archa ignabarglarin
qoqib tushirmoq uchun.
—————————-
***
Bulutlar tarqadi.
Men Asama cho’qqisidagi
so’qmoq uzra yuribman daydib.
Vulqon mo’risi ustida
bulut parchasiga o’xshagan tutun.
———————————-
***
Termulaman ko’m ko’k dengizga,
eshitaman suvlar shovqinin.
To’lqinlar qoyaga o’zini urar,
goho ko’kka sapchib , gohida pastlab,
yuragimni to’ldirar g’amga.
———————————
***
Dud burqsigan loypaxsa o’choq.
Tutun xidi kelar
kurujkadagi qaynoq suvdan.
Tog’dagi qishki kulbada sovir
g’aribgina kechki ovqatim.
—————————
***
Daraxt shoxlari aro
porlaydi qishki quyosh.
Yuzlarimni ohista silar
uning xorg’in nurlari.
Yoritadi , lekin isitmas !
——————————
***
Men uzoqqa ketdim .
va dengiz sohilida
tunamoqchi bo’ldim.
Endi yotgan edim, yarim kechasi.
Sharros quydi daxshatli jala.
———————
Yosii Isamu
———————
***
Havoda suzadi tamaki xidi,
oydin kecha, kimsasiz yo’llar.
Jubbamga burkanib, yuribman, daydib
qing’ir — qiyshiq jinko’chalarda.
Gion xavosidan simirib yolg’iz . . .
—————————-
***
Poytaxtda ayoz.
Muzlab qolmadimikan uchib ketayotib
qo’ng’iroqlar jarangi?..
Asta valdirayman
sovib qolgan sake ustida . . .
———————
***
Bilganimda edi, o’shal derazadan
tumanli zulmatlar aro porlagan
fonusning xira va xorg’in yog’dusi aro
oydin sukunatda oynasin asta
taqillatgan bo’lardim albat.
——————————
***
Nahot hech kim kelmas o’lganimdan so’ng
so’ppayib yotgan yolg’iz qabrimni
ziyorat qilmoqqa, ko’z yoshi to’kib?
O’lganingdan keyin unutilishingni
O’ylamoq qayg’uli . . .
———————————
***
Eshitdim , Bokusiy tark etibdi
oxiri bu telba dunyoni.
O, kuz bunchalar mayus va g’arib,
hattoki yurt ba yurt daydib yursamda,
hatto yeb — ichsamda, huzurlansamda ! . .
——————————
***
Kamdan — kam odamga nasib qiladi
totib namxush qayg’uni —
lablar bilan his qilmoq
tinimsiz ichilgan sake ta’mini
hayot va mamotning chegarasida . . .
——————————
***
Fevral oyi oxirlab borar,
eshitaman olis qaldiro tovushin —
bahorning birinchi aks — sadosi .
Krab chig’anog’ida Sake qaynatyapman
dengiz sohilida bir o’zim, yolg’iz.
————————
***
Qayerda , qanday va qachon ,
tark etarkinman bu dunyoni men.
Men hayotim haqida o’ylayman,
o’limim haqida fikr qilaman
Ino tekisligida, oydinda.
—————————
***
Iztirobli o’ylar og’ushida jim
o’choqqa o’t qalayman, puflayman tutun
va tun bo’yi bedor o’ltirib,
hasratli bexudud o’yga cho’maman,
qizargan ko’mirlarni kovlab, ag’darib . . .
—————————
***
———————-
Sening fikringa qo’shilmagan
odamlarni savalash shartmi?
Yaxshisi qo’linga tolxivich olib,
o’z — o’zingni ayovsiz savalab,
momataloq qilgan yaxshiroq . . .
—————————
***
Hasratli qayg’ular!
Bugun yana o’choqdagi ko’mir cho’g’ida
sake isityapman bir o’zim yolg’iz.
Kundan kun tobora qishga
singib borayotir Nirao darasi . . .
———————
Ito Satio
———————
***
Men yomg’irli tunda
pion gullarini sog’inib ketdim .
So’ng toshfonarni yoqib, ohista
tashqariga chiqdim, pion gullarini
ko’rib kelmoqlik uchun.
———————-
***
Ko’rayapman — tosh ustin yopib,
va daraxtlar poyini qoplab,
go’yo birgalashib, yig’ilib,
hamkorlikda chirpiramoqqa
hozirlanar bargi xazonlar . . .
————————
***
Xorigan yer, charchagan osmon
tong otguncha uyquga ketar.
Zulmat quyuqlashar
va bepoyon dengiz ustidan
beg’amgina ko’tarilar oy . . .
———————
Simaki Akaxiko
———————
***
Gullayotgan o’tloqlar aro
o’t — o’lanli so’qmoqdan yurib,
yetib keldim bug’doyzorga men.
Va xo’rsinib, dedim: -Jim — jitlik!
o’rdak g’aqilladi menga javoban . . .
——————————-
***
Yarim kecha
quyuqlashgan tumanlar aro
sizar yog’dular
va sirg’algan oy shu’lasida
g’ira — shira jilvalanar suv . . .
———————————-
***
O’rmon sayxonligidagi
uzun uzun o’t -o’lan o’sgan o’tloqda
o’ylanib o’ltirib, yolg’iz bir o’zim
tog’li o’lka bilan xayirlashyapman.
Qayg’uli va og’ir bu yurak uchun.
———————————
***
Chiroq shu’lasiga talpinganicha
parvonalar aylanar uchib.
Uyda, men bilan yonma — yon,
bolalarim uxlar
eski — tuskilarga o’ranib, qotib . . .
——————————-
***
Yomg’ir tindi, yorishdi osmon.
Shundan bo’lsa kerak,
havo toza, muzdek musaffo.
Guruch qog’ozining qirg’oqlarida ,
yonib tugayotir botish shu’lasi . . .
————————
***
Jim kimsasiz tungi ko’chalar.
So’ngan kullar qurumi bosgan
o’choq mo’risining qirg’oqlarini
qirov bilan bezar
izg’irin ayoz . . .
————————
***
Uzoq uzoqlardan, zulmat qa’ridan
elas elas eshitilar quloqqa
to’lqinlarning bo’g’iq shovqini.
Daraxtlar soyasi cho’zilib yotgan
oydinda raqs tushar dexqonlar.
——————————
***
Yozayapman , yozayapman ,
qorong’i tushsa ham oy shu’lasida.
Hatto chiroqni yoqish uchun ham
o’rnimdan turgim kelmas.
Yolg’iz qarshilayman oqshomni shunday . . .
——————————-
***
Dalalarda erib ketdi qor,
qo’ng’ir tuproq yalong’ochlandi
va osilib turar yer uzra
botayotgan quyosh lappagi.
Ko’rinishi kichik va sovuq . . .
——————————
Nagatsuka Takasi
—————————
***
Dala ortidagi zovurda
boshlarini chiqarib suvdan
baqalar kuylaydi.
Bahorgi o’rmonlarda esa
kalinalar gullabdi oppoq .
—————————
***
Uy oldidagi bog’da
sukunatli sokin tumanlar.
Tongi g’ira — shirada
badyan shoxlaridan to’kilgan
xazonlarni supuraman jim.
——————————
***
Loviya palaklari
yig’ishtirib olingan.
Kuzgi daladagi
to’rsaygan kulrang tikanlar aro
chigirtkalar chirillar g’amgin . . .
—————————
***
O ,Kameliya guli ,
muzlab sovqotding ,
sovuq shamolda.
Senga xech kim achinib boqmas .
O’xshash bizning taqdirlarimiz . . .
————————————
***
Bugun tunda jarangdor
ovoz bilan kuylar chirildoq.
Qayerdadir shu yaqin atrofda —
balki , misol uchun , oshxonada , yoki
sabzovot solingan to’rvada kuylar. . .
———————
Koidzumi Tikasi
———————-
***
Botayotgan kunning shu’lasi
qirmizi yong’inday shomgi tog’larda.
Bambuklarning qoraygan
soyalari esa aks etar
qog’oz devorda . . .
——————————
***
Qo’shnilar meni
bug’li xammomida cho’milish uchun
taklif qilishdi.
Qaytayotib osmonga boqdim,
uchqunlardi qor . . .
———————-
***
Qadrdon do’stimni
ziyorat qilgani bordim.
Juda erta ochilibdi
oppoq moychechaklar
chetan devorli bog’larda.
———————
***
Fonarni o’chirib
boraman tong sahar chog’i
va ko’raman olisda
oppoq tumanlar bulut singari
yumalanib suzar yer uzra . . .
———————
Syaku Tyoku
———————
***
Bo’m — bo’sh yo’l .
quyiladi atrofga jimlik.
Qichishadi burun katagim
yoqilgan gulxanning achchiq dudidan.
Choy qaynatmoqdaman . . .
————————
***
Qalbda xotirjamlik.
Bahor bo’ronidan so’ng
hamma narsa tinchlandi, mana.
Eshitila boshladi ko’chada yana
yog’och kovushlarning to’qillashlari . . .
———————
***
Bulutlardan sizib o’tayotgan
oyning xira yog’dusida
toshayotgan daryo kechuvidagi
sholipoyalar aro
bo’qoq tortgan sholilar xidi . . .
————————
***
Tog’dagi qishloq
qor bosgan daraxtlar .
oppoq osuda jimlik.
Odam ham, it ham ko’rinmas
qarg’alar yuribdi kulbam oldida.
———————
***
Mana , yana qaytib keldim men,
tomida oy porlab turgan o’sha
tog’dagi pastakkina kulbamga.
Oshxonada yangrar qadrdon qo’shiq .
bu mening hamxonam — yolg’iz chirildoq . . .
————————
Xaykular
————————
* * *
Baland qoyadagi daraxtga yana
ilinib qolibdi
mening varragim . . .
—————————————
Kobayasi ISSA .
* * *
Bahor seli.
Okeanga quyilmoqda
bo’tana suvlar . . .
—————————
Yosa BUSON .
* * *
Oyning birinchi kuni , mening ushoqdek
varragim boshqa varraklar bilan
qo’shilib likillar Edo* ustida . . .
———————
* Edo- Tokioning eski nomi.
Kobayasi ISSA .
* * *
Sel toshqini.
Oh, qanchalar to’lib oqmoqda
qal’a atrofidagi zovurlar !
——————————-
Masaoka SIKI .
* * *
Suv toshqini.
Mushuk tushib ketdi oqimga
Sakrab o’tolmadi bechora .
——————————
XORO
* * *
Bahor shomoli.
Yutoqib — yutoqib suv ichar sichqon
Sumida daryosidan . . .
——————————
Kobayasi ISSA .
* * *
Ajoyib varrak ko’tarildi
kambag’alning tomi ustidan
ko’m — ko’k osmonga . . .
—————————-
Kobayasi ISSA .
* * *
Qayiq ustida varaqlari
tosh bilan bostirilgan kitob.
Bahor shomollari esar . . .
————————
KITO
* * *
Bahor shomoli .
Turnalar oqarib xurpayar ,
qarag’aylar orasida . . .
—————————-
RAYDZON .
* * *
Xuddi odamlarday daydib yuribdi
kaptarlar , chumchuqlar
baliq ovi mavsumida .
———————————
Kobayasi ISSA .
* * *
Baliq ovi mavsumida
qisqichbaqa ishonqiramay
o’lchab yurar qumda oyoq izlarin . . .
———————
ROFU
* * *
Sholi ekish mavsumi.
Ox qancha qayg’u, qancha tashvishlar
quyilgan — a bu qo’shiqlarga !
—————————
Kobayasi ISSA .
* * *
Dexqon uxlar tog’ etagida,
ketmonchaga boshini qo’yib.
To’rg’ay sayramoqda havoda.
————————————
Kobayasi ISSA
* * *
Sholipoya chopgani chiqdim .
Qush ham sayrab qo’ymas aqalli
tog’ yonbag’rida . . .
———————-
Yosa BUSON .
* * *
Men bu yerni ag’dargunimcha
ketib qopti dala osmonida
suzib yurgan bir parcha bulut . . .
————————-
Yosa BUSON
* * *
Oqshom tutunlari.
Nog’oralar zirillar gulxan tomonda.
Chalinadi quloqqa qo’shiq . . .
————————
RYOTA .
* * *
Kun uzoq cho’zilar.
Ko’prikka qo’nganicha turar tustovuq.
Ketmaydi uchib . . .
—————————
Yosa BUSON .
* * *
Kun uzundan uzoq.
Olisdan elas elas eshitiladi ,
objuvozning xorg’in g’ijiri . . .
—————————
YAXA .
* * *
Uzoqda uchmoqda bir gala o’rdak.
Men ketmonchamni chayqayman.
G’aq etadi nimadir suvda . . .
—————————
Yosa BUSON .
* * *
O’tloq uzra tutun cho’zilgan.
Vaysashmoqda bir narsalar deb
ikkita biya . . .
—————————-
Kobayasi ISSA .
* * *
Eh sen bulbul!
Olxo’ri gullariga
Oyoqlaring loyin artayapsanmi?!
——————————
Kobayasi ISSA .
* * *
Bulbul sayrayapti,
har zamonda tashlab qahrli nazar
mening kulbamga . . .
—————————
Kobayasi ISSA .
* * *
Dexqon ishlayotgan
orol ustida ham
to’rg’ay qo’shig’i . . .
———————————
Kobayasi ISSA .
* * *
Yashil javdarizor.
To’rg’ay ko’tarildi dala ustiga
so’ng yana pastladi . . .
—————————
ONITSURA .
* * *
Narsalarni yoruqqa qo’yib,
kuzataman soyalar tug’ilishini
kuzgi choshgoxda . . .
————————-
KYOSI .
* * *
Tong yorishar.
Qo’ng’iroqlar ovozi
tumanlarga belanar.
————————-
Matsuo BASYO .
* * *
Kuz kechasi.
O’raladi no’noq yo’lovchi
yupqa ko’ylakka . . .
——————————
Kobayasi ISSA .
* * *
Taralmoqda o — o — o — ou !
Mungli chorlov aks — sadosi.
Tun qo’ynida daydiydi bug’u . . .
————————
Matsuo BASYO .
* * *
Kuzgi tog’da ibodatxona.
Ayvonda turgancha tingladim mayus
bug’u chorlovin. . .
————————
Kobayasi ISSA .
* * *
Bug’u ovozi
olisga jaranglab singadi
mayus va mayus.
————————-
Matsuo BASYO .
* * *
Tungi sovuq.
Menga juldur to’nin qarzga berarmi
daladaga yolg’iz qo’riqchi? . .
—————————
Matsuo BASYO .
* * *
Izg’irin.
Uzoqda xurpaygan turnani
ko’rayapman men . . .
—————————-
Yosa BUSON .
* * *
Po’sht — po’sht , chirildoq,
hozir yonboshimga ag’darilaman.
Qani, jo’nab qolchi bu yerdan !
————————
Kobayasi ISSA .
* * *
O’choq boshidagi kovakka
chirildoq kirib olgan.
Tungi sovuq . . .
————————
Yosa BUSON .
* * *
Kuz kelmoqda.
Bu haqda xabar olib ,
uchib keldi qizil ninachi .
——————
SIRAO .
* * *
Zog’cha tutib oldim.
Uning ko’zlariga qarab bildimki,
kuz kelayotir .
————————
DAKOTSU .
* * *
Ilgaklangan eshik.
Hovli sahnasida
o’ynar xazonrez . . .
———————-
TEYGA .
* * *
Akillaydi bezovta ko’ppak,
ajratib qurigan xazon shitirin.
Xovlida bo’ron . . .
———————
Sisey — DZYO .
* * *
Oppoq xrizantema.
Mana qarshisida to’xtab qaychi ham
qotib qoldi bir daqiqaga .
———————
Yosa BUSON .
* * *
Yangi bog’ yaratdim.
Nihoyat undagi toshlar namlandi.
Birinchi qish yomg’iri . . .
————————
SYADO .
* * *
Birinchi qish yomg’iri.
Maymun ham qarshilik qilmaydi
kiydirsang chopon.
————————-
Matsuo BASYO .
* * *
Qanday qaysar odam !
Baliq tutar qish yomg’irida
qosh qoraygan chog’ . . .
————————
Yosa BUSON .
* * *
Men shomolga qarshi yurayapman.
Soyabonim ortga tortadi
qishki yomg’irlar vaqti . . .
————————
Sisey — DZYO
* * *
Dexqon keng dalada
menga yo’l ko’rsatdi
yulingan sholg’om bilan . . .
———————-
Kobayasi ISSA .
* * *
Tovuqlar katakda uxlashayotir.
Qor esa yanada qalinroq
qoplayotir dalalar ustin.
———————————
Kobayasi ISSA
* * *
Shomol qalpog’ini uchirib,
savalaydi sellar beayov.
Qo’riqchi dalada . . .
—————————-
XAGI — DZYO .
* * *
Oydin kecha.
Naqadar ayanchli , naqadar baxtsiz
daladagi qo’riqchi . . .
——————————
Masaoka SIKI.
* * *
Daladagi qo’riqchi
hatto Xizr bo’lib kelganida ham
boshdan olmas yevroqalpog’in.
—————-
DANSUY
* * *
Hoy, hovlida yana ne shovqin?!
Bu qo’riqchi, kuchli shomolda
yerga qulab tushdi gursillab.
—————
BONTYO .
* * *
G’oz, yovvoyi g’oz,
ayt necha yil uchding sarosar
o’rmonlar ortiga, dengiz ortiga?. .
—————
Kobayasi ISSA.
* * *
Yovvoyi g’ozlarning galasi
g’og’olab pastladi yaydoq dalaga .
Kuchaymoqda tungi sovuqlar . . .
——————
KYOROKU.
* * *
Qizilishton taqillatmoqda.
Kun botsa ham hamon tinmaydi
hamon o’sha eski joyida . . .
——————-
Kobayasi ISSA.
* * *
O’choq boshidagi kovakda
kuylar tamom o’zin unutib
tanish chirildoq . . .
—————-
Matsuo BASYO.
* * *
Teshik soyabon —
qishlov uchun qo’l keldi juda
ko’rshapalaklarga !. .
—————-
Yosa BUSON.
——————
* * *
Sovuq tun.
Jig’imga tegish uchun qo’shnilar atay
qozon taqirlatayotirmi?
—————-
Yosa BUSON.
* * *
Sichqon chiqib borar
ko’rpam yonidagi jinchiroq sari.
Yog’ ham muzlabdi . . .
————
Yosa BUSON.